VI.Uyga vazifani e’lon qilish: Yangi mavzuni to‘liq takrorlash. Yangi mavzu asosida amaliy ishni yakunlash.
MMIBDO‘_________________________________(F.I.SH) __________ (imzo)
Sana_________
61-Mavzu: Lag‘mon cho‘zish texnologiyasi. Qovurma lag‘mon tayyorlash texnalogiyasini tushuntirish.
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:Amaliy mashg‘ulot: Lag‘mon tayyorlash texnologiyasi.
Masalliqlar me`yori: un 150 gr, suv 60 gr, tabga ko‘ra tuz.
Vaju uchun: Qo‘y yoki mol go‘shti 150 gr, usimli yog‘i 25 gr, piyoz 18 gr, sabzi 38 gr, chuchuk qalampir 39 gr, turp 20 gr, tomat 20 gr, sarimsoq 5 gr, suv 150 gr, ko‘kat 7 gr, lozi 3 gr. Chiqishi 600 gr.
Tog‘arachaga iliq suvga me`yorida tuz, tuxum solib eritiladi va ustiga un solib xamir qoriladi. Xamir qattiqroq bo‘lishi va mushtlab yaxshilab pishitilishi kerak. Tayyorlangan xamirni o‘rab qo‘ygan holda 25-30 daqiqa tindiriladi.
Tingan xamir o‘qlov yordamida 1-1,5 mm qalinlikda doira shaklida yoyiladi, ustiga un sepib, taxtakach ustiga taxlanadi va kengligi 2-3 mm li tasma shaklida kesiladi.
Qaynatilgan tuzli suvda uni qoqilgan lag‘mon pishirib olinadi. Pishgan lag‘mon chovlida olinib, sovuq suvda chayiladi va qizdirilgan yog‘ surtib olib qo‘yiladi.
Vaju tayyorlash.
Mol yoki qo‘y go‘shti mayda kubcha shaklida, piyoz, bulg‘or qalampiri yarim halqa, sabzi, turp mayda ko‘bik shaklida to‘g‘raladi. Qozondagi usimlik yog‘ini qizdirib go‘sht solib qovriladi, piyoz sabzi, turp, bulg‘or qalampiri ketma ket solinib, yumshaguncha qovriladi. Keyin tomat yoki to‘g‘raglan pamidor solib qizartirib qovriladi va suv quyib mildiratib qaynatib pishiriladi. Vaju p[ishishidan oldin mayda to‘g‘raglan sarimsoq, ta`bga ko‘ra tuz va ziravorlar solinadi.
5.Lag‘monni dasturxonga tortish tartibi. Pishgan lag‘mon xamiri qaynoq qaynoq suvga chayib olinib, kosaga solinadi, ustidan vaju solinadi, bir chetga mayda to‘g‘raglan ko‘kat qo‘yib, dasturxonga tortiladi. Lag‘mon uchun alohida idishga lozi beriladi.
Lozi tayyorlash uchun sarimsoq piyoz mayda to‘g‘ralib, yanchilgan qizil qalampir, qizdirilgan o‘simlik yog‘I qo‘shilgan holda aralashtirib tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |