Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


III Bob. Rinolalik bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə20/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

III Bob. Rinolalik bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati
3.1. Interfaol ta’lim – zamonaviy ta’limning asosiy bo‘g‘ini
Bugungi kunda interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish davrning asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish yuqori saviyada o‘qitishni ta’minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta’lim dasturlari asosida tayyorlashdan iborat. Interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish ob’ekti - barcha uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari bo‘lib, unda amalga oshiriladigan asosiy ta’lim-tarbiya jarayonlari hisoblanadi. Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlari va imkoniyatlarini yaratadi. Bolalarning bilimga ehtiyojlari va qobiliyatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi o‘qituvchi faoliyatini va mas’uliyatini oshiradi. ―Texnologiya‖ yunoncha so‘z bo‘lib, ―techne‖ - mahorat, san’at va ―logos‖ - tushuncha, fan demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushuniladi. Pedagoglar o‘z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga bo‘ysundirishlari kerak: - tartibga solish - bir tizimga keltirish - oldindan loyihalashtirish. Ya’ni ushbu ta’lim - tarbiya jarayonini bosqichma – bosqich amaliyotga joriy etish. Bunda ta’lim -tarbiya jarayoni quyidagi ketma-ketlikda loyixalashtiriladi:
1. Ta’lim-tarbiyani yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash.
2. Ta’lim-tarbiya natijasini oldindan qayd etish.
3. O‘quv mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zarur ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash.
4. Oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga erishish uchun zarur tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarda interfaol usullarni qo‘llash.
Ko‘pgina asosiy interfaol usullar bugun o‘qitishning interaktiv usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Tushunchaning o‘zini aniqlab olishni istardi. «Interfaol» so‘zi ingliz tilidagi ―interakt‖ so‘zidan olingan bo‘lib, ―inter‖ - bu ―o‘zaro‖, ―akt‖ - harakat qilish degan ma’noni bildiradi. Interfaol o‘zaro harakat qilish yoki nima bilan (masalan, kompyuter bilan) yoki kim bilan (odam bilan) suhbat, dialog (muloqot) rejimida bo‘lishni bildiradi. Demak interaktiv o‘qitish - bu hammadan avval dialogli o‘qitishdir, uni borishida pedagog va o‘quvchining, o‘quvchi va kompyuterning o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Tan olish kerakki, interfaol o‘qitish - bu idrok etish faoliyatini tashkil qilishning maxsus shaklidir. U butunlay aniq va bashorat qilinadigan maqsadlarni nazarda tutadi. Bunday maqsadlarning biri o‘qitishning shunday qulay sharoitlarini yaratishni, ularda o‘quvchi o‘zini muvaffaqiyatliligi, o‘zini aqliy mustaqilligini his qiladi, interfaol o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, unda o‘quv jarayoni shunday tashkil qilinadiki, amalga barcha o‘quvchilar idrok etish jarayoniga jalb qilinadilar, ular tushunish va bilganlari va o‘ylaganlari bo‘yicha refleks hosil qilish imkoniyatlariga egalar. O‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirish jarayonidagi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati shuni bildiradiki, ularda har biri o‘z alohida shaxsiy ulushini kiritadi, bilimlar, g‘oyalar, faoliyat usullarini almashtirish ketadi. Inson o‘zligini namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O‘yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o‘ylaydi, o‘yin davomida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda interfaol o‘yin orqali bola:
-Dunyoni anglaydi.
- Real muammolarga duch kelganda ularni yecha oladi.
- Tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
-Madaniy tushunchalarni anglashga o‘rganib boradi. Boshqalarning hissiyotlarini tushunishga o‘rganib boradi.
- Vaziyatga mos keladigan hissiyotlarni izhor qiladi.
- Boshqalarning nutqini tushunishga o‘rganadi.
-Muloqotda og‘zaki va yozma nutqdan foydalanishga o‘rganib boradi. Pedagogning vazifa va mas’uliyatlaridan biri bolaning o‘rgangan narsalarini qiyoslashi va mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o‘rganishi uchun ma’noli o‘yinlarni uyushtirishdan iborat.
O‘yin -bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi; o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usuli hisoblanadi.
Mehnat va o‘qish bilan bir qatorda o‘yin ham inson faoliyatining eng asosiy turlaridan biridir. O‘yinning strukturasi o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: maqsadlarni qo‘yish. rejalashtirish. amalga oshirish (maqsadni). natijani tahlil qilish. O‘yinli faoliyatning motivatsiyasi eng ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati va musobaqa elementlarining borligi, ehtiyojlarni qondirish, o‘zini anglash va o‘zini safarbar qilish bilan ta’minlanadi.
Interfaol o‘yin strukturasiga quyidagi jarayonlar kiradi: o‘yinchilar o‘zlariga olgan rollar. Bu rollarni amalga oshirish vositalar sifatidagi o‘yinli omillar, predmetlarning o‘yinli qo‘llanilishi, ya’ni, haqiqiy narsalarni o‘yinli shartlari bilan almashtirish. o‘yinchilar orasidagi real munosabatlar, syujet (mazmun) - o‘yinda ko‘rsatilayotgan haqiqiy ahvol. Ko‘pchilik o‘yinlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: Faqatgina bolaning xohishi bilan amalga oshiriladigan erkin rivojlanuvchi faoliyat. Bola faqat natijadan emas, balki, o‘sha jarayondan zavq oladi. Bu faoliyatning ijodiy, ko‘proq inprovizotsion, faol harakterligi. Faoliyatning ruhiy jihatdan yuqoriligi, raqobat, musobaqalashish (ruhiy zo‘riqish). Bevosita va bil vosita qoidalarning mavjudligi - ularning o‘yinning mazmunini aks ettiradi, uning mantiqiy va vaqt bo‘yicha ketma-ketligini aniqlab beradi.
Interfaol o‘yinlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Ijtimoiylashtirish funksiyasi. O‘yin bolani ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilish uchun kuchli vositadir.
2. Millatlararo kommunikatsiya funksiyasi. O‘yin bolaga umuminsoniy qadriyatlar, boshqa millatlarning madaniyatini o‘zlashtirish imkonini beradi. Chunki o‘yinlar milliy va shu bilan bir vaqtda internatsional va millatlararo.
3. O‘yinda bolani o‘zini namoyon qilish funksiyasi, ya’ni o‘yin inson amaliyotining paligoni sifatida.
4. Komunikativlik funksiyasi.
5. Diagnostik funksiyasi.
6. O‘yinning terapevtlik funksiyasi. U bolaning nutqida, hulqida, muammosida va mashg‘ulotlarda paydo bo‘ladigan turli xildagi qiyinchiliklarni yengish vositasi sifatida foydalanishda namoyon bo‘ladi.
7. Tuzatish (korreksiya) funksiyasi. Bolalarning shaxsiy strukturasi ko‘rsatkichlari ijobiy o‘zgarishlar qo‘shimchalar kiritish.
8. Ko‘ngilochar funksiyasi.
Bolalar bilan interfaol o‘yinlar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etish mashg‘ulotni qiziqarli bo‘lishini ta’minlash bilan bir qatorda pedagogning oldiga qo‘ygan maqsadlariga osonroq va samaraliroq erishishiga yordam beradi.



Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin