tanishadilar. Qurish o'yinlarining tarbiyaviy ta ’siri shundaki, bunda
bolalar ifoda etadigan hodisa va narsa-buyumlarning amaliy ahamiyati
va g ‘oyaviy mazmuni o ‘z aksini topadi.
Qurish-yasash
o ‘yinlari
esa
bolalaming
tafakkurini,
ijodiy
qobiliyatini o ‘stiradi. Ular tarbiyachi ko‘rsatgan narsa-buyumlami esda
saqlab qolish va uni qayta esga olishga intilib, ulami
bir-biriga
solishtiradilar, tahlil va sintez qiladilar, o ‘zlari uchun o ‘xshash jihatlarini
aniqlaydilar, farqli tomonlarini ajratadilar, qurish amallarini puxta
o ‘ylab, to ‘g ‘ri xulosa chiqargan holda bajarish, maqsadga muvofiq y o ‘l
tutishga o ‘rganadilar.
Qurish o ‘yinlari birinchi navbatda tarbiya topish, qolaversa,
tevarak-atrofni kuzatish va o ‘z hayotiy bilimlarini oshirish vositasidir.
Bolalar atrofda qurilayotgan yangi turar joylam i, maktablar, bolalar
bog‘chalari, do‘konlarni ko‘radilar, kattalardan ular haqida m a’lumot
oladilar. Konstruksiyalash, qurish o ‘yinlari esa ularni ana shunday
bunyodkorlik ishlariga tayyorlash uchun ham xizmat qiladi. Qurilgan
obektlar, yasalgan narsa-buyumlar hayotda kerak bo‘lishini his etish
javobgarlik tuyg‘usini shakllantiradi. Turli o ‘yinchoqlar yasash va
onalar, aka-ukalar, buvi, buvalar yoki o ‘rtog‘i uchun sovg‘a qilish uchun
biror narsani qo‘l ishi sifatida tayyorlash bolalarda yaqin kishilariga
e ’tiborli bo‘lish, atrofdagilami xursand qilish hissini o ‘stiradi.
Qurish-yasash
faoliyati,
narsa-buyumlami
chiroyliroq
qilib
bezashga bo‘lgan intilish bolalami g o ‘zallikka oshno etadi. G o‘zallik
tuyg‘usi tabiatni kuzatish jarayonida kuchliroq namoyon bo‘ladi. Ushbu
tuyg‘u o ‘z navbatida atrof-olamga bo‘lgan o ‘zgacha munosabatni ham
yuzaga keltiradi, uni shakllantiradi. Tabiat go‘zalligi o ‘simlik dunyosiga
nisbatan kuzatuvchan bo‘lish, gul, daraxt va ildizlaming rang-barangligi,
shakllariining xilma-xilligini ko‘rish, ulardan andaza olish bolalaming
hissiy jihatlarini boyitadi, qurish-yasash jarayoniga ijobiy ta ’sir
k o‘rsatadi.
Qurish-yasash, konstruksiyalash faoliyati narsa-buyumning umumiy
ko ‘rinishidan ikir-chikirlariga tomon asta-sekin murakkablashadi. Ushbu
jarayonda bolalaming narsalaming qismlari va ichki tuzilishi haqidagi
bilimlari kengayib, chuqurlashib boradi. Bunda qurish materiallarining
boyitilishi ham muhim o ‘rin tutadi. Ayniqsa, maxsus
Dostları ilə paylaş: