Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


Cho„chqa  tasmasimon  chuvalchangi  (Taenia  solium



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49

Cho„chqa  tasmasimon  chuvalchangi  (Taenia  solium)  ham  qoramol 

tasmasimoni kabi odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi (42-rasm).  



 

 

 



42-rasm. Cho„chqa tasmasimon chuvalchangining hayotiy sikli: A-asosiy xo„jayin - odam,  

B-bosh qismi, D-germafrodit bo„g„im, E-yetilgan bo„g„imlar guruhi, F-tuxum, G-oraliq xo„jayin,  

H-go„shtdagi flnna, I-odam miyasidagi finnalar, J-odam fakultativ oraliq xo„jayin sifatida. 

 

Uning  uzunligi  1,5–3  m,  ba‟zan  esa  5  m  gacha  borib,  boshcha,  ya‟ni  skoleks, 



bo„yin  va  900  tagacha  bo„g„imlari  bor.  Boshchasida  4  ta  so„rg„ichi  va  xartumida  ikki 

qator  har  xil  katta-kichiklikdagi  xitinli  ilmoqchalari  (22–32  tadan)  joylashgan.  Mana 

shu ilmoqchalarining borligi tufayli cho„chqa tasmasimoni qurollangan tasmasimon deb 

ham ataladi.  

Cho„chqa  tasmasimoni  proglottidalarining  har  birida  yuzlab  urug„donlar  va  uch 

bo„lakli  bitta  tuxumdon  bo„ladi.  Bu  chuvalchangning bachadoni qoramol  tasmasimoni 

bachadonidan  farq  qilib,  7–12  tagacha  yon  shoxchalar  chiqaradi  va  doimo  tuxumlar 

bilan to„lib turadi. 

Eng  oxirgi  yetilgan  proglottidalarning  uzunligi  10–12  mm  va  eni 5  mm  atrofida 

bo„ladi.  Bundan  tashqari,  cho„chqa  tasmasimonining  yetilgan  bo„g„imlari  strobiladan 

birdaniga  5–7  talab  uzilib,  xo„jayini  axlati  bilan  tashqariga  chiqadi  va  bu  bo„g„imlar 

harakatsiz bo„ladi. 

Cho„chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni lichinkasi kabi 

sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to„qima va organlarda maxsus po„stlarga o„ralib 

parazitlik qiladi. Sistiserk no„xat kattaligidagi pufakcha bo„lib, ichi tiniq suyuqlik bilan 

to„lgan bo„ladi, uning uchida 4 ta so„rg„ichi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan 

skoleksi joylashgan. 


 

Cho„chqa  tasmasimonining  asosiy  xo„jayini  odarn  hisoblanadi.  Odamning 

ingichka  ichagida  voyaga  yetgan  tasmasimon  chuvalchang  parazitlik  qiladi. Cho„chqa, 

it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. Bunda 

cho„chqa  va  yuqorida  aytilgan  hayvonlar  suv  va  har  xil  oziq-ovqatlar  orqali 

chuvalchangning  tuxumlari  bilan  zararlanadi.  Oraliq  xo„jayin  organizmida  tuxumdan 

chiqqan 6 ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o„tib, muskul to„qirnasi, 

miya, ko„z va boshqa organlarga borib o„rnashib, maxsus po„stga o„raladi va 2–4 oydan 

keyin  ikkinchi  lichinkalik  davri-sistiserkka  aylanadi.  Sistiserk  cho„chqa  tanasida  3 

yildan 6 yilgacha yashashi mumkin. 

Sistiserk  finna  deb  ham  ataladi.  Odamlar  cho„chqa  tasmasimonini  sistiserkli, 

ya‟ni  finnali  cho„chqa  go„shtini  yaxshi  pishmagan  holda  iste‟mol  qilishlari  orqali 

o„zlariga yuqtiradilar. 

Shuni ham aytib o„tish joizki, ba‟zan odamlar cho„chqa tasmasimonining asosiy 

xo„jayini  bo„libgina  qolmay,  balki  oraliq  xo„jayini  ham  bo„lishlari  mumkin.  Bunda 

parazitning  tuxumi  odamga  oziq-ovqat,  suv  orqali  yuqishi,  ayrim  hollarda  esa  ushbu 

gijja  bilan  kasallangan  odamlar  o„qchiganida  ichagidagi  voyaga  yetgan 

chuvalchanglarning  tuxumga  tola  proglottidalari,  ya‟ni  bo„g„imlari  oshqozonga 

ko„tarilib,  oshqozon  ichiga  mingiab  tuxumlar  ajralib  chiqishi  mumkin.  Shunday 

hollarda  tuxumdan  ajralgan  lichinkalar–onkosferalar  odamlar  ichagini  teshib  qonga 

o„tgach,  turli  organlar-yurak,  muskullar,  o„pka,  ko„z  va  hatto  bosh  miyaga  ham  borib 

o„rnashishi  mumkin.  Bu  yerda  ular  sistiserkka,  ya‟ni  finnaga  aylanadi.  Finnalarning 

ayniqsa,  ko„zga  o„rnashib  olishi  xavflidir.  Bunda  odamlar  ko„r  bo„lib  qolishlari  ham 

mumkin.  Miyaga  o„rnashib olsa,  odamlar  o„ladi.  Ana  shunday  o„z-o„zidan zararlanish 

holati  autoinvaziya  deyiladi.  Shu  xususiyatiarini  hisobga  olganda,  cho„chqa 

tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. Shuning uchun 

ham  har  bir odam,  agarda  ichagida  cho„chqa  tasmasimoni  borligini  sezsa, juda  ehtiyot 

bo„lishi,  ozodalikka  qattiq  rioya  qilishi,  gijja  tushirishda  qayt  qildiradigan  dori 

ichmasligi kerak. 

Cho„chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli keltirib q„ozg„atadigan kasallik 

tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa sistiserkoz deyiladi. Yuqorida 

aytilganidek,  odamlar  ham  tenioz  va  ham  sistiserkoz  kasalliklariga  yo„liqishlari 

mumkin.  Cho„chqalar  esa  faqat  sistiserkoz  bilan  kasallanadi.  Cho„chqa  sistiserkozi 

MDHda,  ayniqsa,  Ukraina,  Belorussiya,  Ozarbayjon  va  Rossiyaning  markaziy  qora 

tuprqq  viloyatlarida  keng  tarqalgan.  Bu  kasallikning  tarqalishini  asosiy  manbai  tenioz 

bilan kasallangan odamlar hisoblanadi. 

Cho„chqa  tasmasimoniga  qarshi  kurashish  uchun  avvalo,  profilaktika  chora-

tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya‟ni cho„chqa go„shtini yaxshilab ko„zdan kechirib, 

sistiserk  (finna)  bilan  kasallangan  yoki  kasallanmaganligini  aniqlash  lozim.  Xom  va 

chala  dudlangan  cho„chqa  go„shtini  yemaslik  hamda  cho„chqalarga  gijjalarning 

yuqmasligi  uchun  ularni  sanitariya-gigiyena  qoidalariga  muvofiq  asrash  kerak. 

Cho„chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal dorisi va 

oshqovoq urug„i bilan davolash lozim.  

Kalta,  ya‟ni  pakana  zanjirsimon  chuvalchang  (Hymenolepis  nana

odamlarning, ayniqsa, bolalarning ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoz 

kasalligini  vujudga  keltiradi.  Bu  parazitning  odamlarda  parazitlik  qiladigan  boshqa 


 

tasmasimon chuvalchanglardan farqi shundaki, haqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 

1–4,5  sm  atrofida  bo„ladi.  Sharsimon  xartumchali  boshida  ilmoqchalari  (bir  qator 

joylashgan  24–30  ta  ilmoqchalari)  va  4  ta  so„rg„ichi  bo„ladi.  Boshidan  so„ng  ingichka 

bo„yni,  undan  keyin  esa  150–200  tagacha  mayda  bo„g„imlari,  ya‟ni  proglottidalari 

bo„ladi (43-rasm).  

 

 

 



43-rasm. Kalta zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana) ning rivojlanish sikli: 1-yetuk 

strobilasi; 2-tuxumlari; 3-tuxumdan chiqqan onkosferaning ichak vorsinkasiga kirishi; 4-onkosferadan 

sistitserkoidning rivojlanishi; 5-sistiserkoidning ichak vorsinkalaridan ichak bo„shlig„iga chiqishi; 6-

skoleksi bilan ichak devoriga yopishishi; 

7-strobilalarning o„sishi.   

 

Yetilgan bo„g„imlarida 180 tagacha tuxumlar bo„ladi. Umuman, kalta zanjirsimon 



chuvalchangning  germafrodit  bo„g„imlarida  3  dona  sharsimon  ko„rinishdagi  urug„don 

va bir juft tuxumdon hamda shoxlanmagan bachadon joylashgan. Bu chuvalchanglarda 

jinsiy teshiklar proglottida yonidan (faqat bir tomondan) tashqariga ochiladi. 

Kalta  zanjirsimon  chuvalchangning  hamma  rivojlanish  davrlari  bitta  xo„jayinda, 

ya‟ni odamda o„tadi. Demak, odam kalta zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va 

ham oraliq xo„jayin hisoblanadi.  

Bunda avvalo, chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevalar va yuvilmagan 

qo„llar  orqali  odamga  o„tadi.  Ovqat  hazin  qilish  sistemasida  tuxumdan  6  ilmoqli 

onkosfera  chiqadi  va  ingichka  ichak  vorsinkalariga  kirib,  sistiserkoidga,  ya‟ni  finnaga 

aylanadi.  Bu  lichinkalik  davrida  dumsimon  kalta  o„simta  bo„ladi  va  bu  bilan  ular 

qoramol  hamda  cho„chqa  tasmasimonlarining  sistiserkidan  farq  qiladi.  Oradan  14–15 

kun o„tgach, sistiserkoid ichak devoridan ichak bo„shlig„iga chiqadi va bu yerda jinsiy 

voyaga  yetgan  kalta  zanjirsimon  chuvalchangga  aylanadi.  Kalta  zanjirsimon 







 

chuvalchangning  tuxumi  odam  ichagiga  tushgandan  boshlab  19  kun  o„tgach  jinsiy 

voyaga yetadi va tuxum qo„ya boshlaydi.  

Bu tuxumlar tashqi muhitga chiqqach, boshqa odamlar ham zararlanishi mumkin. 

Ammo  proglottidalarda  yetilgan  tuxumlar  tashqi  muhitga  chiqmay,  ichakning  o„zida 

ham rivojlanishi mumkin, bu avtoinvaziya (o„ziga-o„zi yuqtirish) deyiladi.

 

Kalta  zanjirsimon  chuvalchang  ayniqsa,  yosh  bolalarga  ko„p  azob  beradi.  Bitta 



odamning ichagida 1000–1500 tagacha kalta zanjirsimon chuvalchang bo„lishi mumkin. 

Kichik  yoshdagi  bolalar  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  to„g„ri  rioya  qilmasliklari tufayli 

bu kasallikka juda tez chalinadi. 

Gimenolepidozga  yo„liqqan  odamlarning  me‟da-ichak  yo„llari  yallig„lanib 

og„riydi,  ishtahasi  buziladi,  ich  ketish  hollari  yuz  beradi  va  darmonsizlanib,  mehnat 

qobiliyati  pasayadi.  Parazitning  o„zidan  chiqargan  zaharli  moddalari  bolaning  asab 

sistemasiga  ham  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Shunday  odamlarni  gijja  haydaydigan  dori-

darmonlar  (fenasal)  berib  davolashadi.  Kasallik  3–12  yoshdagi  bolalarda,  ayniqsa, 

sanitariya-gigiyena  qoidalari  buzilgan  bolalar  muassasalarida  ko„proq  uchraydi  va  tez 

tarqaladi.  



Qo„y  miya  qurti  (Multiceps  muiticeps).  Jinsiy  voyaga  yetgan  parazitning 

uzunligi  40–100  sm  atrofida  bo„lib,  it,  tulki,  bo„ri,  chiya  bo„ri  va  boshqa  yirtqich 

sutemizuvchilarning ingichka ichagida yashaydi. Bu chuvalchangning lichinkalik davri 

(Coenirus  cerebralis  )  qo„y,  echki,  ba‟zan  qoramollar,  tuya,  ot,  chochqa  hamda 

bug„ularning  bosh  va  orqa  miyalarida  o„rnashib,  senuroz  deb  ataluvchi  kasallikni 

keltirib chiqaradi. Bu kasallik, ba‟zan odamlarda ham uchrab turadi.  

Voyaga  yetgan  tasmasimon  chuvalchang  tanasidagi  bo„g„imlar  soni  200–250 

tagacha boradi. Uning boshchasida (skoleksida) 4 ta so„rg„ichi, xartumchasida esa ikki 

qator har xil kattalikdagi 22–32 tagacha ilmoqchalari bo„ladi (44-rasm).  

Yetilgan oxirgi  bo„gimlarida  bachadon 16–26  tagacha  yon  shoxchalar  chiqaradi 

va ular tuxum bilan to„lgan bo„ladi. Parazitning yetilgan proglottidasida 20–60 ming va 

undan  ham  ko„proq  tuxumlari  bo„lishi  mumkin.  Tuxumlarga  to„ia  yetilgan 

proglottidalari xo„jayin axlati orqali tashqariga chiqariladi. So„ngra bu proglottidalar bir 

necha  soat  davomida  yerda  yoki  o„tlar  orasida  harakat  qila  boshlaydi.  Yetilgan 

bo„g„imlarning qisqarishi natijasida ulardan juda ham ko„p miqdorda tuxumlar chiqadi 

va ular yaylov hamda suvga tushadi. Zararlangan it axlati bilan har kuni 20–30 tagacha 

yetilgan bo„g„imlar tashqi muhitga chiqaziladi. Ayrim itlar ichagida 200 va undan ham 

ortiq chuvalchang bo„lishi mumkin. It organizmida bu parazit bir necha oy va hatto 2 

yilgacha  yashashi  mumkin.  Qo„y  miya  qurti  biogelmint  bo„lib,  asosiy  xo„jayinlari 

yirtqich  sutemizuvchilar  va  oraliq  xo„jayinlari  qo„y  va  echkilar  hamda  boshqa  chorva 

mollari hisoblanadi.  

Bu  chuvalchangning  oraliq  xo„jayinlari  qo„y  miya  qurti  tuxumlari  bilan 

zararlangan  yaylovlarda  boqilganda,  o„t  va  suv  orqali  ushbu  parazitning  tuxumlarini 

yutib yuboradi.  


 

           

 

Qo„ylarning ichagida tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi va qonga o„tib, qon 



oqimi  bilan  orqa  va  bosh  miyalariga  borib  o„rnashadi  hamda  rivojlanib,  kaptar 

tuxumidek,  yong„oqdek  kattalikdagi  senur  pufagini,  ya‟ni  finnani  hosil  qiladi  (45,46- 

rаsmlar).  

        


                     

 

 



 

Miyasidа  finnа,  ya‟ni 

sеnur  bo„lgаn  qo„ylаr  bеzоvtаlаnаdi,  tipirchilаydi,  bir  jоydа  turib  аylаnаvеrаdi.  Ba‟zi 

qo„ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila 

boradi. Bu kasalga uchragan hayvon oriqlaydi, yotgan joyidan turolmaydi va oxir-oqibat 

darmonsizlanib o„ladi.  



44-rаsm. Qo„y miya qurti (Multiceps 

multiceps):А-jinsiy vоyagа yеtgаn dаvri;  

B-kаttа vа kichik ilmоqchаlаri (1); 2-

gеrmаfrоdit bo„g„imi; 3-оnkоsfеrаli tuхumi. 

 

45-rаsm. Qo„y miya qurtining 



rivоjlаnish sikli sхеmаsi. 

 

46-rаsm. Sеnurоz bilаn kаsаllаngаn qo„ylаrning 



hоlаti: а-miyachаsi zаrаrlаngаn, b-оrqа miyasi 

zаrаrlаngаn, v-miyaning pеshonа qismi zаrаrlаngаn, g-

miyaning ensа vа chаkkа qismi zаrаrlаngаn, d-

miyaning оrqа qismi zаrаrlаngаn. 

 


 

Yuqorida  ko„rsatilgan  belgilarga  qarab  kasallangan  chorva  mollarni  osongina 

aniqlash  mumkin.  Pufаk  tiniq  suv  bilаn  to„lgаn  bo„lib, uning  ichki  pаrdаsidа  100–250 

tаgаchа  pаrаzit  bоshchаlаri,  ya‟ni  skоlеkslаri  to„p-to„p  bo„lib  jоylаshgаn.  Bu 

chuvalchangning  pufakchali,  ya‟ni  finnali  lichinkasi  qo„zg„atadigan  kasallik  senuroz 

deyiladi va unga chalingan mollar halok bo„ladi yoki majburan go„shtga topshiriladi. 

Umuman, senur, ya‟ni pufakli lichinka-finna juda sekin o„sadi. Masalan: qo„ylar 

zararlangandan 2 hafta o„tgach pufakning diametric 3–5 mm atrofida, 6 hafta o„tgach, 

2–3  sm  va  2–3  oy  o„tgach  3,5  sm  atrofida  bo„ladi.  Shu  davrdan  boshlab  pufaklarning 

ichki pardasida parazitning boshchalari, ya‟ni skolekslari yetishadi.  

Аsоsiy  хo„jаyinlаri  qo„y  miya  qurti  bilаn  kаsаllаngаn  qo„ylаrning  vа  bоshqа 

chоrvа  mоllаrining bоsh vа  оrqа  miyalаridа  jоylаshgаn pufаkli  finnаni istе‟mоl qilishi 

оrqаli  o„zlаrigа  yuqtirаdi.  So„ngra  ularning  ichaklarida  41–73  kundan  keyin  jinsiy 

voyaga  yetgan  tasmasimon  qo„y  miya  qurti  hosil  bo„ladi.  Yuqorida  aytganimizdek, 

qo„ylarning  miyasida  uchraydigan  pufakli  finna  senuroz  kasalligini  vujudga  keltiradi. 

Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - surunkali gijja kasalligi bo„lib, u bilan asosan 

yosh  qo„ylar  va  echkilar  ko„proq  kasallanadi.  Senuroz  bilan  kasallangan  hayvonlarni 

davolashning  birdan-bir  usuli  jarrohlik  yo„li  bilan  bosh  miyadan  parazitning  pufakli 

finnasini olib tashlashdan iboratdir. 

Senuroz  kasalligi  odamlarda  ham  uchrab  turadi.  Uni  davolash  faqat  jarroh 

mahoratiga bog„liq. Hozirgacha senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42 taga 

yetgani  fanga  ma‟lum.  Bu kasallik  Fransiya,  Angliya,  Ispaniya,  Meksika va  Afrikada, 

shuningdek, MDH mamlakatlaridan Quyi va O„rta Volga, Ural, Qozog„iston, Shimoliy 

Kavkaz,  Sibir,  O„rta  Osiyo  davlatlarida,  Ukraina  va  Kavkazorti  davlatlarida  uchrab 

turadi. 

Anoplosefalida  (Anoplocephalidae)  oilasiga  mansub  chuvalchanglardan  ham 

chorva  mollari  katta  zarar  ko„radi.  Bu  oilaning  vakillari  ham  voyaga  yetgan  davrida 

tuyoqli sut emizuvchilarning, jumladan, chorva mollardan - qo„y, echki, qoramol, ot va 

tuyalaning ichagida parazitlik qiladi.  

Rеspublikаmizning  turli  mintаqаlаridа  chоrvа  mоllаrning  ichаgidа  аnоplо-

sеfаlidаlаr  оilаsigа  kiruvchi:  Moniezia,  Thysaniezia,  Avitellina,  Anoplocephala, 



Paranoplocephala  vа  Stilesia  аvlоdlаri  turlаri  pаrаzitlik  qilаdi.  Mоniеziyalаrdаn-

Moniezia  expansa,  M.  benedeni  vа  M.  аutumnalis  turlаri  asosan  qo„y,  echki  vа 

qоrаmоllаrdа pаrаzitlik qiladi.  

Mоniеziyalаrning  uzunligi  1–5  m  аtrоfidа  bo„lib,  tаnаsi  skоlеks,  bo„yin  vа 

prоglоttidаlаrdаn  ibоrаt.  Skоlеksidа  4  tа  so„rg„ichlаri  jоylаshgаn,  lеkin  ilmоqchаlаri 

bo„lmаydi.  Prоglоttidаlаri  qisqа  vа  kеng,  hаr  bir  prоglоttidаlаridа  2  juftdаn  jinsiy 

оrgаnlаr  sistеmаsi  mаvjud.  Ulаr  bo„g„imlаrining  yon  tоmоnidаn  tаshqаrigа  оchilаdi. 

Yetilgаn  prоglоttidаlаr  tuхumlаr  bilаn  to„lib  turаdi.  Mоniеziyalаr  hаm  biоgеlmint 

bo„lib,  rivоjlаnish  jаrаyonidа  2  tа  хo„jаyin  ishtirоk  etаdi.  Yuqоridа  tа‟kidlаngаnidеk, 

qo„y, echki, qоrаmоllаr bu chuvаlchаnglаrning аsоsiy хo„jаyinlаri hisоblаnаdi. Sоvutli, 

ya‟ni qаlqоnli mаydа tuprоq kаnаlаri esа ulаrning оrаliq хo„jаyini sifatida ishtirok etadi.  

Mоniеziyaning  yetilgаn  bo„g„imlаri  аsоsiy  хo„jаyini  tezagi  bilаn  tаshqi  muhitgа 

chiqаdi,  sоvutli  tuprоq  kаnаlаri  pаrаzitning  оnkоsfеrаli  tuхumlаrini  yutib  yubоrаdi  vа 

kаnаlаr  tаnаsidа  chuvаlchаnglаr  embriоni  rivоjlаnib,  sistisеrkоid  dеgаn  lichinkаgа 


 

аylаnаdi.  Kаnа  tаnаsidаgi  sistisеrkоid  2  yilgаchа  аsоsiy  хo„jаyinini  mоniеziya  bilаn 

zаrаrlаsh qоbiliyatigа egа. 

Chоrvа  mоllаri  sistisеrkоid  bilаn  zаrаrlаngаn  sоvutli  kаnаlаrni  o„t  vа  suv  bilаn 

yutib  yubоrаdi.  Оrаdаn  40–50  kun  o„tgаch,  аsоsiy  хo„jаyini  ichаgidаgi  mоniеziyalаr 

jinsiy vоyagа yetаdi. Bir kеchа-kunduzdа mоniеziyalаr 8 sm uzunlikdа o„sishi mumkin 

(47-rаsm).  

 

 



47-rаsm. Mоniеziyalаr (Moniezia sp. )ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi. 

 

Moniyeziyalar  moniyezioz  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Ular  ayniqsa,  yosh 



mollarni,  ya‟ni  1,5–8  oylik  qo„zi,  uloq  va  buzoqlarni  ko„p  zararlaydi.  Masalan,  bir 

yoshli  qo„ylar  bu  kasallik  bilan  59  %  gacha,  birdan  ikki  yosligachasi  31  %  gacha  va 

katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan.  

Kаsаllаngаn  hаyvоnlаrdа  hоlsizlаnish,  ich  kеtish,  ахlаtidа  shilliq  vа  pаrаzitning 

yetilgаn  bo„g„imlаri  ko„zgа  tаshlаnаdi.  Kаsаllаngаn  qo„zilаr  оriqlаydi,  rivоjlаnishdаn 

оrqаdа  qоlаdi,  bа‟zаn  o„limgа  hаm  оlib  kеlаdi.  Bu  kаsаllikkа  qаrshi  kurаsh  – 

dеgеlmintizаsiya vа prоfilаktikа chоrа-tаdbirlаridаn ibоrаt. Moniyeziozga qarshi chorva 

mollarda fena-sal, fenadek, panakur, filiksan, bitionol, dixlorofen va boshqa preparatlar 

qo„llaniladi.  

Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitellinalar 

(Avitellina  centripunctata)  ham  asosan  qo„y  va  echkilar  hamda  ularning  yovvoyi 

vakillari ingichka ichagida parazitlik qiladi.  

Yuqorida  keltirilgan  tasmasimon  chuvalchanglarning  ham  rivojlanish  jarayoni 

xuddi  monieziyalarnikiga  o„xshash,  ya‟ni  ularning  ham  oraliq  xo„jayinlari  sovutli 

tuproq kanalari hisoblanadi.  

Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, 

bitionol, kamala va boshqa preparatlarni qo„llash mumkin. 

Otlarning  anoplotsefalidozlari  surunkali  gelmintoz  kasallik  bo„lib,  uni 

Anoplocephalidae oilasining ikkita avlodiga kiruvchi 3 ta turlari-Anoplocephala magna, 

Anoplocephala  perfoliata  va  Paranoplocephala  mamillana  qo„zgaydi.  Bu  parazitlar 

otlardan tashqari eshak, qulon va zebralarda ham parazitlik qiladi.  



 

Qo„zg„atuvchilardan  Anoplocephala  magna  otlar  ingichka  ichagining  keyingi 

qismida,  Pranolocephala  mamillana  boshlanish  qismida,  Anoplocehala  perfolita  esa 

ko„richakda parazitlik qiladi.  

Qo„zg„atuvchilari Anoplocephala magna otlarda parazitlik qiladigan sestodalarning 

eng yirigi hisoblanadi (48-rasm).  

 

 

 



48- rasm. Anoplotsefalidozlar qo„zg„atuvchilarining rivojlanish sikli sxemasi.  

 

Anoplotsefalidozning  hamma  qo„zg„atuvchilari  oraliq  xo„jayin  ishtirokida 

rivojlanadi.  Oraliq  xo„jayinlari  oribatida  guruhiga  kiruvchi  sovutli  tuproq  kanalari 

hisoblanadi va monieziyalar kabi rivojlanadi. 

Anoplotsefalidozlar  juda  keng  tarqalgan  gelmintoz  kasalliklardan  bo„lib,  MDH 

ning  hamma  mintaqalarida  uchraydi.  Anoplotsefalidozlar  bilan  asosan  bir  yoshgacha 

bo„lgan toylar kasallanadi, otlarda kam uchraydi.  

Anoplotsefalidlar  hayvon  organizmini  zaharlaydi  va  mexanik  qitiqlaydi. 

Sestodalardagi  modda  almashinuvidan  hosil  bo„lgan  keraksiz  metabolit  chiqitlar 

ta‟sirida  hayvon  organizmi  zaharlanib,  ahvoli  og„irlashadi,  bezovtalanadi,  hushidan 

ketadi hamda 5–10 minut davomida allergik xarakterdagi epilepsiya kabi hodisalar ro„y 

berib turadi. 

Sestodalarning  ko„plab  to„planishi,  ayniqsa  A.  magna  ichak  devorining  bir-biriga 

kiyilishi  (invaginatsiya),  ayrim  vaqtlarda  ichak  bo„shlig„ini  to„liq  bekitib  qo„yishi 

mumkin.  Sestoadlar  ichak  devoriga  yopishib  qitiqlab,  yara  paydo  bo„lishiga,  ayrim 

vaqtlarda ichakning teshilishi, peretonit kasalini paydo bo„lishiga sabab bo„ladi. 

Asosiy xo„jayinlari 


 

Kasallik  belgisi  sestodaning  ichakdagi  soniga  bog„liq.  Boshqa  kasallar  bilan 

kasallangan hayvonlarda anoplotsefalidoz juda og„ir o„tadi. Otlar yengil kasallanganda 

o„sishi  va  rivojlanishi  sekinlashadn,  ishtahasi  pasayadi,  qorni  kattalashib,  junlari 

hurpayadi, hayvonning ichi ketadi.  

Kasallik og„ir kechganda otning ahvoli birdaniga og„irlashadi, ishtahasi yo„qoladi, 

ko„p  yotadi,  ayrim  vaqtlarda  boshini  orqaga  tashlaydi,  yurak  urishi  va  nafas  olishi 

tezlashadi.  Tez-tez  o„zidan  ketadi,  o„zini  tashlab  yuboradi,  sanchiqlar  paydo  bo„ladi. 

Toychalar  tez-tez  yotadi.  Kasallik  taxminan  bir  yarim  oygacha  davom  etib  hayvon 

kundan-kunga  ozadi,  qoni  kamayadi.  1  mm

3

  qizil  qon  tanachalari  3–2  mln  gacha 



kamayadi.  

G„oz  va  o„rdaklar  drepanidoteniyasi  (Drepanidotaenia  lanceolata).  G„oz  va 

o„rdaklarda  uchraydigan  12  tur  sestodalar  ichida  drepanidoteniya  juda  ko„n  tarqalgan. 

Gelmint  g„oz  va  o„rdaklarning  ingichka  ichaklarida  parazitlik  qiladi.  O„rdak  na  g„oz 

jo„jalari bu kasallikdan ko„pincha nobud bo„ladi. 

Drepanidoteniyalarning uzunligi 115–230  mm, eni esa 11,5 mm bo„lib, rangi oq 

va  sarg„ish.  Uning  uncha  katta  bo„lmagan  nok  shaklidagi  skoleksi  (boshchasi)  to„rtta 

so„rg„ichli,  xartumi  esa  0,30-0,35  mm  uzunlikdagi  ilmoqchalar  bilan  qurollangan, 

bo„yni  kaltagina.  Bo„gimlarining  eni  uzupligige  nisbatan  bir  necha  marta  katta.  Jinsiy 

teshigi bo„g„imining bir tomonidan ochiladi. Ikki bo„lakdan iborat tuxumdoni va uning 

pastki  tomonidagi  oval  shaklidagi  sariqlik  moddalari  bo„gimining  o„ng  yoki  chap 

tomonida joylashgan. 

Parazitning  urug„doni  uchta  bo„lib,  hammasi  bir  qatorda,  bo„gimning  o„ng 

tomonida  joylashadi.  Oval  shaklidagi  tuxumlarining  uzunligi  0,046–0,106  mm  va  eni 

0,016–0,021 mm. Onkosferasi ham oval shaklida, uzunligi 0,020–0,030 mm, uning uch 

juft embrional ilmoqlari bo„ladi (49-rasm).  

Drepanidoteniya 9 turdagi sikloplar ishtirokida rivojlanadi. G„oz va o„rdaklarning 

ingichka ichagidagi jinsiy voyaga yetgan sestodalarning tuxum bilan to„lgan bo„g„imlari 

parrandalarning  tezagi  bilan  tashqi  muhitga  ajralib  chiqib  turadi.  Drepanidoteniya 

bo„g„imlarining  po„sti  parrandalarning  ichagida  yoki  tashqi  muhitda  parchalanib, 

ichidagi tuxumlari tashqi muhitga tushadi va uni sikloplar yutib yuboradi. Sikloplarning 

ichaklarida tuxumlarning po„stloq qavati hazm bo„lib,  undan onkosfera ajralib chiqadi 

va taxminan 6–7 soatdan keyin siklop tanasiga kirib rivojlana boshlaydi. Onkosferaning 

invazion  lichinkasi-sistiserkoid  davrigacha  rivojlanishi  10–30  kun  davom  etadi. 

Sistiserkoidi  bo„lgan  sikloplarni  g„oz  va  o„rdaklar  yutgandan  keyin  ularning 

oshqozonida parchalanadi. Sistiserkoid esa to„rtta so„rg„ichi bilan ichak shiliq pardasiga 

yopishib  olib,  15–19  sutkada  jinsiy  voyaga  yetgan  sestodaga  aylanadi.  Keyin 

drepanidoteniya  yetilgan  tuxum  bilan  to„lgan  bo„gimlarini  tezak  bilan  chiqara 

boshlaydi.  

Drepanidotenioz asosan ikki haftadan 5 oylikkacha bo„lgan yosh o„rdak va g„oz 

jo„jalarining kasalligi bo„lib, ular qishlab chiqqan invazion sikloplarni yutib kasallikni 

yuqtiradi. Parazitning ayrim oraliq xo„jayinlari bir yilgacha yashaydi va u bilan invazion 

sistiserkoidlar ham saqlanib qoladi.  



 

 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin