Nazariy oʻquv mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi Mavzu



Yüklə 196,33 Kb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü196,33 Kb.
#176923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3-Mavzu R

Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun oʻziga ishlash bilan bogʻliq asosiy katta taqdirlanish - bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish oʻz hayoti bilan oʻzi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. Oʻz-oʻzini band qilish sizga har bir ish kunini oʻzingizga rohat bagʻishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. Masalan. rasm olishni yaxshi koʻrsangiz., siz oʻzingizni xususiy studiyangizni tashkil etishingiz mumkin. Har safar mijoz oʻz fotoportretidan qoniqqanini bildirganda, siz ham shaxsiy qoniqish his qilasiz.
Siz oʻzingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish olishingiz mumkin. Oʻz-oʻzini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi. xizmatlar koʻrsatadi hamda ularga ish oʻrinlarini taqdim etadi. Ular shuningdek boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni toʻlashadi.
Mustaqillik. Oʻz-oʻzini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir, Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yoʻqligi. Siz oʻz bilimingiz, koʻnikmangiz va qobiliyalingizni oʻzingiz xohlagan tarzda qoʻllashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, oʻz-oʻzini band qilgan odamlar koʻproq erkinlikka ega. Ular oʻzlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlarning roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.
Foyda. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni moljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir. Foyda – bu barcha xarajatlarni toʻlagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. Oʻz-oʻzingizni band qilib, siz oʻz daromadingizni boshqara olardingiz. Juda koʻp hollarda korxonaga koʻproq vaqt va koʻproq harakat bagʻ ishlash kaltaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.
Bandlik kafolati. Koʻpgina korxonalar bandlik kafolatiga ega boʻlishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollangan mehnatda bunga erishib boʻlmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad toʻplanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bogʻliq boʻlmasligingizga imkoniyat beradi. Oʻz-oʻzini band qilgan odamlar ishdan boʻshatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.
Mavqe. Mavqe — bu alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi oʻrnini ifodalash uchun qoʻllanadigan atama. Oʻz-oʻzini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan olrnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor boʻlishadi. Buning natijasi sifatida, ular koʻpgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega boʻlib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik gʻururi uzviybogʻliq; koʻpgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada oʻz ismlarini koʻrib gʻururlanishadi.

Yüklə 196,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin