Germaniya ta’lim tizimida muhim
bosqich
hisoblanadi.
Maktabgacha
ta’lim
bolalar
bog‘chasi
(Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3-6 yoshdan
maktab yoshigacha borishadi.Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi
mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem.
Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem.
Schulkindergarten) taxsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida FE qoidasiga
ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta’lim sektoriga
bo‘ysinadi.
Maktabgacha ta’lim
majburiy
emas,
lekin
ko‘pgina Feda
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar
bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi
tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalami mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat
tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy
muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan
bolalaming 80% bog‘chalarga qatnaydilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina
xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganilib qabul qilingan muassasadir.
Bu yuqorida
ta’kidlaganimizdek, davlat tizimiga emas, balki yosh
avlodni qo‘llab-quwatlash muassasalari tizimiga kiradi. 1996 yildan
boshlab bolalar bog‘chasiga qatnash uchun huquqiy me'yorlar ishlab
chiqildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga farzandlami berish ixtiyoriy
ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota-
onalardan ulaming daromadiga qarab ma’lum miqdorda to‘lov
olinadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotida tayyorlov guruhlari maktab
ta’limining birinchi bosqichiga kiradi.
Internatsional maktabgacha ta'lim tashkilotlari. Bunday maktab
gacha ta'lim tashkilotlar emigrantlar uchun yaratilgan b o iib , ko‘pincha
ulami emigrantlaming o‘zlari farzandlari uchun tashkil etadilar.