Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi vakillari juda mayda bo„lib, tanasi uzun
tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 1,3-3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga
o„xshaydi. Iskabtoparlar kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda
toshbaqalarning inlarida, qushlarning uyalarida, molxonalarda, aholi turar joylarida
yashaydi.
Iskabtoparlar oilasiga 600 ta tur kiradi. Ular Yevropaning janubi, O„rta va
Janubiy Osiyo hamda Shimoliy Afrikada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoning cho„lli
mintaqalarida ham ko„plab tarqalgan. Ularning faqat urg„ochilari qon so„radi; erkaklari
gul nektari bilan oziqlanadi. Iskabtoparlar obligat qon so„ruvchi hasharotlar bo„lib,
odatda odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum qiladi. Qonni faqat
urg„ochilari so„radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo„lib, ulardan juda uzun mo„ylovlari
bo„lishi va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun
va ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog„i ancha uzun bo„ladi. Oyoqlari va qanotlari butun
tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg„ochilari tuxum qo„yishdan
oldin, albatta, qon so„rishi kerak, shundan keyingina tuxumlari rivojlanadi.
Iskabtoparlar ovqat izlab, 1,5 km dan ko„proq yo„l bosadi. Tuxumlarni qorong„i
organik moddalarga boy, zax yerlarga qo„yadi. Bir qo„yishda urg„ochilari 50–70 taga
yaqin tuxum qo„yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon bo„lib, tanasi 12
segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik moddalar bilan
oziqlanadi va 4 marta tullaydi. To„rtinchi marta tullashdan keyin g„umbakka aylanadi.
G„umbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Tuxum qo„yishdan to voyaga
yetgunigacha qulay sharoitda 46 kun kerak bo„ladi, noqulay sharoitda rivojlanish
muddati juda cho„zilib ketishi mumkin (113-rasm).
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy bo„lgan joylarda, masalan,
g„orlar, daraxtlarning kavagi yoki sudralib yuruvchilar va kemiruvchilarning inlarida
rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki avlodi voyaga yetadi.
Iskabtoparlardan-Phlebotomus
pappatasii
turi
odamlarga
leyshmanioz
(pashshaxo„rda) va pappatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, chivinlar
uy hayvonlari va odamlarning tinchligini buzishi bilan katta ziyon keltiradi.
Chivinlardan bezovta bo„lgan chorva mollarining mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak
chivinlari tropik mamlakatlarda odamlar o„rtasida bezgak kasalini, ayrim chivinlar
virusli Yapon ensefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi.
Chivinlarni yo„qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga olgan
holda, chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz paytlarida
kunduzi qo„nib turadigan joylarda, qish paytida esa qishlash joylarida har xil
insektitsidlar yordamida yo„qotiladi. Lichinkalari va g„umbaklariga qarshi kurashish
uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles lichinkalari sho„r, kislorodi kam, soya suv havzalarida yashamaydi.
Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari uchramaydi. Chivinlarning
lichinkalariga qarshi kurashishda xo„jalik maqsadlari uchun keraksiz bo„lgan kichikroq
suv havzalari tuproq bilan ko„mib tashlanadi. Baliq ko„paytirilmaydigan va xo„jalik
maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv havzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi,
neftlanadi. Neft suv betiga nihoyatda yupqa parda ko„rinishida yoyilib, lichinkalar va
g„umbaklarning nafas olish teshiklarini berkitib qo„yadi va ular o„ladi. Kimyoviy
moddalar zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan mikroorganizmlardan
kichik bo„lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalarni yutadi.
Hozirgi vaqtda chivinlarga kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda.
Lichinkalar va g„umbaklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya
balig„ini ko„paytirish yaxshi natija bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug„orish,
ya‟ni qisqa vaqt ichida suvni chiqarib tashlash yo„li bilan parazitlarni yo„qotish
mumkin. Bundan tashqari, hovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv
havzalarining organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo„l qo„ymaslik kerak.
Kalta mo„ylovli to„g„ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Orthorrhapha)
kenja turkumi. Bu kenja turkum vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo„ylovlari 3
bo„g„imli bo„ladi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G„umbagi yopiq
tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g„umbak po„sti bosh ko„krak ustidan «t» shaklida
yirtiladi. Bu kenja turkumga so„nalar va qtir pashshalari oilalari hamda boshqa ikki
qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga, asosan, so„nalar oilasining vakillari
jiddiy ziyon keltiradi (114-rasm).
So„nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so„ruvchi ikki qanotlilar kiradi.
So„nalar tanasining uzunligi 6–30 mm bo„lib, rangi turlariga qarab sariq, qora va
kulrang tusda bo„ladi. Boshining yon tomonida yirik fasetkali ko„zlari joylashgan.
Ko„zlari qizg„ish tilla rangda tovlanib turadi.
Boshining ostki qismida og„zi joylashgan bo„lib, og„iz apparati urg„ochilarida
sanchib-so„ruvchi tipda, erkaklarida yalovchi tipda tuzilgan bo„lib, xartumcha
ko„rinishda.
113-rasm. Iskabtopar; I-voyaga yetgan erkak va urg„ochisi,
II-g„umbagi; III-lichinkasi.
I
II
III
114-rasm. Kalta mo„ylovli ikki qanotlilar: A - so„na; B - volfart pashshas;
D -qonxo„r it pashshasi; E-qonxo„r qo„y pashshasi.
Erkagi va yosh urg„ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urg„ochi so„nalar faqat
urug„langandan keyin qon bilan oziqlanishga o„tib, qoramollarga, odam va yovvoyi
hayvonlarga hujum qiladi. Ular bu davrda kemiruvchilar, kaltakesaklar va hatto
hayvonlarning 2–3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin.
So„nalar hayvonlar terisini sanchib-yalovchi yoki kesib-yalovchi og„iz organlari
orqali kesib, shu joydan chiqadigan qonni so„rib oziqlanadi va 2–4 kundan so„ng suv
yoki ariq bo„ylaridagi nam tuproqlarga to„p-to„p qilib tuxum quyadi.
So„nalar 1 yilgacha yashaydi, ammo qon so„rib olgan urg„ochi so„na 1 oygina
yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg„ochi so„na ariq bo„yidagi nam tuproqqa 300 tadan
3500 tagacha tuxum qo„yadi. Tuxumlardan 1–2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtlar
10-11 oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.
Bu muddat ichida ular 6 marta po„st tashlab, 6 yoshga kiradi. Bahorda qurtlar
g„umbakka ayianadi. G„umbaklik davri ob-havoga bog„liq bo„lib, u 6 kundan 25
kungacha davom etadi, so„ngra jinsiy voyaga yetgan qanotli so„na uchib chiqadi (115-
rasm).
So„nalar kunning issiq va yorug„ paytida hayvonlarga hujum qiladi. Ular odatda
harakat qilayotgan har qanday buyumga, hatto qog„oz yoki boshqa materialdan yasalgan
narsalarga ham hujum qiladi. Qon so„rayotgan so„na hech narsaga e‟tibor bermaydi.
So„nalar chorva mollaridan ot, qoramol, tuya, qo„y, ba‟zan it va boshqa
hayvonlar qonini so„radi. So„nalar hayvonlar terisida yara hosil qilib, so„lagi tarkibidagi
zaharli modda bilan chaqqan joyda qattiq og„riq paydo bo„ladi.
115-rаsm. Qоrаmоl so„nаsi (Tabanus bovinus): А–urg„оchisi;
B–qo„ygаn tuхumlаri; V–lichinkаsi; G–g„umbаgi.
Bundan tashqari terini yaralangan qismiga har xil infektsiyalarni tushirib,
hayvonlarda turli yuqumli kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va ularning
mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. So„nalar orqali hayvonlar orasida tulyaremiya,
Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklar tarqaladi. Qoramol so„nasi (Tabanus
bovinus) keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. So„nalar N.G. Olsufev tomonidan
yaxshi o„rganilgan. Dunyoda so„nalarning 3,5 mingdan ortiq turi mavjud, MDH da
ularning 200 ga yaqin turi, 12 ta avlodi va 3 ta kenja avlodi mavjud.
M.Q. Qodirovaning ma‟lumotlari bo„yicha, O„zbekistonda so„nalarning 50 ga
yaqin turlari uchraydi. So„nalarga qarshi 1-2 % li xlorofos, 2-3 % li polixlorpknin, 0,5
% li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar ishlatiladi.
Kalta mo„ylovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha) kenja
turkumi. Bu kenja turkum vakillarining tanasi kichik, mo„ylovlari 3 bo„g„imli,
lichinkalarining bosh bo„limi butunlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po„sti
g„umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib,
soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va
kasallik qo„zg„atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang
go„sht pashshaiari, qon so„ruvchi pashshalar oilalari va bo„kalarning 3 ta oilasi kiradi.
Asl pashshalar (Muscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki
qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi. Mo„ylovlarining ikkinchi bo„g„imi ust
tomonidan uzunasiga choki bor. Imagosi gul nektari, organik moddalar chiqindilari,
axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so„radi. Lichinkalari orasida fitofaglari,
saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Bu oilaga 9 mingga yaqin tur kiradi. MDH da
1000 ga yaqin turi uchraydi.
Bir qancha turlari hovli-joylar yaqinida har xil tashlandiqlarda yashaydi. Bular uy
pashshasi (Musca domestica), uy kichik pashshasi (Fannia canicularis), xonadon
pashshasi (Muscina stabulans) va boshqalar. Uy va boshqa sinantrop pashshalar
kishilarga dizenteriya, terlama, tif kasalliklari infektsiyalarini tarqatadi. Qon
so„ruvchilardan kuzgi chaqog„ich pashsha (Stamoxys calcitrans) bunga misol bo„ladi. U
tashqi ko„rinishidan uy pashshasiga o„xshaydi, lekin sanchib-so„ruvchi xartumchasi bor.
Uning lichinkalari xashakli go„ngda va chirindi o„simlik g„aramlarida rivojlanadi.
Afrikada qon so„rar se-se (Glossina) pashshasi keng tarqalgan. Bu pashshalarning ba‟zi
turlari odamlarda uyqu kasali va uy hayvonlarida nagana kasalligini qo„zg„atuvchi
tripanosomalarni tarqatadi.
Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo„ylab keng tarqalgan sinantrop
hasharotlardan hisoblanadi (116-rasm).
Uy pashshasi faqat aholi yashaydigan joylarda uchraydi. Pashsha xartumining
kengaygan uchki qismida og„iz teshigi joylashgan. Yumshoq lablari yordamida suyuq
oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham oziqlanishi mumkin. Og„iz apparati
yalovchi tipda. 1 juft qanoti ikkinchi ko„krak segmentida o„rnashgan. Oyoq panjasining
tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. Shu yopishqoq yostiqchasi tufayli
pashshalar juda silliq sathda ham o„rmalab yura oladi. Gavdasi tuklar bilan qoplangan,
ana shu tuklarga iflos narsalar osongina yopishadi.
Urug„langan urg„ochi pashsha bir yo„la 120–150 dona tuxumini iflos
chiqindilarga,
ochiq
qolgan
oziq-ovqatlarga
qo„yadi. Tuxumdan chiqqan
chuvalchangsimon lichinkalari chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Lichinka
3 marta tullab g„umbakka aylanadi. Uy pashshasining g„umbagi harakatsiz, ovalsimon
shaklda. Ma‟lum vaqt o„tgach, g„umbakdan yetuk pashsha chiqadi. Tuxum qo„yishdan
boshlab imago davriga yetguncha o„rtacha 10–25 kun kerak bo„ladi.
Pashshalar qorong„ilikni yoqtirmaydi va doim yorug„likka intiladi. Ular oziq-
ovqat mahsulotlari, non, qand, murabbo va go„shtli taomlarga qo„nib, ularni yalab-
so„radi va so„lagini tushirib, har xil mikroblar bilan ifloslantiradi. Pashshada hid bilish
va ta‟m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo„lgan oziqni hididan topadi. Ta‟m
116-rasm. Uy pashshasi (Musca domestica): A-voyaga yetgan pashsha,
B-tuxumi; D-lichinkasi; E-g„umbagi.
B
A
E
D
bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10–12 avlodi
rivojlanadi.
Uy pashshasi ekologik jihatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan bog„liq.
Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va hojatxonalarda, shuningdek, transportda
uchraydi. Ular bir qancha kasalliklar-ning qo„zg„atuvchilarini mexanik ravishda bir
joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi. Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug„,
qorin terlamasi (tifi), o„pka sili, vabo, bo„g„ma, kuydirgi, konyunktivit (ko„z
kasalliklari) va poliomiyelit kabi virus, bakteriya va boshqa kasalliklarning
qo„zg„atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning
sistalarini va parazit chuvalchanglarning tuxumlarini odamlarga yuqtirishi mumkinligi
aniqlangan.
Akademik Ye.N. Pavlovskiyning ma‟lumotiga ko„ra, pashshalar 63 turdan ortiq
zararli mikroorganizmlarni tarqata oladi.
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o„simlik to„qimalari bilan ham
oziqlanadi.
Se-se pashshalari (Glossidae) oilasiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik Afrikada
tarqalgan bo„lib, afrika uyqu kasalligining qo„zg„atuvchilari - tripanosomalarni
tarqatadi. Ularning kattaligi 6,5–14 mm bo„ladi. Urg„ochilari tirik tug„adi. Bor-yo„g„i 1
ta lichinka tug„adi. Hayoti davomida (3–6 oyda) urg„ochisi 6–12 tagacha lichinka
tug„adi. Se-se pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi bilan tuproqqa tushadi va
tezda tuproq ichiga kirib, g„umbaklik davriga o„tadi. 3-4 haftadan keyin jinsiy voyaga
yetgan pashshaga aylanadi.
Ular asosan yovvoyi va uy hayvonlarining, shuningdek, odamlarning qoni bilan
oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va Glossina morsitans kiradi.
Glossina palpalis asosan Afrika qit‟asining g„arbiy mamlakatlarida tarqalgan.
Uzunligi 1 sm dan katta (117-rasm).
Odamlarning uylariga yaqin bo„lgan daryo va ko„llar qirg„oqlarida yashaydi.
Asosan, odam qoni bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham odam tripanosomoz kasalligini
tarqatuvchi manbasi bo„lib xizmat qiladi. Se-se pashshalari tanasida tripanosomalar 2–3
oy tirik holda saqlanishi mumkin.
Glossina morsitans turining hajmi 1 sm dan kichik. Asosan, Afrika o„rmonlarida
yashaydi. Ko„proq yirik yovvoyi hayvonlarning (antilopalar, buyvollar, karkidonlar va
boshq.) qoni bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam hujum qiladi.
Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab odamlar o„ladi. Afrikada se-
se pashshalariga qarshi ko„p yillardan beri turli pestitsidlar qo„llanib kelinadi. Lekin bu
ishlar ijobiy natija bermayapti. Aksincha, pestitsidlar bu yerdagi flora va faunaga salbiy
ta‟sir qilmoqda.
Kulrang go„sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasiga 2000 dan ortiq tur kirib,
ular issiq iqlimli mintaqalarda yashaydi, ozroq qismi sinantroplar hisoblanadi. Bu
oilaning vakillari tanasi ko„pincha kul rangda, qorni shashka taxtachasiga o„xshash
naqshli. Lichinkalari o„limtiklarda, buzila boshlagan go„shtda va tezaklarda uchraydi,
ba‟zilari uy hayvonlari va odamlarda miazalar sababchisi bo„lishi mumkin. Ko„pchilik
turlari tirik tug„adi.
Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnifica) uy pashshasidan kattaroq bo„lib,
gavdasining uzunligi 9–13 mm, rangi och kulrang (118-rasm).
118–rаsm. Vоlfаrt pаshshаsi (Wohlfahrtia magnifica):
А – urg„оchisi; B – lichinkаsi.
Og„iz apparati sanchib-so„ruvchi tipda tuzilgan. Boshida 2 ta yirik murakkab
ko„zi va bo„g„imli mo„ylovlari bor. Ko„kragida 1 juft qanoti va jizillagichi joylashgan.
Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va O„rta Osiyoda keng tarqalgan. Mamlakatimizning
markaziy va janubiy qismlarida uchraydi.
117-rasm. Se-se pashshasi
(Glossina palpalis)
Voyaga yetgan volfart pashshasi dashtlarda dalalardagi gullarning shirasi bilan
oziqlanadi. Ular juftlashgandan keyin 120–200 tagacha tirik lichinka tug„adi,
lichinkalarini hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek, ko„z, burun, og„iz
shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib ketadi. Lichinkasi juda yirik,
yo„g„on, chuvalchangsimon shaklda.
Lichinkalarning bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana
teshigiga va to„qimalariga kirib, tirik to„qimalar bilan oziqlanib, yemira boshlaydi.
Yemirilish jarayoni juda tez kechadi. 2–3 kun ichida lichinka yara va jarohatni
suyakkacha yeb boradi. Bu jarayon qattiq og„riq hosil qilish bilan boradi. Ko„zlarning
shikastlanishi ko„rlikka olib kelishi mumkin. Lichinkalarning o„sishi va rivojlanishi
xo„jayinning tirik to„qimalari hisobiga boradi, bunda ular 3–4 kun ichida lichinka
davrini boshidan kechiradi. G„umbakka aylanishdan oldin lichinkalar yerga tushadi va
tuproqda g„umbakka aylanadi. Butun rivojlanish davri 11–23 kun davom etadi. Volfart
pashshasi yiliga 6 marta bo„g„in berishi mumkin.
Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og„ir kasallik bo„lib, vaqtida oldi
olinmasa, ba‟zan o„limga ham olib keladi. Volfart pashshasi lichinkalari odamlarga ham
tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, terisiga, ko„z va burniga tushganida
to„qimalarini yeb, tuzalishi qiyin bo„lgan yaralar paydo qiladi.
Demak, odamlar va hayvonlar hayoti uchun volfart pashshasining o„zi emas,
balki uning lichinkalari xavflidir.
Volfart pashshasiga qarshi kurashish uchun avvalo, ularning lichinkalari yaradan
qisqich bilan terib tashlanadi, yara xloroforli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy
hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olib tashlanadi va yaraga lizol, volfazol,
estrazol, volfartol, kodoform, kseroform, siodrin, neozidol, kreolin surtiladi.
O„laksaxo„r pashshalar (Calliphoridae) oilasi vakillari metallsimon yoki
yaltiroq rangli, o„rta ko„krak epimerlari qilchali, mo„ylovining arrasi uzun patli.
Lichinkalari hayvonlarning o„limtiklarida, tashlandiq go„shtda rivojlanadi, ba‟zilari sut
emizuvchllarda parazitlik qilib miaz (kasallik) hodisasini chaqiradi, ba‟zilari esa
hasharotlar va umurtqasizlarning parazitlaridir. Ko„pchilik turlari sinantrop bo„lib,
oshxonalar, qushxonalar, axlat o„ralari oldida yashab mikrob va gelmintlarning
tuxumini tashiydi. Sinantroplardan ko„k (Calliphora) va yashil (Lucilia) o„laksaxo„r
pashshalar avlodi vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba‟zi birlari ochiq yaralarga
tuxumini qo„yib, fakultativ miazlarni chaqiradi. Shu yo„l bilan uy hayvonlariga katta
ziyon yetkazadi.
Go„sht pashshasi (Calliphora erythrocephala) ning kattaligi 7-14 mm, metallga
o„xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg„ish, ko„krak qismi esa qora tusda. Go„sht
pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo„yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 1,5 mm
keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450–600 tadan qilib, go„sht va boshqa
hayvon mahsulotlariga qo„yadi.
Tuxumlaridan chiqqan lichinkalari 10-12 kun oziqlanib, g„umbakka aylanish
oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda soxta
parazitlik qiladi.
Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o„stirilib, tuzalishi qiyin bo„lgan
osteomiyelit kasalligini davolashda qo„llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga
lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to„qimalarni iste‟mol qiladi. Har 5 kunda
lichinkalar almashtirilib turiladi. Shunday davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta
yoshdagi kishilarda ko„proq davom etadi.
Qon so„ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae) oilasi vakillarining tuzilishi
hayvonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va
keng, qanotlari tanasiga tig„iz tegib turadi, oyoq tirnoqlari o„tkir. Ayrim turlarida
qanotlari reduksiyaga uchragan. Urg„ochi zoti g„umbakka o„tuvchi bitta lichinka
tug„adi. U tezda g„umbakka aylanadi.
Qon so„ruvchi pashshalar uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini
so„radi. Ayniqsa, qo„y pashshasi (Melophagus ovinus), qanotli ot qon so„rar pashshasi
(Hippobosca equina) va it pashshasi (Hippobosca longipennis) ko„pchilikka ma‟lum.
Qo„y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig„lanishiga
va junlarining to„kilishiga sabab bo„ladi. Qo„y pashshasi qanotsiz bo„ladi.
Pashshalarga qarshi kurashish uchun, avvalo, ular ko„payadigan joylardagi
lichinkalarni to„liq yo„qotish, kir o„ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez tozalab
turish lozim. Quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilarni kompostlash yoki
dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi hojatxonalarda
axlat ustiga so„ndirilrnagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur. Voyaga yetgan
pashshalarni qirish uchun binolarga insektitsidlar bilan ishlov berish lozim. Pashshalar
yopishqoq qog„oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Jamoat ovqatlanadigan
korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoqxonalarda pashshani
batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli insektitsidlar: xlorofos,
geksoxloran va boshqa dorilar qo„llaniladi. Bino va oziq-ovqat mahsulotlarini
pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to„r tutish, ovqatlarning
va idishlarning ustini yopib qo„yish lozim.
Dostları ilə paylaş: |