I bob bo‘yicha xulosa
Mavzuga doir psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarni o‘rganish
natijasida quyidagilarni xulosa qilish mumkin: nutqiy ifodaning paydo bo‘lishi
va rivojlanishi murakkab bo‘lib psixik jarayonlarning yetilganligini talab etadi.
Bola uni asta-sekin, nutqning rivojlanishi jarayonida o‘zlashtirib egallab oladi.
Aqli zaiflikning tuzilishini, uning sabablarini, birlamchi va ikkilamchi
nuqsonlarning turli munosabatlarini aniqlash maktabgacha davrda bolalar
rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalashning eng samarali usullarini
tanlashga imkon yaratadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqiy
faoliyatini rivojlantirish – juda jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib, ushbu
muammmoga psixologik-pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muassasasiga
qaratilgan tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar, ya’ni faol lug‘atning qashshoqligi,
tushunchalar ahamiyatining (mohiyatining) cheklanganligi, ularni noto‘g‘ri
qo‘llash, grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi, mustaqil nutqning
zaifligi va boshqa omillar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga
salbiy ta’sir qiladi.
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan
barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan
tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini
ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llarini
tadqiq etish zarurligini ta’kidlaydilar. Ana shu samarali vositalarga didaktik
o‘yinlar ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. CHunki
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashda, maktab ta’limiga
tayyorlashda bu davrda bolalarning asosiy faoliyat bo‘lgan o‘yinning ahamiyati
yanada muhim bo‘lib qoladi. O‘yinda, ayniqsa, didaktik o‘yin orqali bolalar
yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni egallab oladilar.
46
Maktabgacha ta’lim muassasalarida aqli zaif bolalarning nutqini shakllantirish
va o‘stirishga qaratilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarda didaktik o‘yinlar
orqali aqli zaif bolalar nutqining eng asosiy funksiyasi, ya’ni faoliyatni
regulyatsiyalovchi funksiyasi, muloqot (kommunikativ, bilish) shakllanadi va
rivojlanadi. Bularning barchasi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
|