98-rаsm. It kаnаsi (Ixodes ricinus): А vа B-urg„оchi оch kаnа: оrqа (А) vа qоrin tоmоnidаn
(B) ko„rinishi. V- qоngа to„ygаn kаnа; G-qоn so„rib to„ygаn it kаnаsining ichki tuzilishi: 1-
хаrtumchаsi; 2-so„lаk bеzlаri; 3-mаl pigiy tоmirlаri,; 4-trахеyalаri; 5-tuхumdоni; 6-miyasi;
7-qizilo„ngаchi; 8-o„rtа ichаgi; 9-o„rtа ichаkning ko„r o„simtаlаri; D-lichinkаsi qоrin tоmоnidаn
ko„rinishi; Е-nimfаsi qоrin tоmоnidаn ko„rinishi; J-urg„оchi it kаnаsining хаrtumchаsi:
1-gipоsоm; 2-хеlitsеrаsining охirgi bo„g„imi; 3-pеdipаlpаsi.
Ayrim kanalarning erkaklarida haqiqiy kopulyativ organi bo„ladi. Ko„pchilik
hollarda urg„ochi kana spermatofor yordamida urug„lanadi.
Kanalar metamorfoz yo„li bilan rivojlanadi, ya‟ni tuxumdan 4 juft o„rniga atigi 3
juft yurish oyoqlari bo„lgan lichinka chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab 4 juft oyoqli
nimfa davriga o„tadi. Ayrim vakillarining bir nechta nimfa davri bo„lishi mumkin.
Nimfa 1-3 marta po„st tashlab, jinsiy yetuk kanaga, ya‟ni imagoga aylanadi.
Kanalar 6 oydan 25 yilgacha yashaydi. Kanalarning 800 dan ortiq turi
o„simliklarda parazitlik qiladi, 50 dan ortiq turi esa odam va sut emizuvchilarda
parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari hisoblanadi.
Kanalar vujudga keltirgan yaralar orqali har xil mikroblar organizmga kirib,
boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi. Kanalar qon so„rish bilan birga odamlar
uchun xavfli bo„lgan toshmali va qaytalama terlama, kana ensefaliti, tulyaremiya; yirik
shoxli mollarda uchraydigan babezioz, teylerioz va piroplazmoz kasalliklarini
qo„zg„atuvchilarini tarqatadi.
Ayniqsa, chorva mollari va parrandalar kanalardan ko„p zarar ko„radi, ularning
mahsuldorligi keskin pasayib ketadi, rivojlanishdan orqada qoladi, yosh mollar
ko„pincha nobud bo„ladi.
Kanalarning hajmi 0,1 mm dan 13 mm gacha bo„ladi. Qon so„ruvchi kanalar-ning
qon so„rib to„ygan paytida 30 mm gacha yetadi.
Kanalar orasida erkin yashaydiganlari, yirtqichlari va parazitlari mavjud. Ular
oziqlanishiga qarab saprofit, fitofag, entomofag, yirtqich va gematofaglar (parazitlar) ga
bo„linadi. Parazitlari odam va hayvonlarni qonini yoki o„simliklar shirasini so„rib, katta
zarar yetkazadi. Shuning uchun kanalarni o„rganishga katta e‟tibor berilgan va ayni
vaqtda ham har tomonlama o„rganilmoqda.
Ko„pchilik zooologlar kanalarni 3 ta, ya‟ni parazitoformli kanalar
(Parasitiformes), akariformli kanalar (Acariformes) va pichano„rar kanalar
(Opilioacarina) turkumlariga bo„ladi.
1. Parazitoformli kanalar turkumiga 15 mingdan ortiq tur kiradi va bu turkum:
Mezostigmatalar (Mesostigmata) va Iksodeslar (Ixodides) kenja turkumlariga bo„linadi.
2. Akariformli kanalar turkumiga 40 mingdan ortiq tur kirib, ular ham 2 ta kenja
turkumga, y‟ni 1. Sarkoptiformli kanalar (Sarcoptiformes) va 2. Trombidiformli kanalar
(Trombidiformes) kenja turkumlariga ajratiladi.
3. Pichano„rar kanalar turkumiga bir nechta tur kirib, ular juda mayda, kattaligi 1
mm atrofida bo„ladi.
Yuqorida keltirlgan 3 ta turkum kanalardan, mahsuldor hayvonlarda va
odamlarda asosan, parazitofarmli kanalar turkumiga kiruvchi iksodoidlar va
gamazoidlar katta oilalarining vakillari ko„plab parazitlik qiladi va har xil og„ir
kasalliklarni tarqatadi.
Iksodoidlar (Ixodidea) katta oilasi o„z navbatida iksod kanalari (Ixodidae),
argas kanalari (Argasidae) va dermanisidlar (Dermanyssidae) oilalariga bo„linadi.
Iksod kanalari (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy
voyaga yetganlarining kattaligi 4–5 mm dan 2–3 sm gacha boradi. Tanasi bo„g„imlarga
bo„linmagan. Iksod kanalari oilasiga 6 ta avlod (Boophilus, Dermacentor,
Haemaphisalis, Hyalomma, Ixodes, Rhipicephalus) va 700 dan ortiq tur kiradi.
Oziqlanish darajasiga ko„ra, ularning katta-kichikligi, gavdasining shakli va rangi
o„zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval shaklida, ranglari esa och sariq,
sariq-qo„ng„ir, qoramtir va hatto qora tusli bo„ladi. Qon so„rib to„ygan urg„ochi kanalar
esa kulrang va och sariq tusga kiradi.
Tanasining ustki qismi xitin qoplag„ich bilan qoplangan. Mazkur qoplag„ich
erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo„lib, u dorzal qalqoncha
deyiladi. Urg„ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab turadi. Shunga
qarab, erkak kanalarni urg„ochilaridan farq qilish mumkin.
Iksod kanalarning gavdasi ikki qismdan: xartumli «boshcha – gnatosoma va
haqiqiy tana – idiosomalardan iborat. Gnatosoma haqiqiy tanaga terminal tutashgan va
oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, xelitseralar
va boshqa bo„g„imli pedipalpalar kiradi. Gipostom pastki jag„dan iborat bo„lib, xartum
asosining o„rta qismidan oldinga qarab yo„nalgan. Uning yuzasi orqaga qayrilgan
tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o„tkir tomoni xelitseralar bilan birga xo„jayin
tanasini teshishda ishtirok etadi. Xelitseralar gipostomning uchida joylashgan.
Xelitseralar yordamida kana o„z xo„jayinining terisida jarohat hosil qiladi. Pedipalpalar
sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan xo„jayinining teri ustini paypaslab,
xartumini qadaydigan joyni tanlaydi.
Idiosomada 4 juft olti bo„g„imli oyoqlar joylashgan. Har bir oyog„ining oxirgi
bo„g„imida qayrilgan bir juft o„tkir tirnog„i bor, ularning asosida esa so„rish yostiqchasi
joylashgan. Qorin tomonida uchinchi juft oyog„i bilan bir qatorda ko„ndalang jinsiy
teshigi joylashgan bo„ladi. To„rtinchi juft oyoqlarining asosidan har ikki tomonga
stigma – nafas olish teshigi ochiladi.
Ko„pgina iksod kanalarda ko„zlari bo„ladi. Shuningdek, ularda maxsus hid bilish
va eshitish organlari ham mavjud.
Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum,
lichinka, nimfa va imago. Har bir rivojlanish davridagi kanalar morfologik tuzilishi va
biologik xususiyatlariga qarab tubdan farq qiladi.
Iksod kanalari ayrim jinsli. Ular tuxum qo„yib ko„payadi. Bitta urg„ochi kana 3-4
mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo„yadi. Tuxumlari mayda, ko„pincha oval shaklida
va sariq tusli bo„Iadi. Iksod kanalarning tuxum qo„yish faolligi va urg„ochilarining qon
so„rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita bog„liq. Faqat qon bilan oziqlangandan
keyingina tuxum qo„yadi. Urg„ochi kana urug„lanib, xo„jayin qonini so„rib to„ygandan
keyin yerga tushib, tuxumlarini tuproqqa qo„yadi. Iksod kanalarining urg„ochilari
hayotida bir marta tuxum qo„yadi va keyin halok bo„ladi. Tuxumdan juda mayda olti
oyoqli lichinkalar chiqadi. U xo„jayiniga yopishib, qonini so„rib tullaydi va tashqi
ko„rinishi ona kanaga o„xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga yetmagan lichinka
hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalarning esa nafas olish organlari bo„lmaydi, ular
butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining ikki yon tomonidagi
4 juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi traxeya orqali nafas oladi.
Nimfalar ma‟Ium vaqtdaii keyin oziqlanib to„ygach, yana tullaydi va jinsiy voyaga
yetgan kanalarga aylanadi. Rivojlanish sikli turli kanalarda bir necha oydan 3–4
yilgacha davom etadi. Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko„pincha mayda
kemiruvchilar, hasharotxo„rlar, qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi.
Jinsiy voyaga yetgan davrida esa yirik hayvonlar, ya‟ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar,
it, tulki va quyonlaring qoni bilan oziqlanadi. Kanalar har gal tullagandan keyin,
xo„jayinining qonini so„radi, shu vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha
qattiqlashadi.
Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o„tlarga yopishib harakat qiladi.
Ular orqa oyoqlari bilan o„tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini yuqoriga
ko„tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o„z xo„jayini
yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari yordamida teriga
yopishib, xartumi bilan terini teshadi.
Kanalarda o„z xo„jayinining qonini so„rish muddati, ularning rivojlanishiga qarab
3–10 kun davom etadi, Erkak kanalar urg„ochilariga qaraganda kamroq qon so„radi.
Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi mumkin.
Kuzda qo„ygan tuxumlari qishlaydi, ulardan kelgusi yil bahorda lichinka chiqadi. Ayrim
tur kanalar jinsiy voyaga yetganda, xo„jayini tanasida qishlaydi va shu organizmda
rivojlanadi. Erkak kanalar urg„ochilariga qaraganda xo„jayini tanasida uzoq yashaydi.
Odatda, erkak kanalar bir joydan ikkinchi joyga o„tib, urg„ochi kanalarni izlaydi va
ularni topib urug„antiradi.
Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko„ra bir, ikki va uch xo„jayinli bo„ladi.
Bir xo„jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini yerga tushmasdan, faqat
o„z xo„jayini tanasida o„tkazadi.
Bir xo„jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar
kiradi (99-rasm).
Ikki xo„jayinli kanalar birinchi xo„jayiniga lichinkalik davrida o„tadi. Uning
tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nitnfa qon so„rib to„ygandan keyin, yerga tushib
tullaydi, so„ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo„jayinga hujum
qilib, qonga to„ygandan keyin yerga tushadi.
Ikki xo„jayinli kanalarga Rhipicephalus bursa, Hyalomma plumbeum, Hyalomma
detritum va boshqalar kiradi (100-rasm).
99-rasm. Bir xo„jayinli kananing rivojlanish sikli:
1-jinsiy voyaga yetgan kana; 2-tuxumlar;
3-lichinka; 4-nimfa.
Uch xo„jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi
xo„jayinga lichinkalik davrida o„tib, qonini so„rib to„ygandan so„ng yerga tushadi,
tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo„jayinga o„rmalab o„tadi, uning qonini
so„rib, yerga tushib tullaydi va imagoga aylanadi. Imago uchinchi xo„jayinga hujum
qilib, uning qonini so„radi, so„ngra tuxum qo„yish uchun yerga tushadi.
Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentor urug‘lari va
Rhipicephalus turanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi (101-rasm).
101-rasm. Uch xo„jayinli kanalarning rivojlanish sikli:
1-imogosi; 2-tuxum qo„yishi; 3-lichinkasi; 4-nimfasi.
Bir yoki ikki xo„jayinli kanalaraing lichinka va nimfalari mayda yovvoyi
sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago davrida
esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so„rib oziqlanadi.
Iksod kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir rivojlanish
davridan ikkinchisiga o„tganda 1 marta tullaydi. Shuningdek, evolutsion taraqqiyot
100-rasm. Ikki xo„jayinli kananing rivojlanish sikli:
1-jinsiy voyaga yetgan kana (imago); 2-lichinka; 3-nimfa.
jarayonida ular ko„p xo„jayinlilikdan bir xo„jayinlilikka o„tgan, chunki ko„p
xo„jayinlilik kanalarning yashashi uchun noqulay bo„lgan.
Iksod kanalari chorva mollariga va odamlarga bir qancha og„ir kasalliklarni, ya‟ni
tayga ensefaliti, toshmali tif, tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz,
anaplazmoz, teylerioz va boshqa ko„plab kasalliklarni yuqtiradi.
Mol kanasi (Ixodes ricinus) imago davrida qoramol, ot, qo„y, echki, bug„u, tulki,
it, bo„ri, quyon va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfa davrida esa
asosan sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan, sudralib yuruvchilar va parrandalarda
parazitlik qiladi. Bu kanalar imago va nimfa davrida ham odamga hujum qilishi
mumkin. Mol kanasi asosan Yevropa va Osiyodagi o„rmon mintaqalarida tarqalgan.
Mol kanasining tanasi oval shaklda, tusi jigarrangda bo„ladi. Erkagining tanasi
ustki tomondan yaxlit qalin xitinli plastinka - dorzal qalqoncha bilan qoplangan.
Urg„ochisida qalqoncha tananing faqat old qismini qoplab turadi. Yetilgan mol
kanasining boshko„krak va qorin qismi bir-biriga bevosita qo„shilib ketgan, To„yib qon
so„rgan kanalarning tanasi hajmiga kattalashishidan tashqari tashqi ko„rinishi „ham
o„zgaradi. To„ygan kana tanasining uzunligi 11-12 mm, eni 6-7 mm kelgani holda, och
kananing uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm bo„ladi. Tanasining oldingi uchida bo„rtib
chiqqan «boshchasi» ham bo„ladi. Mol kanasida jinsiy dimorfizm juda yaqqol ko„rinadi.
Urg„ochisi och rangli, uning dorzal qalqonchasi tanasining oldingi qisminigina
qoplaydi. Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20°C), hamma rivoj-lanish fazalari
tabiiy muhitda o„tadi. Bu kananing tabiiy rivojlanish sikli 4 yilgacha boradi. Ular
rivojlanish davrida 2 yilgacha ochlikka chiday oladi. Mol kanasining rivojlanishi uchta
xo„jayinda ketadi.
Tayga kanasi (Ixodes persulcatus) tana tuzilishi jihatdan mol kanasiga yaqin
turadi. Tayga kanasi ham uch xo„jayinli. To„ygan va urug„langan urg„ochi kanalar
o„rmonlardagi yerga to„kilgan barglar orasiga kirib tuxum qo„yadi. Taygada odamga
ham hujum qiladi. Yosh kanalar mayda sutemizuvchilar va parrandalarda parazitlik
qiladi. Tayga kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi.
Tayga kanasi kana ensefaliti qo„zg„atuvchisini tarqatadi. Bu kana Kamchatkadan
Janubiy Sibir o„rmonlarigacha tarqalgan. Ensefalit kasalligi kanalar orqali yovvoyi
hayvonlardan odamga yuqishini akademik Ye.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930- yilda
aniqlagan. Kana ensefaliti odamda juda og„ir o„tib, o„limga olib keladi yoki tana
qismlarining falajlanishiga sabab bo„ladi. Kana taygadagi sutemizuvchilar va
parrandalardan virusni o„ziga yuqtiradi. Virus kana tanasida uzoq vaqt saqlanadi va
nasldan-naslga o„tadi. Tayga kanasidan saqlanish uchun odamlar tayga hududlariga
borganda uzun etik, kombinzon kiyib, yeng uchlarini rezinka tasma bilan bog„laydilar.
Badanga kanalarga qarshi surtmalar surtiladi.
Dermatsentorlar (Dermacentor pictus) urug„ining MDH da 10 dan ortiq turi
uchraydi. Ular G„arbiy Sibirda keng tarqalgan. Dermatsentor kanalarning dorzal qalqoni
kumush rangli yaltiroq bo„lishi bilan xarakterlanadi (102-rasm).
Jinsiy voyaga yetgan kanalarning tanasi oval shaklda. «Boshchasi» tananing
oldingi
uchida
joylashgan,
xartumchasi
iksod
avlodiga
kiradigan
kanalar
xartumchasidan nisbatan kaltaroq. Ko„zlari bor, uch xo„jayinli. Imago davrida qoramol,
ot, qo„y, bug„u, cho„chqa, tulki, it va boshqa hayvonlarning qoni bilan oziqlanadi.
Lichinka va nimfalari sichqonsimon kemiruvchilar, hasharotxo„rlar hisobiga yashaydi.
Imagolari 2–3 yilgacha och yashashi mumkin.
Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti, tepkili terlama,
gemosporidioz kabi kasalliklarni yuqtiradi.
Yaylov kanalari (Hyalomma) ham iksod kanalarining eng yirik vakillari
hisoblanadi. Qonga to„ygan urg„ochi kananing uzunligi 2,5-3 sm ga boradi. MDH da
yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan. Hyialomma urug„iga kiruvchi kanalar bir,
ikki va uch xo„jayin ishtirokida rivojlanadi. Urg„ochilari 4000 dan 15000 tagacha tuxum
qo„yadi. Hyalomma urug„ining quyidagi turlari veterinariyada muhim ahamiyatga ega.
Hyalomma scupence rivojlanish sikli bir xo„jayinda o„tishi bilan boshqa kana
turlaridan farq qiladi. Bu kana asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlanadi,
Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, o„rta Povoljye va Ukrainada
tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz, cho„chqalarga
piroplazmoz kasalliklarining qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana tanasida brutselloz
va o„lat kasali qo„zg„atuvchilari ham bo„lib, undan boshqa hayvonlarga va odamga
o„tadi.
Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroq va ikki
xo„jayinli. Urg„ochi kana 5–7 mingtagacha tuxum qo„yadi va 1–2 oydan so„ng ulardan
lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so„radi. Kananing to„liq
rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7–8 oygacha, imagolari 6–8
oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, Sharqiy Gruziya, Armaniston,
Turkmaniston, Janubiy Qozog„iston, O„zbekiston va Tojikistonning cho„1 hamda chala
cho„1 mintaqalarida uchraydi. Bu kana qoramollarga teylerioz kasalligini
yuqtiruvchilardan hisoblanadi.
Hyalomma anatolicum uncha katta bo„lmagan uch xo„jayinli kana, asosan
qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim vaqtlarda ot va boshqa hayvonlarning qonini
so„radi. Imago, nimfa va ba‟zan tuxumlik davrida qishlaydi. 8-10 kungacha yashashi
mumkin. Bu kana ham Markaziy Osiyo Respublikalarida tarqalgan. Asosiy zarari
qoramollarga teylerioz qo„zg„atuvchisini yuqtiradi hamda listerioz, isitma
qo„zg„atuvchilarini o„z tanasida saqlaydi.
102-rasm. Kasallik tarqatuvchi kanalar:
A-xo„jayinini poylab turgan urg„ochi tayga
kanasi (Ixodes persulcatus); B-urg„ochi
dermatsentor kanasi (Dermacentor pictus);
D-urg„ochi ornitodorus kanasi (Ornithodorus
papillipes).
A B D
Hyalomma plumbeum gavdasi birmuncha katta bo„ladi, ikki xo„jayinli kana.
Urg„ochilari 10–16 mingtagacha tuxum qo„yadi. Kananing imagolari qoramol, ot,
eshak, qo„y, echki, buyvol, cho„chqa, it, tovuq va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi.
Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, ba‟zan qoramollar
va otlarning qonini so„radi. Bu tur kanalar Shimoliy Kavkaz, Qrim, Markaziy Osiyo
Respublikalarning dasht va chala dasht mintaqalaridagi butazor o„rmonlarida keng
tarqalgan. Jinsiy voyaga yetgan kanalar qoramollarga teylerioz, otlarga nutallioz va
piroplazmoz qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi.
Argaz kanalari (Argasidae) oilasining deyarli hamma vakillari parazitlik bilan
hayot kechiradi. Argaz kanalari oilasining 2 ta kichik oilasi (Argasinae va
Ornithoorinae) va 100 dan ortiq turlari bor. Argaz kanalarining tanasi yumshoq va
cho„ziluvchan. Ularning dorzal va ventral qalqonlari bo„lmaydi.
Tanasining yumshoqligi kananing tezda tortilib kichrayishi yoki katta bo„lishiga
imkon beradi. Och kanalarning tanasi yassi, oval yoki ellips shaklida. Tanasining
oldingi tomoni ancha tor va uchli bo„lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Imago va
nimfalarida 4 juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dirmorfizm unchalik sezilmaydi.
Erkaklari urg„ochilaridan birmuncha kichikroq.
Argaz kanalari molxona devorlarining yoriqlarida, ya‟ni berk joylarda yashashi
bilan iksod kanalardan ajralib turadi. Odam, turli sutemizuvchilar va qushlarga
tashlanib, 2–5 daqiqa qon so„radi. Ular 1000 tagacha tuxum qo„yadi. Bir oy o„tgach,
tuxumlaridan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar faol oziqlanadi va nimfaga aylanadi.
Argaz kanalarda nimfa 3–5 marta tullab, imagoga aylanadi. Argaz kanalari 20–25 yil
yashab
,
10–11 yil ochlikka chidashi mumkin (103-rasm).
Argaz kanalari ektoparazitlikdan tashqari odam va hayvonlarga har xil og„ir
kasalliklarni ham yuqtiradi. Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kanasi
(Argas persicus) va ornitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi. Persid kanasi
asosan, tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim hollarda o„rdak, g„oz, ot, qoramol,
cho„chqa va boshqa hayvonlarda ham parazitlik qiladi.
Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes) ning tanasi uzunchoq,
bo„limlarga bo„linmagan, yaxlit, to„q-kulrang tusda. Urg„ochi kananing uzunligi 8–9
mm, eni 4–5 mm, erkagining uzunligi esa 4–5 mrn, eni 2–3 mm keladi.
Ornitodorus kanalari juftlashgandan so„ng, yopiq joyga tuxum qo„yadi.
Tuxumdan 3 juft oyoqli lichinka chiqadi. Nimfada 4 juft oyog„i bo„ladi. Jinsiy farqi
bo„lmaydi. Bu kana rivojlanishi davrida 3–5 ta nimfa davrini o„taydi. U 20–25 yilgacha
yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi. Ornitodorus kanasi issiq iqlimli mintaqalarda,
Markaziy Osiyo Respublikalarida, Eron va Hindistonda ko„proq uchraydi. Bu kana
qaytalama tifni tarqatadi.
Kanalar o„z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so„rganda, kasallik
qo„zg„atuvchilarini o„zlariga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab saqlanadi
va u qo„ygan tuxumlariga o„tadi. Odamga bu kasallik kemiruvchilar yaqinida tunab
qolganda yoki jayralar, ko„rshapalaklar yashaydigan g„orlarga borib qolganida kanalar
talashidan yuqishi mumkin.
Ornitodorus kanasining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan N.I.
Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924-yilda N.I. Latishev kana orqali
qaytalama tifni o„ziga yuqtiradi, natijada, kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi.
|