Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna



Yüklə 224 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/87
tarix27.12.2023
ölçüsü224 Kb.
#200013
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Ta’lim jarayonini loyihalash 
- alohida olingan ta’lim jarayonini 
samarali tashkil etish uchun barcha omillami inobatga olgan holda uning 
loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish.
Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari:
1) ta’lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar 
(texnologik jarayon, texnologik jarayonni boshqarish, vosita, axborot, 
ijtimoiy-iqtisoiy ta’minot)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi 
bilan ta’minlanadi;
2) ta’limning texnologik vositalari o ’quvchilarning individual 
xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi;
3) loyihalash strategiyalari pedagogning individual uslubiga 
muvofiq tanlanadi;
32


4) 
loyihalash sifati teskari aloqa (pedagog va o"quvchi o ’rtasidagi) 
ko’lami, loyihalash mazmuni hamda barcha omillar samaradorligiga 
bog’liq.
O ’quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim 
maqsadi, kutilayotgan natijani to’g ’ri belgilash, ta’lim metodlari
shakllari va vositalarini to’g ’ri tanlash, bolalaming bilim, ko’nikma va 
malakalarini baholashni aniq mezonlari oldindan ishlab chiqish
mashg„ulotga ajratilgan vaqt ichida ulami to’g ’ri amalga oshirish va bir- 
biri bilan uyg’unlashuviga e’tibomi qaratish maqsadga muvofiq 
sanaladi.
O ’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishning asosiy bosqichi -
o ’quv jarayonini loyhalashtirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi 
bosqichlarda tashkil etiladi:
1. Mashg’ulotning maqsadi va natijasini belgilash.
2. Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish.
3. Ta’lim resurslarini tanlash.
4. O ’qitish va o ’qish strategiyasini belgilash.
5. Mashg’ulot turini tanlash.
6. Mashg’ulotning texnologik xaritasini ishlab chiqish.
Texnologik xarita 
(pedagogikada) - pedagogik 
jarayonni 
bajaruvchi yoki 
ma’lum ob’ektga texnik xizmat ko’rsatuvchi 
pedagoglarga 
taqdim 
etiladigan 
barcha 
zarur 
ma"lumotlar, 
ko’rsatmalami o ’z ichiga olgan hujjat.
Ta’lim jarayonini loyihalashda odatda modellashtirishdan ham 
foydalaniladi.
Model 
- real, haqiqatda mavjud bo’lgan ob'yektning soddalash- 
tirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o ’xshagan nusxasi. 

Yüklə 224 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin