3.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqning rivojlantirish
xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin,
me’yorida rivojlanayotgan bolalar nutqining rivojlanish jarayonlarini eslab
olaylik. Me’yorida rivojlanayotgan bolada nutq rivojlanishi erta boshlanadi.
Guvranish jarayonida fonematik eshitish shakllanib boradi, artikulyatsion
apparat rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotda passiv lug‘at yig‘ilib boradi. Bir
yoshga yaqin odatda bola so‘zlarni ayta boshlaydi, ikki yoshga kelib esa
iboralarni ishlatadi.
Aqli zaif bola hayotining dastlabki oylaridanoq rivojlanishdan ortda qola
boshlaydi. Keyinchalik bu tutilish yanada kuchayadi. Natijada maktab
yoshigacha davrga kelib unda atrofga qiziqish uyg‘onmagan, fonematik eshitish
shakllanmagan, artikulyatsion apparat yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi, xislar
yetarlicha namoyon bo‘lmaydi, bular nutq rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ko‘pgina aqli zaif bolalar nafaqat maktab yoshigacha davrga kelib, balki 4-5
yoshda ham gapirmaydilar. Bolalar bir-birlari bilan muloqotga kirishishlari
uchun shunday sharoit yaratish kerakki, muloqot zaruriyat bo‘lsin. Muloqot
deganda o‘rganilgan iboralar bilan almashinishni tushunish kerak emas.
Masalan, o‘yin mazmuni bolalarga hali to‘liq tushunarli bo‘lmaganida ularda
muloqotga kirishish istagi tug‘ilmaydi. Odatda bunday hollarda bolalar
tarbiyachi ko‘rsatmalariga asosan harakatlanadilar, shu o‘yin uchun maxsus
yodlagan iboralarini gapiradilar, muloqotni imitatsiya qiladilar (o‘xshatadilar).
Bolalar muloqotga kirishishlari zarur bo‘lgan didaktik vaziyatlar avvaliga juda
sodda bo‘lishi kerak. Muloqot ham albatta faqat so‘z orqali bo‘lishi shart emas,
ya’ni uni birgalikda bajariladigan harakatlar, qo‘l harakatlari (jest) orqali
yaratish mumkin. Biroq, bunda pedagog bolalarga kerakli so‘z va iboralarni
aytib turishi, bolalarda paydo bo‘lgan muloqot ehtiyojidan maksimal ravishda
foydalanishi
kerak.
Asta-sekin
bolalar
oldida
turgan
vazifalar
murakkablashtiriladi, shu bilan birga bolalar muloqot jarayonida foydalanishi
25
kerak bo‘lgan nutq materiali ham murakkablashadi. Endi so‘z orqali muloqot
qilishni qo‘l harakatlari orqali muloqotga almashtirib bo‘lmay qoladi
16
.
Berilgan muammoga nazariy yondashuv maktab yoshigacha bolalarning
nutq rivoji qonuniyatlariga asoslanadi, ular L.S.Vigotskiy, A.A.Leonteva,
F.A.Soxina, A. M. Shaxnarovich, D. B. Elkonin ishlarida shakllantirilgan.
I.V Karlin va M.Strazullaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday
bolalarda birinchi so‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lar
ekan (bolalarda birinchi so‘zlarning paydo bo‘lish me’yori 10 oydan
boshlanadi).
A.A.Kataeva (1998) esa, intellekti buzilgan bolalarning ko‘pchiligida
birinchi so‘zlar ikki yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Odatda, uch yoshgacha
iboralar paydo bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Muhimi shundaki, intellekti
buzilgan bolada, kichik yoshdagi nutq muloqot vositasi ham bo‘la olmaydi.
Shuningdek, nutq bolaning harakatlarini boshqarish vazifasini ham bajara
olmaydi.
A.A.Kataeva va E.A.Strebelevalar
17
ta’kidlashicha, intellekti buzilgan
bolalarda kichik yoshdan nutqining rivojlanishi uchun zarur holatlar etishmaydi;
predmetlar bilan harakatlar, kattalar bilan emotsional muloqot, artikulyatsion
apparatning va fonematik eshitishning tayyorligi. Natijada, o‘rganilayotgan
kategoriyadagi bolalar muloqoti uchun holat normadagi bolalarniki bilan bir xil
bo‘lganiga qaramay, bu holatning mazmuni u bolalar uchun boshqacha tuyuladi;
ular uchun o‘zlarining xususiy va kattalar bilan birgalikdagi harakatlari kamroq
bo‘lganidan, taqlid umuman shakllanmagan bo‘ladi, shuning uchun kattalarning
gaplari havoda “osilib” qolaveradi, normal rivojlanishdagi nutqning tayanchi
kabi tajriba bilan qo‘shila olmaydi. Bolalar ko‘pgina predmetlarga e’tibor
bermaydilar, demakki, ularning nomlarini ham eslab qolmaydilar. Biroq
aksincha jarayon ham aks etishi mumkin; ijtimoiy muhit taqozo etgani uchun
16
Матасов Ю.Т. Динамические особенности мышления детей с умственной отсталостью, с задержкой
психического развития и с нормальным психическим развитием // Обучение и воспитание умственно
отсталого ребенка- М., изд. ЛГПИ,1981.- с.76- 89
17
Катаева А.А., Стребелева Е.А. Дидактические игры и упражнения в обучении умственно отсталых
дошкольников.- М.: « Бук-Мастер», 1993.- 130с
26
ham, u yoki bu darajada muloqotga muhtojlik paydo bo‘ladi. Bundan tashqari,
intellekti sust bolani tarbiyalay turib, kattalar yosh normalariga (kun tartibiga,
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga, nutqqa) tayanadilar. Birinchi gapda ular
e’tiborni, nima qilib bo‘lmasin, nutqning orqada qolmasligiga, o‘z kuchiga va
imkoniyatiga tayanib, uning rivojlantirishga qaratadilar. Bolalar ota-onalarining
so‘zlarini va iboralarini qaytaradilar. Bularning orqasida hech qanday tasavvur
bo‘lmasa-da, ularning tushunarsiz hikoya va ertaklarini tinglaydilar. Ba’zan ular
o‘zlariga aniq ma’noni bermaydigan so‘zlar, hattoki iboralarni ham eslab
qolishlari mumkin. Bolalarning bir qismi, biror aniq va odatdagi holatda, tez-tez
qaytariladigan vazifalarni tushuna boshlaydilar. Masalan, bolani vannaxonaga
olib kirib, unga “qo‘llaringni yuv” - deyilsa, bola iltimosni bajaradi. Agar xuddi
shu gapni unga oshxonada aytilsa, bola undan nimani so‘rayotganlarini
tushunmaydi.
Biz A.A.Kataeva va E.A.Strebelevalar fikrlaridan quyidagi ayrim
xulosalarni chiqarib aytishimiz mumkin:
- intellekti buzilgan bolalarda predmetlar bilan ta’sirlashuvi kichik yoshda,
asosan monipulyatsiya ko‘rinishida, endigina boshlanadi. Ularning bir qismida
predmetlar bilan standart ta’sirlashuvlar (faqat o‘z-o‘ziga xizmat qilishda) yoki
shularni o‘zlashtirishga intilishlar yuzaga keladi. Ularning kichik yoshida
predmetli faoliyat bo‘lmaydi.
- nutq va muloqotning rivojlanishi ham kechikadi. Bolalarning ko‘pchiligida
faol nutq paydo bo‘lmaydi. Ularda passiv nutq yaxshiroq rivojlanadi. Bu esa
bolaga yaxshi tanish bo‘lgan sharoitlar doirasida uning faoliyatiga va xulqiga
biroz ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim bolalarda alohida so‘zlarning buzib
aytilishi paydo bo‘ladi. Faqat sanoqli hollardagina yoshiga rasman mos
keluvchi, lekin “bo‘sh” gaplar (nutq) kuzatilishi mumkin ekan
18
.
Shuningdek, M.Yu.Ayupova muallifligidagi “Logopediya“ darsligida
(2007) aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos
18
Катаева А. А. Развитие речи у детей с нарушением интеллекта и их умственное воспитание //
Дошкольное воспитание детей с проблемами интеллектуального развития - СПб, Изд. РГПУ им. А. И.
Герцена,1999.- с.153- 156.
27
xususiyatlari yoritib berilgan. Unda, aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni
me’yorga keltirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik
rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi, deb ta’kidlanadi.
Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi
rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqning sekin rivojlanishi va sifat
jihatidan o‘ziga xosligi, xatti-harakatini so‘z orqali nazorat qilishni izdan
chiqishi hissiy-irodaviy sohani to‘laqonli emasligi kuzatiladi.
Aqli zaif bolalarda nutqining rivojlanishni o‘ziga xos tomonlari ko‘plab
mualliflar tomonidan psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner,
I.Karlin, M.Strazulla, S.Borel-Mezonni, Shlezinger, M.Zeeman va boshqalar).
S.Ya.Rubinshteyning
(1970)
fikricha,
aqli
zaif
bolalarda
nutq
rivojlanmasligining sababi “miya po‘stlog‘i faoliyatining zaifligi, barcha
analizatorlarda
yangi
differensial
aloqalarning
sekinlik
bilan
ishlab
chiqilishidadir”. Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli
aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq
tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan so‘zlarini aniq anglamaydi
19
.
Motorikaning, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif
bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikki tomonlama
nazorat orqali ta’minlanadi. Eshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq
bo‘lib rivojlanadi.
Aqli zaif bolalar nutqining o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilish jarayonida
S.Ya.Rubinshteyn (1970), V.G.Petrova (1977) ularning nutq buzilishlari
sabablari hisoblangan ko‘pgina faktorlar yig‘indisini, ajratib, aqli zaif bolalar
nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining
rivojlanma-ganligidir, deb e’tirof etadi
20
.
Analitik-sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini
differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul
qilishning buzilishida namoyon bo‘ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning
19
Рубинштейн С. Я. Психология умственно отсталого школьника: Учеб. пособие для студ. пед. ин-тов по
спец. №2111 «Дефектология» - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: «Просвещение»,1986.- 192с.
20
Петрова В. Г. Практическая и умственная деятельность детей-олигофренов. М., «Просвещение»,1968.-
144с.
28
semantik tomondan o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun,
aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo‘lgan so‘zlarni (mavhum,
umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash
gapli qo‘shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar.
Analitik-semantik faoliyatining umumiy ravishda rivojlanmay qolishi
sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining o‘zlashtirishi
me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o‘laroq, qiyinchilik bilan kechadi.
Aqli zaif bolalar so‘z boyligining o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar
diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar
passiv va aktiv lug‘atlarning shakllanishida o‘z izini qoldiradi, deb e’tirof
etganlar.
Aqli zaif bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligi, so‘zlardan noto‘g‘ri
foydalanish, passiv lug‘atning aktiv lug‘atdan ustun bo‘lishi va so‘zlarni
mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda so‘z
boyligi kambag‘alligining muhim sabablari bo‘lib, ularning aqliy rivojlanishi
pastligi, atrofdagi olam haqida bo‘lim va tasavvurlarning cheklanganligi, verbal
xotiraning zaifligi, ijtiomiy va nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pastligi,
qiziqishlarning shakllanmaganligi hisoblanadi
21
.
Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda ko‘proq, lekin
shunda ham biror so‘zni qaytarish, talaffuz etish uchun yo‘naltiruvchi savol
talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya
po‘stlog‘idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar
shakllanishidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqadi.
A.R.Luriya va O.S.Vinogradovalarni (1978) semantik maydonlar yuzasidan
o‘tkazilgan tadqiqoti ularni to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Normada so‘zni
tanlash, ularning ma’nosidan kelib chiqqan holda, ya’ni mazmuniy
o‘xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqli zaif
bolalarda esa so‘zlarni tanlash tahminiy, ba’zan, tovush o‘xshashliklariga
21
Люблинская А. А. Очерки психологического развития - Изд. 4-е, перераб., М.: «Просвещение»,1985.-
356с.
29
asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug‘aviy sistematiklikning to‘liq
shakllanmanligidan dalolat beradi. Ko‘pgina so‘zlar tushunchaga aylanmay
qolaveradi
22
.
M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova (2009) e’tirofi bo‘yicha: “Aqli zaif bolalar
nutqidagi kamchiliklar ularning bog‘langan nutqini shakllantirishda bir qator
muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari,
hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasavvurlarni
etishmasligi, mavzudan chalg‘ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet
va hodisalar haqidagi etarli ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z
boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi”
23
.
Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan kuzatishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
ular predmetlar va holatlarni bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini tushunishda
qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy tajribalarida kam uchraydigan
predmetni hatto ko‘rsata olmaydilar. Ularning passiv so‘z boyligi salmog‘i faol
nutqidan yuqori turadi. Rasmdagi tasvirlarni mazkur toifadagi bolalar ko‘rsatib
bera oladi, ammo nomlashga aqliy imkoni yetmaydi. Faol so‘z boyligining
kamligi aqli zaif bolalarning atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchilik
tug‘diradi. Aqli zaif bolalar ba’zi so‘zlarni rasmdagi tasvirga qarab aytib beradi,
lekin boshqa sharoitda va vaziyatga shu so‘zlarning ma’nosini tushunmaydi
(M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova 2009).
Shu bilan birga, so‘z boyligining kambag‘alligi tufayli bolalar bir guruh
so‘zlardangina foydalanishi natijasida nutqning bir yoqlama, noaniq bo‘lishiga
olib keladi.
Aqli zaif o‘quvchilar nutqning grammatik qurilishining o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘pgina mualliflar o‘rganib chiqishgan (V.G.Petrov,
M.F.Gnezdilov, M.F.Feodanov, A.P.Fedchenko va b.). Afsuski, maktabgacha
yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining grammatik tomoni mukammal
o‘rganilmaganligini guvohi bo‘ldik. Hattoki, mehnat ta’limi maktabi 1-sinf
22
Виноградова А.Д., Липецкая Е.И., Матасов Ю.Т., Ушакова И.П. Практикум по психологии умственно
отсталого ребенка. – М.: «Просвещение», 1985.
23
Ayupova M.Yu. “Logopediya” darsligi, Toshkent “Uzbekiston faylasuflar jamiyati”, 2007y.- 196б.
30
o‘quvchilarining nutqidagi grammatik tuzilishlar takomillashmagan bo‘ladi.
Ularning jumlalari bir sodda so‘zlardan iborat bo‘ladi, o‘z fikrlarini bayon
qilishda juda qiynaladilar (D.Nurkeldieva, 2000). Shuning uchun, aqli zaif
bolalarning maktabgacha yosh davrida hali grammatik komponentlardan
foydalana olish malakalari shakllanmagan bo‘ladi, degan xulosaga keldik.
Aksincha, aqli zaiflikni keltirib chiqargan gidrotsefaliyada esa, ba’zan nutq
yaxshi rivojlangandek tuyulsada, aslida unday emas. Bunday bolalar nutqida
juda murakkab jumlalar, so‘zlar bo‘ladi. Ular nutqining grammatik tuzilishi ham
juda mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu bolalarning fikr yuritishlari
nasihatgo‘ydek bo‘lib tuyuladi. Nutqlarining mohiyatiga o‘zlari yaxshi tushunib
yetmaydilar. Bu bolalar nutqi yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, aqli zaif
bolalarning fikr yuritish quroli bo‘la olmaydi. Aqli zaiflikdagi bunday o‘ziga
xos nutq juda kam uchraydi. Shizofreniya kasaliga uchragan aqli zaif
bolalarning nutqi ham yuqoridagi holatga o‘xshab ketadi. Bu bolalarda nutq
malakalari, tushunish holatlar normal bolalardan ham tez shakllanishi mumkin.
Ularning so‘z boyliklari normal bolalarnikidan kam farq qiladi. Ammo ular
nutqida buzilgan so‘zlar uchrashi mumkin (G‘.B.Shoumarov, 1980).
M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupovaning (2009) maktabgacha yoshdagi aqli
zaif bolalardagi nutqni asosi bo‘lmish grammatik tomonini tekshirish
natijalarining tahlili, ularda tilning leksik-grammatik tuzilishining yetarli
shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Ular amalda tilning grammatik qoidalarini
buzgan holda qo‘llaydilar va nutqda xuddi shunday ifodalaydilar. Aqli zaif
bolalarda 5 yoshda so‘zlardan gap tuzish jarayoni zaifligi yoki yetarli
shakllanmaganligi kuzatiladi. Tekshirishdan olingan natijalar aqli zaif bolalar 2-
3 so‘zdan iborat gap tuzish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatdi. Maktabgacha
yoshdagi aqli zaif bolalar gapni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishda
qiyinchiliklarga duch keladilar. Noto‘g‘ri tuzilgan gaplar orasida tugallanmagan,
grammatik jihatdan shakllanmagan, ma’nosiz so‘zlarni o‘rnini almashtirish kabi
kamchiliklar kuzatiladi.
31
Ayni vaqtda, intellekti buzilgan bolalarning rivojlanish sur’ati normal
rivojlanayotgan bolalarniki bilan bir xildir. Ayrim buzilishlar predmetli
harakatlarni o‘zlashtirishdagi kechikish, nutqning rivojlanishidagi va bilish
jarayonlaridagi kechikish hamda chetga chiqib ketish sezilarli darajada ikkinchi
darajali tabiatga ega. Hayotni to‘g‘ri tashkil etib, ancha kichik yoshidanoq
maxsus o‘qitish yo‘lga qo‘yilsa, rivojlanishning anchagina nuqsonlari
to‘g‘irlanishi, aksariyat hollarda oldi olinishi ham mumkin.
Tafakkur, til va nutqning aloqadorligi haqida L.S.Vigotskiy (1956),
A.G.Spirkinlarning juda qiziqarli ishlari bor. Bolalar nutqining rivojiga atalgan
umumiy tarzdagi qiziqarli ma’lumotlar S.L.Rubinshteyn (1986) va D.B.Elkonin
(1988) ishlarida keltiriladi. Yuqoridagi barcha ishlarda asosiy e’tibor nutqning
mazmun tomoniga, bolalar aqliy ishlaridagi va xulqidagi roliga qaratilgan.
Normal 3-4 yoshli bola yetarli lug‘at boyligiga ega bo‘lib, uning faol nutqi
deyarli to‘g‘ri grammatik shaklni tashkil etadi. Fonetik xatolar u darajada ko‘p
bo‘lmaydi. Oligofren bolada esa, so‘zlarni talaffuz qilish birmuncha kechikadi.
Ularni nutqi kambag‘al va noto‘g‘ridir. L.V.Zankov (1956) va M.S.Pevznerning
(1959) ta’kidlashlaricha, aqli zaif bolalar nutqi 1-1,5 yoshda emas, balki 3
yoshlardagina rivojlana boshlaydi. Chet el olimlaridan Shols-Erzam, Kassel,
Shlezinger, Zeemanlarning (1962) ta’kidlashlaricha, 40% dan ortiq aqli zaif
bolalarda nutq kechikib shakllanar ekan.
Aqli zaif bolalardagi nutqning yaxshi rivojlanmasligi asosida eshitish
a’zolarida ham ayrim kamchiliklari yuz berishi mumkin. Bu nuqson oqibatida
bola uzoq muddat atrofdagilar nutqini yaxshi eshitmasligi natijasida, bir-
birlaridan ajrata olmaydi. Umuman bola kar emas, ammo unga nisbatan aytilgan
gaplarni noaniq idrok etadi. Bu bolalar juda kam so‘zlarnigina bir-birlaridan
ajrata oladilar. Aqli zaif bolalarning nutqni idrok etishlari birmuncha sekin
amalga oshadi. Aqli zaif bolalarning nutqidagi barcha kamchiliklarning asosiy
sababi mana shudir.
Aqli zaif bolalar nutqining to‘la bo‘lmasdan, kechikib rivojlanishi noto‘g‘ri
idrok qilishning asorati ekan. Aqli zaif bolalar tanish tovushlarni yomon
32
farqlaydilar, ayniqsa, undosh tovushlarni bir-birlaridan qiyin farqlaydilar.
Fonematik eshitishning yomon rivojlanganligi oqibatida qator tovushlar
almashtirilib eshitiladi va shu asosda almashtirilib yoziladi. Hatto, bolaga
tovushlar tartibi ham noaniq tuyuladi. Talaffuz qilinayotgan so‘zlar oxirlari
yaxshi tahlil qilinmasligi asosida ham, grammatik xatoliklar kelib chiqar ekan.
Aqli zaif bola fonematik eshitishidagi kamchiliklar, nutq a’zolaridagi,
artikulyatsiyadagi kamchiliklar asosida yanada og‘irlashadi. Analizatorlarning
to‘la, mukammal rivojlanmasligi asosida nutqning qator kamchiliklari yuzaga
keladi. Tafakkur quroli bo‘lgan nutqning o‘zi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa,
tasavvur qiling tafakkur qay holatda bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda birinchi, alohida
so‘zlari 2-3 yoshlarda, qisqa kambag‘al grammatik gaplari 5-6 yoshlarda yuzaga
kelar ekan (G‘.B.Shoumarov, 1980). Aqli zaif bolalarning so‘zlarni tovush
tomondan tahlil qila olishlari grammatik qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli
egallashlarida asosiy narsadir. N.S.Rojdestvenskiyning ta’kidlashlaricha,
“So‘zdagi tovushlarni farqlamasdan, ularni ajratmasdan, bolalarni o‘qish va
yozishga, keyinchalik to‘g‘ri yozishga o‘rgatish mumkin emas”. Intellekti
buzilgan ko‘pchilik bolalar faqat maktabgacha yoshning boshida emas, balki 4-5
yoshda ham gapira olmaydilar. Intellekti buzilgan bolalar, nutqning rivojlanishi
nuqtai nazaridan qaraganda, juda turli-tuman kategoriyalardan iboratdir.
Ularning orasida nutqi umuman yo‘q bolalar, so‘zlari va oddiy iboralari kichik
hajmga ega bo‘lgan bolalar bor. Ularning hammasini, bir tomondan, aytilgan
nutqni tushunishning chegaralanganligi, boshqa tomondan, nutqning borliqdan
uzilib qolganligi birlashtirib turadi. Nutq bolaning haqiqiy intellektual
imkoniyatlarini aks ettirmaydi, unga bilimlarni va axborotlarni uzatishning
to‘laqonli manbai bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Iborali nutq fonetik va grammatik ko‘plab nuqsonlar bilan ajralib turadi.
Odatda, maktabgacha yosh davrida nutqning grammatik tuzilishini o‘zlashtirish
amalga oshmaydi. Ayniqsa, bog‘lovchi nutq aziyat chekadi. Bunday vaziyatda
son bilan otning muhim buzilishlari o‘ziga xos xususiyatlardan biri bo‘ladi.
33
Passiv shakldagi so‘z boyligi faol shakldagisidan yuqori bo‘ladi. Bu
odatda, alohida ajratib olingan so‘zlarga tegishli bo‘ladi, biroq barcha
vaziyatlarda emas. Shunday so‘zlar borki, intellekti buzilgan bola ularni biror
suratga, predmetga nisbatan aytishi mumkin. Biroq ularni o‘ziga tanish
bo‘lmagan vaziyatda boshqa birov aytsa tushunmaydi. Ushbu holat intellekti
buzilgan bolalarda so‘zning vaziyatli holati uzoq muddat saqlanishini bildiradi.
Bunday bolalarda so‘zning semantik vazni ayni shu yoshdagi normal
bolalardagidan kamroq bo‘ladi.
So‘zning vaziyatli ahamiyati, nutqning grammatik yetarlicha tuzilmagani,
fonematik eshitishdagi buzilish va qabul qilish (idrok etish)ning sekinlashganligi
shuni ko‘rsatadiki, kattalar nutqni intellekti buzilgan bola yo umuman
tushunmaydi yoki aniq tushunmaydi, yoki noto‘g‘ri tushunadi.
Ayni paytda kattalarning nutqi imkoniyati cheklangan bolaning faoliyatini
tashkillashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Bu uning e’tiborini to‘plashi,
uni faoliyatga qaratishi, hattoki uning oldiga unchalik qiyin bo‘lmagan vazifani
qo‘yishi ham mumkin. Shuni esda tutish lozimki, bunday vaziyatlarda faqat
og‘zaki tushuntirish bilan cheklanib bo‘lmaydi, uni maktabgacha yoshning
butun davri davomida ko‘rsatish, namuna qilish, bolaning kattalar bilan
birgalikdagi harakatlari bilan qo‘shib olib borish lozim. Intellekti buzilgan
bolalarda maxsus o‘qitishsiz o‘zlarining xususiy nutqi yordamida faoliyatini
boshqarish imkoniyati rivojlanmaydi: ba’zi hollarda kuzatuvchi nutq paydo
bo‘ladi, biroq qayd qiluvchi va rejalashtiruvchi nutqlar paydo bo‘lmaydi
(A.A.Kataeva, E.A.Strebeleva).
Aqli zaif bolalar nutqi turli yo‘nalishlarda, turli yoshdagi bolalarda, turli
mutaxassislar tomonidan, turli darajada o‘rganilgan. Nutq nuqsonlarining aqli
zaif bola umumiy ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta’siri Shif J.I. (1980) qo‘llanmasida
atroflicha, chuqur tahlil qilib berilgan. Mualliflarning e’tirof etishlaricha, aqli
zaif bola bilan normal bolalar orasidagi farq ularning faol nutqlari ko‘zga
tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar o‘z nutqlarida sifat, fe’l, bog‘lovchilardan juda
kam hollarda foydalanadilar. Bolalar ulg‘aygan sari narsa nomlarining ahamiyati
34
ham o‘sib, aniqlanib boriladi. Aqli zaif bolalarda “taxallus”lardan
tushunchalarga o‘tish jarayoni juda uzoq va qiyin shakllanadi
24
.
A.A.Kataeva va E.A.Strebeleva birgalikda olib borgan tadqiqotlarda aqli
zaif bolalar nutqini erta korreksiyalash, ular so‘z boyligini oshirish, nutqida
grammatik komponentlardan to‘g‘ri foydalana olish malakalarini shakllantirish
uchun bunday bolalarda muloqot funksiyalarining paydo bo‘lishini ta’minlash
lozimligini isbotlab berdilar (1998).
Normadagi bolalar eng birinchi kattalar bilan muloqot funksiyalari paydo
bo‘ladi. Bu emotsional, predmetli va faol xarakterga ega bo‘ladi. Keyinchalik
tengqurlari bilan muloqot paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bolaning umumiy psixik
rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, muloqotda nutq shunchalik katta rol
o‘ynaydi. Nutq bolalar harakatining kollektiv ko‘rinishlarida, ayniqsa, o‘yinda
muhim o‘rin tutadi. Bu erda ular nutq yordamida o‘yinning mazmuni haqida
kelishib oladilar, uning rejasini tuzadilar, har personajni sharhlagan holda,
rollarni bo‘lishadilar. Nutq yordamida, muayyan o‘yin davomida bolalarning
o‘zaro munosabatlar ham yuzaga chiqadi.
Intellekti buzilgan bolalarda muloqot xuddi shu yo‘llar bilan rivojlanadi,
biroq katta kechikish bilan. O‘qitishning boshlang‘ich paytida bolalar,
odatdagidek, hali o‘zaro muloqotga kirisha olmaydilar, hattoki bunday
muloqotga ehtiyoj ham sezmaydilar. Chunki ularda faoliyatning kollektiv
ko‘rinishlari umuman rivojlanmagan. Biroq kattalar bilan muloqotga muayyan
ehtiyoj va bu ehtiyojni amalga oshirish usullari barcha bolalarda mavjud.
Bolalar kattalarga turli holatdagi iltimoslar bilan murojaat etadilar. Bolaning
kattalar bilan muloqoti mashg‘ulotlar jarayonida ham doimiy ravishda paydo
bo‘laveradi. Bunday sharoitlarda, har qanday bosqichda bo‘lmasin, bola
o‘zining ehtiyojini amalga oshirishi uchun zarur, o‘zi tushina va anglay oladigan
muloqot vositalarini olishi kerakligi haqida qayg‘urmoq lozim. Dastlabki
24
Особенности умственного развития учащихся вспомогательной школы - Под ред. Ж. И. Шиф - М.:
«Просвещение»,1985.- 342с.
35
bosqichda bu bir so‘zli ibora, keyin ikki so‘zli va, oxirida, yoyilgan (“Ber”, “Suv
ber”, “Iltimos, suv bering, ichgim kelyapti”) iboralar bo‘lishi mumkin
25
.
Intellekti buzilgan bolalar maktabgacha muassasaga besh yoshida
kelsalar-da, ularning nutqi, avval aytib o‘tganimizdek, hali bilish vositasi bo‘lib
xizmat qila olmaydi. Pedagoglar oldida nutq rivojlanishining mazmunli va
grammatik tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan, nutqning bilish funksiyasini
shakllantirish vazifasi turadi.
Hozirgi zamon oligofrenopsixologiyasida aqli zaif bolalar nutqi, alohida
faoliyat va bilish jarayoni sifatida qaraladi. O‘yin bilan birga nutq aloqasi
alohida, faoliyat turi sifatida o‘rganiladi. O‘zaro aloqa jarayonida fikrlar
almashuvi hislarni ifoda etish, kattalar va bolalar xulqiga ta’sir etish yuz beradi.
Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarining ilmiy izlanishlari aqli zaif bolalar
nutqining fonetik, leksik, grammatik tomonlarining rivojlanish dinamikasini
ochib berishga katta yordam berdi. Aqli zaif bolalardagi turli nutq kamchiliklari
ularning atrofdagilar bilan muomalasini qiyinlashtirib, o‘zlarida qayg‘urish
holatlarining yuzaga kelishiga salbiy sabab bo‘lar ekan.
25
Петрова В.Г. Практическая и умственная деятельность детей - олигофренов. М.: «Просвещение»,1968.-
160с.
|