13.7-rasm. Surkovlarni davriy ishlab chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi: 1-reaktor; 2-dozirovka nasoslari; 3,5-xom-ashyolarni qabul qilgichlar; 6-gomogenizatsiya klapani; 7-nasoslar; 8-kondensator; 9-qirg‗ichli sovutgich; 10-vakuum nasos; 11- aralashtirgich; 12-gomogenizatsiya, fil‘trlash va deaeratsiyalash qurilmasi; 13,15-yig‗gich- to‗plagich; 14-reologik xossalarni nazorat qilish uchun qurilma. Namlikni to‗liq chiqib ketganligi reaksiya aralashmasining tarkibi
bo‗yicha nazorat qilinadi. Jarayonni davom ettirish surkovning turiga bog‗liq
bo‗ladi. Agarda surkov gomogenezatsiyaga mahkum etilmaganda, sovunli-
moyli konsentrat moyni qoldig‗ini yupqa qatlamda jadal qorishtirishga uzatish
orqali sovutiladi, undan keyin esa surkov to‗g‗ridan-to‗g‗ri taraga yoki
to‗plagichga (13,15) yo‗naltiriladi. Xuddi shu shaklda gidratlangan kal‘siyli
surkovlar (solidollar) tayyorlanadi; reaktorning yengini chuqur sovutish uchun
xladagent uzatiladi. Qo‗yma, kompleks kal‘siyli va boshqa surkovlar uchun
jarayon davom ettiriladi. Sovunli-moyli konsentrat to‗xtovsiz qorish orqali
termik ishlov berish haroratigacha (200-250°С) qizdiriladi, qaysiki uni 0,5 dan
513
1,5 soatgacha ushlab turiladi. Keyin esa qoruvchi qurilmada ishlayotgan
qurilmaga moyning qoldiq qismi yupqa oqim bilan uzatiladi va reaktordagi
harorat 175-180°С gacha pasaytiriladi.
Bunda eritma shu haroratda texnologik xarita o‗rnatilgan vaqt davomida
(bir soat chegarasida) ushlab turiladi. Qo‗shimcha ravishda eritma 160-165°С
gacha sovutiladi, keyin esa dozirovkali nasos (2) yordamida aralashtirgichdan
(11) qo‗shilma moyda oldindan sovutilib uzatiladi. Agarda qo‗shilma termik
nobarqaror va yuqori haroratni ushlab turolmaganda unda u ikkinchi
pog‗onadan keyin 10-110°Сgacha sovutiladi.
Surkov qirg‗ichli sovutgichda qaytadan (9) 50-60°С haroratda sovitiladi,
ko‗ylakka qirg‗ichli - > sovutish qurilmasi-» qirg‗ichli apparat yopiq
sirkulyatsiya tizimidagi -3 - 5°С xladagentda sovutilgan suv uzatiladi. Yopiq
tizimdagi sovutish faqat suvni chuqur tozalash jarayonida qo‗llaniladi. Yopiq
tizimda namokobni xladagent sifatida -10-15°С manfiy haroratda qo‗llash
devorli qatlamlarda mahsulotning qovushqoqligi keskin kuchayganda qabul
qilish maqsadga muvofiq emas.
Surkov ketma-ket gomogenizator, fil‘tr va deaerator (12-qurilma) orqali
o‗tib yig‗gich-to‗plagichga (15) kirib keladi va undan taraga qadoqlanadi.
Kondensatsiyalanmagan mahsulot yig‗gich-to‗plagich (13) orqali qayta
ishlashga qaytadi yoki qurilmadan chiqariladi.
Texnologik davriy sxemada siklni reagentlarni birgalikda dozirovkali
nasoslar yordamida uzatish orqali (bunda reaktor oldidan aralashtirgich
o‗rnatiladi) qisqartirish mumkin hamda issiqlik almashtirgich orqali qo‗shimcha
issiqlik kiritib suvsizlantirish vaqti ham kamaytiriladi. Davriy jarayon universal
bo‗lib, berilgan qurilmada har qanday sovunli va uglevodorodli surkovlarni olib
borish imkoniyati mavjud. Eng so‗nggisini qurilmaning birinchi seksiyasida
ishlab olish mumkin: qattiq uglevodorodlar suvsizlantirilgandan keyin (parafin,
serezin yoki petrolatum) 105 - 110°С da moyda eritiladi keyin esa sovutiladi
(qoidasiga muvofiq to‗g‗ridan-to‗g‗ri tarada yoki uni maxsus sovutish
barabaniga to‗kiladi). Bu ko‗rsatilgan texnologiya yordamida bir yilda 1000
514
t.dan 2000 t.gacha surkov moylarini ishlab chiqarish mumkin.