Nazariy mashgulotlar mazmuni



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə21/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Mutloq ko„rsatkich muxit va jarayonlarning o‘lchamini (miqyosi, hajmi) ifodalaydi, bular statistik kuzatishlar va dastlabki axborot-madumot natrjalaridan olinadi. Ular kutubxona amaliyotida keng foydalaniladi, kutubxona faoliyatini taxlil qilish va kerakli ishlarni rejalashtirishda qodlaniladi. Ular asosida kutubxona rejalari tuziladi, aniq nashrlarga so„rovlar hajmini baholaydi va x.k. Amalda statistik axborot mutloq o„lchovni shakllantirishdan boshlanadi, ular bilan kutubxona xayotining barcha tomonlari o„rganiladi.
Mutloq o„lchov - har doim son bo„lib, o„zining o„lchov birligiga ega. Masalan, kutubxonada nusxa, nom, qatnash, kitob berilish va xokozolarda odchanadi. Miqdoriy ko„rsatkichlar statistik materiallar yig„indisi natijasida xosil bo„ladi. Ularga kitobxonlar va katnashlar soni, kutubxona fondi va kitob berilish soni, ommaviy tadbirlar va boshqalar kiradi.
Nisbiy ko„rsatkichlar. Bu eng avvalo statistik madumotlarni solishtirish, qiyoslashdir. Solishtirish natijasida nisbiy o„lchov ko„rinishida kutubxona faoliyatining sifat baxosi olinadi. Kutubxona bodimlari yoki kutubxona ishlarining qiyosiy taxlilida nisbiy ko„rsatkichlar katta rol o„ynaydi. Bir kitobxonga, bir kutubxonachiga, bir nomga va boshqalarga nisbatan yuzaga keltirilgan nisbiy ko„rsatkichlar kutubxona yoki uning bodimlari rivojlanishi darajalarini ochib beradi. Nisbiy ko‘rsatkichlarni qiyoslab chiqish u yoki bu ishni hajmining kamayishi yoki ko„payish sabablarini aniqlashga imkon beradi. Bunday taxlil - boshqaruvchilik qarorini qabul qilish uchun zarurdir. Nixoyat, nisbiy ko„rsatkichlar rejalashtirishdagi miqdoriy son ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asosiy xisoblanadi. Ularni xisobga olmasdan vaqt mobaynida ulardagi o‘zgarishlarni taxlil qilmasdan ish jarayonini rivojlanishini, ish xajmining an’ana va faktik o‘zgarishlarini aniqlash, to‘g‘ri baholash mumkin emas.
Nisbiy ko‘rsatkichlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: dinamik ko„rsatkichlar, struktura ko„rsatkichlar, intensivlik ko‘rsatkichlar. Bu ko‘rsatkichni xisoblash faktik bajariladigan majburiyat hajmini rejada ko‘zda tutilgan majburiyat hajmiga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Rejadagi majburiyat bajarilishining nisbiy o‘lchovlari koeffitsent yoki foizlar shaklida ifodalanadi. Koeffitsent termini statistikada maxsus soxalarning nisbiy ko‘rsatkichlarini ( qiyoslab aniqlanadigan ko‘rsatkich) anglatish uchun qo‘llaniladi, ko‘pincha har xil nomdagi o‘lchovlarning nisbati qilib xisoblanadi.
Dinamik ko‘rsatkichlar- xodisalarning vaqti- vaqti bilan o‘zgarib turishini xarakterlaydigan nisbiy miqdordir. Ular turli vaqtlardagi bir tipdagi ko‘rsatkichlarni qiyoslash yo‘li bilan xisoblanadi. U biron -bir xodisaning qanchalik o‘zgarganini o‘rganish, istiqbol rejalarini tuzish, kutubxona binolari qurilishi loyihalarini ishlab chiqish va boshqa xollarda amaliy ahamiyatga ega. Masalan, kitob fondining bundan oldingi bir necha o‘n yilliklarda necha marta
o‘zgarganligi kuzatilganda, biz kelajakda fondlar xajmini xisoblashimiz mumkin.
Taqqoslanayotgan ko„rsatkichlar mutloq miqdori dinamikasini taxlil qilish daraja deyiladi, u bilan birga o„rganilayotgan ko„rsatkich - joriy daraja, taqqoslashga olinganini esa - bazis yoki darajaning boshlanishi deyiladi. Masalan, 2003 yilda kitobxonlarni soni 5121,0 bo„lgan, 2004 yilda 5494,0 ( 5494- 5121=373) bo„lgan, ya’ni 373 ta ko„p. 2005 yilda kitobxonlar soni 5589 bo„lgan bo„lsa mutloq ko„payish (5589-5121=468) 468 ni tashkil etadi.
O„sish ( yoki kamayish) sur’ati - ikki darajani bo„lish natijasida xosil qilinadigan va foiz(%) xisobida ifodalanadigan nisbiy ko„rsatkichdir. Bunda qatorning boshlang„ich darajasi doimiy daraja (bazis) sifatida qabul qilinadi, Masalan, 2003 yilda kitobxonlar soni 5121 bo„lgan ( boshlang„ich daraja-100%), 2004 yilda 5494, ya’ni 2003 yilga nisbatan o„sish sur’ati 107 %, 2005 yilda 5589, ya’ni 2003 yilga nisbatan 109% tashkil etadi.
Ko„payish sur’ati- ma’lum bir daraja boshlang„ich darajadan necha foiz (%) ko„p yoki kamligini, ifodalovchi nisbiy ko„rsatkichdir. Bu ko„rsatkich mutloq o„sishning boshlang„ich darajaga foiz nisbati deb, o„sish sur’ati ko„rsatkichidan 100 foizni ayrish yo„li bilan xisoblanadi. Masalan, 2004 yilda o„sish sur’ati 107 foizni tashkil etsa, ko„payish sur’ati 107%-100%= 7% tashkil etadi. 2005 yilda esa o„sish sur’ati 109% ni tashkil etsa, ko„payish sur’ati 109%-100%=9% ni tashkil etadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin