Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. O„rdaklar porrotsekumi (Porroceacum crassum



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49

 

57-rasm. O„rdaklar porrotsekumi (Porroceacum crassum)ning rivojlanish sikli: 1-yetuk gelmint; 

2-yetilmagan va 3-yetilgan tuxumi; 4-lichinkasi;  5- porrotsekum lichinkasi bilan zararlangan yomg„r 

chuvalchangi. 

 

Asosiy  kurash  choralaridan  biri–qo„zg„atuvchining  rivojlanishidagi  «biologik 



zanjir»ni  uzishdan  iborat.  Buning  uchun  jo„jalar  alohida,  porrotsekumning  invazion 

elementlari bo„lmagan yaylov va suv havzalarda boriladi. Shuningdek, o„rdak jo„jalarini 

tuxumdan chiqqach, uch oygacha suvga tushirmasdan quruqlikda boqish ham maqsadga 

muvofiqdir.  



Bolaiar  gijjasi  (Enterobius  vermicularis)  hamma  joyda  tarqalgan,  juda  mayda, 

ya‟ni urg„ochisining uzunligi 10–12 mm, erkaginiki esa, 2–5 mm bo„ladi (58-rasm).  

O„tkir  dumli  nematoda  deb  atalishiga  sabab  shuki,  urg„ochisining  tanasi  dum 

qismiga  tomon  o„tkirlashgan,  ingichkalashgan  bo„ladi.  Erkagi  tanasining  keyingi  uchi 

spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan kutikula-

vezikula  bilan  o„ralgan.  Erkagining  askaridadan  farqi  –  dum  tomonida  bitta  spikulasi 

borligidir  (askaridada  spikula  ikkita  bo„ladi).  Og„zi  uchta  lab  bilan  o„ralgan. 

Qizilo„ngachi sharsimon kengaygan bulbus bilan tugaydi. Bulbusda kutikulali chaynash 

plastinkalari bor.  

Qаtоr  hоllаrdа  entеrоbiоz  qo„zg„аtuvchisining  pаrаzitlik  qilishi  disbаktеriоz 

pаydо bo„lishigа, ya‟ni ichаkning nоrmаl mikrоflоrаsi buzilishigа оlib kеlаdi, bu esа o„z 

nаvbаtidа,  ichаk  funksiyasining  buzilishi  vа  ich  kеtishining  rivоjlаnishi,  o„tkir  ichаk 

infеksiyalаri vа аppеnditsid хаvfini оshirаdi.  

 







 

 

58-rаsm. Bоlаlаr gijjаsi (Enterobius vermicularis): а-urg„оchisi; b-erkаgi; 1-оg„zi; 

2-vеzikulа o„simtаsi; 3-qizilo„ngаchi; 4-bulbusi; 5-o„rtа ichаgi; 6-jinsiy tеshigi; 

7-9-jinsiy sistеmаsining bir qismi; 10-аnаl tеshigi. 

 

Bolalar  gijjasi  odamlar,  ayniqsa,  yosh  bolalar  ingichka  ichagining  ikkinchi 



yarmida va yo„g„on ichagida parazitlik qiladi. Urug„langan urg„ochi gijjalar tunda anal 

teshikdan  faol  harakatlanib,  anus  atrofiga  chiqadi  va  bu  yerda  teri  burmalariga  10–20 

mingga yaqin tuxum qo„yadi.  

Tuxum  qo„yishdan  oldin  gijjalar  suyuqlik  ajratadi,  bu  suyuqlik  yordamida 

tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o„zidan suyuqlik chiqarib, 

tuxum qo„yayotganida bu joyni qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor 

qashinadi.  Urg„ochi  gijja  tuxum  qo„yib  bo„lganidan  keyin  burishib  o„ladi.  Qo„yilgan 

tuxum  4–6  soatda  yuqumli  holatga  keladi.  Bu  parazitning  urg„ochisi  25–30  kun 

yashaydi. Erkagi urg„ochisini otalantirgach, o„lib ketadi. 

Gijja  bilan  kasallangan  bola  kam  uxlaydi,  asabiylashadi,  injiq  bo„ladi,  ishtahasi 

yo„qoladi, ko„ngli ayniydi, qorni og„riydi va boshi aylanadi. Bola qashingan paytda gijja 

tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga o„rnashib qoladi va qo„lini 

yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og„ziga solsa, parazit tuxumi bolaning ichiga 

tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o„sib rivojlanadi va 2-haftadan keyin voyaga yetadi. 



 

Shunday holatda ostritsa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanadi. Gijja tuxumi 

kiyimda  va  polda  uzoq  saqlanishi  mumkin.  Gijja  pashshalar,  suvaraklar  va  boshqa 

hasharotlar  orqali  ham  tarqaladi.  Bolalar  gijjasi  bilan  kurashish  uchun  shifokorlar 

bemorlarga issiq suv va margansovka eritmasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo 

bu  yaxshi  natija  bermaydi.  Gijja  bilan  kasallangan  bemorlarni  davolash  uchun  vankin, 

kombantrin,  vermoks,  piperazin,  medamin,  adipinat  kabi  dorilar  qo„llaniladi.  Gijja 

yuqishi  yoki  qayta  yuqishidan  bolani  saqlash  uchun  yoshligidanoq  sanitariya-gigiyena 

qoidalariga  o„rgatish  lozim.  Bolalarning  tirnoqlarini  kalta  qilib  olib,  kiyimlarini 

dazmollab  kiyishga  odatlantirish  kerak.  Bolalar  gijjasini  tushirish  uchun  yarim 

stakandan kuniga 2 mahal 2–3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim. 

Umuman,  ostritsalar  avlodining  20  ga  yaqin  turi  bor.  MDHda  odamlarda  faqat 

bitta  turi,  ya‟ni  bolalar  gijjasi  parazitlik  qiladi.  Ostritsaning  otlarda  Oxyuris  equi  turi 

parazitlik qiladi. Uning tana uzunligi 18 sm gacha boradi va oksiuroz kasalligini keltirib 

chiqaradi. 

Rishta  (Dracuncuius  medinensis)  yoki  drakunkul  ipsimon  ko„rinishdagi 

nematoda bo„lib, O„rta Osiyo respublikalarida rishta (ip) deb ataladi. Mutafakkir olim 

Abu Ali ibn Sino rishtani «irkalmedini» deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan 

kasallikni birinchi marta o„rgangan allomadir. 

Rishta  ayrim  jinsli  bo„lib,  jinsiy  dimorfizm  yaqqol  ko„rinadi.  Urg„ochisining 

uzunligi  32  sm  dan  150  sm  gacha  boradi,  erkagi  esa  12–30  mm  atrofida  bo„ladi  (59-

rasm).  

Rishta  biogelmint  (rivojlanish  siklida  oraliq  xo„jayin  ishtirok  etadi)  bo„lib, 

rivojlanish  siklida  2  ta  xo„jayin  qatnashadi.  Rishtaning  asosiy  xo„jayini  odam,  ayrim 

hollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo„ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar 

hisoblanadi.  Jinsiy  voyaga  yetgan  parazit  asosiy  xo„jayinlarining  terisi  ostidagi 

biriktiruvchi  to„qimalarida  va  ko„pincha  oyoq  terisi  ostida  parazitlik  qilib  yashaydi. 

Oraliq xo„jayini esa suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan – sikloplardir. Rishtaning 

erkagi  urg„ochisini  otalantirgach,  halok  bo„ladi.  Rishtaning  urg„ochisi  urug„langandan 

so„ng,  lichinkalar  tug„ish  uchun  odamning  qo„1-oyoqlari  terisi  ostiga  ko„chadi  va 

ma‟lum  vaqtdan  keyin  terida  shishlar  (pufakchalar)  paydo  bo„ladi.  Bunday  shishlar 

suvga  tekkanda  (qo„1-oyoqlarni  yuvganda  yoki  cho„milganda)  yoriladi  va  ulardan 

parazitning lichinkalari suvga tushadi.  

Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi. Siklop tanasida 

lichinka rivojlanib, 12–14 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Odam va 

boshqa asosiy xo„jayinlar suv orqali zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani 

o„zlariga  yuqtiradi.  Asosiy  xo„jayini  ichagida  sikloplar  hazm  sekretlari  ta‟sirida  hazm 

bo„ladi,  undan  chiqqan lichinkalar ichak devori orqali  qon  aylanish sistemasiga  o„tadi 

va  organizm  bo„ylab  migratsiya  qiladi.  Migratsiya  davri  tugallangach,  rishtaning 

lichinkasi  bemorning  teri  osti  yog„  qavatiga  joylashib  oladi  va  bir  yildan  keyin  jinsiy 

voyaga  yetadi.  Shundan  so„ng  urg„ochi  rishtalar  yana  teri  ostiga  ko„chib,  yuqorida 

bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi. 

 


 

 

59-rаsm. Rishtа (Dracunculus medinensis) ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi:  1-аsоsiy хo„jаyini-оdаm 

terisi ostida parazitlik qilayotgan jinsiy yetuk rishta; 2-odam organizmidan suvga tushayotgan rishta 

lichinkalari; 3-rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn siklоp; 4,5- rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn 

siklоpni suv bilan yutayotgan odam va it. 

 

Dunyo  bo„yicha  sikloplarning  15  dan  ortiq  turlari  rishtaning  oraliq  xo„jayini 



hisoblanadi. MDHda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo„jayini ekanligi aniqlangan. 

Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi.  

Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o„lsa, odam organizmiga parazitning 

zaharli  moddalari  s‟o„riladi  va  natijada  odam  badanida  har  xil  toshmalar  (eshak  yemi) 

paydo  bo„ladi,  badan  qichishadi,  bosh  aylanadi,  nafas  olish  qiyinlashadi,  organizm 

oriqlaydi. Ba‟zan esa bo„g„inlarning yallig„lanishi, ko„ngil aynishi va qusish hollari ham 

ro„y beradi. 

Umuman,  rishtaning  atrof-muhitga  keng  tarqalishida  asosiy  manba-  kasallangan 

odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli  mamlakatlarda, ya‟ni Afrika, Lotin 

Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda rishta bilan yer 

yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. MDHda, O„rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoroda 

1930-yillargacha  rishta  odamlarda  tez-tez  uchrab  turgan.  Birinchi  marta  rishtani  1872-



 

yili A.P. Fedchenko topgan bo„lsa, A.M. Isayev esa Buxoroda rishtani rivojlanish siklini 

to„liq o„rganib, uni yo„qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan. 

1932-yilda  sobiq  Ittifoqda  rishta  odamlarda  batamom  tugatilgan.  Rishta 

tugatilishining  asosiy  sabablari  uning  manbai  bo„lgan  hovuzlarni  quritish  yoki 

dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, hovuziardan xom suv ichmaslik, oyoq-qo„llarni 

suv ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab, 

ularni  davolashdan  iborat  bo„lgan.  Hozirgi  kunda  rishta  bilan  zararlanish  yovvoyi 

hayvonlar o„rtasida uchrab turadi. 

Avvalgi  davrlarda  rishtadan  qutulishning  birdan-bir  chorasi  nematodani  cho„pga 

o„rab  asta-sekin  teri  ostidan  tortib  chiqarib  olish  bo„lgan.  Hozirgi  kunda  ham  bu  usul 

o„zining  qimmatini  yo„qotgani  yo„q.  Bundan  tashqari,  kasallik  kimyoviy  dorilar  bilan 

ham  davolanadi.  Bunday  kimyoviy  preparatlar  qatoriga  ambilgar,  tiabendazol, 

metronidazol va boshqalar kiradi.  



Qilbosh  nematoda  (Trichocephalus  trichiurus)  ning  bosh  tomoni  uzun  qilga 

o„xshash ingichka bo„ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo„g„onlashib boradi (60-

rasm).  

Qilbоsh nеmаtоdаlаr аsоsаn, оdаmlаrning yo„g„оn ichаgidа pаrаzitlik qilаdi. Ulаr 

аyrim  jinsli,  erkаgining  uzunligi  30–40  mm  bo„lib,  оrqа  uchi  spirаl  kаbi  burаlgаn 

bo„lаdi.  Urg„оchisining  uzunligi  30–50  mm  kеlаdi.  Qilbоsh  nеmаtоdаning  оldingi 

uchidа оg„iz bo„shlig„i vа qizilo„ngаchi jоylаshgаn.  

Tаnаsining  kеngаygаn  оrqа  qismidа  esа  o„rtа  vа  оrqа  ichаklаr,  оrqа  chiqаruv 

tеshigi  vа  jinsiy  оrgаnlаr  sistеmаsi  jоylаshgаn.  Qilbоsh  nеmаtоdаlаr  bоsh  qismini  o„z 

хo„jаyini  ichаk  dеvоrigа  sаnchgаn  hоldа  qоn  bilаn  оziqlаnаdi.  Nеmаtоdаlаrning 

urug„lаngаn tuхumlаri хo„jаyini ахlаti оrqаli tаshqаrigа chiqаdi. 

Tuxum  yetarli  namlik  va  harorat  bo„lgan  taqdirda  yaxshi  rivojlanadi.  Bitta 

urg„ochi  qilbosh  nematoda  bir  kecha-kunduzda  1000  tadan  3500  tagacha  tuxum 

qo„yadi. Qulay sharoitda tuxum 20–30 kunda yuqumli holatga keladi. 

Odam  ko„pincha  yuvilmagan  sabzavot-mevalarni  iste‟mol  qilganida  qilbosh 

nematodaning  invazion  tuxumlarini  yutib  yuborish  bilan  zararlanadi  va  nematoda 

taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yilgacha 

yashashi mumkin. 

Qilbosh  nematodalar  trixotsefalyoz kasalligini keltirib  chiqaradi. Bu  kasallik  yer 

sharining harnma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko„p uchraydi. Qilbosh 

nematoda  asosiy  xo„jayini  hazm  organlarini  yallig„laydi  va  bir  qator 

mikroorganizmlarning  tushishiga  yo„l  ochadi.  Nerv  sistemasiga  ta‟sir  qiladi. 

Trixotsefalyoz  bilan  kasallangan  odamlar  vermoks  (mebendazol),  difezil,  naftamon, 

osarsol va timak kabi dorilar bilan davolanadi. 

Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qiladi. 

Masalan,  cho„chqalarda-cho„chqa  qilbosh  nematodasi  (Trichocephalus  suis),  qo„y, 

echki  va  qoramollarda-Trichocephalus  ovis,  Trichocephalus  skrjabini  kabi  turlari 

parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva 

va  sabzavotlarni  yuvib  iste‟mol  qilish,  axlatlarni  dalaga  ishlatishdan  oldin 

zararsizlantirish, hojatxonaga so„ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbirlarni amaiga 

oshirish lozim.  

 


 

 

 



60-rаsm. Оdаm qilbоsh nеmаtоdаsi (Trichocеphalus trichiurus) ning tuzilishi va rivojlanish sikli: 

a-urg„оchisi, b-erkаgi: 1-anal teshigi; 2-tuxum yo„li; 3-ichagi; 4-qizilo„ngachi; 5-jinsiy teshigi; 6-qin; 

7-bachadon; 8-tuxumdon; 9-urug„ yo„li; 10-urug„don; 11-urug„ xaltasi:  

v- odаm qilbоsh nеmаtоdаsining rivojlanish sikli sxemasi: 1-organizmdagi voyaga yetgan parazit

2-urug„langan tuxumi; 3-yuqumli holatdagi tuxumi(ichida yetilgan lichinkasi bilan); 

4-odamga yuqish omillari. 

 

Qiyshiqbosh  yoki  egribosh  nematoda  (Ancylostoma  duodenale)  odamlarning 

12-barmoqli  ichagida  parazitlik  qiladi.  Parazitning  bosh  qismi  egilgan,  qiyshiq  bo„lib, 

unda rivojlangan og„iz kapsulasi joylashgan (61-rasm).  

v) 

b) 


a) 

 

 

 



61-rаsm. Qiyshiqbоsh nеmаtоdа (Ancylostoma duodenale): а-urg„оchisi; b-erkаgi; d- qiyshiqbоsh 

nеmаtоdаning og„iz qismi (оg„iz kаpsulаsidа kutikulyar tishchаlаri tаsvirlаngаn): 

1-kutikulyar tishlari; 2-og„iz bo„shlig„i; 3-halqum; g- qiyshiqbоsh nеmаtоdаning rivojlanish sikli: 

1-odam; qiyshiqbоsh nеmаtоdаsining xo„jayini; 2-tuxumi; 3-tuxumdan rabditsimon lichinkaning 

chiqishi; 4-yuqumli lichinka. 

 

Og„iz  bo„shlig„ida  o„tkir  plastinka  yoki  juda  kichik  ilmoqchalarga  o„xshash 



«tish»lari bo„lib, ular yordamida parazit o„z xo„jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib 

qon so„rib oziqlanadi. Qon so„rgani uchun ham parazitning rangi qizg„ish bo„ladi. Ular 

ayrim  jinsli,  urg„ochisining  tana  uzunligi  10-18  mm,  erkaginiki  esa  8-10  mm  atrofida 

bo„ladi.  Erkagining  orqa  uchida  bursa  va  spikula  joylashgan.  Qiyshiqbosh  nematoda 

geogelmint.  

Uruglanishi xo„jayini ichagida o„tadi. Urg„ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga 

yaqin urug„langan tuxum qo„yadi. Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26–

30°C  da)  bir-ikki  kun  ichida  lichinka  chiqadi.  Bir  hafta  davomida  lichinka  2  marta 

tullab, yuqumli (invazion) davrga o„tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati 

pasayganda, 1 m pastga tushadi. Harorat ko„tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi 

va tuproqda 18 oygacha o„z hayotchanligini saqlab qoladi. 

Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro„y beradi. 

Bunda  odam  go„ng  va  har  xil  axlatlar  tashlangan  dalalarda  hamda  polizlarda 

oyoqyalang  yurganida  parazit  lichinkasi  teri  orqali  tanaga  kiradi.  Lichinkalar  kirgan 

joylarda har xil toshmalar hosil bo„lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi. 

Odam  organizmiga  kirgan  lichinkalar  terining  mayda  qon  tomirlari  orqali  vena  qon 









 


 

tomiriga  o„tadi  va  organizm  bo„ylab  tarqaladi.  Bunda  lichinkalar  qon  bilan  oyoqdan 

o„pkaga, so„ngra halqumga o„tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib yuboradi, bunday 

lichinkalar  12-barmoqli  ichakka  borib  o„rnashadi  va  tekinxo„rlik  qilib,  jinsiy  voyaga 

yetadi.  

Egribosh  nematodalar  ichak  devorida  yaralar  hosil  qiladi  va  xo„jayini  qonini 

so„rib  oziqlanadi.  Bunday  odam  ozadi,  ichakdan  qon  oqadi,  natijada  bemor  kamqon 

bo„lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan og„iz orqali (suv va oziq-

ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.  

Qiyshiqbosh  nematoda  xususan  janubda,  namgarchilik  ko„p  bo„lgan  joylardagi 

aholi  o„rtasida,  ayniqsa,  dehqonchilik  bilan  shug„ullanadigan,  shaxtalarda  ishlaydigan 

odamlar o„rtasida keng tarqalgan. 

Umumаn, qiyshiqbоsh nеmаtоdа qo„zg„аtаdigаn kаsаllik ankilostomoz deb atalib, 

rasmiy  ma‟lumotlarga  qaraganda,  yer  yuzida  u  bilan  500  mln.  ga  yaqin  odam 

kasallangan. 

Bu kasallik MDHda Kavkazortida, Qozog„iston va O„rta Osiyo Respublikalarida 

yashovchi  aholi  o„rtasida  ham  uchraydi.  O„zbekistonda  Toshkent,  Sirdaryo,  Andijon, 

Farg„ona  va  Buxoro  viloyatlarida  uchraydi.  Egribosh  nematodalar  odam  ichagida  2 

yildan  5–8  yilgacha  yashashi  mumkin.  Bu  kasallikning  oldini  olish  uchun,  avvalo, 

egribosh  nematodalar  uchraydigan  joylarda  oyoqyalang  yurmaslik,  yer  va  o„t  ustida 

yotmaslik,  nematoda  lichinkalarini  ichadigan  suvga  va  ovqatga  tushishiga  yo„l 

qo„ymaslik,  ankilostomoz  tarqalgan  tumanlarda  aholi  o„rtasida  muntazam  ravishda 

degelmintizatsiya  o„tkazish,  odam  axlatining  tashqi  muhitda  tarqalishiga  yo„l 

qo„ymaslik,  iste‟mol  qiladigan  sabzavot  va  ko„katlarni  qaynoq  suvda  yuvish,  hovuz 

suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan 

og„rigan  odamlar  kombantrin,  vermoks,  naftamon,  tetraxloretilin  kabi  dorilar  bilan 

davolanadi. 

Trixinella  (Trichinella  spiralis)  juda  mayda,  ya‟ni  urg„ochisining  uzunligi  3–4 

mm,  erkaginiki  1,5–2  mm  atrofida  bo„lib,  asosan  kalamush,  it,  mushuk,  bo„rsiq, 

cho„chqa va ba‟zan odamlarda parazitlik qiladi (62-rasm).  

Trixinella  rivojlanishining  hamma  davrini  tashqi  muhitga  chiqmasdan,  o„z 

xo„jayinining  ichida  o„tkazadi.  Voyaga  yetgan  trixinella  ingichka  ichakda  yashaydi. 

Urug„langan  urg„ochilar  ichak  devoriga  o„tib,  2  oygacha  yashaydi  va  shu  yerda  2 

mingtagacha tirik lichinkalar tug„adi. 

Lichinkalar  ko„chib  yuruvchanligi  bilan  diqqatga  sazovordir,  ya‟ni  ular  qonga 

o„tadi  va  qondan  ko„ndalang-targ„il  muskul  tolalarining  orasiga  kirib  o„rnashib  oladi. 

O„rnashib olgan lichinkalar spiral shaklida buraladi va ularning atrofida shakli limonga 

o„xshash  kapsula  hosil  bo„ladi.  Taxminan  5–6  oydan  keyin  kapsula  ohaklanib  qoladi, 

ya‟ni kapsula devoriga ohak moddalari to„planadi. Har bir kapsulada 1 ta, 2 ta yoki 3 ta 

lichinka bo„lishi mumkin.  

Umuman,  1  kg  trixinella  bilan  kasallangan  cho„chqa  go„shtida  10–12 

mingtagacha  lichinka  bo„lishi  mumkin.  Kapsulaga  o„ralgan  trixinella  lichinkasi  to 

xo„jayini  o„lguniga  qadar  tirik  holda  saqlanadi,  lekin  rivojlanmaydi.  Odam  trixinella 

lichinkasi  bo„lgan  cho„chqa  go„shtini  yaxshi  qovurmasdan,  yaxshi  pishirmasdan 

iste‟mol qilganda parazitni o„ziga yuqtiradi. Odamning ichagida hazm shiralari ta‟sirida 

kapsula  erib  ketadi va  trixinella  lichinkasi  ichak  bo„shlig„iga  chiqadi. Bu  lichinkalar  2 

 


 

kundan  keyin  voyaga  yetadi  va  to„rtinchi  kuni  ichakning  hujayralari  orasida  urchib, 

muskullarga  o„tadigan  lichinkalar  tug„adi.  Erkaklari  urg„ochilarini  urug„lantirgach 

o„ladi.  

 

62-rаsm. Triхinеllа (Trichinella spiralis): А-urg„оchisi, B-erkаgi, V-muskul tоlаlаri ichidа kаpsulаgа 

o„rаlgаn triхinеllа lichinkаsi, G-tаbiаtdа triхinеllаning аsоsiy tаrqаlish yo„llаri: 1-nеrv hаlqаsi; 2-

qizilo„ngаch hujаyrаlаri; 3-urg„оchisining jinsiy tеshigi;4-bаchаdоni; 5-tuхumdоni;  

6-o„rtа ichаgi; 7-urug„dоni.  

 

Trixinella  tufayli  vujudga  keladigan  kasallik  trixinellyoz  deyiladi.  Minglarcha 



trixinella  lichinkalari  odam  ichak  devorini  teshib  o„tganda,  og„ir  kasallikka  va  hatto, 

o„limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o„tganda, qon orqali 

muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o„ralganda ham bemorga qattiq azob 

beradi.  Umuman,  trixinella  bilan  kasallangan  odamlarning  harorati  ko„tariladi,  ovqat 

hazm qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og„riydi, ko„ngli ayniydi, yuzi va 

qovoqlari shishadi. Trixinellyozning yashirin davri 10–25 kun davom etadi. 

Trixinella  odamlarga  asosan  cho„chqa  go„shti  orqali  yuqadi.  Cho„chqalarga  esa 

trixinella  lichinkasi  sichqon  va  kalamushlarning  o„ligini  yeyishlari  orqali  yuqadi. 

Sichqon  va  kalamushlarga  esa  trixinella  lichinkasi  bir-birlarini  yeyishlari  yoki  kasal 

bo„lib  o„lgan  cho„chqa  go„shtini  yeyishlari  natijasida  o„tadi.  Odamga  trixinella 

lichinkasi yovvoyi to„ng„iz, bo„rsiq va ayiq go„shtini yaxshi pishirmasdan yeyishi orqali 

ham yuqishi mumkin. 

Trixinella  bilan  kasallanmaslik  uchun,  avvalo,  go„sht  kombinat-larida  va 

bozorlarda veterinariya nazoratidan o„tmagan cho„chqa go„shtini sotmaslik va ovqatga 

ishlatmaslik  kerak.  Iste‟mol  qilinadigan  cho„chqa  go„shtini  yaxshilab  qovurish  va 

pishirish  kerak.  Trixinelladan  saqlanish  uchun  cho„chqa  og„ilxonalari  va  atrofini 

sementlash,  cho„chqachilik  xo„jaliklari  atrofida  uchraydigan  kalamush,  sichqonlarga 







 

qarshi  kurash  choralarini  olib  borish  va  trixinelladan  o„lgan  hayvonlarni  albatta 

kuydirish  kerak.  Trixinellyoz  bilan  kasallangan  odamlarni  esa  vermoks,  mintezol, 

tiabendazol, benzimidazol kabi dorilar bilan davolash tavsiya etiladi. 



Vuxereriya  yoki  Bankroft  ipchasi  (Wuchereria  bancrofti)  asosan  tropik  va 

subtropik 

iqlimli 

mamlakatlarda 

keng 

tarqalgan. 



Odamlarda 

vuxererioz  

(elifantiazis), ya‟ni fil kasalligini paydo qiladi.  

Bu ipsimon nematoda urg„ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi. 

Voyaga  yetgan  chuvalchanglar  limfa  bezlarida,  ichki  a‟zolarning  qon  tomirlarida 

parazitlik  qiladi.  Limfa  yo„li  berkilib  qolishi  tufayli  limfa  suyuqligi  to„xtab  qoladi, 

zararlangan joy esa juda yo„g„onlashib ketadi.  

Bu  nematodaning  rivojlanishi  ikkita  xo„jayinda  boradi.  Asosiy  xo„jayini  odam, 

oraliq  xo„jayinlari  esa  Anopheles,  Culex  va  Aedes  urug„lariga  kiradigan  chivinlar 

hisoblanadi. Urg„ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko„p tirik lichinkalar tug„adi. 

Bu lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam 

faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a‟zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular 

periferik tomirlarga o„tadi (63, 64-rasmlar).  

Kechqurun  yoki  tunda  chivinlar  kasallangan  odamlaning  qonini  so„rganida 

parazit  lichinkalari  chivin  oshqozoniga  va  undan  tana  bo„shlig„iga  o„tadi.  Bu  yerda 

biroz o„sadi va so„ngra xartumi asosida to„planadi. Chivinlar qon so„rish uchun sog„lom 

odam terisini teshganida, lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So„ngra bu 

lichinkalar o„zlari faol harakat qilib, xo„jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga yetgan 

parazitlar  odam  organizmida  17  yilgacha,  lichinkalari  esa  70  kun  atrofida  hayot 

kechiradi.  

 

  

 



 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin