Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Interfaol o‘yinlar- nutqning fonetik- fonematik tomonini rivojlantirish vositasi sifatida (metodik tavsiyalar)



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə21/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

3.2. Interfaol o‘yinlar- nutqning fonetik- fonematik tomonini rivojlantirish vositasi sifatida (metodik tavsiyalar)
Zamonaviy jamiyat muloqotga asoslanadi. Kar’era, dam olish, oila-insonning barcha eng muhim sohalari - shaxslararo munosabatlarga bog‘liq. Interfaol formatdagi o‘yinlar - bu o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadigan, atrof-olamni o‘rganishga va berilgan vazifalarni jamoaviy ish orqali hal qilishga qaratilgan faoliyatidir.
O‘yinning bu shakli bolalarga tengdoshlari bilan ziddiyatlarsiz, erkin va unumli, do‘stona va sabrli muloqotni o‘rgatish imkonini beradi. Interfaol o‘yindagi asosiy sub’ekt- bolalardir. Bu bolalar uchun qulay sharoitlar va chalg‘itadigan narsalarni yo‘qligi bilan ularni o‘ziga jalb qiladi. O‘yin qoidalari tushuntirilgach, bolalarning o‘zlari bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlari kerak, bunda o‘qituvchining vazifasi muloyimlik bilan jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirishdir. Interaktiv o‘yinni rolli yoki ishchi o‘yinlar bilan aralashtirmang.
Rolli o‘yinlarda bolalar o‘zlariga berilgan rollar bo‘yicha o‘ynashadi, ishchi o‘yinlarda esa, bolalarda ishchanlik sifatlari va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Interfaol o‘yinlar esa, o‘z navbatida, umuman boshqa, vazifani bolalarda atrofdagilar bilan to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, interfaol o‘yinlarning asosiy vazifalaridan biri- korreksion, ya’ni tuzatish vazifasidir. Bugungi kunda interfaol o‘yinlar barcha ta’lim muassasalarida korrekson maqsadda ko‘p qo‘llanilib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalrida ham interfaol o‘yinlardan keng foydalanilmoqda. Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ham interfaol o‘yinlardan unumli foydalanish mumkin. Shu bois, biz rinolaliya nutq nuqoniga ega bo‘lgan bolalar nutqini fonetik-fonematik tomonini va umuman nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi qator interfaol o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qilamiz:

  1. «Uy quramiz» o‘yini. «S» tovushini so‘z boshida mustahkamlash. O‘yinni kompyuterda taqdimotlar tayyorlab, yoki oddiy kartochkalar bilan o‘tkazish mumkin. Taqdimotni turli animatsiyalar va effektlar bilan boyitish o‘yinni qiziqarliligini oshirish bilan bir qatorda bolalarni o‘ziga yaxshi jalb qiladi.

O‘yinning borishi. Bola logoped bilan kompyuter oldida yonma-yon o‘tiradi. Logoped o‘yinni boshqaradi. Bola logoped hamrohligida o‘yinda ishtirok etadi. Ammo asosiy ishtirokchi bola hisoblanadi. Birinchi sahifada bolaga berilgan tovush ishtirokidagi rasmlar taklif etiladi. Bu rasmlar tagida ular nechta bo‘g‘indan iborat bo‘lsa shuncha, kataklar( g‘ishtlar) ko‘rinishida beriladi. O‘yin davomida bola rasmlarni nomalashi, ulardagi bo‘g‘inlarga qarab, ularni ketma- ketlikda aytishi orqali logoped yordamida uy quradi. Bunda bolada fonemati idro rivojlanishi bilan bir qatorda tovushlar talaffuzi rivojlantiriladi.


  1. Yüklə 162,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin