Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə23/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

«Ajoyib ustalar» o‘yini. Bu o‘yin bolalarda ritmni his qilish va aks ettirish ko‘nikmalrini fonematik idrokini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘yinning borishi: Logoped va bolaga o‘yinchoq yoki yog‘ochli bolg‘acha beradi. O‘zi ham bolg‘acha olib, bolani orqa o‘girib qo‘ygan holda «mixlar» qoqadi. Bola logoped ketidan, shuncha mix qoqib, ritmni aks ettirishi so‘raladi.

  • «Ovozidan top» o‘yini. Bu o‘yinni turli xil hayvonlar, hashorotlar, tabiat hodisalari( shamol, yomg‘ir, momaqaldiroq) ovozlari bolalarning tengdoshlarini ovozlari va boshqa ovozlar bilan o‘tkazish mumkin. Bu o‘yin bolalarni fonematik eshitishi va tovushga sezgirligini orttirishga yordam beradi. Bolaga ma’lum bir ovoz eshittirilib, undan bu nimani yoki kimni ovozi ekanligini topishi so‘raladi.

    Tavsiya- eslatma: Interfaol o‘yinlarni kompyuterli yoki interfaol doskalarda tashkil etishda animatsiyalar, effektlar, tasvirlarni yorqin bo‘lishini, bolalarni rag‘batlantiruvchi va boshqa ovozlarni tiniq, ifodali bo‘lishini ta’minlashga harkat qilish lozim.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan logopedning nutqning fonetik – fonematik tomonini va umuman nutqini to‘liq rivojlantirish bo‘yicha interfaol o‘yinlardan foydalanish yuqori samara beradi. Bu kabi o‘yinlarni o‘zi ham maqsadiga ijodiy yondoshgan holda kompyuterda yaratishi mumkin. Hozirgi kunda unday o‘ynlarni yaratish unchalik murakkab emas. Bu o‘yinlarni kompyuterli taqdimotlar ko‘rnishida turli animatsiyalar, effektlar , ovozlar bilan boyitish bolalarni yanada faol bo‘lishga undaydi. Shuningdek, bu kabi o‘yinlardan logopedalar rinolalik bolalarni o‘z nutqlarini boshqalar nutqi bilan solishtirish, akslantirish imkonini berib, nutqlarini tuzatishlariga imkoniyat yaratishadi. Bu o‘yinlardan ham yakka mashg‘ulotlarda, ham guruhli mashg‘ulotlarda keng foydalanish mumkin. Bu o‘yinlarni avvalida logoped yetakchilik qilsa, asta –sekin o‘yinga yetakchilik qilish bolaga yuklatiladi. Bu esa, bolaga katta ma’suliyat yuklaydi. U o‘z nutqini tuzatish bilan bir qatorda o‘yin davomida kompyuter sichqonchasi va kursorini boshqarishga harakat qiladi.
    Inter faol o‘yinlar jarayonida bolalar o‘zaro muloqotga kirishib, nutq nuqsonlarini bartaraf etishlari, tovushlar talaffuzini takomillmshtirish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. O‘yin davomida bolalarga doimiy ravishda rag‘batlantiriluvchi chaqiriqlar hamroh bo‘lishi lozim.


    Yüklə 162,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin