Nizomiy nomidagi toshkent davlar pedagogika universiteti


Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini toping



Yüklə 292,5 Kb.
səhifə6/10
tarix08.02.2023
ölçüsü292,5 Kb.
#83469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yusupova Surayyo Ilhambekovna (2)

Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini toping.


  1. Kabutar, musiqa,toshbaqa

  2. Inson, odam, kishi, chol

S. Quruvchi, paxtakor, taxta
    1. Gul nomlari berilgan qatorni toping


      1. Gulkaram, guldon, gulchehra.

      2. sariq gul, paxta, beda.

S. Gulsafsar, chinigul, binafsha.
Umuman, bu kabi topshiriqlar o’quvchilarning predmetni bildirgan so’zlarning boshqa so’zlardan ajrata olishlari uchun ularning diqqat-ye’tibori tevarak atrofga qaratiladi. O’quvchilarning tajribalari ortib borishi natijasida fikrlash doirasi, aqliy tafakkuri, mustaqil yondashishlari ham murakkablashib kengayib boraveradi.

II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARIDA ONA TILIDAN O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI UYUSHTIRISH TIZIMI METODIKASI
2.1-§. Boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirishdan foydalanish tizimi
O’quv topshirig’i tizimida o’rganiladigan asosiy ishlardan biri ona tili darslarida mustaqil topshiriqlardan foydalanish jarayonidir. Bunda o’quv holati o’quvchining o’rganilayotgan o’quv materiali bilan faol bog’lanishi bo’lib, u psixologik vositalar kompleksi orqali hal qilinadi. Boshlang’ich sinf ona tili darsliklari boshlang’ich ta’lim o’quv dasturlariga mos keladi. Ularda boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tilidan tegishli bilim, ko’nikma va malakalarini nazarda tutgan holda nazariy tushunchalar bilan birga o’quv topshiriqlarini ham bajarish nazarda tutiladi. Boshlang’ich ta’limning ona tili darsliklari barcha sinflarda mustaqil topshiriqlar majmuasini yaratishni nazarda tutadi. Buning afzallik tomoni shundaki, ulardagi o’quv materialini fikrlashga, tushunishga doir topshiriqlar o’quvchilarning mustaqil ishlashlariga imkoniyat beradi.
Fikrimizcha, darsliklarni takomillashtirish, ulardagi mashqlarni zamon talablari asosida tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu bilan o’quvchi tafakkurini rivojlantirishga mo’ljallangan mustaqil mazmundagi o’quv topshiriqlari salmog’ini oshirish, ularni ma’lum tizim asosida osondan qiyinga, soddadan murakkabga o’tish tamoyiliga amal qilish samarali natijani beradi. Masalan, ona tili darsligida o’quvchilar predmetni bildirgan so’zlarni boshqa so’zlar ichidan ajrata olishlari uchun ularning diqqati tevarak- atrofga qaratiladi. Ko’z bilan ko’rib turgan narsalarni aytish, ularga so’roq berish bilan predmet, narsa, shaxs tushunchalarini bildirgan so’zlarni bilib oladilar. Ona tili darsligidagi 9-mashq matni ikki ustunga yozilgan bo’lib, chap va o’ng tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi ustunda alohida gaplar, qaysi ustunda matn berilganligini aniqlash va matnga sarlavha topish topshirig’i havolo qilinadi.
O’quvchilar mashq bilan tanishtirilgach, chap tomondagi nima uchun matn sanalmaydi? (Chunki gaplar mazmun jihatidan bir-biri bilan bog’lanmagan. Alahida-alahida xabar bildirayapti) kabi savollar bilan murojaat qilinsa, masalaning mohiyatiga teranroq nazar tashlashga majbur bo’ladi. Xulosa chiqariladi: Matn – bu mazmun jihatdan bog’langan gaplardir..
Darslikdagi 196-mashqda ham shunga o’xshash so’zlarni shaxslar, narsa nomlari, tabiat hodisalari nomlari shaklida berilgandir.
Unga qo’shimcha tarzda “O’zingiz ham shaxs, narsa, tabiat hodisalari nomlaridan topib qatorlarni davom yettiring” topshirig’i berilsa, o’quvchilar shaxs nomlari qatorini ota-ona, shofyor, daftar, ruchka,parta, qalam, mashina, zilzila, vulqon, toshqin kabi so’zlar bilan davom yettirishi mumkin. Vaqt imkoniyatiga qarab topshiriqni og’zaki tarzda ham bajarishi yaxshi samara beradi.
207-mashq sharti o’quvchilarni mustaqil izlanishga majbur etishi bilan ajralib turadi. Ammo o’qituvchi ot so’z turkumiga oid so’zlarni guruhlashtirib yozish shartini kim so’z topib yozadi? topshirig’i bilan davom yettirsa, o’ziga xos musobaqa vaziyati yuzaga keladi. Musobaqa yesa mustaqil izlanishga, tashabbuskorlikka da’vat yetadi.
Darslikdagi 229-230-236-241-252-257-288 – mashqlarda ham o’quvchilarni mustaqil fikrlashga qaratilgan topshiriqlar berilgan. Ayniqsa, shaxs, narsa nomlarini bildiruvchi so’zlar yuzasidan keltirilgan mashqlarda matnlar tarkibi bir turdagi narsa, shaxs nomlarining kiritilishi o’quvchilarning mavzuni chuqurroq o’zlashtirishiga xizmat qiladi. Masalan, sichqon, mushuk, xo’roz, kuchuk, tulki, o’rdak, g’oz, maymun, yo’lbars, sher, charos, daroyi, husayni, quyosh, oy, yulduz, daryo, dengiz, qir, adir, o’rmon, osmon va boshqalar.
Lekin darslikda keltirilgan barcha topshiriqlar ham o’quvchilarning mustaqil imkoniyatlari darajasida yemas. Masalan, 12-mashqda matnga sarlavha toping. Tanlangan sarlavhangizni qo’yib matnni ko’chiring topshirig’i berilgan. Matn 74 so’zdan iborat, agar unga 13-mashqda to’rt qatorli she’rdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarning urg’uli bo’g’inini belgilash, 14-mashqda ko’chirish shartlarini bajarish qo’shilsa, o’quvchilar bir darsda 102 ta so’zni yozishlari kerak. Bu yesa 3-sinf o’quvchisini toliqtirib qo’yishi mumkin.
3-sinf ona tili darsligida 2-sinfda o’rganilgan nazariy tushunchalarning aynan takrorlanishini oqlab bo’lmaydi.
Shu jihatdan 4-sinf ona tili darsligiga nazar tashlasa undagi mashq topshiriqlari oldingi sinflarda yegallagan bilimlarni yeslash, shu asosda vazifalarni
mustaqil bajarish, tegishli xulosalar chiqarishga qaratilganligini ta’kidlash lozim. Darslikda o’quvchilarning tildan amaliy fodalana olishlariga, og’zaki va yozma nutqning savodli bo’lishini ta’minlashga yo’naltirilgan topshiriqlarga alohida ye’tibor berilgan.
Tug’ro – gerb
Fozil – bilimlarni yegallab olgan odam. Alp – bahodir, pahlavon.
Iqbol – baxtli taqdir, baxt, omad. Olqish – yaxshilik tilash so’zlari.
Ba’zi o’rinlarda so’zlarning ma’nosini izohlashga yo’naltirilgan topshiriqlarning berilishi o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2-mashqda samo, 3-mashqda horg’in, 4-mashqda kulsin, 7-mashqda piyoda so’zlarining ma’nodoshlarini izlash natijasida topilgan so’zlar o’quvchilarning lug’atini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi.
Darslikda so’z ma’nosini izohlashdan tashqari, so’zlarni gapda o’rinli qo’llashga doir mustaqil topshiriqlar ham o’z ifodasini topgan. Bu topshiriqlar o’quvchilar nutqini boyitadi, mustaqil fikrlashga chorlaydi.
Lug’at ustida ishlashning yana bir turi o’quvchilarda qo’shimcha adabiyotlarni o’qishni talab yetadi. Masalan, 14-mashqda 6 turdagi qovun rasmi berilgan bo’lib, O’zbekistonda qovunning nechta turi bor? Javobingizni yozing deyilgan. O’quvchiga bu mashq sharti bir kun oldin aytib yuboriladi. U ota-onasi, bobolaridan javob izlaydi, O’zbekistonda qovunning 15 dan ortiq turi mavjud.
Grammatik tushunchalarni o’zlashtirishda matnlarning asos qilib olinishi 4-sinf ona tili darsligining yutug’i sifatida qayd etish joiz.
Ma’lumki, grammatik tushunchalar, muammoli izlanish metodi asosida shakllantirilsa, o’quvchilarning uzoq vaqt yeslarida qoladi. Har bir mavzuni tushuntirishda matnni o’qish, yozish va tahlil qilish orqali o’z fikr-mulohazalarini aytishi kerak. Ularning mulohazalari darslikdagi nazariy tushunchalar yoki o’qituvchining izohi yordamidata sdiqlanadi. Masalan, 313-mashqni bajarish
jarayonida o’qituvchi sifat so’z turkumiga oid so’zlarning yozilishini kuzatadi, tahlil qiladi.
Boshlang’ich siflarda tilning fonetikasi ham. leksika, morfologiya va sintaksis ham gap, matn asosida o’zlashtirladi. So’zni ifodalaydigan gapning ma’nosi matnda oydinlashadi. So’z turkumlarining tildagi roli va vazifasi gap tarkibida namayon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda har bir til hodisasi gap va matn tarkibida o’rganilishi maqsadga muvofiq.
Gap bo’laklarini o’rganishda boshlang’ich sinflarda quyidagi mustaqil mashq turlaridan foydalaniladi:

  1. Gapning kim, kimlar, nima, nimalar haqida yekanligini bildirgan so’zlarni aniqlashga doir mustaqil mashqlar.

  2. Chiziqlar kim haqida nima deyilganligini bildirgan so’zlarni qo’yib

o’qish.

  1. Aralash berilgan so’zlardan gap tuzishda gapning kim haqida

yekanligini bildirgan so’zdan boshlash, gap oxirida u haqda nima deyilgan so’zni qo’yish.

  1. Gapda ajratib berilgan so’zga so’roq berish orqali uning gapdapgi vazifasini aniqlash.

  2. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini so’roqlar yordamida aniqlash.

  3. Gap bo’laklarini ma’nodosh so’zlar bilan almashtirish.

  4. Gap bo’laklarini chizmada tasvirlash.

  5. Berilgan chizmaga mos gaplar tuzish va gap bo’laklarini belgilash.

  6. Rasm asosida gap tuzish va gap bo’laklarini o’zlashtirishda bo’laklarning gapdagi tartibini amaliy bilib olish kabilar.


Yüklə 292,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin