Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan
O’QUV DASTURI
|
|
|
|
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
|
1. Texnologik qurilmalar operatori
2 Texnologik qurilmalarni ta’mirlovchi chilangar
3 Polimerizatsiya apparatchisi
|
|
|
O’quv rejadagi tartib raqami:
|
1.03
|
Ajratilgan soat:
|
40
|
Toshkent - 2023
O’quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Energetika yo’nalishlari bo’yicha O’quv-metodik birlashmasining 2023-yil 23-avgustdagi 3-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
|
A.R Xafizov
|
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o`quv va tarbiyaviy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
|
D.Xodjayeva
|
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji informatika va axborot texnologiyalari maxsus fan o’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
SH.S.Yo’ldoshev
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri, dotsent
|
|
X.R.Latipov
|
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bosh texnologi o’rinbosari
|
1. O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
Zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish va ish faoliyati jarayonida amaliy qo’llay olishga o’rgatishdir.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
Kasbiy faoliyat bo’yicha qo’yilgan masalalarni echishda zarur dasturiy vositalarni to’g’ri tanlay oladi;
Olingan bilimlari asosida kasbiy faoliyatida qo’yilgan masalalarni echa oladi;
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan kasbiy faoliyatda mustaqil foydalana oladi;
Kompyuter grafikasi dasturlarida mustaqil ishlay oladi;
Internet tarmog’i resurslaridan foydalana oladi.
|
Bilimlar
|
Texnologiya, axborot texnologiyalari tushunchalari, ularning ko’rinishlari va klassifikatsiyasi;
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
SHaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti bilan tanishish;
Internet tarmog’i va unda ishlash asoslari bilan tanishish.
|
Ko’nikmalar
|
Grafik axborotlarni tayyorlash, tahlil qilish va qayta ishlash texnologiyasi;
Multimedia texnologiyasini bilishi va ulardan foydalana olish;
Multimedia tizimlari uchun dasturiy vositalar bilan ishlash;
Ma’lumotlar omborida ishlash;
Elektron pochta bilan ishlash.
|
|
Dostları ilə paylaş: |