Amaliyotchi-talaba ushbu dasturda ko`rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O`quvchilarga tashkiliylik, intizomlilik, xushmomalalik va mehnatsevarlik namunalarini ko`rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o`tkazilayotgan mashg`ulotlarga puxta tayyorgarlik ko`rib kelishi kerak.
Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga so`zsiz bo`ysunishi zarur. Amaliyotchi yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishigacha bo`lgan choralar ko`rilishi mumkin.
Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishlari qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o`quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan Malakaviy amaliyot o`tish belgilanadi.
Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor etib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv maslaxatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir.
Shuning bilan bir qatorda amaliyotchilarga quyidagi aniq vazifalar qo`yiladi:
o`z mutaxassisligi bo`yicha mashg`ulotlarni olib borish malakasini egallashi;
nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishni o`rganishi;
biriktirilgan sinfga kamida 10-15 ta o`rganuvchi va shundan 3-5 ta sinov darsiga tayyorlanishi va o`tkazishi;
tarbiyaviy ishlar bo`yicha 3-5 ta tarbiyaviy tadbir, shundan kamida 1 ta sinov tadbiri bo`lishi;
amaliyotchi-talabalarning o`rganuvchi va sinov darslariga tahlilga kirishi hamda ular muhokamasida o`z fikrlari bilan qatnashishi;
reja-konspekt tuzish, sinov darslari bayonnomalarini rasmiylashtirishni va sinfga, o`quvchilarga tavsifnoma hamda hisobot yozishni uddalashi talab etiladi.