Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


AQSHda madaniyatlararo muloqotning vujudga kelishi



Yüklə 125,47 Kb.
səhifə6/15
tarix12.04.2023
ölçüsü125,47 Kb.
#96906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Nemis tili darslarida madaniyatlar

AQSHda madaniyatlararo muloqotning vujudga kelishi. Bu yangi yo`nalishning AQSHda paydo bo`lishiga, Amerikalik siyosatdonlar, diplomat va ishbilarmonlarning begona til va madaniyatga mansub hamkorlar bilan turli muammolarni hal qilishda yuzaga keladigan zarurat sabab bo`lgan.
1946 yili Eduard Xoll raxbarligida “xorijda xizmat ko`rsatish instituti” (Foreign Servis Institute)ni tashkil etilishi, bu fanni yanada rivojlanishiga olib keldi. 1959 yili E. Xollning “The Silent Language” kitobining nashr qilinishi bilan ushbu kitob madaniyatlararo muloqotni o`rgatish uchun dastur vazifasini o`tadi. E. Xoll ushbu asarida madaniyat va muloqotning o`zaro aloqasini batafsil yoritib berishga xarakat qiladi. Uning fikricha “chet til o`qituvchisi o`z o`quvchilariga til materiali (leksika, grammatika, fonetika)ni o`rgatish jarayonida nafaqat ularning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish, shu bilan bir vaqtda tili o`rganilayotgan mamlakat(lar) madaniyati bilan yaqindan tanishtirib imkoniga ega bo`ladi” [121: 9].
E. Xoll “kommunikatsiya – bu madaniyat, madaniyat – bu kommunikatsiya, madaniyat o`rganilar ekan, demak, madaniyatni o`rgatish kerak”- degan fikrni ilgari suradi. E. Xollning g’oya va fikrlarini K. Klakxon, F. Strodbek, L. Samovar, R. Porterlar davom ettirdi.
K. Klakxon va F. Strodbeklar individlarning madaniyatini, ya`ni inson tabiati (the human orientation), insonlarning tabiatga bo`lgan munosabati (the man-nature orientation), vaqtga bo`lgan munosabati (the time orientation) hamda aktiv va passiv tomonlarini (the activity orientation) o`rganganlar.
Yana bir yo`nalish namoyondalari L. Samovar va R. Porterlar verbal va noverbal muloqot bilan bog’liq muammolarni tadqiq etadilar.
Madaniyatlararo muloqot nazariyasining Germaniyada shakllanishi.
1966 yili Berlinda ilmiy simpozium bo`lib o`tdi. Simpozium tashkilotchilari, fanga yangi yo`nalish madaniyatlararo muloqot kirib kelayotgani, uning amaliy ahamiyati to`g’risida ma’lumot berdilar. Shundan beri Germaniyada madaniyatlararo muloqot yo`nalishi bo`yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Chet til ta`limini mamlakatshunoslik materiallari va madaniyat to`g’risidagi ma`lumotlar bilan bog’lab olib borishga katta e`tibor berila boshlandi (Weber H. Interkulturelle Kommunikation und Landeskunde / Hg.: Landeskunde im Fremdsprachenunterricht. Ders. München, 1979, –S 26).
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti «Madaniyatlararo germanistika» sohasining maqsad va vazifalari, uning asosiy mazmuni va o`rganadigan asosiy masalalari to`g’risida Bayrot universiteti professori A. Viyrlaxer (A. Wierlacher) shunday yozadi: «Bizning universitet, insonlar o`rtasida sodir bo`ladigan va sehrli «kommunikatsiya» so`zi bilan ataladigan, murakkab jarayonni o`rganadi. Universitet o`z oldiga iqtisodiy globallashuv jarayonida turli madaniyat va tilga mansub sheriklarning hamkorlikda faoliyat olib borishlari, bir zaminda yashashlari, o`zaro fikrlari, tasavvurlari, his-tuyg’ulari bilan o`rtoqlashish, almashish jarayoni, hamda ular o`rtasidagi ijobiy munosabatni o`rganish, ya`ni kommunikantlar o`rtasidagi odatiy bo`lmagan holatni belgilash (Fremdheit) va ularning bir-birlariga nisbatan hushmuomala, muruvvatli va diniy bag’rikeng (Tolerant) bo`lish jihatlarini ilmiy o`rganish, bu muammolar ustida turli tadqiqotlar olib borishni asosiy maqsad qilib qo`ygan. Madaniyatlararo muloqot bir qator fanlardan oziqlanib ish ko`ruvchi fandir. SHular jumlasiga lingvistika, filologiya, pedagogika kiradi. Madaniyatlararo muloqot til vositasida amalga oshadi. Jamiyatda til ko`p funksiyani bajaradi. Shulardan biri munosabat o`rnata olishdir” [184:110].
Germaniyalik tilshunoslar tomonidan madaniyatlararo muloqot doirasida olib borilgan ishlarning ko`p qismini umumnazariy masalalarga bag’ishlangan ishlar tashkil etadi.
Bayrot universiteti professori A. Viyrlaxer rahbarligida yaratilgan «Nemis tili chet til sifatidagi fan» (DaF) solnomaning keyinchalik «Interkulturelle Kommunikation» nomi bilan atala boshlanishi, bu kitobni madaniyatlararo muloqot sohasi uchun ilk o`quv qo`llanma sifatida tavsiya qilindi. Bu solnomada madaniyatlararo muloqot, mamlakatshunoslik, xushmuomalalik, diniy bag’rikenglik, muruvvatlilik (Tolerant), muammolarini yorituvchi risolalar chop etila boshlandi.
Borelli (Borelli) «Madaniyatlararo didaktikani ilmiy asoslash to`g’risida mulohazalar» maqolasida yozishicha madaniyatlararo didaktika tushunchasi madaniyatlararo muloqot va pedagogika tushunchasi kontekstida vujudga kelgan tushunchadir. U madaniyatlararo muloqot tushunchasi sotsiologik yoki siyosiy hususiyatga ega bo`lib qolmay, balki sotsioiqtisodiy va sotsiosiyosiy tizimga ham mansubligini e`tirof etadi[165:8].
XX asrning oxirlariga kelib madaniyatlararo didaktikaning pragmatik jihatlari fanda chuqur o`rganila boshlandi. Germaniyaning Xegan universitetida professori Karl Xaynd Dikkopp va universitet ilmiy xodimi Maria Frentseyalar madaniyatlararo didaktikaning ijtimoiy va madaniy ahvolini o`rganib chiqar ekanlar, madaniyatlararo didaktika pedagogikaning talablarini bajarishdan tashqari madaniy, siyosiy va iqtisodiy mavqeyga ega ekanligini batafsil yoritib beradilar. Ularning fikricha pragmatik(amaliy) ta`lim (Pragmatische, Faktische und Interkulturelle Ansatz)ga yo`naltirilgan didaktika maqsadi, birovning aniq konkret fikri yordamida emas, balki o`zi mustaqil fikr yurita olish malakalarini rivojlantirishga qaratilishi zarur.

Yüklə 125,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin