Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Tovushlar talaffuzini tekshirish natijalari



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə18/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Tovushlar talaffuzini tekshirish natijalari
Tovushlar talaffuzini tekshirish jarayonida biz tovushlarni alohida talaffuz qilish, turli tuzilishdagi bo‘g‘inlarda, tovushlar turli o‘rinlarda kelgan so‘zlarda, turli bo‘g‘in tarkibiga ega so‘zlarda, gaplardagi o‘rniga alohida ahamiyat berdik.
Alohida tovushlarni talaffuz qilishni tekshirish natijalari
Alohida tovushlarni talaffuz qilish jarayoni tekshirishda tovushlarni logoped ketidan takrorlash usulidan foydalandik. Tug‘ma tanglay kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar tovushlarni alohida talaffuz qilishdagi kamchiliklarni quyida 7- jadvolda ifodaladi
Rinolaliyada unli tovushlarning akustik xarakteristikasi burun rezonasi rezanatorlar va til asosining ko‘tarilish shaklini o‘zgartirishi hisobiga buzilgan bo‘ladi. Undosh tovushlarning talaffuzi orqa yutqun devoriga yaqinlashadi va natijada, ularning talaffuzi buzilib, xirillab chiqadi. Rinolaliyali bolalarning tovushlar talaffuzini tekshirishda shu narsa ayon bo‘ldiki, bolalarning 100% ida tovushlar talaffuzining polimorf shakli kuzatildi. Tovushlar talaffuzining sifat xususiyatlari quyidagicha bo‘ldi: Rinolaliyada tovushlarni patologik hosil bo‘lishi antropofonik va fonologik belgilarga ega. Birinchisi-fonemalarni talaffuzi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi- fonemani boshqa bir fonema almashtirilishi bilan bog‘liq. Rinolaliyada 100% holatda antropofonik nuqson uchrab, fonemalar asosan buzlib talaffuz qilinadi. Masalan: 80% bolalarda shovqili tovushlar, 90% bolalarda esa, sirg‘aluvchi , 70% bolalarda sonr tovushlar buzilgan bo‘ladi. Tovushlar talaffuzining buzilish darajasini O. V. Pravdina quyidagicha tavsiflaydi: tovush yoki tovushlar guruhini to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik; tovushni alohida to‘g‘ri talaffuz kilish barobarida, uni so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik, boshqa tovushlardan farqlay olmaslik, talaffuziga ko‘ra o‘xshash tovushlarni har ikkalasini ham alohida to‘g‘ri talaffuz qilinishiga qaramasdan ularni nutqda to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik kuzatiladi.
Tovushlarni alohida talaffuz qilish natijalari
7-jadval




Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin