53-rasm. Urg„ochi askaridaning ko„ndalang kesmasi: 1 - gipodermaning orqa valigi,
2 - muskul hujayralarning plazmatik o„simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning
bo„ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi
nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo„li bo„yiga kesmasi,
12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon.
Nematodalarning og„iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda uchta
(bitta orqa, ikkita yon) maxsus o„simtaiar - lablar bilan o„ralgan. Naysimon ichagining
oldingi qismi og„iz bo„shlig„i (stoma) va halqumga bo„linadi. Ayrim yirtqich va
zooparazitlar
-
stomasida kutikula o„simtasidan iborat tishlar bo„ladi. O„simlik parazitlari
stomasi esa sanchib so„ruvchi organ - stiletni hosil qiladi.
Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha
nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi.
Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan
hosil bo„ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o„rta ichakka o„tadi. O„rta ichak bir
qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak
ektodermasidan hosil bo„ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga
uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi bo„lmaydi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchilari turli xil mayda
organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o„simlik hujayralari shirasi,
ba'zan qonini so„rib oziqlanadi. O„simlik parazitlari ozig„i ichakdan tashqarida hazm
bo„ladi. Stilet orqali o„simlik to„qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi.
Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo„lgan oziqni stileti yordamida
so„rib oladi.
Nematodalarning ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri
(gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o„rniga bo„yin
bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo„qolib ketishi bilan bog„liq. Bir qancha
nematodalarning bo„yin bezlari yirik; ularaing ayirish yo„li kalta bo„ladi. Ko„pchilik
turlarida bo„yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida
joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish
nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining suyuq
mahsulotlari chiqariladi.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik
moddalarni to„playdigan fagotsitar hujayralar ham bo„ladi. Bunday "to„plovchi
buyraklar" gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday
valiklar to„rtta bo„ladi.
Nematodalarning qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak
bo„shlig„idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari
kislorod tanqis bo„lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy
energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik
kislotalar (asosan, yog„ va valerian kislotalari) hosil bo„ladi. Ana shu sababdan
nematodalarning tana bo„shlig„i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan
tushganda achishtiradi.
Nematodalarning markaziy nerv sistemasi halqumni o„rab turadigan nerv halqasi,
undan tana bo„ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv tomirlaridan iborat.
Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo„ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga
nisbatan kuchliroq rivojlangan bo„lib, asosiy tomirlar deyiladi. Bu tomirlar ko„ndalang
nervlar - komissuralar orqali o„zaro bog„langan.
Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi
organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg„u organlari vazifasini papillalar shaklidagi
sezgi do„mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg„u papillalari og„iz atrofida, erkak
nematodalarning dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon,
spiralsimon botiq yoki tirqishga o„xshash amfidlar - kimyoviy sezgi organlari
joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim
dengiz nematodalarida pigment dog„dan iborat oddiy ko„zcha ham bo„ladi.
Nematodalar odatda ayrim jinsli bo„lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan.
Jinsiy sistemasi tana bo„shlig„ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg„ochisining
jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo„ladi. Urg„ochisi jinsiy sistemasi
naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo„li deyiladi.
Tuxumdonda hosil bo„lgan tuxumlar tuxum yo„lida urug„lanadi va xaltaga о'xshash
kengaygan bachadonga о'tadi. Bachadonlar qo„shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin
jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi
urag„don deyiladi. Urug„don birmuncha yo„g„onlashib, urug„ yo„lini hosil qiladi. Urug„
yo„li kalta va keng nay - urug„ pufagiga ochiladi. Uryg„ pufagida urug„ to„planadi.
Urag„ pufagi bir muncha tor va muskulli urug„ to„kuvchi nayga, upyg„ to„kuvchi nay
esa orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichiga kutikulyar spikulalar
bo„lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug„lanishida
jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko„pchilik nematodalar erkagining anal
teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo„ladi. Bursa erkak nematodalarni urg„ochisi
ustida ushlab turish vazifasini bajaradi.
Nematodalar urug„ hujayrasining xivchinlari bo„lmaydi, urug„ hujayrasi kalta
soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida urug„lanadi.
Ayrim turlari (rishta) tirik tug„adi.
Nematodalarning ko„pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi.
Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga
tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo„jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra
to„liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan
nematodaga o„xshash bo„ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o„zgarishsiz, lekin
tullash orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo„Iishi bilan boshqa
chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy
nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil bo„lishi
jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to„xtaydi va shundan so„ng
hujayralar soni umr bo„yi doimiy bo„lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va
boshaylangichlilar uchun xos.
Nematodalarning tana uzunligi ham har xil. Ko„pchilik erkin yashovchi
nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05 mm dan 5 mm gacha); ayrim turlari 2-
3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan ancha yirik, 20-40
sm, ba'zan l m va hatto 8m dan ham ortadi (kashalotlar yo„ldoshi paraziti-Placentonema
gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).
Quyida odam, hayvon va o„simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar
keltiradigan nematodalar vakillari to„g„risida ma‟lumotlar keltiriladi.
Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) yer yuzida deyarli barcha
mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada aholining deyarli
hammasi askarida bilan zararlangan. Chunki Yaponiyada qishloq xo„jaligida odam
ekskerementidan organik o„g„it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan
maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi.
Askarida ayrim jinsli, erkagi urg„ochisidan ancha kalta, ya‟ni erkagining uzunligi
15–25 sm, urg„ochisiniki esa 25–40 sm bo„ladi (54-rasm).
Bundan tashqari, erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi
buralgan bo„ladi. Urg„ochisining esa tanasi yo„g„on va dumi to„g„ri. Chuvalchangning
oidingi uchida 3 ta labli og„iz, unda juda mayda ko„z ilg„amaydigan so„rg„ichlar bo„ladi.
Gavdasining keyingi uchiga yetmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi
joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi.
Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa
uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho„zilib ketgan bittagina naydan iborat.
Urg„ochilarining jinsiy teshigi tananing oldingi yarim qismida, qorin tomonidan
tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo„lib, u uzoqqa cho„zilmay ikkita
shoxchaga
ajraladi.
Shoxchalarning
ingichka
ipsimon
uchi-tuxumdon,
asta
yo„g„onlashib borgan qismi tuxum yo„li, eng yo„g„on qismi esa bachadon deb ataladi.
54-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: A-urg„ochisi. В -erkagi:
1-lablar; 2-qizilo„ngach; 3-ichak; 4-halqum nerv halqasi; 5-qorin nervi; 6-ayirish sistemasi nayi;
7-fagotsitar hujayralar; 8-tuxumdon; 9-tuxum yo„li; 10-bachadon; 11-jinsiy qin; 12-anal teshigi;
13-urug„don; 14-urug„ yo„li; 15-urag„ chiqarish nayi.
Askarida odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida
bo„lgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo„lib hisoblanadi. Bitta
urg„ochi askarida bir kecha-kunduzda 200–250 mingtagacha tuxum qo„yadi (bitta
askarida kamida 200 kun yashaydi), hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum
qo„yadi (250000x200=50000000).
Askarida tuxumi ustidan uch qavat po„st bilan o„ralgan bo„ladi, ammo yangi
qo„yilgan, ya‟ni kasal kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega
emas, u zararlash imkoniga ega bo„lishi uchun tashqarida nam muhitda kamida 15–25
kun bo„lishi zarur, shu muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega bo„lgan lichinka
yetiladi.
Odam askaridasi oraliq xo„jayinsiz rivojlanadi, ya‟ni yagona xo„jayini odam
hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yilgacha tiriklik xususiyatini saqlashi
mumkin. Ichida lichinkasi bo„lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan
meva-sabzavot, ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste‟mol qilish orqali
odam o„ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi osh-qozon shiralari
(fermentlari) ta‟sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o„tib, 10 kun
davomida migratsiya qilib, jigar, yurak, o„pkaga borib aylanib yuradi.
Lichinka o„pkaga kelganda, odamda o„pka shamollashi hodisasi kabi o„zgarish
bo„lib, yo„tal paydo bo„ladi va yo„taiganda o„pkada, ko„krakda og„riq paydo bo„ladi,
ayrim vaqtlarda harorat ko„tariladi. Yo„talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali
yuqoriga, ya‟ni og„iz bo„shlig„iga keladi. U yerdan so„lak bilan qayta yutib
yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga
yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga aylanadi (55-rasm). Ular o„z
vaqtida otalanib yana tuxum qo„yadi. Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng
qimmatli bo„lgan ovqatlar va vitaminlar bilan oziqlanib, odamlarda avitaminoz paydo
qiladi, natijada odam boshqa turli yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo„lib qoladi.
Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan
kishida kamqonlik avj oladi, ko„ngil aynish, qusish, ishtaha yo„qolishi va boshqalar
bo„ladi. Ba‟zan askaridalar ichakdan o„t pufagiga o„tib, uni bekitib qo„yadi. Ichakdan
oshqozon, qizilo„ngach, hatto nafas yo„llariga o„tishi mumkin. Bundan tashqari,
askarida o„zidan zaharli moddalar chiqarib, odam organizmini zaharlaydi.
Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan
kasallangan bemorlarning holatini quyidagicha tasvirlagan: «Ichagida askaridalar bor
odamlar ichak va oshqozonida og„riq sezadi, quruq yo„tal, ba‟zan hiqichoq tutadi.
Uyqusida yuragi qattiq urish, cho„chib tushish va baqirib yuborish holati kuzatiladi,
keyin bemor yana uyquga ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini chiqaradi, tishini
g„ichirlatadi, ko„zini yumib jim o„tiradi, ularning tinchligi buzilsa, juda xafa bo„lishadi.
Ba‟zan askaridalar oshqozonga tushib qolsa, ko„ngilni aynitadi, zirqiragan og„riq va
ovqatdan jirkanish paydo qiladi. Askaridoz bilan og„rigan bemorlarni ovqat yeyishga
majbur qilinsa, ular ovqatni zo„rg„a yutadi, ko„pincha qaytarib tashlaydi».
O„zbekistonda tog„ va tog„oldi mintaqalarda yashovchi aholi o„rtasida askaridoz
bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Aholining askaridoz bilan og„rishi 1–90 %
orasida o„zgarib turadi. Masalan, A. Mansurovning ma‟lumotlariga qaraganda, 1968-
yilda Toshkent viloyatining Bo„stonliq tumanida yashovchi aholi o„rtasida bolalar 57,2
% va kattalar– 33,9 % ga askaridoz bilan og„rigan.
Askaridalar ayniqsa, bolalarda ko„p uchraydi. Odam askaridasining zahari
ayniqsa, bolalar organizmiga yomon ta‟sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og„riydi,
boshi aylanadi, qorni og„riydi, kechalari bezovta bo„ladi, tipirchilab, tishini
g„ichirlatadi. Og„riq vaqti-vaqti bilan bo„lganligi uchun shifokor ko„pincha appenditsit
deb ham gumon qiladi. Odatda odam ichagida bir nechta, ba‟zan o„nlab, yuzlab
askaridalar parazitlik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida
topilgani fanga ma‟lum. Bunday holda askaridalar ichak deyorini yaralaydi, ichaklarda
tiqilib qolib ovqatni o„tkazmaydi. Ba‟zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini
o„limga olib kelgan hollar ham kuzatilgan.
55-rasm. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ning rivojlanish sikli.
Askaridoz bilan og„rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol),
naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-darmonlar bilan davolashadi.
Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim.
Askaridadan saqlanish uchun, avvalo, unga yo„liqqan bemorlarning hammasini
yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan
jihozlangan yopiq turdagi hojatxona bo„lishi kerak. Yuqumsizlantirilmagan odam
ekskrementlaridan bog„ va ekinzorlarga o„g„it sifatida foydalanmaslik lozim. Xom
sabzavot, ho„l meva va poliz mahsulotlarini iste‟mol qilish oldidan vodoprovod,
qaynatilgan yoki oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini va idish
tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalarga
qarshi kurash choralarini qo„llash va, albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham parazitlik
qiladi. Masalan, cho„chqalarda-cho„chqa askaridasi (Ascaris suum), tovuqlarda tovuq
askaridasi (Ascaridia galli), otlarda ot askaridasi (Parascaris equorum), qo„ylarda-qo„y
askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda – qoramol neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum)
parazitlik qiladi.
Tovuq askaridasi (Ascaris galli) ingichka ichakda parazitlik qiladi. U
tovuqlardan tashqari u kurka, tovus va sesarkalarda ham uchraydi.
Askaridoz hamma parrandachilik xo„jaliklarida keng tarqalgan kasallik bo„lib,
bunda yosh jo„jalar o„sishdan va rivojlanishdan orqada qoladi hamda ko„plab nobud
bo„ladi. O„zbekiston sharoitida tovuqlar yoshiga qarab 55% dan 100% gacha askaridioz
bilan kasallanadi.
Askarida tovuqlarda parazitlik qiluvchi nematodlar orasida eng yirigi hisoblanadi.
Uning uzunligi 2,5 sm dan 12 sm gagacha yetadi. Gelmintning boshi uchta katta lab
bilan o„ralgan. Erkagining uzunligi 2,5-7 sm bo„lib, dumida dumaloq yoki birmuncha
oval shaklli xitinlashgan jinsiy so„rg„ichi bor. Urg„ochisining uzunligi 6,5-12 sm,
vulvasi (jinsiy teshigi) tanasining o„rtasidan pastki tomoniga ochiladi. Tuxumi oval
shaklida bo„lib, uzunligi 0,070-0,086 mm, eni 0,047-0,051 mm. Tovuq askaridasining
rivojlanishi to„g„ridan-to„g„ri (56-rasm).
56-rasm. Tovuq askaridasi (Ascaris galli) ning rivojlanish sikli sxemasi.
Urg„ochi askarida urug„langandan keyin tovuqning ingichka ichagiga tuxum
qo„yadi. Tuxum ingichka va yo„gon ichak orqali tashqi muhitga chiqarib tashlanadi.
Tashqi muhitda issiqlik va namlik yetarli bo„lsa, tuxumi ichida rivojlanib lichinka paydo
bo„ladi va u yuqumli davriga aylanadi. Yetilgan invazion tuxumni oziq yoki suv bilan
birga yutib yuborgan tovuq askaridoz qo„zg„tuvchisi bilan zararlanadi.
Tovuqning muskulli va bezli oshqozoniga tushganda tuxum po„sti yorilib, ichidan
lichinka chidadi va bu lichinka ichak bo„ylab harakat qiladi, ammo ko„pchilik qismi
ingichka ichakning birinchi yarmida joylashadi. Tovuq invazion tuxumni yutib
yuborgach 1-2 soat o„tgandan keyin uning lichinkalari tuxum qobig„ini yorib chiqib,
liberkyun bezining ichiga kirib oladi. U yerda lichinka taxminan 20 kun davomida
rivojlanib, yana ingichka ichakka chiqib jinsiy voyaga yetgan urg„ochi va erkak
askaridaga aylanadi. Tovuq askaridaning invazion tuxumini yutgan vaqtdan boshlab to
uning ingichka ichagida jinsiy voyaga yetgan askaridaga aylanguncha taxminan 35-38
kun o„tadi.
Askaridioz bilan asosan ikki oydan 8–10 oygacha bo„lgan jo„jalar kasallanadi. Bir
yoshdagi tovuqlar odatda kasallanmaydi, lekin kasallik manbai bo„lishi mumkin.
Gelmint tuxumi invazion davrida harorat 17–30°C va nisbiy namlik 100%
bo„lgandagina rivojlanadi. Tovuq tezagidagi askarida tuxumi 1–1,5 kunda quyosh nuri
ta‟sirida zararsizlanadi.
Shunday qilib, askarida bilan kasallangan tovuqlar va qishdan tirik chiqqan
askarida tuxumlari jo„jalarga askaridoz kasalligini yuqtiradigan asosiy manba bo„lib
hisoblanadi. Askarida parrandalar ichagida 9–14 oy yashaydi.
Askarida lichinkalari ichak shilliq pardalarini teshib, ichak so„rg„ichlarini
qitiqlab, liberkyun bezlarini jarohatlaydi. Natijada ichak devorlariga qon quyiladi,
yalliglanadi, patogen mikrob va viruslar uchun yo„l ochiladi. Voyaga yetgan
askaridalarning ko„pligidan ichak tiqilib devori yorilib ketishi ham mumkin.
Askaridalar toksik modda ajratib tovuq organizmini surunkali zaharlaydi.
Natijada, jo„jalarning o„sishi va rivojlanishi sekinlashadi, tovuqlar kam tuxum qo„yadi.
Kasallangan jo„jalarning toji oqaradi, ichi ketadi yoki qotadi, bo„shashib patlari
hurpayadi va ozib ketadi. Odatda, katta yoshli tovuqlar ichagida askarida oz bo„ladi.
Shuning uchun kasallikning klinik belgilari ularda sezilmaydi.
O„rdaklar porrotsekumlari (Porroceacum crassum) yovvoyi va xonaki
o„rdaklarda uchraydigan gelmintoz qo„zg„atuvchisi hisoblanadi. Gelmintlar lichinka
davrida parrandalarning muskulli oshqozoni kutikulasi ostida parazitlik qiladi. Jinsiy
yetuk porrotsekumlar parrandalarning ingichka ichaklarida yashaydi.
Porrocoecum crassum o„rdaklarda uchraydigan yirik nematodalardan, u tashqi
ko„rinishidan parranda askaridalariga o„xshaydi. Erkaklari 3-4 sm, urg„ochilari esa 5–6
sm uzunlikda bo„ladi. Ularning qizilo„ngachlari oxirida bittadan bulbusi va ichagida
o„simtasi borligi bilan xarakterlidir. Tuxumlari katta (0,091-0,106 mm), oval shaklda,
uning tashqi pardasida notekis botiqlari bor; tashqariga yetilmagan fazasida ajraladi.
Boshqa askaridalardan farqi shuki, porrotsekoz qo„zg„atuvchisi asosiy (o„rdaklar)
va oraliq (yomg„ir chuvalchangi) xo„jayinlar orqali rivojlanadi. Qulay sharoitda tashqi
muhitga tushgan tuxumlardan 5-12 kunda lichinkalar yetishadi. Bunday ichida
lichinkasi bo„lgan tuxumlarni yomgir chuvalchanglari yutganda, tuxumlardan
lichinkalar chiqib qon tomirlariga o„tadi va 1,5-2 oydan so„ng invazion lichinkaga
aylanadi. O„rdaklar suv havzalarida, botqoqlik yaylovlarda, tanasida invazion
lichinkalar bo„lgan yomg„ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz qo„zg„atuvchilari bilan
kasallanadi. O„rdaklarning muskulli oshqozonida yomg„ir chuvalchanglari parchalanib
undan chiqqan porrotsekum lichinkalari muskulli oshqozonning kutikulasi ostiga o„tib
rivojlanadi va taxminan 7 kundan keyin kutikuladan ingichka ichakka qaytib chiqadi va
uch haftadan so„ng jinsiy yetuk erkak va urgochi gelmintlarga aylanadi (57-rasm).
Porrotsekum bilan o„rdakalrning 1-3 oylik jo„jalar ko„proq zararlanadi. Sifatsiz
oziqlar bilan boqilganda katta yoshdagi parrandalar ham kasallanishi mumkin.
Porrotsekoz bilan parrandalar asosan bahor va kuz oylarida kasallanadi. Qishda
porrotsekoz uchramaydi. Yovvoyi va xonaki o„rdaklar porrotsekozning asosiy manbai
hisoblanib, ular yomg„ir chuvalchanglarini zararlaydi. O„rdaklar faqatgina tanasida
porrotsekumning lichinkalari bo„lgan yomg„ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz bilan
kasallanadi.
Porrotsekumlar o„rdaklar organizmiga mexanik, toksik, hatto allergik ta‟sir
ko„rsatadi. Kasallangan parrandalarda kam qonlik, bo„shashish, oriqlash ro„y beradi va
hatto umumiy ahvolini og„irlashtiradi. Kasallangan jo„jalar o„sish va rivojlanishdan
orqada qoladi, ularning hazm organlari faoliyati buziladi, ichi ketadi, falajlanishlar ro„y
beradi. Kuchli zararlangan jo„jalar ko„plab nobud bo„lishi ham mumkin. Katta
yoshdagi parrandalarning mahsuldorligi kamayadi, tuxum qilishi ozayadi, semirmaydi
va go„shtining sifati pasayadi.
Dostları ilə paylaş: |