Nizomiy nomidagi toshkent davlar pedagogika universiteti


III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI



Yüklə 292,5 Kb.
səhifə8/10
tarix08.02.2023
ölçüsü292,5 Kb.
#83469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yusupova Surayyo Ilhambekovna (2)

III BOB. KURS ISHINING AMALIY-METODIK TAHLILI
3.1-§. Ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan mustaqil topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash shu bilan o’quvchilarning yangi mavzu orqali bilimlarini mustahkamlash va xatolar ustida ishlash mashqlari olib boriladi. Kuzatilgan bir qancha mashq darslarida o’qituvchilar aynan o’quvchilar tomonidan ishlarni mustaqil bajarishlari bosqichida mustaqil mazmundagi topshiriqlarni bajarishni o’quvchilarga havolo qilishdi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, o’quvchilarning mustaqil topshiriqlarini juda oz tanlaganligidan mustaqil, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish maqsadida o’tkazilgan darslarning mustaqil topshiriqlarida har biriga o’rtacha besh minut vaqt ajratilgan taqdirda ham bu topshiriqlarni bajarish uchun ancha vaqt sarflanadi. Darsda mustaqil topshiriqlardan unumli foydalanishda o’qituvchilar bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar:

    1. dars maqsadlari, dars turlari bosqichlariga oid mustaqil topshiriqlarni tanlash;

    2. mustaqil topshiriqlarni bajarish uchun vaqt ajratish;

V) mustaqil topshiriqlarning dars materialiga mosligi;
G) bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun foydalanadigan mustaqil topshiriqlar tizimini tuza bilish;
D) o’quvchilarning yosh, individual xususiyatlariga mos mazmundagi topshiriqlarni aniqlab olish;
Ye) o’quvchi o’quv-biluv faoliyatini tashkil qilish shakllaridan umumsinfga mos mustaqil topshiriqlarning ahamiyatini bilish kabilar shular jumlasidandir.
Biz boshlang’ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilganimizda bizni quyidagi masalalar qiziqtirdi:
Darslik DTS. O’quv dasturi, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan asosi talab va mezonlarga mos keladimi?

  1. Darslikda mustaqil topshiriqlarning berilishi qanday?

  2. Darslikda boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan topshiriqlar tizimi berilganmi?

  3. Darsliqda keltirilgan mustaqil topshiriqlarda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlari qay darajada hisobga olingan?

Shu vazifalarni aniqlash maqsadida boshlang’ich sinf ona tili darslarining 1- sinflarida amalga oshirilgan dars namunasinni misol tariqasida keltiramiz:
Darsning mavzusi: Nutq va gap.
Darsning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga nutq va gap yuzasidan bilim berish va tushuncha hosil qilish.

    1. o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

    2. tabiatni asrab-avaylashga o’rgatish, o’zaro hurmat, do’stlik, o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirish, nutq va gap, tinish belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Darsning metodi: savol-javob, suhbat, ko’rsatmalilik, mustaqil ishlash metodi, didaktik o’yinlar.
Darsning turi: yangi bilim berish darsi, noan’anaviy dars.
Darsning jihozlari: test savolllari, boshqotirma, tarqatma materiallar. Darsning borishi:

  1. Uyga berilgan vazifani tekshirishda o’qituvchi aylanma daftarlardan foydalanadi. Tekshirilgan va baholangan daftarlar tarqatilgach, o’qituvchi uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilarni rag’batlantiradi, uyga vazifani bajarishda uchragan tipik kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida ayrim tushunchalarni izohlab beradi.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlashda “O’zim tekshiraman” o’yini o’tkaziladi. O’qituvchi kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Ravshan baliqlarni yaxshi ko’radi. Diktant yozib bo’lingach, o’qituvchi xattaxtaga diktant matnini yozib qo’yadi. O’quvchilarga yozgan diktantlarini o’zlari tekshirish topshirig’i beriladi va ular mustaqil tekshirib chiqadilar. Shundan so’ng o’qituvchi kimlar xatosiz yozganini va kimlar xatoga yo’l qo’yganligini aniqlaydi. G’olib o’quvchilar rag’batlantiriladi.

  3. Nutq va gap mavzusi bo’yicha test yordamida takrorlash topshirig’i bajariladi. O’quvchilar testning javobini A va B harflari yozilgan qog’ozchalar orqali ko’rsatadilar.

  1. Gaplar nimalardan tuziladi?

  1. So’zlardan

  2. tovushlardan

  1. Nutq nimalardan tuziladi?

  1. So’zlardan

  2. gaplardan

  1. Gap oxiriga nima qo’yiladi?

  1. vergul

  2. nuqta

  1. Nutq nima?

    1. gap.

    2. so’z va tovush

Shundan so’ng 145-mashq bajariladi. O’qituvchi mashqning shartini o’qiydi. Matnni o’qing. Gaplarning chegarasini aniqlang. Har bir gapning oxiriga kerakli tinish belgilarini qo’yib ko’chiring. O’qituvchi matnni o’qiydi va bir marta hikoya qilib beradi. Matn:
XULOSA
Respublikamizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning markazida mustaqil tafakkur sohibi bo’lgan shaxs turadi. Bu shaxsni tarbiyalash boshlang’ich ta’limdan boshlanadi. Shunday yekan bu shaxsni barkamol avlod qilib etishtirish ta’lim maqsadi, mazmuni, usul va vositalarini yangilashni taqozo yetadi. Mustaqil tafakkur sohibini tayyorlash jarayoni, boshlang’ich ta’limdan amalga oshirilar yekan, undagi darsliklarda mustaqil tafakkurni shakllantirish vositalaridan biri bu mustaqil topshiriqlardir. O’quvchilarning o’zlari tuzib, bajaradigan topshiriqlari mustaqil topshiriqlardir.
Boshlang’ich sinf ona tili darsliklaridagi ijrodiy topshiriqlarni uch guruhga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bular mustaqil mustaqil ish; mustaqil mashq; o’quv muammolaridir.
Mustaqil mustaqil ish tezlik bilan tashkil etish imkoniyati borlig’i va o’quv-biluv faoliyatini davom yettirish imkoniyatiga yegaligi bilan topshiriqlarning boshqa turlaridan farq qildadi.
Mustaqil mashq nomustaqil mashqdan ikki xususiyati bilan farq qiladi: o’rganilgan bilimlarni o’quv jarayonida sinab ko’rish; o’rganilgan bilim doirasini kengaytirish. Mustaqil mashqlar o’quvchilarning xotirasiga, tafakkuriga moslab tuziladi.
O’quv muammosi – bir maqsadga yo’naltirilgan kompleks o’quv topshiriqlari tizimi bo’lib, uning vazifasi o’quvchini mavzu doirasida yangi bilim, faoliyat usullarini topishga o’rgatishdan iborat.
Boshlang’ich sinf ona tili darslaridan mustaqil topshiriqlarni tuzish o’ziga xos xususiyatga yega bo’lib, bu jarayonning tarkibiy qismlari o’qitish, mustaqil mashqlar tizimini yaratishdan iboratdir.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil topshiriqlarning quyidagi ko’rinishlaridan amaliyotda foydalanish mumkin:

    1. o’quvchilar tomonidan savol va mashqlar tuzish, uni mavzuning mohiyatiga qarab o’zgartirishga doir topshiriqlar;

    2. mantiqiy mashq topshiriqlar;

v) muammoli mashq topshiriqlar;
g) turli usullarda bajariladigan mashq topshiriqlar;
d) taqqoslashga doir mashq topshiriqlar.
Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida mustaqil topshiriqlar tizimini tayyorlashda quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim:

  1. Ona tilidan mustaqil o’quv topshiriqlarining o’quv mavzusi mazmuniga mos kelishi tamoyili.

  2. Mustaqil topshiriqlarning o’quvchilarning yoshi, qiziqishi, real o’qitish imkoniyatlari hamda psixologik xususiyatlariga mos kelishi tomoyili.

  3. Mustaqil topshiriqlarning bir-biriga bog’liqligi tamoyili.

  4. O’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirish tamoyili kabilar.

Boshlang’ich sinflarda ona tilidan mustaqil topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishning hozirgi ahvolini o’rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilari mustaqil ishlar mohiyatini yetarlicha tushunmasligi, amaliyotda yesa mustaqil topshiriqlardan kam foydalanayotganligini ko’rsatdi. Mustaqil topshiriqlar o’quvchilarni topqirlikka, ijod qilishga, aqliy tafakkurining shakllanishida muhim vosita yekanligini ye’tirof etish zarurdir.

Yüklə 292,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin