103-rasm. Parazit argazid kanalar: A - tovuq kanasi; B, E - kalamush kanasi; D - persid kanasi; F, G
- it kanasi; (A, D - orqa tomondan ko‟rinishi; B, E, F, G - qorin tomondan ko‟rinishi; E – lichinkasi; F
– nimfasi; G - imagosi): 1 - anal teshigi; 2 - nafas olish teshigi; 3 - jinsiy teshigi.
Gamazoidlar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz kanalaridan
farq qilib, ular juda mayda, tanasining uzunligi 0,2 mm dan 4 mm gacha keladi (104-
rasm).
Gamaz kanalar katta oilasiga 30 ga yaqin oilalar, 300 dan ortiq avlodlar va 5000
ga yaqin tur kiradi. Bu kanalar orasida erkin yashaydiganlari va parazit turlari ham bor.
MDH da 700 ta turi uchraydi, shulardan 200 dan ortiq turi odam va hayvonlarda
parazitlik qiladi. O„zbekistonda gamaz kanalarinig 11 ta turi aniqlangan. Ularning teri
qoplami kuchsiz xitinlashgan, rangi sarg„ish va bir oz qo„ng„ir. Tanasi gnatosoma va
idiosomalardan iborat. Ularda sezgi organi vazifasini har xil shakldagi tukchalar
bajaradi. Xartumi va oyoqlari uzun. Xelitserasi ingichka, uzun ignaga o„xshash, terini
teshib qon sorishga moslashgan. Haqiqiy tanasi oval shaklda, ba‟zan uzunchoq. Jinsiy
dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg„ochilariga nisbatan ancha kichk bo„ladi.
Gamaz kanalari tuxum qo„yib ko„payadi, ammo tirik tug„adiganlari ham bor.
Tuxumdan chiqqan 6 oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan
keyin imagoga aylanadi. Bu kanalarning rivojlanish sikli o„rtacha 12–15 kunga to„g„ri
keladi. Bir yilda 8-10 marta nasl qoldiradi. Ular bir tuxum qo„yganda 20 tagacha, hayoti
davomyda esa 100 tagacha tuxum qo„yadi.
Gamazoidlarning ko„pchiligi yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Ular tuproqda,
o„rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda yashaydi. Ular kemiruvchilar,
hasharotxo„rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilarda ektoparazitlik
qilib qon so„radi. Ayrim turlari esa tovuqlarning o„pkasida, burun bo„shlig„ida, morj,
tyulen va boshqa kurakoyoqli sutemizuvchilar, it va maymunlarning bronxlarida hamda
qoramollarning tashqi quloq suprasida parazitlik qiladi.
104-rasm. Gamazoid kanalar: 1-murda kanasining tarqaluvchi deytonimfasi;
2-qo„ng„iz terisidagi murda kanasining deytonimfasi; 3-tarqaluvchi urg„ochisining
qorin tomonidan ko„rinishi; 4-mirmekofil kana.
Ayrim turlari odamlarning qonini so„rishga moslashgan. Gamazidlar katta oilasi
orasida odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan turlari asosan, dermanizzidlar
(Dermanyssidae) oilasida ko„plab uchraydi. Epidemiologik va epizootologik jihatdan
tovuq kanasi (Dermanyssus gallinea), sichqon kanasi (Allodermanyssus sanguineus),
kalamush kanasi (Ornitonyssus bacoti), asalarilarda parazitlik qiladigan Varroa
yakobsoni kanasi (Varroa jacobsoni) muhim ahamiyatga ega. Tovuq gamaz kanasi
(Dermanyssus gallinea) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda qon
so„rib parazitlik qiladi. Asosan, tovuqxonalarda, kaptarlarning uyalarida va uy qushlari
kataklarida yashaydi. Urg„ochilari har gal qon so„rib to„ygandan keyin tovuqxona
devorlariga va pollari yorig„iga, qushlar uyasiga 10-12 tagacha tuxum quyadi. 2-3
kundan keyin bu tuxumlardan lichinkalar chiqib, bir kundan keyin ular pronimfalarga
aylanadi. Pronimfalar tunda qushlar qoni bilan oziqlanib, kunduzlari devor yoriqlarida
yashirinib yotadi. 4 kundan keyin pronimfalardan deytonimfalar rivojlanadi.
Deytonimfalar 2-4 kun qon so„rib oziqlangandan keyin jinsiy voyaga yetgan urg„ochi va
erkak kanalarga aylanadi. Kaptarxonalarga ko„plab migratsiya qiladi va u yerdan ba‟zan
odamlarga ham hujum qiladi. Tovuq kanalari asosan bahor va yoz oylarida juda ham
ko„payib, parrandachilikka katta ziyon yetkazadi, natijada parrandalarning tuxum
qo„yishi kamayadi, dermatit va anemiyaga uchraydi, ba‟zan nobud bo„ladi.
Yuqorida kanalar sistematikasida ta‟kidlanganidek, akariformli kanalar turkumiga
40 mingdan ortiq tur kirib, 2 ta: Sarkoptiformli kanalar (Sarcoptiformes) va
Trombidiformli kanalar (Trombidiformes) kenja turkumlariga bo„linadi. Bu kenja
turkumlarning 170 dan ortiq oilalari bor. Ular orasida ko„pchchilgi o„simliklar va oziq-
ovqat zararkunandalari, odam va hayvonlar parizitlari hisoblanib, yuqumli kasaliklarni
tarqatuvchilari birmuncha kamroqdir.
Sarkoptiformli kanalar (Sarcoptiformes) kenja turkumi vakillarining
barchasida og„iz apparati chayno„vchi tipda tuzulgan bo„lib, ular keng tarqalish
xususyatiga ega.
Bu kanalarning bir qancha turlari o„simliklar bilan ham bog„lan-gan. Turli xil
o„simliklar bargida o„rgimchakkanalar (Titranenchidae) oilasi vakillari parazitlik qilib,
katta ziyon keltiradi.
Shuningdek, o„simliklarning turli o„rganlarida bo„rtma hosil qiluvchi kanalar
(Eriophyidae) oilasi vakillari parazitlik qilib ziyon keltiradi.
Ular o„simliklarni va ularning qattiq tanalarini o„zlashtirishga moslashgan
organizmlar yoki teri, pat, soch va teri bezlari parazitlaridir. Bu kenja turkum qalqonli
kanalar yoki orbatidlar va akaridlar kabi oilalarini o„z ichiga oladi. Oribatidlar oilasiga
mansub bo„lgan turlarda imago deb ataluvchi yuqori faza ko„payish, tarqalish va
noqulay sharoitdan saqlanish kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Erkin yashovchi
akaridalarda esa tarqalish, noqulay sharoitdan saqlanish tiroglifoid kanalarning
deytonimfa yoki gipopus davriga to„g„ri keladi. Par va pat kanalarida hamda qichitma
kanalarida, shuningdek, boshqa ayrim kanalarda deytonimfa davri umuman bo„lmaydi.
Sovutli, ya‟ni oribatid kanalari imago davrida qattiq qalqonchaga o„ralgan,
traxeyasi bor bo„ladi. Qattiq qalqonchasi bo„lganligi uchun ular tashqi muhitga juda
ham moslashgan, lichinka va nimfalarida esa qattiq qalqoncha va traxeyalari
bo„lmasdan substratda ochiq holda yashaydi. Bu kanalar yer yuzining hamma joyida
tarqalgan, ko„proq chirindiga boy o„rmon tuproqlarida eng ko„p uchraydi. Oziqlanish
tipi bo„yicha ular chayno„vchi saprofaglardir. Ular chiriyotgan o„simlik qoldiqlari bilan
ko„p miqdordagi mikroflorani o„zlashtiradi. O„simlik qoldiqlari bilan birga
bakteriyalarni, zamburug„larni va ularning sporalarini boshqa har xil organizmlarni ham
iste‟mol qiladi. Ba‟zan ayrim orbitad kanalari turlarida (oyoqlarida, yelka qismida)
zamburug„ mitsellalarini va bakteriyalar koloniyasini uchratish mumkin.
Oribatidlarning rivojlanish sikli bir oy va undan ortiqroq bo„lib, ularning umri,
imago davri bilan birga hisoblaganda, bir necha yilni tashkil qiladi. Ularda urug„lanish
spermatofor orqali bo„lib, urg„ochilari jinsiy konus yordamida substratga tuxum
qo„yadi, bazan tuxumni o„zi bilan birga olib yuradi. Kanalarda shunday moslanish
borki, masalan, ayrim turlarning lichinkalari po„stini tashlamaydi. Bu xususyat kana-
larning hayotida katta ahamyatga ega bo„lib, tashqi muhitga alohida moslanish
hisoblanadi. Imagoga aylanish davrida ham terining qavatma-qavat joylashganligini
yaqqol ko„rish mumkin.
Oribatidlar katta amaliy ahamyatga ega bo„lib, o„simliklar qoldig„ining chirishida
va tuproq unumdorligi yaxshilanishida, tupriq hosil bo„lish jarayonida muhim ro„l
o„ynaydi. Shu bilan birga ularning salbiy tomonlari ham bo„lib, mahsuldor hayvonlarda
parazitlik luvchi ayrim tasmasimon chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari vasifasini
bajarib chorvachilika katta zarar yetkazadi. O„zbekistonda kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning ichagida parazitlik qilib moniezioz kasaligini qo„zg„atadigan vakillarini
bunga yaqqol misol qilib ko„rsatish mumkin. Kasallik qo„zg„atuvchilariga: Moniezia
expansa, M. benedeni va M. autumnalia turlari kiradi. Bu kasallikdan qoramollar,
ayniqsa, yosh buzoqlar katta zarar ko„radi. Monieziyalar tuxumlari tezak bilan birga
hayvon organizimidan tashqariga chiqadi va ularni o„z navbatida o„tloqda keng
tarqalgan oribatidlar iste‟mol qilishi tufayli kanalar organizmga o„tadi. Kanalar ichida
parazit tuxumidan onkosfera lichinkalar chiqadi, ular kananing tana bo„shlig„iga o„tib
sistiserkoid hosil qiladi. Bu davr hayvonlarni kuchli zararlash qobilyatiga ega bo„lgan,
yani invasion bosqich hisoblanadi, o„t, yem-xashak bilan birga sistiserkoidli kanalar
qoramol organizmiga o„tadi. Undan sistiserkoid lichinkalari chiqib ingichka ichak
devoriga yopishadi va jinsiy voyaga yetadi. Qalqonli kanalar sonini o„rganish va ularga
qarshi kurash asosida o„tloqlardan unumli foydalanish, kasallikni oldini olish profilaktik
chora-tadbirlardan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda MDH da gelmintoz kasalliklarining tarqalishiga 50 dan ortiq tur
oribatid kanalari aniqlangan.
Kasallikning kechishi, oraliq xo„jayin sifatida kanalarning ro„li va ularning
hayotiy sikli o„rganilmoqda, yangidan-yangi materiallar qo„lga kiritilmoqda. Bu
mavzuda Galumna avlodi, Galumnidae oilasi vakillarini, shuningdek, Scheloribates
avlodiga mansub Scheloribatidae oilasi turlarini olish mumkin. Bu avlod va oilalarining
vakillari O„zbekistonda keng tarqalgan.
Qichima (qo„tir) kanalar (Sarcoptidae) oilasi vakillari ko„zga ko„rinmaydigan,
juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo„y, bug„u, qoramol,
quyon, it, eshak, bo„ri, tulki va boshqalarning teri epidermiysida parazitlik qilib
yashaydi. Ular terini qattiq jarohatlab, kuchli qichishni vujudga keltiradi.
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi bosh-ko„krak va qorin
qismlariga bo„linadi, lekin ular yaxlit bo„lib qo„shilib ketgan. Tana shakli yumaloq,
yassi, usti ko„ndalangiga ketgan yumshoq yo„lli xin bilan qoplangan. Imago va
nimfalarida 4 juft oyoqlari bor, shakli konussimon. So„rg„ichlari urg„ochi kananing
birinchi va ikkinchi; erkagining birinchi, ikkinchi va uchinchi juft oyoqlari panjasida
bo„ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish o„rgani va ko„zi bo„lmaydi (105A-rasm).
Qichima kanalar metamorfoz yo„1 bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birinchi
nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o„taydi. Erkak kana voyaga yetgan urg„ochi
kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg„ochi kana bilan qo„shiladi.
Urg„ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum qo„yadi.
Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg„ochi kana 20–50 tagacha tuxum qo„yadi.
Shunisi xarakterliki, teridagi yo„lakchalarning aksariyatini urg„ochi kanalar kovlaydi.
Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera kislorodi bilan nafas
olib turadi. Erkak kanalar urg„ochilari kovlagan tayyor yo„llari orqali harakat qiladi.
Kanalarning rivojlanishi 2–3 hafta davom etadi, ular juda tez ko„payadi. Kanalar 21
kungacha och yashay olishi mumkin.
Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya‟ni qichima-qo„tir
kasalligining manbai hisoblanadi. Kasallik sog„lom hayvonlarga yaylovda va ko„proq
molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan buyumlar,
yopqich, cho„tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o„tishi mumkin.
Qichima-qo„tir kanalarining juda ko„pchiligi odamlarda ham parazitlik qiladi.
Shulardan eng ko„p tarqalgan turi-Sarcoptes scabiei hisoblanadi.
Bu kana juda kichkina- urg„ochisining uzunligi 0,2-0,5 mm, erkaginiki 0,2-0,3
mm. Tanasi ovalsimon ko„rinishda, rangi xira oq, xitini ko„proq bo„lgan qismi bir oz
jigar rangli. Ularning embrional rivojlanishi 2-4 kun davom etadi, tuxum qo„yishdan
imagogacha bo„lgan rivojlanish davri 9-12 kunga to„g„ri keladl. Voyaga yetgan kana 1,5
oygacha yashaydi.
Qichima-qo„tir kanalari teri epidermisining shox qavatida yashaydi. Qo„tir
kanalari terining nozik joylarida, ya‟ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o„rtasida,
qo„ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. Qo„tir kasalligi odamga ko„p azob
berib, darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, terining
shikastlanishi va qichishidan turli mikroblarning organizmga kirishi uchun yo„1
ochiladi.
Qichima kanalardan Sarcoptes equi ot va eshaklarda, Sarcoptes suis –
cho„chqada, Sarcoptes caprae echkida, Sarcoptes ovis qo„yda, Sarcoptes bovis
qoramolda, Sarcoptes cameli tuyada, Sarcoptes cani itda va boshqa hayvonlarda
parazitlik qiladigan turlari ham bor.
Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar
tirnoq orasiga kirib, odam bu kanalarni badanining boshqa joylariga ham yuqtiradi.
Kasal odam bilan qo„l orqali ko„rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham
yuqadi. Bu kasallik kishilar o„rtasida sanitariya-gigiyena, avvalo, shaxsiy gigiyena
qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo„ladi.
Odam terisidagi yog„ bezlari va soch xaltasida husnbuzar kanasi (Demodex
folliculorum) parazitlik qiladi. Bu kana ayrim odamlarning yuzida, terisining turli
joylarida, ba‟zan, bezlarning ko„payishi natijasida husnbuzar toshib ketishiga sabab
bo„ladi (105 b-rasm).
Tiroglifoidlar (Tyrogliphoidea) katta oilasi vakillarini ombor kanalari deb ham
yuritiladi. Chunki ular omborlarda saqlanadigan don, un va boshqa oziq-ovqat
105-rasm. Odamda parazitlik qiladigan
kanalar: A-urg„ochi qichima kanasi
(Sarcoptes scabiei), qorin tomonidan
ko„rinishi; B-husnbuzar kanasi (Demodex
folliculorum).
B
A
mahsulotlariga ko„plab zarar yetkazadi. Tiroglifoid kanalar qalqonli kanalariga nisbatan
kamroq, lekin tabiatda oziq-ovqat mahsulotlariga bog„liq holda ularning soni juda tez
o„zgarishi mumkin. Tiroglifoid kanalar keng tarqalishi, tez ko„payishi va qisqa muddat
ichida sonining tiklanishi bilan boshqalardan farq qiladi. Odatda, voyaga yetgan kanalar
0,3–0,5 mm ga teng bo„lib, tanasi oval shaklda, ko„zlari rivojlanmagan, pedipalp
bo„g„imlari o„zaro qo„shilib, plastinka hosil qiladi, xelitseralari kemuruvchi tipda
tuzilgan (106-rasm).
Juftlashishi kopulyatsiya yo„li bilan boradi, erkaklarining ko„pulyativ organi
rivojlangan. Nasl qoldirish har xil shakllarida turlicha bo„lib, tuxumlari soni 20–30 ta,
ba‟zan 600 tadan ortiq bo„lishi mumkin. Agar qulay sharoit mavjud bo„lsa, ularning
butun rivojlanish sikli bir haftagacha davom etadi, xolos. 0,1-0,2 mm kattalikdagi
lichinkalari tez orada protonimfaga aylanadi.
Agar protonimfa lichinkalar uchun qulay sharoit tug„ulsa, ular gipopus davrini
o„tmasdan, to„g„ridan-tog„ri voyaga yetgan kanaga aylanadi.
Ular paxta mahsulotlariga juda katta zarar yetkazadi. O„rta Osiyoda va
O„zbekistonda kanalarni professor A.A. Zaxvatkin, professor S. N. Alimuhammedov va
boshqalar o„rgangan. Ularning ishlari tufayli hozirgi vaqtda O„rta Osioda tiroglifoid
kanalarning 47 turi aniqlangan.
Trombidiform kanalar (Trombidiformes) kenja turkumi vakillarining barchasi
so„ruvchi akariform kanalar bo„lib, ular o„simliklar va hayvonlar tanasining suyuqligi
bilan oziqlanishga moslashgan. Ularning xelitserasi sanchib-so„ruvchi tipda.
Trombidiform kanalarining sistematikasi ancha murakkab bo„lb, 20 ga yaqin katta oila
va 70 ga yaqin oilalalarni birlashtiradi. Bu kanalar hayot sikliga qarab, ikkita katta
guruhiga bo„linadi. Birinchi guruhga ko„pchilik oilalrning vakillari kirib, barchasi
tuproqda va o„simliklarda tarqalgan, tetrannix va gall hosil qiluvchi kanalar, shular
jumlasidandir. Ikkinchi guruhga qizil tanali va chuchuk suv kanalari kiradi, ularga
lichinkalik davrida parazitlik qilish, shuningdek, metafmorfoz, yani shaklini o„zgartirish
xosdir.
Tuproq trombidiform kanalari ko„pchilik kanalar guruhining asosini tashkil
qiladi. Ana shunday guruhlardan biri o„ziga xos tuzulishiga ega bo„lgan tarsonemed
kanalaridir. Bu guruhga og„iz apparati so„ruvchi tipda tuzulgan juda mayda kanalar
kiradi. Ularning bir qismi tuproqda yashasa, qolganlari o„simliklar, hasharotlar va
umirtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Bu kanalarning ko„payishida neoteniya hodisasi
kuzatiladi, yani rivojlanishning barcha davrlari ona organizmida o„tadi.
Tarsonemid kanalarining barchasi salbiy xususyatlarga ega. Masalan, don kanasi
(Siteroptes graminum) asosan g„allasimonlarga zarar yetkazsa, asalari kanasi (Acarapis
woodi) aslarilarning traxeyasida parazitlik qilib, asalarichilikkka katta zarar yetkazadi.
Shuningdek, meshqorin kanasi (Pyemotes ventricosus) esa asosan hashoratlarda
parazitlik qiladi.
106-rasm. Tiroglifoid kanalar: 1-un kanasi; 2-un kanasi erkagining qorin tomonidan ko„rinishi;
3-entomoxor gipopusning qorin tomonidan ko„rinishi; 4-oddiy qilchali kana; 5-vino kanasi; 6-terixo„r
gipopusning qorin tomonidan ko„rinishi.
Meshqorin kanasining urg„ochisi voyaga yetgan kanalarni paydo qiladi.
Ko„payish davrida yosh erkak individlar onasining meshqorni ustida gemolimfa
suyuqligini so„rib birga yuradi va voyaga yetib urg„ochilarini urug„lantiradi. Pigmeforus
avlodiga mansub bo„lgan kana turlari faqat kemiruvchilar terisda, junda parazitlik
qiladi.
Yirtqich xeylitidlarni trombidiform kanalarining parazitlikka moslanishiga misol
qilib keltirish mumkin.
Har xil kasalliklarni qo„zg„atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir
hujayrali hayvonlar kanalar yoki hasharotlar orqali yuqadigan kasalliklar transmissiv
kasalliklar deyiladi. Tabiatda transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai mavjud. Lekin
yovvoyi hayvonlar organizmida, odatda, shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo
bolishi tufayli ularga kasallik katta ziyon yetkazmaydi. Tabiiy manbaga tushib qolgan
odam yoki uy hayvonlari bu kasalliklarni kanalar yoki hasharotlar orqali o„zlariga
yuqtirishi mumkin. Transmissiv kasalliklaning oldini olish uchun kanalar va
hasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim.
Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bolib, buning
uchun, birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik usulda qirib
tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olinib, kuydirib yuboriladi.
Yopishib yotgan kanalarni terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin yoki boshqa
yog„lar surtiladi.
Ma‟lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek, yaylovlarda yashab
ko„payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo„riq yerlarni o„zlashtirish, yaylov va eski
qo„tonlar (molxonalar) o„rniga har xil ekinlar ekish, begona o„tlarni yo„q qilish va
boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1.
Parazit kanalar to„g„risida ma‟lumot bering.
13-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar ” mavzusidagi ma‟ruza
mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga odam va hayvonlarda
parazitlik qiluvchi hasharotlar haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharot-
larning tarqalishi va sistematik holati haqida ma‟lumot bera
oladi.
1.2.2. Chala metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risida fikr
bildiradi.
1.2.3. To„liq metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risidagi
ma‟lumotlarni bayon qila biladi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan
va jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
|