6
muhim ahamiyatga ega. Nutqning rivojlanishi bilan shaxsning, shuningdek
barcha psixik jarayonlarining shakllanishi chambarchas bog‘liq.
Yusuf Xos Hojib, Imom al-Buxoriy, Abu Nosir Farobiy, At-Termiziy,
Alisher Navoiy kabi buyuk daholar tomonidan yaratilgan asarlarda nutq va
uning inson faoliyatidagi ahamiyati yorqin misollarda o‘z ifodasini topgan.
Yusuf Xos Hojib odob-ahloq, ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy kamolotning
yo‘l-yo‘riqlarini mujassamlashtirgan qomusiy asari “Qutadg‘u bilig”da bilim,
zakovot sohibi bo‘lishning asosiy kalitini til deb biladi
2
. Allomaning fikricha, til
tufayli kishi o‘z ilmi, aql-idroki, zakovotiga jilo beradi, fikrini bayon etadi. Til,
so‘z kishining qadr-qimmatini oshiradi, ulug‘likka eltadi. Ammo, so‘zni o‘ylab,
bilib, kezi kelgandagina so‘zlash kerak. Faqat shundagina til va so‘zning nafi
juda katta bo‘ladi. O‘ylamay so‘zlansa, uning ta’sirchanligi pasayadi, natijada
kishi qadrini tushirib yuboradi. Shuning uchun oz, lekin soz so‘zlash orqali
mantiqiy samaraga erishiladi.
Abu Nasr Farobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish,
mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning
naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish
va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday
javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi
jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...”
3
.
Til va nutq o‘zaro dialektik bog‘liq ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-psixik
hodisalar bo‘lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir.
Tilni nutqdan, nutqni esa fikrdan ajratib bo‘lmaydi. Inson qaysi tilda
so‘zlamasin, o‘z fikrini so‘z bilan ifodalaydi, chunki ular o‘zaro jins uyg‘unlikka
ega. A. Navoiy til kishini hayvondan ajratuvchi yagona belgi deb qaraydi.
2
Yusuf Хоs Hojib. Qutadg΄u bilig. Tekst va hozirgi o΄zbek tiliga tavsif. – Тoshkent: Fan, 1971;
Qayumov К. Ilk badiiy doston. – Тoshkent: Fan, 1986. – 37b.
3
“
Dostları ilə paylaş: