III.Mashg’ulotning borishi:1.Qandolat mahsulotlari haqida ma'lumot berish.
2.”Chak-chak” shirinligini tayyorlash.
Umumiy ma'lumot. Qandolat mahsulotlari dasturxon ko'rki bo'lishi bilan birga tarkibida ko'p miqdorda qand moddasi bo'Igan yuqori kaloriyali, yaxshi hazm bo'ladigan, boshqa mahsulotlardan jozibadorligi bilan ajralib turadigan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Qandolat mahsulotlari asosan ikki xil bo'ladi, ya'ni qand- shakar mahsulotlari va unli qandolat mahsulotlari. Unli kandolat mahsulotlariga pechenye, kreker (quruq pechenye), pryanik, vafli, pirojniy, tort, keks va ruletlar kiradi. Millliy qandolatchiligimizda kundalik iste'mol va to'y-hashamlar uchun asosan novvot, xolva, pashmak, pechak qand, dandon qand kabi shirinliklar tayyorlanadi va ishlatiladi.
Tortlar va pirojniylar 6-9 mm qalinlikda bo'Igan yarim fabrikatdan tayyorlanadi, uning orasiga masalliq qo'yiladi. Ruletlar uchun xilma-xil masalliqlar ishlatilib, bu ularning xilma -xil turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi. Jemga o'xshash mevali masalliq keng miqiyosda ishlatiladi. Masalliq ruletning chetidan chiqib ketmasligi kerak. Tort tayyorlashda ma'lum qoidalarga amal qilish lozim. Agar tort xamiriga eritilgan yog' qo'shiladigan bo'lsa, uni sust olovga qo'yib, hosil bo'Igan ko'pigi ko'tarilgach, olovdan olib tindirish lozim.
Agar yog' eritilmasdan qo'shiladigan bo'lsa, oqargunga qadar aralashtiriladi. Ishlatiladigan tuxum yangi bo'lishi shart. Tuxum sarig'i bilan shakar alohida aralashtirilgach, yog', so'ngra un qo'shiladi. Ko'pirtirilgan tuxum oqi aralashtiriladigan bo'lsa, u tuxum oqidan oldin qo'shiladi. Tuxum oqi muzdek bo'lib, ishlatish oldidangina ko'pirtirib aralashtirish lozim. Aks holda u suyulib qoladi. Maydalangan shokolad qo'shiladigan bo'lsa, u tuxum oqidan oldin qo'shiladi. Tort xamiri tayyor bo'lsa, tez gaz patnisiga qo'yilib pishirish lozim. Pirojniylar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratish kerak. Masalan, bodom mag'izli pirojniyni tayyorlash uchun yog', tuxum va shakar bilan aralashtiriladi. Xamir qorib 1 soat sovutgichga solinadi. Sovutilgan xamir 1 sm qalinlikda yoyiladi. Undan stakan yoki maxsus qoliplarda kulchalar kesib olinadi, kulchalar o'rtasiga tuxum oqini surtib maydalangan bodom mag'izi sepiladi va issiq pechda pishiriladi.
Endi sizlar bilan ”Chak-chak” shirinligini tayyorlashni o'rganamiz. Bu shirinlik aslida tatar xalqining milliy shirinligi hisoblanadi. Bu shirinlikni tayyorlash uchun bizga 600 g oliy navli un, 5-6 dona tuxum, 0,5 kg asal, yong'oq, mayiz va bezatish uchun har xil shakldagi qandlar kerak bo'ladi. Elangan unga xom tuxum aralashtirilib, ta'bga ko'ra tuz, osh sodasi, 9 % li sirka solib xamir qoriladi va 20-30 daqiqa tindiriladi.
Stol yoki taxtakach ustiga un sepib, xamir o'qlov yoki jo'va yordamida qaliniligi
2-3 mm qilib yupqa yoyiladi. So'ngra yupqa xamir qalinligi 20-25 mm, eni 2-2,5 mm o'lchamda somoncha yoki ugra shaklida kesiladi va ortiqcha un elab olinib, 130- 150°C darajada qizib turgan ko'p yog'da och qizg'ish qobiq hosil bo'lgunicha qovurib pishiriladi. Qovurilgan xamir suzib olinib, yog'i silqitiladi va sovitiladi. Sof asal idishga solinib, plita ustida eritiladi, shakar qo'shib aralashtirilib, qiyom tayyorlanadi. Qiyom uy haroratigacha sovitiladi. Agar qiyom tez quyuqlashsa uni iliq holda ishlatish mumkin. Qovurilgan ugra keng idishga solinib tayyorlangan qiyom bilan
aralashtiriladi, sovuq suvda chayilgan taqsimcha yoki laganga quyib solinadi. Qo'lda ma'lum shakl yoki ko’rinish berib, salqin joyda yoki muzxonalarda qotirilib, tayyor holga keltiriladi. Chak-chakdan kesib taqsimchaga solib, ustiga mayiz, yong’oq, har xil shakldagi qandlar bilan bezatib, dasturxonga tortiladi.
Bu shirinlikni sifatli tayyorlash uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak: chak- chak och sarg’ishdan och qizg’ish ranggacha qovirilib, ozgina yarqirab turadigan bo'lishi kerak. Ugrasi o'z shaklida bir xil rangda qovirilib, erkin yopishsin, ezilgan yoki uvoqlanib ketgan bo’lmasin. Aralashtirilgan qiyomi bir xil quyuqlikda, bir xil aralashtirilgan ko'rinishda bo'lishi kerak. Tatib ko'rganda g'ovak qovirilgah xamir, asal sezilib tursin. Kuyundi hidi kelmasligi, asal qumoq-qumoq bo’lmasligi kerak.
”Chak-chak” shirinligini tayyorlash uchun ish o'rnini tashkil etish. Yuqoridagidan ko'rinadiki, chak-chak tayyorlash uchun un qorib xamir qilish, qiyom tayyorlash, chak-chakni qovirish ishlari bajariladi. Demak ish o'rnida xamir qorishga, qiyom tayyorlashga, xamirni qovirishga mo'ļjallangan idishlar va moslamalar bo'lishi kerak. Bularga taxta, o’qlov yoki juva, tog’oracha, qoshiq, elak, qozon, kapgir, pichoq, plita kabilar kiradi.