Nizomiy nomidagi toshkent davlar pedagogika universiteti


III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI



Yüklə 292,5 Kb.
səhifə2/10
tarix08.02.2023
ölçüsü292,5 Kb.
#83469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yusupova Surayyo Ilhambekovna (2)

III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI
3.1-§. Ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi……………………………………………………………………………37
UMUMIY XULOSA………………………………………………………………..40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….………………….43
ILOVALAR……………………………………………………………………45
Mavzu: Oz komplektli maktab boshlang’ich sinflarida ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish
KIRISH. KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining bosh maqsadi bilimli, tashabbuskor, yuksak salohiyatli, raqobatbardosh iqtidorli kadrlarni voyaga yetkazishdir. Chunki jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yo’nalishlari har jihatdan yetuk kadrlarga bog’liq. Yetuk kadrlarni tayyorlash O’zbekiston taraqqiyotining poydevoridir. Bu o’rinda uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblangan boshlang’ich ta’limda bilim olayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilarini kamol toptirish kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi. Chunki boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarga yega qilish, kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishga yo’llash, moddiy turmush tarzini yo’lga qo’yish uchun imkon beribgina qolmay, balki ma’naviy hamda ruhiy jihatdan ham voyaga yetkazadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to’g’risidagi farmonida: “xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish” zarurligi ta’kidlangan. Albatta, bu ishlarning samarali bo’lishi ularning xayotga qanday bilim, qanday intellektual va ma’naviy boylik, qanday zamonaviy bilimlar kirib kelishiga bog’liq. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili mashg’ulotlarida mustaqil topshiriqqa qaraganda mustaqil bo’magan topshiriqlarni to’g’ri bajaradilar. Lekin mustaqil topshiriqlarni bajarishda har xil xatolarga yo’l qo’yadilar. Bizningcha, buning sababi ona tili mashg’ulotlarida ilmiy-metodik jihatdan asoslangan, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos mustaqil topshiriqlar tizimining yaratilmaganligi va bunday topshiriqlar ustida ishlash metodikasining ishlab chiqilmaganligidir. Bunday topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati shundaki, ular mustaqil fikrlashga o’rgangan, odatlangan o’quvchini har qanday sharoitda ham o’z mustaqil imkoniyatlarini ishga solishi bilan bir qatorda, turli darajadagi o’quv qiyinchiliklarini bartaraf yetishlari va o’quv materialini osongina o’zlashtirishlariga ko’maklashadi. Hozirgi paytda o’quv topshiriqlarining mohiyati psixologik, didaktik va metodik jihatdan ham ancha keng yoritilgan, jumladan, ularning ta’limda o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirishdagi roli, ta’limni o’quvchilarning imkoniyatlari va yosh xususiyatlariga moslashtirish hamda individuallashtirishdagi vazifalari, o’quvchi fikrlashida topshiriqlarning o’rni adabiyotlarda keng bayon qilingan, shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil ishlarini o’tkazishda o’quv topshiriqlaridan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil faoliyat mahsuldorligini ta’minlashda o’quv topshiriqlarining o’rni o’rganilgan. Bulardan ma’lum bo’ladiki, o’quv topshiriqlari, ularning bir turi – mustaqil topshiriqlar muammosi fanda allaqachon yo’lga qo’yilgan va ularning ko’p qirralari o’z yechimini topgan. Ammo, qator yutuqlarga qaramasdan bu sohada, ayniqsa ona tili mashg’ulotlarida munozarali atroflicha tadqiq qilinmagan masalalar ko’plab uchraydi. Shunday munozarali topshiriqlar sirasiga, topshiriq, o’quv topshirig’i, mustaqil topshiriq tizimini tahlil qilish va o’rganish, umuman, o’quv topshirig’ining, xususan. mustaqil topshiriqning tizimini tahlil qilib, boshlang’ich ta’lim ona tilidan mustaqil topshiriqlar tizimini o’rganish muammosi kiradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ushbu kurs ishda boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida mustaqil topshiriqlardan foydalanish, vositalarini aniqlash, topshiriqlar tizimini tuzish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqish vazifa qilib qo’yildi. Mavzuning shu jihatlarini o’rganish uning dolzarbligini ko’rsatadi.

Yüklə 292,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin