Guruhlardagi markazlar shunday
tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga
mustaqil tanlash imkonini bersin. Har
bir guruhda
6 ta markazlar bo‘lib,
ulaming har birida izlanish va o‘yinlar
uchun yetarli miqdordagi materiallar
saqlanadi va bolalar ular bilan bevosita
aloqa
bogiaydilar.
Qurilish
va
konstruksiyalash markazida
turli xil va
shakldagi qurilish elementlari mavjud
bo iib , bolalar ulardan o ‘z fantaziyasiga
tayangan
holda
inshootlar
bunyod
etadilar.
Masalan,
ko‘rgan
tarixiy
obidalari, uylar, ferma va shu kabilar.
Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar
bu yerda juda ko‘p narsalami o ‘zlashtirib oladilar. U bolalaming
matematik qobiliyatlarini
rivojlantirishga,
ijtimoiy
ko‘nikmalami
egallashga yordamlashadi, muammolami xal etish tajribasini beradi. Bu
yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan
ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga
tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalami -
o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama boiak-
larini qo‘shib qo‘yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: