21
aniq bir bayon mantig‘i anglanadi. Tez-tez hikoyalarida xayotda mavjud
bo‘lmagan epizodlarni to‘qib
chiqarish hohishi, fantaziya elementlari paydo
bo‘ladi.
6 yoshda o‘rtacha rivojlangan bola ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri
talaffuz qiladi, amalda nutqda grammatik xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Bu
yoshning yorqin xarakteristikalaridan biri har xil turdagi matnlarni tuzishni faol
o‘zlashtirish hisoblanadi. Bola monolog shaklini o‘zlashtiradi. Muloqotning
ko‘rinish holatidan qat’iy nazar nutqning vazifasi paydo bo‘ladi. Grammatik
tizimning shakllanishi nutqning rivoji bilan bog‘liq bo‘ladi.
A.A.Leontev
13
ta’rifi bo‘yicha ontogenezda nutqiy faoliyatni shakllantirish
jarayoni va ona tilini tizimli o‘zlashtirish bir qator ketma-ket davrlarni yoki
bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Tayyorlov davri (tug‘ilgan vaqtdan bir yoshgacha)
2. Maktabgacha davrdan oldingi (1 yoshdan 3 yoshgacha)
3. Maktabgacha davr (3 yoshdan 7 yoshgacha)
4. Maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha)
Tayyorlov davri uchta asosiy bosqichga bo‘linadi:
1. G‘ing‘illash (1,5 oylikdan boshlab) – xarakteristikaga ko‘ra unli
tovushlarga o‘xshash ayrim tovushlarni aytish.
2. Bidillash (6-7 oylikdan 10 oylikkacha) – tovushlarni qo‘shish bo‘g‘inlar
ketma-ketligi ko‘rinishida talaffuz qilinadi va odamlarga tegishli bo‘ladi. (da-da,
bu-vi) 5 oylikdan bola tovushlarni eshitadi, lablar harakatini ko‘radi
va ularga
taqlid qilishga urinadi.
3. «Modullashgan bidillash» (6-7 oylikdan) – buyumlar, odamlar,
harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli tovushlar birikmasi (nan-na, ash-sha, ma)
10-11 oylikdan avvalo, dastlabki so‘zlarga reaksiya (munosabat) paydo bo‘ladi,
1-yoshda esa dastlabki so‘zlarni aytadi. Bola hayotining birinchi yilidagi
faoliyatining asosiy shakli kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqot hisoblanadi.
Bu esa bola nutqiy muloqotiga zamin shakllantirishning asosi hisoblanadi.
13
“Язык, речь, речевая деятельность”. - ИЗДАТЕЛЬСТВО «НАУКА» / МОСКВА, 2007г. – 94б.
22
Maktabgacha davrdan oldingi davr (bir yoshdan uch yoshgacha) – lug‘at
zahirasining kengayishi bilan, atrofdagilar nutqiga bola e’tiborining kuchayishi
bilan harakterlanadi.
Ilk so‘zlar umumiy ma’noli harakterga ega,
ularning mazmuni holatga
bog‘liq, nutq esa imo-ishoralar orqali boshqariladi. 2 yoshlarida bola ko‘plikdagi
otlarni farqlaydi va qo‘llay boshlaydi. 3 yoshlarida bolaning lug‘at zahirasi 300-
400 so‘zni tashkil qiladi.
So‘zlarning ma’nolari yanada aniqlashadi. Nutqning grammatik tizimi
shakllana boshlaydi – so‘zlar uyg‘unligisiz tuzilgan birinchi gaplar paydo
bo‘ladi (Oyi, ber nanna)
14
.
L.S.Vigotskiy ontogenez sharoitida so‘zlar mazmunining shakllanishini
tahlil qila turib shunday yozgan:
«
Nutq va so‘zlar ma’nolari tabiiy yo‘l bilan
shakllangan va uning tarixi, so‘zlar ma’nolarining
qanday taraqqiy etganligi
ma’lum bosqichgacha yoritishga yordam berishi, imo-ishoralar shakllanishi
qanday sodir bo‘lishi, bolada qanday qilib ilk imo-ishora paydo bo‘lishi, qanday
shartli refleks asosida belgilash mexanizmi qurshab olinishi paydo
bo‘lishidadir»
15
.
Faoliyatning yetakchi shakli, bolaning rag‘batlantiriluvchi nutqiy rivoji,
kattalar bilan buyum – ta’sirli muloqotga ega bo‘ladi,
natijada bola
buyumlarning asosiy vazifasini, ijtimoiy tarbiya tajribasini o‘zlashtiradi, nutqiy
lug‘atini boyitadi, muloqot uchun nutqdan foydalanadi.
Maktabgacha davr (3 yoshdan 7 yoshgacha) – bolalarning yanada shiddatli
nutqiy rivojlanishi. Asosiy faoliyat shaklini o‘yin tashkil qiladi. Bu jarayonda
bolaning shiddatli nutqiy rivoji sodir bo‘ladi. O‘z talaffuzini eshitib nazorat
qilish tajribasi rivojlanadi, fonematik qabul qilish shakllanadi. Bola 4 yoshlarida
keng tarqalgan oddiy va murakkab gaplarni qo‘llaydi, har xil tovushlarni farqlay
oladi, ya’ni bolada fonematik qabul qilish shakllangan bo‘lishi kerak.
14
Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. - ИЗДАТЕЛЬСТВО «НАУКА» / МОСКВА, 2007г. -
214 с.
15
Выготский Л.С. Мышление и речь. Собр. соч. в 6-ти т. - М.: 1983 - 1984. - т.3,4.
23
Bu vaqtga kelib tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi shakllanishi tugaydi va bola
mutlaqo toza gapiradi. 5 yoshida bolalar gaplarning murakkab qo‘shma va
murakkab ergashgan tizimdan foydalanadi, ularning nutqi qisqa hikoyani
eslatadi. 6 yoshda lug‘at zahirasi 4000 so‘zgacha ko‘payadi, lekin ko‘pincha
so‘zlar xato qo‘llaniladi. Bola 5-6 yoshdan monologli nutqni o‘zlashtirishni
boshlaydi. Ya’ni bu vaqtga kelib nutqning fonematik rivojlanishi jarayoni
to‘xtaydi va bolalar
asosan ona tilining grammatik, sintaktik va morfologik
tuzilishini o‘zlashtiradi. 7 yoshga kelib bola nutqini muloqotning to‘liq vositasi
sifatida egallaydi (o‘zlashtiradi).
Maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bolalar aqlan erkin
so‘zlashuvlarning rasmiy grammatik qoidalarini o‘zlashtiradilar, tovushlar
tahlili va sintezini to‘liq egallaydi. Nutqning yangi turi – yozuv turi paydo
bo‘ladi. Yozma nutq og‘zaki nutq ba’zasida shakllanadi va nutq rivojining
yuqoriroq bosqichini o‘zida namoyon qiladi. Yozma
nutq jarayonida talaffuz
qilinadigan, eshitiladigan so‘z va ko‘rinadigan so‘z o‘rtasidagi yangi aloqa
o‘rnatiladi.
O‘quv faoliyati yetakchi faoliyat shakli hisoblanib, yozma nutqning
batamom hosil bo‘lishi va og‘zaki nutq rivojlanishining asosini tashkil qiladi.