Amaliyotningguruhrahbari: Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
Malakaviy amaliyot bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o`tkazadi: amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda qatnashadi.
Uslubchi o`qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va o`rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo`yicha taqsimlaydi, talabalarning individual (shaxsiy) rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talabalar o`tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg`ulotning tahlilini tashkil etib beradi.
Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o`qituvchilar va sinf rahbarlari bilan birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo`yib chiqadi.
Amaliyotda ishtirok etayotgan o`qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy ishlarni olib boradi.
Talabalarining Malakaviy amaliyoti bo`yicha hisobot tuzadi.
Malakaviy amaliyotga bag`ishlangan tushuntirish ishlarini yo`lga qo`yadi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishlarda qatnashadi:
Talabalarni mutaxassislik fanlari o`tiladigan darslarga, predmet bo`yicha sinfdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarni taqsimlaydi:
Maktab o`qituvchilari bilan birgalikda amaliyotchilarga dars mavzularini va predmet bo`yicha sinfdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarini taqsimlaydi.
Talabalar tomonidan o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruviga yordam qiluvchi uslub asosida turli xil darslarni va sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tishni tashkil etish, talabalarni darsga va sinfdan tashqari mashg`ulotga fan bo`yicha tayyorgarlik ko`rishida unga maslaxatlar beradi, ularni reja-konspektlarini tekshirib tasdiqlaydi, darsga va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qatnashib, ularni tahlil qiladi va baholaydi.
Maktab o`qituvchilarini amaliyotchi-talabalar bilan olib boradigan ishlariga ilmiy-uslubiy jihatidan yordam beradi.
O`tkazilgan amaliyot yakuni to`g`risida guruh rahbariga ma`lumot beradi.