110-rаsm. To„shаk qаndаlаsi (Cimex lectularius): А-jinsiy vоyagа yеtgаn qаndаlа; B-to„shаk
qаndаlаsining оg„iz аppаrаti; V-tuхumi: 1-tuхum qоpqоg„i; 2-yеlim sеkrеti; 3-yuqоri lаbi;
4-mаndibulаlаri; 5-mаksillаlаri; 6-pаstki lаbi.
To„shak qandalasi, asosan, tunda faol hayot kechiradi, kunduzi devor, pollarning
yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-ro„zg„or buyumlarining ostida yashirinib
yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun‟iy yorug„lik paytida
odamga hujum qilishi mumkin. Qon so„rish paytida terini teshishi va suyuqlik yuborishi
tufayli qattiq og„riq paydo bo„ladi. Ular ommaviy holda urchishidan odamlar qattiq
bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.
To„shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo„yadi. Bitta
urg„ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha yuzlab tuxum
qo„yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog„liq.
35–37°C da 4–6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi muhit harorati
10° C gacha bo„lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6°C dan past bo„lsa, ular 1,5 oygina tirik
saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 marta po„st tashlab, imagoga
aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar 1 marta qon so„radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha
och yashay oladi. Jinsiy voyaga yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin.
To„shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar va
odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to„shak qandalasining chaqishiga juda
sezgir bo„ladi, bunday odamlarning terisida har xil toshmalar paydo bo„lib, unga
mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig„lanish yuzaga keladi. To„shak qandalasi har
xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik ravishda tashib yuradi. Uyda, jamoat
muassasalarida, transport vositalarida to„shak qandalasining tarqalishi sanitariya-
gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar
orqali kurash olib boriladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar
haqida ma‟lumot bering.
3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga odam va hayvonlarda parazitlik
qiluvchi to„liq metamorfozli parazit hasharotlar haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi to„liq metamorfozli parazit hasharotlar
haqida ma‟lumot bera oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 2000 taga yaqin tur kiradi. MDH da 400 dan
ortiq turi uchraydi. Burgalar to„liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar
bo„lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va
sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so„rib parazitlik qiladi. Markaziy
Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalarning uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo„lib, to„q sariqdan
to jigarranggacha bo„lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan
qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo„ladi. Mana
shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo„ladi. Tukchalar
burgaga xo„jayinning jun va patlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat
yaratadi.
Burgalar issiq qonli hayvonlarning va odamlarning ektoparazitlari bo„lib,
ularning qoni bilan oziqlanadi. Burgalarning ko„zlari va sanchib-so„ruvchi og„iz
apparati boshida joylashadi. Og„iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag„lar
uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo„lib, terini teshish uchun xizmat qiladi.
Ular asosida so„lak bezlari nayi va 1 juft kalta pastki jag„ paypaslagichlari joylashgan.
Yuqori labi o„zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan,
shunday bo„lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon
bo„lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g„ilofini
hosil qiladi. Ko„krak qismida 3 juft oyoqlari bo„lib, keyingi juft oyoqlari kuchli
rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab
harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka va 32 sm uzunlikka sakrashi
mumkin. Qorin qismi 10 ta bo„g„imdan tashkil topgan bo„lib, orqa qismida jinsiy
apparati joylashgan. Qorin segment-larining ikki yonida stigmalar ko„rinadi.
Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va
qorin bo„limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo„ladi, shu joyda murakkab
kopulyativ apparati joylashgan. Urg„ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli
rezervuar urug„ qabul qiluvchi pufakcha ko„rinishida tuzilgan. Urg„ochilari hayoti
davomida 450 tadan 2500 tagacha tuxum qo„yadi, bir qo„yganda tuxumlar soni 6–10
tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo„lgan
joylarga, ya‟ni pol tirqishlariga, to„shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor
yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo„yadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan
15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga,
ayniqsa, harorat va namlikka bog„liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi
tuklar bilan qoplangan, oyoqsiz bo„lib, ikki qanotlilar lichinkalariga o„xshash bo„ladi.
Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g„umbakka
aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha
davom etadi. G„umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri -imago faqat qon bilan
oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2–5 yil umr ko„radi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so„radi. Ular asosan (95 %)
sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan
turdagi xo„jayin bilan juda mahkam bog„lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi
hayvonga va odamga o„tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar
deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo„lsa ham ilonda, ba‟zilari
esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi
(Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), odamlarda odam
burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi (Xenopsylla cheopis)
parazitlik qiladi. Lekin ular odamga ham hujum qiladi.
Burgalar issiq qonga o„ch bo„lib, o„lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini
tashlab, yangi xo„jayin axtaradi.
Odam burgasi urg„ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo„ladi (111-rasm). Odam
burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin.
Kalamush va odam burgalari odamlarga o„lat (chuma) va terlama kasalligining
qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi. Bu og„ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar,
kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan
joyidan qonga o„tib, ko„paya boshlaydi.
O„lat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga kiradi.
Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug„urlar va
qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og„rigan bemor 3-4 kunda o„lishi mumkin.
O„lat odamga ikki xil yo„l bilan yuqishi mumkin: 1. Bemor qoni bilan oziqlangan
burga qon bilan birga o„lat qo„zg„atuvchilarini (o„lat tayoqchalarini) ham o„ziga
111-rasm. Odam burgasi (Pulex irritans);
A-imago; B-lichinka; D-g„umbak.
D
B
A
yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o„lat tayoqchalari shu qadar ko„payib
ketadiki, natijada burganing oshqozonini to„ldirib, hasharotning normal oziqlanishiga
to„sqinlik qiladigan o„lat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan burga qon so„rganda ovqat
oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya‟ni burga qusadi. Ana shu paytda o„lat
tayoqchalari ham burga «qusgan» joyga tushib, odamni zararlaydi. Chaqqan joylarni
qashlaganda, tirnalgan teri orqali, ya‟ni kontaminatsiya yo„li bilan odamga o„lat yuqishi
mumkin.
2. Mexanik yo„l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo„lganda, bemorning
chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o„lat kasalligi yuqishi mumkin.
O„lat kasalining qo„zg„atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo„lgan. 1893–1894-
yillarda fransuz olimi Sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan holda)
o„lat kasalining qo„zg„atuvchisi chuma tayoqchasi – Pasteurella pestis ekanligini
aniqladilar. 1896 yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o„lat kasaliga
qarshi zardob ishlab chiqib, uni o„zida sinab ko„radi va bu zardob yaxshi natija berishini
aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o„lat kasalining tarqalishida burgalar
ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zabolotniy (1887-y.)
o„lat kasalining manbai sutemizuvchilardan kemiruvchilar turkumi vakillari ekanligini
aniqladi.
Insoniyat tarixida o„lat kasali yer yuzidagi aholini 3 marta juda katta ofatlarga
olib kelgan.
Birinchi marta 542-yili Misrda o„lat kasali paydo bo„lib, qisqa vaqt ichida Suriya,
Kichik Osiyo va Konstan-tinopolga tarqaldi, 4 oy davomida har kuni 10 minglab
aholining yostig„ini quritdi. Bu epidemiya «Yustiniana» chumasi nomi bilan tarixda
qolgan.
Ikkinchi marta 1334-yili dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi kelib chiqadi.
Bu kasallik har xil yo„llar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan Hindiston, Kichik
Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va O„rta dengizga tarqaladi.
1348-yili Kipr orolining aholisi to„lig„icha qirilib ketadi. 2–3 yil ichida bu ofat butun
Yevropa qit‟asiga tarqaladi, natijada Yevropa aholisining to„rtdan bir qismi (25 mln.
kishi) qirilib ketadi. Italiya aholisining yarmi halok bo„ladi. Bu ofat tarixda «qora
o„lim» nomi bilan ma‟lum.
Uchinchi marta 1894-yili chuma Gongkongda boshlanib, Osiyo mamlakatlarining
deyarli hammasiga tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 60-90 % o„lgan.
Hozirgi vaqtda o„lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik
mintaqalarida tez-tez uchrab turadi.
Burgalar faqat odamlar o„rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan, balki
kerniruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o„rtasida ham ularning qonini so„rish orqali
yuqumli kasalliklarning mikroblarini sog„ hayvonlarga va odamlarga o„tkazadi.
Burgalardan saqlanishning asosiy yo„llaridan biri sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya
qilishdir. Molxonalar, odam turadigan joylarni toza saqlash, undagi pol va
to„shalmalarni vaqti-vaqti bilan karbolning 2-5% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilish,
devor va pol tirqishlarini kerosinda ho„llangan latta bilan yuvish lozim. Dala sharoitida
kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar (xlorpikrin, piretrum) sepish kerak.
Shuningdek, bularga qarshi kurashish uchun permetrinning 0,05% li suvdagi emulsiyasi,
karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li eritmasi hayvon terisiga purkaladi.
Ikki qanotlilar (Diptera) turkumiga 100 mingtadan 120 mingtagacha tur kiradi.
MDH mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan
hasharotlardan hisoblanadi. Og„iz organlari yalovchi, sanchib-so„ruvchi yoki kesib-
so„ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalarining voyaga yetishi davrida metamorfoz keskin
namoyon bo„ladi. G„umbagi erkin yoki bochkasimon tipda tuzilgan. Ular orasida
yirtqich, qon so„ruvchi parazitlari bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan
organik qoldiqlarda rivojlanadi.
Ikki qanotlilar turkumi 3 ta kenja turkumga bo„linadi: 1. Uzun mo„ylovlilar
(Nematocera); 2. Kalta mo„ylovli to„g„ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-
Orthorrhapha); 3. Kalta mo„yiovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-
Cyclorrhapha).
Uzun mo„ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo„ylovlari uzun
va ko„p bo„g„imli, qorin bo„limi ingichka bo„ladi. Lichinkalari oyoqsiz, lekin ularning
boshlari rivojlangan bo„lib, og„iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. G„umbaklari
harakatchan bo„ladi. Bu kenja turkumga qon so„ruvchi chivinlar, iskabtoparlar,
moshkalar, g„urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa oilalar kiradi. Qon
so„ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi. Gnuslar vaqtinchalik parazitlar
hisoblanadi.
Qon so„ruvchi chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og„iz organlari sanchib-
so„ruvchi tipda tuzilgan, mo„ylovlari ingichka, 15 bo„g„imli, erkak individlari tukli,
ko„zlari yo„q. Erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg„ochilari esa qon so„radi.
Chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan hovuz va ko„lmak suvlarga, binolarning suv
bosgan yerto„laiariga, nam va zax tuproqlarga, hatto suvli bochkalarga qo„yadi.
Lichinkalari atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning 4-6 nasli
rivojlanishi mumkin.
Chivinlarning hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter hidini va nafas
olganda chiqadigan CO
2
gazi konsentratsiyasining o„zgarishini yaxshi sezadi. Chivinlar
juda serharakat, qon so„rish uchun bir necha km masofaga uchib borishi mumkin.
Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi kuzatilgan.
Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kavagi, yerto„lalar va o„tlar orasida yashirinib
yotadi, Kun botgandan keyin faol harakat qilib, qon so„rishga o„tadi.
Culicidae oilasi 2800 turni o„z ichiga oladi, ko„pchiligi obligat gemato-faglardir.
Mamlakatimizda Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga kiradigan turlari uchraydi.
Anopheles avlodiga kiradiganlari bezgak chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga
kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi.
Culex avlodiga kiradiganlari esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak chivinlarining
tipik vakili Anopheles maculipennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi
qo„zg„atuvchilarining o„ziga xos tarqatuvchisidir (112-rasm).
Bezgak chivini uzun va ingichka bo„lib, tanasi bosh, ko„krak va qorin qismlaridan
iborat. Bosh qismida mo„ylovlari va ko„zlaridan tashqari. og„iz apparati joylashgan.
Urg„ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo„lgani uchun ularning og„iz
qismlari sanchib-so„ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o„simlik shiralari bilan
oziqlanadi, shunga ko„ra, ularning og„iz apparati so„ruvchi tipda bo„ladi.
Chivinlarning juftlashishi havoda bo„ladi. Juftlashib bo„lganidan keyin
urg„ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so„radi. Qon so„rishda ular odam, uy va
yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 daqiqa davomida gavdasining og„irligidan ham
ko„proq qonni so„rib oladi. Shundan keyin urg„ochi chivinlar qorong„i joyga o„rnashib
olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi.
Tuxumlar yetilgandan keyin urg„ochi chivinlar ko„lmak suvlarga uchib boradi va
suv ustiga yoki suv o„simliklariga qo„nib tuxum qo„yadi. Tuxum qo„yib bo„lgan
chivinlarning bir qismi o„ladi, qolganlari esa yana qon so„rib tuxum qo„yishga kirishadi.
Bezgak chivini o„z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo„yadi. Boshqa chivinlarga
qarshi o„laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan tarqoq holda
qo„yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv yuzasiga g„uj-g„uj
qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to„plami qayiqchaga o„xshab ketadi. Tashqi muhit
haroratiga qarab, 2–10 kun ichida tuxumdagi lichinkalar yetiladi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalarda gavdasining bosh, ko„krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har xil
112-rasm. Bezgak (Anopheles) va oddiy (Culex) chivinlarning asosiy farqlovchi belgilari:
1-tuxumlari; 2-lichinkalari; 3-g„umbaklari; 4-voyaga yetgan urg„ochi chivinlar.
4
3
2
1
Anopheles
Culex
chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko„ra
bir-birlaridan farqlanadi.
Lichinkalar 4 marta tullab, g„umbaklarga aylanadi. G„umbaklardagi nafas olish
naylarining shakliga qarab, bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas
olish naylari konussimon bo„lib, go„yo karnaycha ko„rinishida bo„ladi. G„umbakdan
imago rivojlanadi. Tuxum qo„yishdan boshlab imago chiqqunigacha bo„lgan rivojlanish
davri, tashqi muhitga qarab, 14-30 kun davom etadi.
Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan
transmissiv kasalliklar qo„zg„atuvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim orolida,
Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex chivinlari og„ir virus kasalligi yapon
ensefalitini tarqatadi.
Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og„ir tropik kasallik
qo„zg„atuvchisni tarqatishda ishtirok etadi.
Ularning tuzilishi va rivojlanishi bezgak chivinlarinikiga o„xshaydi, lekin ayrim
belgilari bilan farq qiladi:
1. Urg„ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag„
paypaslagichlari kalta bo„lib, xartumining uchdan bir qismini egallaydi, bezgak
chivinlarida pastki jag„ paypaslagichlari xartumiga teng bo„ladi. Erkaklarining pastki
jag„ paypaslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy
chivinlarda oxirgi bo„g„imi kengaymagan bo„lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi.
Bundan tashqari, erkaklarining mo„ylovlari sertuk bo„ladi.
2. Bezgak chivinlarining oyog„i tanasidan 2 baravar uzunroq bo„ladi, oddiy
chivinlarda esa 1,5 baravar, ko„kragining o„rta bo„g„imida joylashgan 1 juft qanotida
qoramtir 4 ta dog„i bo„lib, bu dog„lar zich joylashgan tanachalaridan iborat. Oddiy
chivinlarning qanotida dog„lari bo„lmaydi.
3. Bezgak chivinlari qo„nib turganda qorin qismini ko„targan holda burchak hosil
qilib turadi, oddiy chivinlar esa parallel holda qo„nadi.
4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini kislorodga boy, toza suv havzalariga
qo„yadi, oddiy chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo„q, suv bo„lsa yetarli,
hatto yomg„irlardan qolgan ko„lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo„yishi
mumkin.
5. Culex chivinlarining tuxumida havo kamerasi bo„lmaydi, shuning uchun ular
tuxumlarini bir-biriga tik aylana o„qi bo„yicha yopishgan holda qo„yadi. Natijada
qayiqchaga o„xshash 200-400 tadan bo„lgan tuxumlar to„plamini hosil qiladi. Bunday
holda tuxumlar cho„kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax
joylardagi substratlarga qo„yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan
suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar 1 yilgacha saqlanishi
mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi.
6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga nisbatan
burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan hosil bo„lgan tana
o„simtasida sifonda joylashgan bo„ladi. Shu sababdan lichinkalar suvning ustki parda
qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivinining
lichinkalari suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda zarrachalar va mikroor-ganizmiar
bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan
oziqlanadi.
7. Oddiy chivinlarning g„umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida bo„ladi,
bezgak chivinlarida esa konus shaklidadir.
Bundan tashqari, chivinlar parazit nematodalardan filyariyatlarning rivojlanish
siklida ham oraliq xo„jayin sifatida ishtirok etadi. Odam bakterial kasali tuleremiya
sababchisi ham mazkur hasharotlardir. Kasallik tarqatuvchi patogen chivinlarga qarshi
kurash tadbirlarini ishlab chiqish uchun ularning biologiyasi, ekologiyasi va
sistematikasi ko„p yillar davomida o„rganilib kelinmoqda. Bu sohada ayniqsa, V. P.
Beklemishev, N. I. Xodukin, A. S. Monchadskiy, N. I. Isayev, D. L. Shtakelberg va
boshqalarning xizmatlari kattadir.
Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so„ruvchi juda mayda chivinlar
bo„lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Bu chivinlar umumiy ko„rinishidan
pashshalarga o„xshash, tanasi tig„iz, yelka qismi ko„tarilgan, mo„ylovlari qisqa,
xartumchasi qisqa va sanchib-so„ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalari oqar suvlarda
yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarining ba‟zi parazitar kasalliklarini, shuningdek,
tulyaremiyani tarqatadi.
Ko„krak qismi bukur bo„lgani uchun bukur chivinlar deyiladi. Ayni vaqtda
ularning 1500 dan ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko„pincha qora va
ko„kish tusda bo„ladi. Urg„ochilari urug„langandan so„ng oqar suvlar ostidagi
o„simliklar va boshqa substratlarga 100–-00 tadan tuxumlarini to„p-to„p qilib qo„yadi.
Oradan 4-12 kun o„tgach, tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa va qorin
segmentidagi so„rg„ichlar va ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga
yopishib olib hayot kechiradi. Bosh tomonida joylashgan yelpig„ichsimon tukchalari va
qilchalari yordamida suvni filtrlab o„ziga oziq topadi. Lichinka 5 marta tullagach (3
hafta davomida), maxsus pillali g„umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga
yetadi. Hayoti davomida 1–3 marta avlod beradi.
Bukur chivinlarning faqat urg„ochilari qon so„radi, erkaklari esa gul shirasi bilan
oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular faqat o„simlik shirasi bilan oziqlanadi. O„rta
mintaqada va ayniqsa, tayga zonasida qonxo„r bukur chivinlar ko„p uchraydi.
Urg„ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo„q paytda hujum qiladi.
Hayvon qonini so„rib zaharli so„lak ajratadi, bir necha soat o„tgach, hayvon terisi
shishadi, harorati ko„tarilib yurak urishi tezlashadi. Ular Sibir yarasi, tulyaremiya,
yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini; qoramollar va shimol bug„ulariga esa
onxotserkoz, qushlarga gemosporidioz kasalliklarining qo„zg„atuvchilarini tarqatadi.
Dostları ilə paylaş: |