Elektron kutubxonaning tashkiliy ta’minotini shakllantirish O’zbekiston Milliy kutubxonasining tashkiliy ta’minoti
Mamlakatimiz miqyosida elektron kutubxonalar yaratishga kirishilgan bodishiga qaramay, ularning rivojlanish darajasi tashkiliy ta’minotni to’g’ri tashkil etilishi muhim sanaladi. Elektron kutubxonalarni shakllantirishda, rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishda uning tashkiliy ta’minoti, shakl va uslublarini ishlab chiqish, O zbekistonda mavjud axborot-kutubxona muassasalari boshqaruvi faoliyatini yengillashtirish, kutubxona jarayonlarini tez va sifatli amalga oshirishni to'g'ri yo'lga qo'yish, xodimlarning ish o'rinlari, vazifalarini to'g'ri taqsimlash va kutubxona ishini samarali tashkil etish axborot- kutubxona faoliyatining asosiy tashkiliy masalalaridan biri hisoblanadi.
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi (keyingi o’rinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) O’zbekiston Respublikasida milliy va jahon madaniyatini, fan va ta'limni rivojlantirish manfaatlari yodida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
Milliy kutubxona o’zining avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (AIBS) ga ega bo’lib, umumiy fondi 6,9 mln axborot resurlarini tashkil etadi (1.4-rasm).
1.4-rasm. Milliy kutubxona umumiy fondi tarkibi (raqamlar mingda