IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash: 1.To’quvchilkda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
2. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
V.Uyga vaziga: To’quvchilikda buyumlardan namunalar to’qib kelish.
Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________ Sana_________ 15- Mavzu: To’quvchilik buyumlaridan mevalar to’qish. I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini orttirish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, kruchok, to’qish iplari, ilmoqli bigiz, ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi: To’qish avvalo kishilar hayotida zaruriyat tufayli paydo bo’lgan. Qadimda ular turmushda o’zlariga kerakli bo’lgan narsalarni oddiy materiallardan foydalanib tayyorlaganlar. To’qish yillar davomida rivojlanib borib,haqiqiy san’at darajasiga ko’tarildi. To’qilgan narsalar issiq,pishiq va chidamlidir. Siz ham biroz mehnat,chidam bilan ip va ilgak yordamida chiroyli narsalar to’qib,yaqin kishilaringizni xursand qilishingiz mumkin. Buyumlarni qo’lda to’qish uchun kegay yoki ilgak kerak bo’ladi. Kegay va ilgak bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidasini esda tuting va ishni tugatib,asboblarni maxsus g’ilofga solib qo’yishni unutmang. Buyumlarni asosan jun ip,jun aralashgan ip, ipak ip,paxta ip,quyon va echki tivitidan yigirilgan hamda xom iplardan to’qish mimkin. Kiyim-kechaklar bo’sh chiyratilgan ipdan,dasturxon,salfetka,yoqa,sumka,yoping’ich kabi buyumlar esa puxta pishitilgan ipdan to’qiladi.
Aziz o’quvchilar, qo’lda buyum to’qish ham eng qadimgi hunarlardan biri hisoblanadi. To’quvchilik kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek muhim vazifa bajariladi. Qo’lda buyum to’qish xozirda ommaviy rivojlangan bo’lib , u kishini mehnatsevarlikka, sabr toqat bilan buyum yaratishga va badiiy ijodkorlikka o’rgatadi. Qo’lda to’qish – qadimgi, eng yaxshi lekin eskirmaydigan hunarlardan biri. Qo’lda to’qilgan buyumlar dastgohda to’qilgan buyumlardan ham chiroyliroq bo’lishi mumkin.
Kryuchokda to’qish qadimda ilma tikish deb yuritilgan bo’lib, u eng oson va qiziqarli qo’l xunaridir.
Kryuchokda to’qishni spitsaga nisbatan tezroq va mashaqqatsiz o’rganib olish mumkin.
Kryuchokda to’qilgan buyum ham cho’ziladi. Shuning uchun barcha turdagi iplarni ishlatish mumkin.
Kryuchok va spitsalarning ham ninalar kabi nomerlari bo’ladi va bu nomerlar bu asboblarning diametrini ya’ni yo’g’on yoki ingichkaligini bildiradi. Shuning uchun ipning holatiga qarab kryuchok moslanadi. Ip qanchalik yo’g’on bo’lsa kryuchok yoki spitsaning nomeri ham shunchalik katta bo’ladi.
Shu orada o’quvchilar bilan bir oz dam olish daqiqasini o’tkazish maqsadida yana bir bor “issiq kartoshka” o’yinini o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar mavzuga oid so’zlarni (ingliz tilida aytib berishlari kerak) . ya’ni ip- spring, nina-needle, ilmoq-hanger, to’quvchi-weaver, qaychi-scissors kabi so’zlarni ingliz tilida aytib berishlari kerak.
O’quvchilar e’tiborini yana ekranga qaratib to’qish choklari haqida tushunchar beriladi.
Kryuchokda to’qish bitta ilmoq (petlya) dan boshlanadi. Bu petlya koptokdan kelayotgan ip uchida hosil bo’ladi.