Qurish-yasash bolalar
uchun eng sodda va qiziqarli, mahsuldor
faoliyat turi bo‘lib, bu faoliyat o ‘yin bilan chambarchas bog‘lanib, yana
ham maroqli tus kasb etadi. Bolalar o ‘zlari qurilmalar yasaydilar, o ‘yin
jarayonida ularga turli xil o ‘zgartirishlar
kiritadilar. Shu bois metodist olimlar qurish-
yasash, konstruksiyalash faoliyatini “qurish-
yasash o ‘yinlari” deb nomlaganlar. Bunda
o ‘yin turli mazmunga ega bo‘lgan bolalar
faoliyati orqali konstruksiyalash jarayoni
bilan qo‘shilib ketadi.
Qurish-yasash jarayoni ikki bosqichda
amalga oshadi: g ‘oyaning vujudga kelishi
(yaratiladigan qurilmaning
namunasini yaratish, materiallami tanlash,
harakatni amalga oshirish y o ila rin i topish va rejalashtirish) hamda
amaliy
faoliyatni
ro‘yobga chiqarish.
Keyingi
holatda bola
bajaruvchigina emas, balki tadqiqotchi (ijodkor) bo‘lib faoliyat
ko‘rsatadi, chunki u qo4llari bilangina harakat qilmay, fikr yuritadi ham:
bir nechta yechimni tekshiradi, g ‘oyalami qisman o ‘zgartiradi, detallami
moslaydi va hokazo.
0 ‘z g ‘oyasi asosida mustaqil qurish-yasashni amalga oshira bilish
- bola faoliyatining yuqori ko‘rsatkichigina emas, balki umumiy
rivojlanish belgisi hamdir. Biroq g ‘oya asosida qurish-yasash faqatgina
konstruksiyalashda emas, balki qurish-yasashning
boshqa turlarida
(namuna bo‘yicha va sharoitga mos ravishda) ham shakllantiriladi.
M ashg‘ulotlarda qurish-yasashga o ‘rgatish uchun stol ustida
o ‘ynaladigan qurish to ‘plamidan foydalangan m a’qul, chunki bu qurish
materiallari bir vaqtning o ‘zida ko‘pchilik bolalar qurib o ‘ynashi uchun
imkon beradi. Yirik qurilish materiallari esa bolalarni ko‘pchilik b o iib
qurishga, o ‘ynashga o ‘rgatadi.
M ashg‘ulot vaqtida bolalarga qurishning eng zarur usullarigina
k o ‘rsatiladi, shuning uchun m ashg‘ulot uzoq cho‘zilmasligi kerak.
Bolalarga qurish-yasash usullarini k o ‘rsatish va harakat bilan
tushuntirishda dastlab
namunani ko‘rsatish-namoyish hamda tahlil
qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunda avval
qurish materiallaridan
nimalar yasash mumkinligini ko ‘rsatuvchi tayyor qurilmalar, yasalgan
narsa-buyumlar namuna vazifasini bajaradi, so‘ng qurish-yasash
jarayonining o ‘zi (rasmlar seriyasi) shu maqsad uchun xizmat qiladi.
Bolalar bino yoki inshootni qurishni bilib olishlari uchun (baland
poydevoming ustini qanday bekitish, bir qismni qanday qilib boshqasi
83
bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar)
qurilishning ayrim qismlarini ko‘rsatishga o ‘tiladi.
M a’lum bosqichga kelib bolalarga tarbiyachi bajara boshlagan
ob'yekt yoki narsa-buyumning ayrim
qismlarini mustaqil davom
ettirishni taklif qilishi mumkin. Bunda quriladigan obekt haqida
tushuncha berish, masalan, hajmini
(katta—kichikligini)
aytish,
o ‘yinchoqlarga
mos
bo‘lishi
kerakligini eslatish muhim o ‘rin
tutadi. Bolalarni o ‘zlari ijod qilib
qurishga
o ‘rgatish
va
amaliy
faoliyatga jalb etish uchun ular zarur
sharoitlar
va
ashyolar
bilan
ta ’minlangan
bo‘lishlari
kerak.
Qurish-yasash
material larining
turlari qurish-yasash usulini aniqlab beradi. Qurilish materiali mayda va
yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo...) iborat
bo‘lishi mumkin. Bu materiallar turli xil mayda to ‘plamlarda berilishi
ham mumkin. Bolalarni qurish materiallarini tanlash vaziyatiga solish
foydalidir.
Bolalar
hayotiy
zaruriyatdan
kelib
chiqqan
holda
turli
o ‘yinchoqlami m o‘ljallab biror ob'yekt qurishga, masalan, quyon uchun
uy, mashinalar va y o ‘lovchilar uchun ko ‘prik qurishga katta qiziqish
namoyon etadilar. Darhaqiqat, qurish-yasashda o ‘yinchoqlami ishlatish
katta ahamiyatga ega: bu narsa o ‘yin faoliyatini yanada jonlantiradi.
Qurish materiallari m a’lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi.
Bolalaming aqliy va qurish-yasash qobiliyatlarini, fantaziyalarini
rivojlantirishda konstruktorlar (taxta, plastmassa, metall va keramika)
muhim ahamiyatga ega. Bunday to ‘plamlar
orqali turli konstruksiyalar
yasash mumkin. Tarbiyachi a w a l o ‘zi
konstruktor bilan tanishib, qurilma
yig‘ishga doir metodik ko‘rsatmalami
o ‘rganib chiqadi, o ‘zi namuna sifatida
ishlab ko‘radi, qismlami birlashtirish
tartibini bilib oladi, ana shu tartibda
bolalar
faoliyatini
m a’lum
vaqt
oralig‘ida
oz-ozdan,
bolalaming
o ‘zlashtirishlariga qarab tashkil etish izchilligini rejalashtiradi. Dastlab
tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida suratlarga qarab turli xil
84
murakkab
obektlar quradilar, harakatli konstruksiyalar yaratadilar.
Asosiy diqqat bolalarda qismlami birlashtirishga oid yangi usullar bilan
tanishishga, tegishli malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bunda
bolalarning qo‘l muskullari faol ishtirok etadi, muskul harakatlari
yaxshilanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan m a’lum bo‘ladiki, maktabgacha
yoshdagi bolalarga qurish-yasashni o ‘rgatish masalasiga majmuaviy
yondashish talab qilinadi. Tarbiyalanuvchilar qismlami birlashtirish
usullari, qurish materiallari,
ulami tanlash, bunda yasalgan narsa-
buyumlarni
amaliy
ahamiyatini
his
etish,
bolalarning
aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mehnatsevarlik, tashabbuskorlik,
mustaqillik, bir-biriga yordam berish, hamkorlikda jam oa bo‘lib ishlash,
go‘zalikka intilish kabi shaxsiy fazilatlami egallashlari alohida e’tiborga
olinadi, qurish materiallarining rang-barangligi, yetarli miqdorda
bo‘lishi, qurish usullarining asta-sekin murakkablashib borishi nazarda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: