Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

Fozil odamlar shahri
” Аbu Nasr Forobiy – 
Toshkent / 'Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi' Davlat ilmiy nashriyoti - 2004й. – 42б.



“Ma’nosiz so‘z-so‘z emas, balki qandaydir tovushlar yig‘indisidir. Umuman, 
bunday so‘z tilda yo‘qdir. Faqat hayvonlarning ma’nosiz bo‘kirishidan, 
qushlarning ma’nosiz chug‘urlashidan inson tili (nutqi) o‘zining ma’no ajratish 
xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi” – deb ta’kidlaydi. U o‘zining “Mahbub 
ul-qulub” asarida shunday deydi: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va 
ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur...”
4
ya’ni, til shuncha 
sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o‘rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir. 
Abdulla Avloniy ham “Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilishda fikr 
tarbiyasi benihoya zarur va muqaddas vazifa” deb ta’rif berar ekan, so‘zlashuv 
odobiga alohida diqqat qaratadi. Adib bolalarni har bir so‘zni ma’nosiga ko‘ra 
talaffuz qilishni avval o‘ylashni, so‘ng uni o‘z me’yorida gapirishni, nutqning 
doimo go‘zal va ma’noli bo‘lishiga erishish yo‘llarini ko‘rsatib, o‘zgalar so‘zini 
diqqat bilan tinglash uquvini tarkib toptirish zaruratini qat’iy ta’kidlaydi
5

Ko‘rinadiki til va nutq inson ma’naviy kamolotining muhim omillaridan 
sanaladi. Har qanday madaniy jamiyatning burchi va vazifasi nutq 
kamchiliklariga ega bo‘lgan jamiyat a’zolariga o‘z vaqtida malakali yordam 
ko‘rsatishdan iborat. Bolalar nutqini maktabgacha yoshidanoq to‘g‘ri 
shakllantirish ustida ishlash hayot talabidir. 
 
Nutq buzilishlari deganda gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul 
qilingan, 
nutq 
faoliyati 
normal 
holda 
ishlayotgan 
psixofiziologik 
mexanizmlarining zaiflashuviga bog‘liq holda til normalaridan chetlashuvi 
tushuniladi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda esa, nutq 
buzilishlari bu bilish jarayoni, aloqa vositalarining buzilishidir. Shuning uchun 
har qanday madaniy jamiyatning burchi va vazifasi nutq kamchiliklariga ega 
bo‘lgan jamiyat a’zolariga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishdan iborat. 
4
Alisher Navoiy. Mahbul-ul qulub. 14-tom, -Т.: 1998. 94-bet. 
5
Abdulla Аvloniy “Tanlangan asarlar” Ikki tomlik, «Ma’naviyat»., T., 1998 y. 1-Т.- 43-bet.
4



Aqli zaif bolalarda me’yorida rivojlanayotgan tengdoshlariga qaraganda 
nutqi kechikib shakllanadi va bir qator kamchiliklarga ega bo‘ladi. So‘zning 
tovushining tahlili va sintezi buzilishidagi talaffuz kamchiliklari, lug‘atining 
qashshoqligi, grammatik qurilishining shakllanmaganligi aqli zaif bolaning nutqi 
va tafakkurining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xatto ayrim mustaqil 
jumlalar paydo bo‘lgan taqdirda ham bolalarning aloqasi qator fonetik va 
grammatik buzilishlar bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, og‘zaki nutq buzilganligi 
tufayli shaxslararo munosabatga kirishish kechikadi. Aqli zaif bolalarda 
nutqning buzilish xususiyati yuqori nerv faoliyati va uning psixik 
shakllanishining o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi.
.
S.Ya.Rubinshteyn fikri bo‘yicha, aqli zaif bolalarda nutqi to‘liq 
rivojlanmaganini asosiy sabablari – barcha analizatordagi yangi differensial 
aloqalarning miyada sekin ishlab chiqilishi va funksional qatlamlarini zaifligi 
hisoblanadi
6

A
qli zaif bolalarning nutqini rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etgan 
olimlar ularda patologik intertlik, atrofga bo‘lga qiziqishning juda zaifligini ham 
ko‘rsatadilar. Shu sababli bu toifaga kiruvchi bolalarning ta’limini tashkil 
etishda ularning bilish faoliyatini faollashtirishga, nutqini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan ta’sir usullari qo‘llanilishi zarur. Bunda didaktik o‘yinlar katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Ilmiy, maxsus adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi aqli 
zaif bolalar nutqini o‘rganishda uni rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish 
zarurligini guvohi bo‘ldik. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini 
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Chunki 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashda, maktab ta’limiga 
tayyorlashda bu davrda bolalarning asosiy faoliyat bo‘lgan o‘yinning ahamiyati 
yanada muhim bo‘lib qoladi.
O‘yin - maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning yetakchi 
faoliyati bo‘lib, ularning hayotida muhim ahamiyatga ega. Bu o‘yinning bolani 
psixik rivojlanishiga ko‘p qirrali ta’siri bilan bog‘liq. O‘yinda, ayniqsa, didaktik 
6
С.Я.Рубинштейн // Дефектология.- 1990.- № 3.- С. 95.



o‘yin orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni 
egallab oladilar. O‘yin orqali inson muloqot qoidalarini egallab oladi. U bolada 
ahloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishga imkon yaratadi. Me’yorida 
rivojlanayotgan bola haqida gapirganda bularning barchasi tabiiy, bolalikka xos 
bo‘lib va hech qanday tarbiyaviy ta’sirlarni talab qilmaydi. 
O‘yin barcha psixik jarayonlarni va shaxsning shakllanishiga bolaning 
rivojlanishi uchun alohida sharoit yaratilganda va tizimli ravishda amalga 
oshirilayotgan korreksion-tarbiyaviy ishlar jarayoniga kiritilganda ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Maktabgacha pedagogika tamoyillariga asosan tashkil etilgan 
didaktik o‘yin ilk yoshdanoq rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalardagi 
nuqsonlarni, ayniqsa nutq nuqsonlarini korreksiyalash va maktabga tayyorlash 
imkonini yaratadi.
O‘yin, didaktik o‘yinlar to‘g‘ri tashkil etilganda har bir bolani ilk 
yoshdanoq aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik jihatdan rivojlanishi vazifalarini 
hal etadi. O‘yinda dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq bolaning shaxsi 
shakllanadi, o‘quv faoliyatida, mehnatda, odamlar bilan muloqotida kerak 
bo‘ladigan sifatlar rivojlanadi.
To‘g‘ri shakllantirilgan o‘yin intellektida buzilishlari bo‘lgan bolalarning 
rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, erta ijtimoiylashuvi va keyinchalik 
jamiyatga integratsiyasi uchun muqobil imkoniyat yaratadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida aqli zaif bolalarning nutqini shakllantirish va o‘stirishga 
qaratilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarda didaktik o‘yinlar orqali aqli zaif 
bolalar nutqining eng asosiy funksiyasi, ya’ni faoliyatni regulyatsiyalovchi 
funksiyasi, muloqot (kommunikativ, bilish) shakllanadi va rivojlanadi. Aqli zaif 
bolalarning nutqini o‘stirishda didaktik o‘yinlar ta’limiy (kattalar amalga 
oshiruvchi), korreksiyalovchi (bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi) xarakterga 
ega bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishning
barcha vazifalarini yechishda qo‘llash mumkin. Ular lug‘atni aniqlashtiradi va 
kengaytiradi, so‘zlarni hosil qilish va o‘zgartirishda, bog‘langan nutqni 
shakllantirishda qo‘llash mumkin. Didaktik o‘yin grammatik malakalarni 


10 
mustahkamlashda samarali vosita hisoblanadi. O‘tkazilishining hissiyligi, 
bolalarning qiziqishi orqali o‘zlashtirilgan malakalarni mustahkamlash uchun 
ko‘p marotaba takrorlashga imkon yaratadi. Yuqorida bayon etilganlarning 
barchasi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni rivojlantirish 
jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish muammosining dolzarbligini 
ko‘rsatadi. Shuningdek, aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda didaktik 
o‘yinlarni qo‘llashga qaratilgan o‘zbek tilida tadqiqotlar olib borilmaganligini 
ham mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik 
o‘yinlar hamda didaktik o‘yinlar qatnashgan samarador mashg‘ulot 
ishlanmalarni yaratish hozirgi zamon talabi bo‘lganligi uchun mavzuimizni 
dolzarb deb hisoblaymiz.
Ana shularga bog‘liq ravishda biz tadqiqotimiz mavzusini “Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan 
foydalanish texnologiyalari” deb belgiladik.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin