1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazit zuluklar haqida ma‟lumot
berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Parazit zuluklar haqida ma‟lumot bera oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Zuluklar (Hirudinea) sinfiga 450 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk
suvlarda, bir qismi esa dengizlarda yashaydi. Umurtqali hayvonlarda vaqtincha
ektoparazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Ular asosan qon so„rib yoki
mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari quruqlikda yashashga ham moslashgan.
Masalan, tropik nam o„rmonlarda, quruqlikda Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va
boshqa janubiy mamlakatlarda 3–5 sm li qonxo„r jag„li zuluklar daraxtga yopishgan
holda hayvon yoki odam o„tishini poylaydi va ko„pincha ularga tashlanib, azob beradi.
Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o„rmalab yoki suvda suzib yashaydi.
Ularning tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali
chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so„rg„ichi bo„lib,
uning o„rtasida og„iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa juda yaxshi
rivojlangan orqa so„rg„ichi joylashgan, Orqa so„rg„ichining yelka tomonida anal teshigi
bor. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan ana shu so„rg„ichlarining bo„lishi,
ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining bo„lmasligi (qillar faqat primitiv
turlarida, ya‟ni qildor zuluklardagina saqlangan) bilan keskin farq qiladi. Bundan
tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to„g„ri kelmaydi, ya‟ni
tashqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan. Zuluklarning turli
vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha tashqi segmentlar
to„g„ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to„g„ri keladi). Zuluklarning tashqi
halqalanishi tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan bo„lib, bu qalinlashib ketgan
teri-muskul qopchig„ining egiluvchanligini ta‟minlaydi. Zuluklar tanasining uzunligi 1
sm dan 30 sm gacha boradi.
Laboratoriya sharoitida 1,5 yil davomida 44 sm ga yetadigan zuluk o„stirilgan.
Zuluklar harakatlanganida, oldin orqa so„rg„ichi bilan biror narsaga yopishib olib,
gavdasini oldinga cho„zadi, shunda oldingi og„iz so„rg„ichi bilan boshqa narsaga
yopishib oladi. Bu vaqtda orqa so„rg„ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga
qarab tortilib, Umoq kabi egiladi. Shu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Ular
suzganda butun gavdasi bilan to„lqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa
va qorin tomonlari bukiladi. Zuluklarning haqiqiy ichki segmentlari doimiy bo„lib,
ularning soni 33 ta bo„ladi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta).
Bunda gavdasining oldingi 4 ta segmenti og„iz so„rg„ichini taslikil qiladi, 22 ta segmenti
gavda bo„limini va 7 ta oxirgi segmentlari qo„shilib orqa so„rg„ichini hosil qlladi.
Zuluklar turli usulda ovqatlanishi munosabati bilan ularning ovqat hazm qilish
sistemasi bir qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Zuluklarning oldingi
so„rg„ichi tubida ularning og„zi joylashgan. Og„izdan so„ng ovqat hazm qilish
organining oldingi bo„liml boshlanadi. Bu bo„lim ektoderma bilan qoplangan bo„lib, u
og„iz bo„shlig„i, muskulli tomoq va kalta qizilo„ngachdan iborat.
Xartumli va jag„li zuluklarning og„iz bo„shlig„i va tomog„i har xil tuzilgan.
Masalan, xartumli zuluklarning og„iz bo„shlig„i orqa tomonga qarab o„sgan va xuddi
qinga o„xshab tomoqni o„rab, sermuskul tomoq xartumchasiga aylanadi. Bu
xartumchalar alohida muskullar vositasida tashqariga chiqarilishi va ichkariga tortilishi
mumkin.
Bunday
zuluklar xartumlari bilan turli hayvonlarning,
masalan,
mollyuskalarning yupqa terisini teshib, ichiga kirib, oziqni so„rib ovqatlanadi. Jag„li
zuluklarning (tibbiyot zulugi) og„iz bo„shlig„ida esa uchta bo„ylama muskulli valiklari
bor. Bu valiklarning qirralari .bip-biriga qaragan bo„lib, jag„ hosil qiladi. Qattiq
xitinlashgan va muskulli jag„larning ustki tomonida o„tkir arrasimon tishchalar bor.
Zuluklar ana shu jag„lari bilan odam va hayvonlarning terisini jarohatlaydi. Tibbiyot
zulugi shu xilda qon so„rib ovqatlanadi. Zuluklarning tomog„iga ko„pincha og„iz
bo„shlig„ining chekkasidan bir juft bez ochilgan. Bu bezlar ishlab chiqargan modda
(so„lak) gemofilin yoki girudin deyiladi. Girudin moddasi odam qoniga ta‟sir etib, uni
ivib qolishdan saqlaydi. Shu sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.
Qon so„ruvchi zuluklarning jig„ildoni juda rivojlangan bo„lib, u tarmoqlanib
yonbosh juft o„simtalar hosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o„rta ichagida 10–11 juft
yonbosh o„simtalari bo„lib, bu o„simtalarning oxirgi bir juft yaxshi rivojlangan va u
gavdaning keyingi uchigacha cho„ziladi. Oshqozonning (o„rta ichakning) bu
o„simtalarida zaxira qon ivimagan holda uzoq vaqt saqlanadi va ichakning pastki
bo„limlariga tushib turadi hamda hazm bo„ladi. Zuluklarda oziq (qon) asosan keyingi
ichakda hazm bo„ladi va so„riladi. Keyingi ichak dum tomonida joylashgan
ektoderradan hosil bo„lgan kalta to„g„ri ichakka qo„shiladi va anal teshik bilan keyingi
so„rg„ichning tepasida ochiladi (92-rasm).
92-rаsm. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) ning ichki tuzilishi:1-sеrеbrаl gаngliysi;
2-hаlqumi; 3-qizilo„ngаchi; 4-оshqоzоni; 5-оshqоzоnining оrqа o„simtаsi; 6-o„rtа ichаgi; 7-оrqа
ichаgi; 8-аnаl tеshigi; 9-оrqа so„rg„ichi; 10-qоrin nеrv zаnjiri gаngliysi; 11-mеtаnеfridiyalаri;
12-siydik pufаgi; 13-urug„ хаltаsi; 14-urug„ yo„li; 15-mеtаnеfridiyasining kiprikli vоrоnkаlаri; 16-qin;
17-tuхum хаltаsi ichidа tuхumi bilаn; 18-urug„dоn o„simtаsi; 19-pеnis (urug„ to„kish nаyi); 20-
qo„shimchа bеz; 21-yon lаkuni.
Zuluklar 2–3 yilda voyaga yetadi va 15–20 yil umr ko„radi. Zuluklar sinfi 2 ta
kenja sinfga bo„linadi: 1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi; 2. Haqiqiy
zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi.
Qadimgi zuluklar kenja sinfiga qildor zuluklar (Acanthobdella) turkumi kiradi.
Bu turkumga faqat 2 ta tur kirib, ular losos baliqlarida parazitlik qiladi. Tana uzunligi 3
sm gacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos tashqi belgilari,
jumladan, bosh tomonidan 2 segmentdan 6 segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan
yirik qilchalari bo„ladi.
9
8
7
6
5
10
11
12
13
14
15
16
20
19
18
17
21
4
3
2
1
Ularning gavdasi 30 ta segmentdan tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida
og„iz so„rg„ichi yo„q, faqat dum tomonida kichik orqa so„rg„ichi bo„ladi. Qildor
zuluklarnmg asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan losossimon
baliqlarning
suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi va qonini so„rib ovqatlanadi. Ularning
bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga xizmat qiladi. Qildor
zuluklarni rus zoologi N.A. Livanov har tomonlama o„rgangan. Bu olimning
ko„rsatishicha, qildor zuluklarning ichki organlarida ham oz qilli halqalilar va
zuluklarning xususiyatlari saqlangan, ya‟ni bularda ham ikkilamchi tana bo„shlig„i
mavjud
Qildor zuluklar Osiyo va Yevropaning shimoliy qismida, ayrim daryo va katta
ko„l havzalarida tarqalgan. Ular baliqlarda bahorning oxiri va yoz oylarining boshida
paydo bo„la boshlaydi. Bu vaqtda ularning har birining og„irligi 5–10 mg atrofida
bo„ladi. Kuz oxiriga kelib, ular voyaga yetadi (og„irligi 200 mg atrofida bo„ladi) va o„z
xo„jayinlarini tashlab ko„paya boshlaydi. Acanthobdella peledina shimoliy o„lkalarda va
Sibir ko„llarida, Acanthobdella ivanovi esa Karnchatka ko„llarida baliqlarda parazitlik
qiladi.
Haqiqiy zuluklar kenja sinfi o„z navbatida 2 ta, ya‟ni xartumli zuluklar va jag„li
zuluklar turkumlariga bo„linadi.
Xartumli zuluklar (Rhynchobdelida) turkumiga kiruvchilar xartumchaga
aylangan tomog„i bo„lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli hayvonlarga, ayniqsa,
baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so„rib,
ektoparazitlik bilan hayot kechiradi.
Odatdagi oddiy baliq zulugi-Piscicola geometra deyarli har doim baliqlarda
parazitlik qiladi. Suv havzalarida ko„pincha chig„anoqli zuluk-klepsina (Glossosiphonia
complanata) uchraydi (93-rasm).
Odatda, ularning uzuniigi 3 sm atrofida bo„lib, chuchuk suv qorinoyoqli
mollyuskalarning har xil turlarini (shiliiqlar, g„altaksimonlar va boshqa shilaqqurtlarni)
tutib yeydi. Chig„anoqli zuluklarda nasl uchun qayg„urish kuchli rivojlangan. Ular
93-rasm. Zuluklar: A,B-tibbiyot zulugi
(orqa va qorin tomondan ko
„
rinishi), D-
klepsina zulugi, E-soxta pillali zuluk,
F-baliq zulugi.
pillalarini gavdasining qorin tomoniga yopishtirib oladi va bu vaqtda ona zuluk kam
harakat qiladi. U biron o„simiikka so„rg„ichlari bilan yopishib, gavdasini tebrantirib
turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham ona zuluk o„z holatini o„zgartirmaydi.
Odatda, yosh zulukchalar o„z sorgichi bilan onasining qorni tomoniga yopishganicha bir
necha kun qoladi so„ngra onasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga o„tadi. Ayrim
xartumli zuluklarda haqiqiy jabrasi bo„ladi.
Xartumli zuluklarning ayrim turlari qushlarda parazitlik qlladi. 5 sm gacha
keladigan bu zuluklar suvda suzuvchi qushlaming og„iz bo„shlig„i va nafas yo„llariga
yopishib, qon so„rib yashaydi. Ayrim havzalarda ular g„oz, o„rdak va boshqa xonaki
qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo„jaligiga katta zarar yetkazadi.
Ba‟zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va hatto, odamlarda ham parazitlik qiladi.
Xarturnli zuluklar 3 tadan 5 tagacha pilla qo„yishi mumkin. Bitta zuluk 65 tadan 611
tagacha tuxum qo„yadi.
Jag„li zuluklar (Gnathobdella) turkumiga kiruvchilarda og„iz bo„shlig„ida jag„
apparati bo„lishi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga kiruvchi zuluklarda 5 juft ko„z va
qo„shilish organi bor. Ular asosan qon so„rib, ba‟zida esa mayda umurtqasizlar bilan
ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag„lari kichrayib ketgan.
Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) jag„li zuluklar turkumining eng muhim
vakillaridan biri hisoblanadi. Uning og„iz bo„shlig„ida 3 ta jag„i bo„lib, har bir jag„ida
100 ga yaqin xitinli tishlari bo„ladi. 25–30 sm gacha uzunlikdagi tibbiyot zuluklari
MDHning janubida, ya‟ni Markaziy Osiyo, Qozog„iston, Kavkaz, Moldaviya va
Janubiy Ukrainaning turli suv havzalarida ko„plab uchraydi. Tibbiyot zulugi har xil
umurtqali hayvonlarning qoni bilan ovqatlanadi. Lekin uning asosiy ozuqa manbai-
baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi.
Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi va bir yilda bir marta
yoz oylarida pilla qo„yadi. Laboratoriya sharoitida esa jinsiy voyaga yetgan
zuluklarning 12–18 oy ichida o„stirish mumkin va ular yilning turli fasllarida har 6–8 oy
ichida pilla qo„yishi mumkin. Tibbiyot zulugining pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum
bo„ladi. Bitta tibbiyot zulugi 10 sm
3
qon so„rishi va shundan so„ng 1,5–2 yil
ovqatlanmay yashashi mumkin.
XIX asr oxirlarigacha tibbiyot zulugi xalq tabobatida turli kasalliklarni, ya‟ni
ko„zning ichki bosimini ortib ketishiga aloqador ko„z kasalliklarini (glaukoma) davo
qilishda, miyaga qon quyilganida, gipertoniyada, yomon yaralar chiqqanida ko„p
qo„llanilgan. Masalan, 1940-yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan
tabobatda foydalanishgan. Hozirgi paytda ham tibbiyot zulugidan tabobatda ayrim
kasalliklarga qarshi, ya‟ni qon bosimini pasaytirish maqsadida keng qo„llaniladi.
Shuning uchun ham tibbiyot zulugini faqat tabiiy suv havzalaridangina ushlash bilan
qanoatlanmasdan, balki ular alohida pitomniklarda ham k
O
„paytirilmoqda. Jag„li
zuluklarga tibbiyot zulugidan tashqari soxta ot zulugi ( Haemopis sanguisuga) ham
kiradi.
Uning jag„lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va sutemizuvchilarning
terisini tishlay olmaydi. U yirtqichlik bilan hayot kechirib, asosan chuvalchanglar,
mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o„z pillalarini qirg„oqqa, suv
betidan yuqoriroqqa ko„mib qo„yadi. U Markaziy Osiyoning tog„li hududlaridagi tiniq
suvli ko„1 va soylarda uchraydi.
Jag„li zuluklarga Nil zulugi yoki ot zulugi (Limnatis nilotica) ham kiradi. Bu
zararli zuluk Afrikada, Janubi sharqiy Yevropada, Markaziy Osiyo va Kavkazda ko„p
tarqalgan. Shu avlod zuluklardan Limnatis turkestanica degan turi Markaziy Osiyoda
(Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki mollar suv
ichayotgan vaqtida ularning og„iz bo„shlig„i yoki halqumiga o„tib, yopishib qon so„radi
va hayvonlarga katta zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma‟lum bo„lishicha, Markaziy
Osiyoda 30 % gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan zararlanadi.
Odam hovuzdan cho„kkalab suv ichganida ba‟zan suv bilan odamning halqumiga
yoki qizilo„ngachiga ot zulugi o„tib yopishadi va qon so„radi. Ular girudin moddasi
ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo„ladi. Umuman, bu zuluklar
odamning burun bo„shlig„ida, traxeyasida ham parazitlik qilganligi fanga ma‟lum.
Ularning, ayniqsa, traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so„rgan sayin shishib
kattalasha boradi va odamning bo„g„ilib qolishiga sabab bo„ladi. Bunday paytda
zuluklar jarrohlik yo„li bilan olib tashlanadi yoki 10 % li osh tuzining kuchli eritmasiga
tomoqni chayqash yo„li bilan tushiriladi. Ot zulugining jag„lari juda kichkina, rangi
sarg„ish, och-zangori tusda, yon tomonida sarg„ish-qizil yo„li bor, dum so„rg„ichi juda
katta.
Jag„li zuluklar turkumiga yana tropik nam o„rmonlarida, quruqlikda yashovchi
qonxo„r jag„li zuluk-Haemodipsa ceylonica turi ham kiradi. Ular, ayniqsa, Avstraliya,
Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 sm li bu
zuluklar daraxtga yopishgan holda odam va hayvon o„tishini poylaydi hamda ko„pincha
ularga tashlanib, qonini so„rib azob beradi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1.
Zuluklarning ektoparazitlik qilib hayot kechirishi munosabati bilan ularning
tuzilishidagi o„ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
2.
Zuluklarning ko„payishi va rivojlanishi haqida ma‟lumot bering.
3.
Zuluklar sinfining sistematikasi va ayrim vakillarining mahsuldor
hayvonlarga keltiradigan zarari haqida gapiring.
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazit mollyuskalar to„g„risida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Parazit mollyuskalar to„g„risida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Mollyuskalar (Mollusca) tipiga 115 mingdan ortiq tur kiradi va ular 7 ta sinfga
bo„linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Ular
asosan ikki pallali (Bivalyia) va qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi.
Qorinoyoqlilar sinfning ayrim vakillari har xil parazit chuvalchanglarning, birinchi
navbatda, so„rg„ichlilar sinfi vakillarining oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. Shuningdek,
ular ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar vakillarining ham oraliq xo„jayinlari sifatida
qatnashadi.
Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va
tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi (94-rasm).
Tishsizlar ayrim jinsli bo„lib, tashqi ko„rinishidan erkagi urg„ochisidan farq
qilmaydi. Urg„ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra yaproqchalari oralig„iga qo„yadi.
Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali
urg„ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug„lanib, bir necha
kundan keyin undan gloxidiy deb ataluvchl lichinka chiqadi.
94-rasm. A-tishsiz (Anodonta) ning tashqi ko„rinishi: 1-oldingi qirrasi; 2-qorin qirrasi; 3-orqa
qirrasi; 4-yelka qirrasi; 5-chig„anoq cho„qqisi; 6-chig„anoqni qo„shuvchi tashqi paylar. B-tishsizning
gloxidiy lichinkasi: 1-lichinka chig„anog„i; 2-chig„anoqni yopuvchi muskul; 3-chig„anoq tishchalari;
4-sezgir tukchalar to„plami; 5-bissus bezlari.
Lichinkaning ikki pallali chig„anog„i qirralari tishchali bo„ladi. Bunday
lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin
chig„anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlarning
jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi. Natijada
zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo bo„ladi. Terisining ostida gloxidiylar bir-
ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta-sekin kichik tishsizga –
baqachanoqqa aylanadi.
Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho„kib mustaqil hayot kechiradi.
Gloxidiylar, ayniqsa, baliqlarning jabra to„qimalarida parazitlik qilib, ularning nafas
olishini qiyinlashtiradi va natijada ko„pIab baliqlar nobud bo„ladi. Qorinoyoqli
mollyuskalar ichida ham ayrim turlari ninaterililar tipi vakillarida parazitlik qiladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Baliqlarda parazitlik qiladigan mollyuskalar haqida ma‟lumot bering.
3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazit bo„g„imoyoqlilarning
umumiy tavsifi va sistematikasi hamda parazit qisqichbaqasimonlar to„g„risida
ma‟lumotlar berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Parazit bo„g„imoyoqlilarning umumiy tavsifi va sistematikasi hamda parazit
qisqichbaqasimonlar to„g„risida ma‟lumotlar bera oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
4
5
6
4
3
1
2
A
5
2
1
3
4
B
Bo„g„imoyoqlilar (Arthropoda) tipi hayvonot olamida turlarining ko„pligi
jihatidan birinchi o„rinda turadi. Ayni vaqtda, ularning 1,5 mln. dan ortiq turlari fanga
ma‟lum Bo„g„imoyoqlilar evolutsiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit sharoitda
yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv
havzalarida, tuproq ustida va ostida, havoda yashaydi. Bir qancha turlari esa odam va
hayvonlarda parazitlik qiladi.
Hamma bo„g„imoyo„qlilar ikki yonlama simmеtriyali, tanasi va oyo„qlari
bo„g„imlarga bo„lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki
organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-skеlеt vazifasini bajaradi. Tana bo„shlig„i
embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo„shliqlarining birga
qo„shilib kеtishidan hosil bo„lgan bo„lib, aralash tana bo„shlig„i dеyiladi. Markaziy nеrv
sistеmasi halqali chuvalchanglarnikiga o„xshash tuzilgan. Suvda yashovchi
bo„g„imoyo„qlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa traxеya yoki o„pka yordamida
nafas oladi. Bo„g„imoyo„qlilarning qon aylanish sistеmasi ochiq bo„lib, yurakdan
chiqqan qon tomirlari tana bo„shlig„iga ochiladi.
Bo„g„imoyoqlilar tipi orasida parazitlari asosan, hasharotlar, o„rgimchaksimonlar
va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari orasida uchraydi.
Odam va hayvonlar sog„lig„iga zarar keltiradigan bo„g„imoyoqlilarni tibbiy va
veterinar entomologiya o„rganadi. Parazit bo„g„im-oyoqlilar infeksion va invazion
kasalliklarni tashiydi, ayrimlari gelmintlarni oraliq va asosiy xo„jayinlari bo„lib
hisoblanadi, boshqalari esa miazlarni keltirib chiqaradi.
Parazit bo„g„imoyoqlilarning keltiradigan zararlari turlicha:
Birinchidan, bular qon so„ruvchilar (gnus), ya‟ni odam va hayvonlarning qonini
so„rib bezovta qiladi. Ularning ko„payishi uy hayvonlarini tabiatda boqishda
qiyinchiliklar tug„diradi. Bularni hujumi tufayli odamlar tabiatda maxsus himoya
vositalarisiz ishlay olmaydi.
Ikkinchidan, bular infeksion va invazion kasalliklarni qo„zg„atuvchilarini tez
yuqtirib, o„zlarida uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega.
Uchinchidan, parazit bo„g„imoyoqlilar turli xavfli kasallik qo„zg„atuvchilarini
tashuvchilar hisoblanadi.
O„rgimchaksimonlardan kanalar turkumi vakillarini ko„pchiligi parazit holda
hayot kechiradi. Hasharotlar sinfi orasida qandalalar, ikki qanotlilar turkumlarining bir
qancha turlari parazit bo„lsa, bitlar, parxo„rlar, burgalar turkumlari vakillari to„laqonli
parazitlar hisoblanadi. Ko„pchilik bo„g„imoyoqlilar odamlarda parazitlik qilib,
odamlarga esa asosan, umurtqali hayvonlardan o„tadi. Ayrim bo„g„imoyoqlilar odam va
hayvonlar uchun umumiy parazitlar hisoblanadi (bitlar, burgalar). Issiq qonlilar
parazitlari parazitizm darajasi, xo„jayin tanasidagi joyi, xo„jayin bilan bog„lanish
darajasi va boshqa bir qator belgilar bilan bir-biridan farqlanadi.
Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish darajasiga qarab, obligat, fakultativ va
tasodifiy parazitlar farqlanadi.
Obligat parazitlar haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Bularga bitlarni misol qilib
keltirish mumkin. Fakultativ parazitlarga ko„k yashil va go„sht pashshalari kiradi, ular
tuxumlarini ham axlatga, ham hayvonlarning turli jarohatlangan joylariga qo„yadi
(lichinkalari ham nekrofag, ham parazit).
Tasodifiy parazitlarga, asosan erkin yashovchi hasharotlar kirib, tasodifan boshqa
organizmlarga tushib qolishi (turli erkin yashaydigan hasharot lichinkalari, tuxumlari)
mumkin.
Parazit bo„g„imoyoqlilarni xo„jayin tanasida tarqalishiga qarab, ektoparazitlar
(qandalalar, bitlar, burgalar, kanalar) va endoparazitlar (tana ichi parazitlari)ga bo„lib
o„rganiladi. Endoparazitlarni bir nechta tarmoqlarga bo„lish mumkin:
-teri ichi parazitlari (qichima kanalari);
-tana bo„shlig„i parazitlari (tashqi burun, quloq bo„shlig„i, bo„shliq bo„kalari
lichinkalari);
-ichak parazitlari (oshqozon ichak bo„kalari);
-to„qima ichi parazitlari (Volfart pashshasi).
Bo„g„imoyoqlilar xo„jayinlari bilan bog„lanishlari ham turlicha. Trofik, topik va
forik bog„lanishlar.
Trofik bog„lanish: oziqlanishi fitofagiya o„simliklar bilan oziqlanuvchilar
(kapalak qurtlari va boshqalar).
Gemotafag-qon bilan oziqlanuvchilar (kana, bit, burga, qandala, qon so„ruvchi
ikki qanotlilar).
Kerotofag-shox moddalari(tuklar, sochlar, yog„och mahsulotlari) hisobiga
oziqlanuvchilar (parxo„rlar, kanalar, po„stxo„rlar).
Nektarofag-gul shirasi bilan oziqlanadi (ayrim ikki qanotlilar, kapalaklar va
boshqalar).
Nekrofag-tirik organizmlarning o„lik qoldiqlari hisobiga oziqlanish (go„sht
pashshalarini lichinkalari).
Koprofag-ekskrementlar hisobiga oziqlanadi (ayrim pashsha lichinkalari, go„ng
qo„ng„izlari va boshqalar).
Parazitlar xo„jayinlari bilan bog„lanish vaqtiga qarab, doimiy va vaqtinchalik
parazitlarga bo„linadi. Doimiy parazitlar xo„jayinni tark etmaydi (bitlar, qo„tir kanalari
va boshqalar). Vaqtinchalik parazitlar xo„jayiniga faqat oziqlanish vaqtida tashlanadi
(chivinlar, pashshalar, so‟nalar, ayrim kanalar va boshqalar).
Bo„g„imoyoqlilar hayot jarayoniga qarab, butun hayoti davomida parazitlik
qiluvchilarga va fazali parazitlarga ajratiladi. Qandalalar, bitlar, ayrim kanalar butun
hayoti davomida parazitlik qiladi. Chivinlar, moshkalar voyaga yetganda qon so„radi.
Volfart pashshalarini lichinkalik davri parazit. Bular fazali parazitlar hisoblanadi.
Agar parazit faqat bitta xo„jayinni qonini so„rsa monofag (bir xo„jayinli),
xo„jayinlar doirasi keng bo„lsa polifag (ko„p xo„jayinli) deyiladi. Agar xo„jayinlar
doirasi chegaralangan bo„lsa oligofag (bir nechta xo„jayinli) hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |