Moslashuvchanlik. Oʻz imkoniyatlariga bogʻliq holda oʻzini oʻzi band qilgan kishilar istalgan xildagi va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. Oʻzini oʻzi band qilish xodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi boʻlish imkoniyatini ham beradi.
Siz nafaqat oʻz-oʻzini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bogʻliq yoqimsiz narsalardan ham xabardor boʻlishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yoʻqotish ehtimoli ishonchsiz yoki past daromad, koʻp vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zarurati.
Investitsiya qilingan sarmoyani yoʻqotish ehtimoli. Oʻz-oʻzini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yoʻqotish xavfi bogʻliqdir. «Investitsiya qiliagan sarmoya» atamasi tadbirkor oʻz xususiy korxonasini tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda. biznesda tavakkalchilik qancha yuqori boʻlsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha koʻproqdir. Agarda korxona yaxshi rivojlanayotgan boʻlsa, foyda katta boʻlishi mumkin. Agarda korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yoʻqotilishi mumkin. Tadbirkor oʻz hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamgʻ armasini bekorga yoʻqotish uchun barcha imkoniyatga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan bank, ta’minotchilar va shaxslarga toʻlovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli oʻlaroq, foyda miqdori oydan oyga oʻzgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham oʻrinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin. Bunday holat koʻpincha birinchi olti — oʻn ikki oydagi faoliyat davrida koʻz atiladi.
Koʻp vaqt sarftanishi. Tadbirkorlar oʻz ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelish-ketish vaqtini koʻrsatadigan avtomatda kartochkasini bclgilamaydi. Koʻpgina oʻz-oʻzini band qilgan tadbirkorlar kuniga oʻn toʻrt soat va undan koʻproq, haftasiga olti yoki yctti kun ishlashadi. Koʻp hollarda korxona egasi ertalab birinchi boʻlib ishga keladi va kechqurun oxirgi boʻlib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Masalan, koʻp doʻkonlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar oʻz bizneslarini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi.
Zerikarli ish: biznes bilan shugʻullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur boʻlgan ishlar zarurati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.