Nazariy oʻquv mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi Mavzu



Yüklə 196,33 Kb.
səhifə9/12
tarix14.12.2023
ölçüsü196,33 Kb.
#176923
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-Mavzu R

Tavakkalchiliklar. Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni oʻz zimmangizga olishga tayyor boʻlsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyailar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilik juda past boʻlgan biznes kam daromad keltiradi va oʻz gʻoyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab qoʻyadi.
Vaqt. Oʻz biznesingizni boshlash - jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaqtingizni koʻp qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda oʻzgarishi mumkin. Biznesning koʻplab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qanchalik shaxsan jalb boʻlishni xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz oʻz biznesingiz ichida toʻla yoki qisman boʻlishni istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz.
Odamlar bilan muloqot. Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisha yakka oʻzingiz ishlashni istaysizmi? Yoki siz qayerdadir ularning oʻrtasida toʻxlaysizmi? Biznesda shaxslararo muloqot(aloqa)ning uch turi - iste’molchilar bilan, xodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan muloqot mavjud. Koʻp kichik korxonalarning egalari xodimlar va yetkazib beruvchilarning muloqotiga e’tiroz bildirishmaydi, chunki mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor-iste’molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bogʻliqdir. Masalan, koʻchmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish yoqmasa, bu narsa talab qilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshqa koʻpiab turlarida sotishga yondashuv koʻproq shaxsdan tashqaridadir.
Chakana savdoda muvaflaqiyat koʻpincha istc’molchi bilan shaxsiy aloqadan koʻra, yaxshi tovarlarga. maqbul narxlarga va omadli reklamaga bogʻliq boladi.
Pochta. Internet yoki elcktron pochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi misolidir, bunda siz hech qachon iste’molchini koʻrmaysiz (iste’molchi buyurtma beradi. mulkdor tovar joʻnatadi).
Daromad. Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha koʻp daromad olmoqchisiz? Siz bir oyda 130 ming soʻm. 375 ming soʻm. 550 ming soʻm yoki koʻproq ishlamoqchimisiz? Bu masala boʻyicha oldindan qaror qabul qilish muhim, chunki biznesning har xil turi har xil daromad ta’minlash imkoniyatiga ega.
Oʻzingiz uchun daromad koʻrsatkichini juda baland darajada, aytaylik oyiga oʻzi yoʻz ming soʻm, deb belgilash juda ham havas qilgudek boʻlsa kerak. Koʻp bizneslar uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli boʻiish imkoniyatiga ega, boshqalari esa hech qachon juda katta foyda beradigan boʻla olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida maqsadni belgilashning yoʻllaridan biri quyidagi savolga javob topishdan iboratdir: «Aytaylik, hozirgi paytdan olti yil oʻtgandan soʻng men qanday oylik (yillik) daromad olishni xohlayman?”.
Mavqe. Odamlar oʻz mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma’lum mavqe mansub. Obroʻli faoliyat sohalari va unchalik obroʻga ega boʻlmagan sohalar mavjud.
Masalan, axlat yigʻish obroʻli ish emas. Ayrim odamlar oʻz bizneslarining mavqeyi baland boʻlishidan juda manfaatdor, boshqalari esa bunga umuman e’tibor berishmaydi. Biznesning u yoki bu turini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim boʻlishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli boʻladigan biznesni tanlash kerak.

Yüklə 196,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin