Nazariy qism: Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga taʼsirini oʻrganish


-amaliy mashg’ulot. Koʻrish oʻtkirligi va koʻrish maydonini aniqlash



Yüklə 274,17 Kb.
səhifə3/5
tarix14.05.2023
ölçüsü274,17 Kb.
#113455
1   2   3   4   5
2-Amaliy

5-amaliy mashg’ulot. Koʻrish oʻtkirligi va koʻrish maydonini aniqlash


Ishdan maqsad: Koʻrish oʻtkirligini Golovin jadvalidan, koʻrish maydonini perimetr asbobi orqali aniqlash texnikasini oʻrganish.
Oʻquv jihozlari: Golovin jadvali, metr, koʻrsatkich, perimetr, yarim sharlar proyeksiyasining aksi, qalam, rangli markalar, chizgʻich, qogʻoz.
Nazariy qism: Koʻrish oʻtkirligi deb, koʻzning 2 ta nur chiqayotgan nuqtani alohida koʻrish qobiliyatiga aytiladi. Normal koʻz 2 ta nur chiqarilayotgan nuqtani 1° burchak ostida alohida koʻrish qobiliyatiga ega. 2 ta nuqtani alohida koʻrish, bu koʻrish, bu ikkita qoʻzgʻalgan koʻzacha oʻrtasida eng oz bitta kuzacha qoʻzgʻalgan boʻlishi bilan bogʻlangan. Koʻzachaning diametri 3 mk boʻlib, 2 ta nuqtani alohida koʻrish uchun bu 2 ta nuqtaning tasviri toʻrqavatda 4 mk dan oz boʻlmasligi kerak va shunda tasvir kattaligi koʻrish burchagi 1° boʻlganda boʻladi. Shuning uchun ham 2 ta nur chiqarayotgan nuqtalar koʻrish burchagi osti 1° dan past boʻlganda koʻrilsa, nuqtalar qoʻshilib ketadi.

Golovin jadvali

Koʻrish oʻtkirligini aniqlash uchun 12 qatorda joylashgan harfli belgidan iborat standart jadvaldan (Golovin tablitsasidan) foydalaniladi. Harflar kattaligi yuqoridan pastga tushgan sayin kichrayib boradi. Har bir qator yonidagi son koʻrish burchagi osti 1° boʻlganda, normal koʻzning shu qatordagi harflarni alohida koʻrishi kerak boʻlgan masofani koʻrsatadi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi (yorugʻlik 10 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak) yoki qoʻshimcha elektr lampasi bilan yoritiladi. Tekshiriluvchi jadvaldan 5 metr uzoqlikdagi kursiga oʻtqaziladi va bitta koʻzi maxsus moslama (shit) bilan berkitish taklif qilinadi. Tekshiruvchi koʻrsatkich tayoqchada tekshiriluvchiga harflarni koʻrsatib, ularning nomini aytishni suraydi. Aniqlash yuqori qatordan boshlanib, eng pastdagi qator topiladi va tekshiriluvchi tomonidan 2-3 s davomida harflarni aniq va ravshan koʻrib, nomini aytish soʻraladi. Qaysi qatorda xatolik boʻlgan boʻlsa oʻsha qator inobatga olinmaydi, undan bitta yuqoridagi qator hisoblanadi. Keyin quyidagi formula asosida koʻrish oʻtkirligi (visus) hisoblab chiqiladi:




;
Bunda: - koʻrish oʻtkirligi, а- tekshiriluvchi bilan tablitsa oʻrtasidagi masofa, - normal koʻz shu qatordagi harflarni aniq koʻrishi kerak boʻlgan masofa.
Shundan keyin ikkinchi koʻzning koʻrish oʻtkirligi aniqlanadi.



Yüklə 274,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin