15
Birinchi bosqich.
Mavzuning dolzarbligi asoslandi.
Nutqni ontogenezda
rivojlanishi o‘rganib chiqildi va tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil
etishga oid tashkiliy masalalar (tajriba maydonlarini belgilash,
tajriba-sinov
ishlarida ishtirok etuvchi respondentlar sonini aniqlash, tajriba guruhlarini
shakllantirish,
guruh defektologlari, logopedlari va tarbiyachilarini jalb etish
kabilar) hal qilindi.
Ikkinchi bosqich
da maxsus ta’lim-tarbiyaga jalb qilingan bolalar
nutqining shakllanishi ta’kidlovchi tadqiqot metodikasi asosida tekshirildi.
Uchinchi bosqich.
Umumlashtirish bosqichida ta’limiy tajriba-sinov
ishlarining
mazmuni ishlab chiqildi, ta’limiy tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi,
natijalari umumlashtirildi va tahlil qilindi, taqdim etilgan metodikaning
samaradorligini tasdiqlovchi dalillarga tayangan holda aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan
foydalanishda yanada yuqori
samaradorlikka erishishni ta’minlovchi metodik tavsiyalar, texnologiyalar ishlab
chiqildi; yig‘ilgan nazariy va amaliy materiallar muayyan tartibga solinib,
dissertatsiya rasmiylashtirildi.
Dostları ilə paylaş: