Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Artikulyatsion apparat tuzilishi va harakatchanligini tekshirish natijalari



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə16/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Artikulyatsion apparat tuzilishi va harakatchanligini tekshirish natijalari
Rinololik bolalar nutqining fonetik - fonematik tomonini tekshirishda ularning artikulyatsion apparatning tuzilishi va harakatchanligiga ham diqqatimizni qaratdik.
Artikulyatsion apparat holatini tekshirish natijalarida artikulyatsion apparat tuzilish va xarakatchanligida qo‘pol buzilishlar borligi kuzatiladi.
Artikulyatsion apparat tuzilishining natijalari 1 - jadval

Ishtirokchilar soni

Lab

Til

Tanglay

Jag‘




qalinn

yupqa

yoriqliklar

qalinn

ingichkaa

til yuganchaning kaltaligi



chuqur

yassi

yoriqliklar

progeniya

prognatiya

prikus

10 nafar

4

-

6

4

3

3

2

2

6

2

1

7

100%

40%

-

60%

40%

30%

30%

20%

20%

60%

20%

10%

70%

1 – jadvalda ifodalanganidek, barcha bolalarning artikuyatsion apparati tuzilishida kamchiliklar kuzatildi. 10 ta (100%) boladan 4 ta (40%) bolada labning qalinligi va 6 ta (60%) bolada lab yoriqliklari; 4 ta (40 %) bolada tilning qalinligi; 4 ta (40 %) bolada tilning ingichkaligi; 3 ta (30%) bolada til yuganchasining kaltaligi; 6 ta (60%) bolaning tanglayida yoriqliklar borligi, chuqur tanglay 2ta (20%) bolada, yassi tanglay ham 2 ta (20 %) bolada kuzatildi
Progeniya – 2 ta (20%) bolada, prognatiya – 1 ta (10%) bolada, prikus kamchiliklari – 7 ta (70%) bolada kuzatildi.


Artikulyatsion apparat harakatchanligini tekshirish natijalari.
2– jadval



Topshiriqlar

Bolalar
Soni

Bajara olgan
bolalar

Bajara olmagan
Bolalar

1.

Lablarni kulgu holatiga keltirish.

100 %

6 ta – 60%

4 ta – 40%

2.

Lablarni cho‘chchaytirish

100 %

4 ta – 40%

6 ta – 60%

3.

Lablarni ochish va birlashtirish.

100 %

8 ta – 80%

2 ta – 20%

4.

Tilni yuqoriga ko‘tarish.

100 %

6 ta – 60%

4 ta – 40%

5.

Tilni pastga tushirish.

100 %

6 ta – 60%

4 ta – 40%

6.

Yuqori va pastki lablarni yalash.

100 %

4 ta – 40%

6 ta – 60%

7.

Tilni keng va tor holatda ko‘rsatish.

100 %

2 ta – 20%

8 ta - 80%

8.

Og‘izni katta ochish.

100 %

10 ta -100%

-

9.

Og‘izni ochiq holda besh soniya ushlab turish.

100 %

8 ta - 80%

2 ta – 20%

10.

Pastki jag‘ni o‘ng va chap tomonga qilib turish

100 %

4 ta – 40%

6 ta – 60%

Artikulyatsion apparat harakatchanligini tekshirish natijalari 2 – jadvalda aks ettirilgan. Bu jadvalda ifodalanilganidek tekshirilayotgan bolalar umumiy soni 10 ta (100%) ulardan lablarni kulgu holatiga kelitirishga 4 ta (40%) bola qiynaldi, 6 tasi (60%) to‘g‘ri bajara oldi. Lablarni cho‘chaytirish topshirig‘ini esa 4 ta (40%) bola bajardi, 6 tasi (60%) bolalar vazifani noto‘g‘ri bajardi, lablarini ochish va birlashtirishni 8ta bola (80%) bajara oldi, 2 ta (20%) bajara olmadi.


Tilni yuqoriga ko‘tarish topshirig‘ini 6 ta (60%) bola bajardi, 4 ta (40%) bola bajara olmadi. Tilni pastga tushirish topshirig‘ini esa 6 ta (60%) bola bajardi, 4 ta (40%) bola esa bajarishga qiynaldi.
Yuqori va pastki lablarni yalash harakatini 4 ta (40%) bola bajardi, 6 ta (60%) bola bajara olmadi. Tilni keng va tor holatda ko‘rsatish topshirig‘ini 2 ta (20%) bola bajardi, 8 ta (80%) bola bajara olmadi.
Pastki jag‘ uchun mo‘ljallanilgan mashqlarni ham 10 ta (100%) bola bajardi, ulardan og‘izni katta ochish topshirig‘ini 10 ta (100%) bola bajara oldi. Og‘izni ochiq holatda besh soniya ushlab turishni 8 ta(80%) bola bexato bajardi, 2 ta (20%) bola bajara olmadi. Pastki jag‘ni o‘ng va chap tomonga harakatlantirish topshirig‘ini 4 ta (40%) bola to‘g‘ri bajardi, 6 ta (60%) bola bajarishda qiynaldilar.
Fonematik idrokni tekshirish natijalari
Rinolalik bolalarni fonematik eshituvi va fonematik eshituvni shakllanishi shartlarini tekshirish uchun qator topshiriqlardan foydalandik. Quyida biz fonematik eshituvni rivojlanganlik darajasini tekshirish natijalarini keltirdik.
Nonutqiy tovushlarni tanish
Nutqiy tovushlarni tanish va ularni ajrata bilish holatini tekshirish uchun bir qancha ko‘rsatmalardan foydalandik.
Jadval -3



Topshiriqlar

4

3

2

1

0

1

Diqqat bilan eshit, nima ovoz berganini ayt yoki ko‘rsat! (Doira, shiqildoq, qo‘ng‘iroq ovozini ajratish)

2(20%)

2(20%)

6(60%)







2

”O‘yinchoqlarga diqqat bilan qara va qaysi biri ovoz chiqarganini eslab qol. Hozir men ularni yashiraman, sen qaysi o‘yinchoqdan ovoz kelganini topasan”.

2(20%)

2(20%)

6(60%)







Birinchi topshiriq bo‘yicha berilgan topshiriqni ya’ni doira, shiqildoq, qo‘ng‘iroq ovozini ajratishda 2ta(20%) bola topshiriqni to‘g‘ri bajardilar; 2ta(20%) bola topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 6ta(60%) bolalar berilgan topshiriqni 50% to‘g‘ri bajardilar; topshiriqni bajara olmagan bolalar bo‘lmadi.


2- topshiriq bo‘yicha berilgan topshiriqni 2ta(20%) bola to‘g‘ri bajardi; 2ta(20%) bola topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 6ta(60%) bolalar berilgan topshiriqni 50% to‘g‘ri bajardilar.
Ovoz balandligi, kuchi, tembrini farqlash bo‘yicha tekshirish natijalari
Bolalarda ovoz tembri, kuchi, balandligini bir xil tovush materiallari, so‘z birikmalari va iboralar asosida farqlash malakasini tekshirishda 5ta ko‘rsatmali topshiriqlardan foydalandik. Tekshirish natijalarini quyida keltiramiz.
Jadval-4



Topshiriqlar

4

3

2

1

0

1

Orqangga o‘giril va bolalardan qaysi biri seni chaqirganini top.

4(40%)

3(30%)

3(30%)







2

Nima bunday ovoz chiqaradi, zarur rasmni ko‘rsat.

2(20%)

6(60%)

2(20%)







3

Qo‘g‘iroqlar qanday ovoz chiqaradi, kichkinachi yaqindan yaqindan, kattasi uzoqdan.




6(60%)

4(40%)







4

Echki va uloqcha qanday m a’raydi (Ovoz eshittirildi)




8(80%)

2(20%)







5

“Bo‘g‘irsoq ” ertagidagi qaysi hayvon gapiryapti.




6(60%)

2(20%)

2(20%)





Birinchi topshiriqni bajarish ko‘pchilik bolalarga og‘irlik qilmadi. Bolalardan 4(40%)tasi vazifani to‘g‘ri bajardilar, 3(30%)ta bola vazifani bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 3(30%)ta bola esa topshiriqni 50%ni to‘g‘ri bajara oldi, topshiriqni bajara olmagan bolalar bo‘lmadi. 2-topshiriqni bajarishda 2(20%) bola muvaffaqiyatga erisha oldi; 6(60%)ta bola vazifani bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 2ta(20%) bola esa topshiriqni 50%ni to‘g‘ri bajara oldi, topshiriqni bajara olmagan bolalar bo‘lmadi. 3-topshiriqni to‘g‘ri bajara olgan bolalar bo‘lmadi; 6(60%)ta bola topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, 4ta(40%) bola esa berilgan topshiriqni 50% to‘g‘ri bajardilar. 4-topshiriqni ham to‘g‘ri bajara olgan bolalar bo‘lmadi; 8(80%)ta bola topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 2ta(20%) bola topshiriqni 50% to‘g‘ri bajardilar. 5-topshiriqni to‘g‘ri bajara olgan bolalar bo‘lmadi; 6(60%)ta bola topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 2ta(20%) bola topshiriqni 50% to‘g‘ri bajargan bo‘lsalar, 2(20%) ta bola esa 50%dan ko‘p topshiriqni noto‘g‘ri bajardilar. Topshiriqni mutloq bajara olmagan bolalar bo‘lmadi.



Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin