Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə24/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
Tadqiqotimizning uchinchi bobida interfaol ta’lim, uning xususiyalari, afzallaiklari bilan bir qatorda rinoalaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavchsiyalar berildi. Uchinchi bob bo‘yicha biz quyidagi xulosalarga keldik:

  1. Inter faol ta’lim zamonaviy ta’limning bo‘linmas qismi bo‘lib, u o‘zaro ta’sir, o‘zaro hamkorlikni rivojlantiradi.

  2. Interfaol ta’lim sharoitida nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.

  3. Ta’limda, ayniqsa, maktabgacha ta’limda interfaol o‘yinlardan keng foydalaniladi.

  4. Interfaol o‘yinlar bolalarning bilish faoliyatlari, bilim doirasini kengaytirish bilan bir qatorda nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

  5. Interfaol o‘yinlar orqali nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutfining fonetik- fonematik tomonini samarali ravishda rivojlantirish, barataraf etish mumkin. Bunda:

bolalar o‘yin maboyinida o‘z nutqini boshqalar nutqiga solishtirish, ularning to‘g‘ri nutqiga taqlid qilish imkoniga ega bo‘lishadi;
interfaol o‘yinlar talablari asosida bolalar nutqini tuzatishga bo‘lgan motivatsiyasi kuchli bo‘ladi va bolalar o‘z nutqlarni hech bir bosimlarsiz, ixtiyoriy yana o‘z navbatida ongli tuzatishadi;
interfaol o‘yinlar orqali fonematik idrokni rivojlantirish oddiy ish usullaridan ko‘ra ko‘proq samara beradi, chunki bunda boallar bir vaqtning o‘zida tabbiy ravishda bir nechta tovushlarni idrok etib farqlaydi;
o‘yin davomida bolalar o‘z diqqatlarni boshqa narsaga emas, asosan o‘yin topshiriqlariga qaratishadi, bu esa o‘z navbatida bolalar bilan olib borilgan ishlar samardorligini oshiradi.

  1. Interfaol o‘yinlarni yakka va guruhli mashg‘ulotlarda birdek qo‘llash mumkin.

  2. Interfaol o‘yinlarni kompyuterli taqdimotlar ko‘rinishida tashkil etilishi rinolaliyali bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirilishiga yanada katta yordam beradi. Chunki, bunda bolalarda o‘z nutqidagi buzilishlarni berilayotgan tovushlarga, so‘zlarga taqqoslab tuzatish imkoni katta.

  3. Maktabgacha yoshdagi rionolik bolalar bilan korreksion logopedik ishlarda logoped o‘z mahoratiga tayangan holda fonetik-fonematik nuqsonlarni bartaraf etish uchun o‘z mualliflik interfaol o‘yinlarini ham yaratishi mumkin. Bu esa logopedning bilimi, mahorati va ijodkorligiga bog‘liq.


Xulosa
Rinolaliya - nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzining buzilishidir.
Muammo bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish va o‘tkazilgan tekshiruv ishlarimiz asasida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
- rinolaliya nutq nuqsonini va undagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishni o‘rganish uzoq tarixga borib taqaladi va bugungi kuda ham izlanishalar davom etmoqda , bu muammo bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan;
- muammo bo‘yicha adabiyotlarni taxlil qilish rinolalik bolalar nutqining fonematik – fonematik tomondan rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari O‘zbekiston Respublikasida yetarli darajada o‘rganilmaganligi aniqlandi.
Rinolaliya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ldi :
- rinolalik bolalarda nutqning barcha komponentlari shakllanishi buzilishi bilan bir qatorda artikulyatsion apparatda, uning harakatchanligida kamchiliklar kuzatildi;
- rinolalik bolalardagi nutq buzilishlari artikuyatsion apparatdagi nuqsonlar bilan chambarchas bog‘liqdir;
- tekshirish jarayonida rinolalik bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi;
- rinolalik bolalardagi nutq kamchiliklari va artikulyatsion apparatdagi nuqsonlar (uning harakatchanligini buzilishi) maxsus logopedik va stomotologik – xirurgik ishlarsiz bartaraf etilmaydi;
- tekshirish jarayonida rinolalik bolalarni ko‘pchilikida fonetmatik idrokning shakillanmaganligi aniqlandi;
- bolalardagi fonematik idrok nuqsonlarini maxsus logopedik ishlarsiz bartaraf etilmaydi;
- rinolalik bolalarga logopedik yordam berish faqatgina maxsus maktabgacha muassasalarda yoki ommaviy bog‘chalar qoshida ochilgan maxsus guruhlarda amalga oshiriladi;
- maktabgacha tarbiya yoshidagi rinolaliyali bolalarda analiz- sintez qilish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagan bo‘ladi;
- bunday ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan logopedik ishlarni tovush talaffuzi nuqsonlarini bartaraf etish, fonematik idrokini rivojlantir interfaol o‘yinlar orqali amalga oshirilsa, logopedik ishlarning samaradorligi oshadi;
- interfaol o‘yinlar rinolaliyali bolalarni nafaqat nuqiiy xususiyatlarini, balki, bilish faoliyatlarini:diqqat,xotira, tasavvur xususiyatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi;
- shuningdek, kompyuterli interfaol o‘yinlar bolalarning kompyuter savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.
- agar rinolaliyali bolalard nutqning fonetik- fonematik tomoni maktabgacha yoshda rivojlantirilmasa, bu ularda maktab yoshida yozma nutq kamchiliklari ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham maxsus muassasalarda nutqning fonetik-fonematik tomonini rivojlantirish katta ahamiyatga ega degan fikr tadqiqotimiz jarayonida o‘z isbotini topdi.
Olingan xulosalarga ko‘ra quyidagicha tavsiyalarni shakllantiridik:
Mashg‘ulotlarning o‘tkazish jaryonida fonematik idrok kamchiliklarini baratarf etishga yordam beruvchi mashqlardan foydalandish:

  • nutqiy bo‘lmagan tovushlarni ajratish (o‘zaro nozik differensiatsiyalanuvchi);

  • tovushlar qatoridan ma’lum tovushlarni ajratish (akustik va artikulyatsion belgilari o‘zaro yaqin bo‘lgan);

  • so‘z tarkibidan tovush ajratish (tovush tarkibi jihatidan yaqin va uzoq bo‘lgan tovushlar);

  • berilgan tovushga so‘z topish;

  • bitta fonema bilan farqlanuvchi bo‘g‘inlar qatorini takrorlash;

  • berilgan tovushga rasm tanlash;

  • nutqda to‘g‘ri talaffuz qilinadigan so‘zlardan o‘zlashtirilgan tovushlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini mustahkamlash;

  • so‘z tarkibidagi alohida tovushlarni eshita bilish.

Fonematik idrokni rivojlantirishga va tovush talaffuzini shakllantirishga qaratilgan (eshitish orqali idrok qilingan tovush, bo‘g‘in va so‘zlarni qaytarish, rasmlar, so‘zlar tanlash orqali) mashqlar, o‘yinlarni bajartirishda biz bolalarda nutqdagi tovushlarni ajratish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.



Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin