Bo„g„imoyoqlilarni topik (biologik) bog„lanishi. Bu bo„g„imoyoqlilarni boshqa
organizmlar bilan substrakt sifatida, ya‟ni yashash muhiti sifatida bog„lanishidir.
Bularga statsionar ektoparazitlar va endoparazitlar (parxo„rlar, patxo„rlar, bitlar,
ko„pchilik kanalar) kiradi.
Forik bog„lanish. Foritsa-harakat degan ma‟noni anglatadi. Bunda
bo„g„moyoqlilar va boshqa organizm bir-biri bilan turli harakatlar orqali bog„lanadi,
ya‟ni bir joydan ikkinchi joyga ko„chib o„tish (turli kanalar bir joydan ikkinchi joyga
qushlar orqali o„tadi va hokazo) orqali bog„lanishi mumkin.
Hayot sxemasining biologik tiplari. V.N. Beklemishev fikri bo„yicha, parazit
bo„g„imoyoqlilar ichida quyidagi hayot sxemasi biologik tiplari mavjud:
1. Faol hujum qiluvchilar (davriy qon so„ruvchilar: chivinlar, pashshalar,
zahkashlar, so„nalar). Ular serharakat, uzoq masofalarga uchadi, tez-tez, vaqti-vaqti
bilan qon so„radi. Bir marta qabul qilingan qon miqdori harakatni ta‟minlash bilan
cheklanadi. Oziqasi organizmdan tashqarida hazm bo„ladi. Lichinka va voyaga
yetganlarini ko„p miqdorda o„lishi, umumiy nasldorlikni yuqoriligi (tuxumlarini ko„p
sonda qo„yishi) bilan kompensatsiyalanadi. Bularga tez oziqa hazm (tayyor oziqa bilan
oziqlanadi qon) bo„lishi, rivolanishi, voyaga yetganlari uzoq och yurolmasligi va
geterotroflik xos. Ularning turli fazalarini har xil biotoplarda uchratish mumkin, ya‟ni
voyaga yetganlari havoda, lichinkalik davrlari esa suvda o„tadi.
2. Payt poylovchi qon so„ruvchilar: ularni A) uyasizlar va B) uyalilarga bo„lib
o„rganiladi: A) uyasizlar – yaylov turlari: iksod va gamazoid kanalari. Bu kanalar
yirik sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Ular ma‟lum bir hududga xo„jayinlari
kelgandagina hujum qiladi, ya‟ni ularni xo„jayinlari bilan uchrashish imkoniyatlari
uncha katta emas. Shuning uchun ham ular bir marta qon so„rganda juda ko„p qon
so„rib, uzoq vaqt ochlikka chidaydi. Ular boshpana bilan bog„liq emas, qonni sekin
so„rib, xo„jayinlari bilan boshqa biotoplarga ketishi mumkin. Bular polifaglardir.
B) uyalilar: Bularga argaz kanalari, to„shak qandalasi va boshqalar kiradi. Ular
xo„jayinlarining uya(uy)larida yashaydi. Xo„jayinlari uya(uy)lariga kelgandagina (qon
so„radi) hujum qiladi. Xo„jayinlari uzoq uya(uy)larida bo„lmasligi mumkin, shuning
uchun bular bir martada juda tez va ko„p qon so„radi. Uylaridan tashqarida yashay
olmaydi, uzoq ochlikka chidaydi (bir necha oydan, bir necha yilgacha). Xo„jayinlarining
doirasi keng polifaglardir.
3. Doimiy ektoparazitlar: (bitlar, parxo„rlar, patxo„rlar, ayrim qon so„ruvchi
pashshalar, gamozoid kanalari). Bular maxsus moslamalari bo„lishi bilan boshqalardan
farqlanadi (tanasi yassi, qanotsiz, xo„jayinga yopishuvchi panjalar, tuklar, qillar,
patlarida yopishuvchi, o„ng„ay harakatlanuvchi moslamalari mavjud). Mustahkam tana
qoplamiga ega, bu esa ularni tashqi ta‟sirlardan saqlaydi, tez-tez kichik portsiyali qon
so„radi va uzoq och qolishga moslashmagan.
Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi jabra bilan nafas oluvchilar
(Branchiata) kenja tipiga kirib, ularning deyarli hammasi suv hayvonlari hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlar sinfiga 40 mingga yaqin tur kiradi.
Qisqichbaqasimonlaning ayrim turlari suv hayvonlarida, jumladan, baliqlarda
parazitiik qiladi, shunga ko„ra, ularda gavdasining ko„rinishi va tuzilishi tubdan o„zgarib
ketgan va tashqi ko„rinishidan mutlaqo qisqichbaqasimonlarga o„xshamaydi. Parazit
turlari, ayniqsa, kurakoyoqlilar (Copepoda, 1000 dan ortiq turi bor), karpxo„rlar
(Branchiura, 130 ta turi bor), mo„ylovoyoqlilar (Cirripedia, 54 ta turi bor) va
tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan.
Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi. O„rta Osiyo sharoitida kurakoyoqlilarning
30 dan ortiq turlari aniqlangan. Suv havzalarida baliqlarning ozig„i sifatida
kurakoyoqlilardan – sikloplarning ahamiyati juda katta. Shuning bilan birga, ular keng
tasmasimon chuvalchang, rishta va boshqa parazit chuvalchanglarning oraliq xo„jayini
sifatida salbiy ahamiyatga ega.
Kurakoyoqlilar turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil hayvonlarda, jumladan,
ko„proq baliqlarda parazitlik qiladi. Parazitlik qilib hayot kechirishi munosabati bilan
bunday qisqichbaqasimonlarning tana tuzilishi turli darajada o„zgarishga uchragan.
Baliqlarning jabralarida sikloplarga o„xshaydigan Ergasilus hamda tashqi ko„rinishi
boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladigan Lamproglena va Achteres urug„larining
vakillari parazitlik qiladi (95-rasm).
95-rasm. Baliqlarda parazitlik qiluvchi qisqichbaqasimonlar: A- Ergasilus sieboldi:
1-yopishuv organiga aylangan antennalari; 2-bo„g„imlarga bo„lingan tanasi va suzgich
oyoqchalari; 3-tuxum xaltasi; B-Achteres perkarum.
Ergasilidae oilasiga 100 dan ortiq tur kiradi. O„zbekistonning janubiy hududlari
suv havzalarida ham Ergasilidae oilasining 5–6 ta turi uchraydi. O„zbekiston suv
havzalarida yashovchi qizil qanot (krasnoperka) baliqlarida Ergasilus sieboldi parazitlik
qiladi. Xo„jayinga yopishish vositasi sifatida urg„ochilarining 2-chi antenalaridagi xitin
tirnog„i xizmat qiladi. Dogelning ta‟biri bo„yicha baliqning ustida parazit halqa
tutgichda osilib turgan qulfga o„xshaydi. Bu jabra epiteliysini yemirilishiga olib keladi.
Tuxumdan chiqqan Ergasilus lichinkalari erkin hayot kechira boshlaydi. 2–2,5 oydan
so„ng ular jinsiy voyaga yetadi va qo„shilishadi. Urug„langan urg„ochi individ suv
oqimiga qarshi suza boshlaydi, bu esa ularni baliqlar jabralariga yopishib olishini
osonlashtiradi. Baliqlarda faqat otalangan urg„ochilari parazitlik qilib, odatda,
rivojlanish bosqichining oxirida jabraga yopishib oladi va umrining oxirigacha jabra
to„qimasi hamda qon bilan oziqlanadi. Erkaklari esa butun umri davomida erkin holda
yashaydi.
Bu qisqiichbaqasimonlar oilasi barcha vakillarining rivojlanishida parazitlik davri
mavjud bo„ladi. Erkin yashovchi naupliuslar tullagandan so„ng kopepodit davriga
o„tadi. Xo„jayin tanasiga yopishib olgan kopepodit tezlik bilan g„umbakka aylanadi.
G‟umbagi esa oziqlanmaydi va harakatsiz holda peshonasidagi ipchasi yordamida
xo„jayiniga yopishib yuraveradi. Ergasilus sieboldi ning shakli yassi, kengaygan, oval
va keng boshko„krak qalqonli bo„lib, suvni minimal qarshiligini ta‟minlaydi.
Ko„pchiligining oldingi tomonida xo„jayinga yaxshi yopishishni ta‟minlovchi
chuqurcha hosil bo„ladi. Baliqlarda ergazilyoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Сaligus urug„iga kiruvchi qisqichbaqasimonlar ham baliqlarda parazitlik qiladi.
Ularning ko„krak suzgich oyoqlari yaxshi rivojlangan, og„iz o„simtalari xartumchaga
aylangan bo„lib, ular yordamida xo„jayinining qonini so„radi. Ayrimlarining tana
uzunligi 20 mm ga yetadi. Urg„ochilarining oldingi qorin segmenti yirik bo„lib, unga
ikkita uzun tuxum qopchasi birikadi. Erkaklari urg„ochilaridan biroz farq qiladi. Yetuk
qisqichbaqasimonlar ko„pincha dengiz baliqlarining harakatchan teri parazitlari bo„lib
hisoblanadi. Kamdan-kam turlari daryolardagi o„tkinchi baliqlarda parazitlik qiladi.
Lernaeidae oilsi vakillari ham parazit yashashga moslashgan. Urg„ochilarining
tanasi juda uzayib ketgan, deyarli silindrik, tik yoki s harifiga o„xshash egilgan, ayrim
paytlarda esa chuvalchangsimon shaklli bo„ladi. 3–5 juft suzgich oyoqlari bor.
Ko„pchiligining bosh qismida har xil shoxsimon o„simtalari bo„ladi. Ular yordamida
parazit xo„jayin tanasiga yelkan panjalari singari birikib oladi. Suvda esa bo„ynining bir
qismi va tuxum qopchalari bilan birlashgan tanasi qoladi. Tuxum qopchalarining shakli
ham hilma-xil kolbasa shaklidan to ipsimongacha, karpsimon baliqlarning barchasida
uchraydi.
Chuchuk suvlardagi suyakli baliqlarda parazitlik qiluvchi Lernaea avlodiga
mansub qisqichbaqasimonlarning 40 dan ortiq turlari aniqlangan. O„zbekistonda tovon
baliq, qizilqanot (krasnoperka), oq amur, laqqa baliqlarning terisida Lernaea elegans
turi parazitlik qilib yashaydi. Ushbu qisqichbaqasimonlarga e‟tibor bilan qaralsa
kopepodit lichinkalarining tashqi tuzilishi bo„yicha sikloplarga o„xshash ekanligiga
ishonish qiyin. Erkaklari urg„ochisi bilan qo„shilgach halok bo„ladi, urg„ochisi esa
baliqlarga 1,5–2 oy yopishib yurgach yetuk davriga aylanib, hayotining oxirigacha bir
joyda qimirlamay qolib ketadi. Yopishgan joyida yaralar vujudga keladi. Baliq
chavoqlarida parazit ichki bo„shliqlarigacha kirib boradi. Jigar va ichaklarida qon
quyilish, yallig„lanish va gepatit kabi kasalliklarni yuzaga keltiradi. Ichiga 10 tacha
qisqichbasimonlar kirggan baliq halok bo„ladi. Ularning rivojlanishi juda qisqarib
ketgan. Nauplius va metanauplius davrlari tuxumdaligida o„tadi. Undan esa erkin
kopepodit lichinka chiqib, jinsiy yetuklikkacha boradi. Tez orada koopulyatsiya amalga
oshadi va erkagi nobud bo„ladi. Baliqlarda lerneoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Parazit kurakoyoqlilardan Lernaeoida kenja turkumi vakillari parazitizm oqibatida
nisbatan kuchli o„zgarishga uchragan. Yirik va jinsiy yetilgan urg„ochilari odatda
chuvalchangsimon tanaga ega bo„ladi. Ularda segmentatsiyaning mutloqo izi qolmagan
yoki tanasining bo„limlarga bo„linishi ham sezilmaydi. Oldingi qismida hosil bo„lgan
o„simtasi qon so„rish uchun xizmat qiladi. Oxirgi tomonida esa 2 ta tuxum xaltachasi
mavjud. Erkaklari urg„ochilaridan ancha kichik bo„lib, tuzilishi bilan kopepodit
stadiyasini eslatadi. Ular asosan baliqlarda parazitlik qiladi, kamdan-kam hollarda
amfibiyalar va kitlarni kasallantirishi mumkin. Ayrim vakillari juda yirik bo„ladi.
Masalan kitlarda parazitlik qilib yashovchi Penella balaenoptera ning uzunligi 32 sm
gacha borib, kit terisiga 5–7 sm kirib ketadi.
Parazit kurakoyoqlilar baliqlarda ektoparazitlik qilishdan tashqari, ko„pchilik
umurtqasiz hayvonlar (marjonpoliplar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar), boshqa
tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham tekinxo„rlik qilib hayot kechiradi.
Parazit kurakoyoqlilar parazitlik qilib yashash sharoiti ta‟sirida o„ziga xos
moslamalar hosil qilgan. Ularning antenulla va antennalari xo„jayin organlariga
yopishib olish va uning to„qimalaridan shiralarni so„rib olishga turlicha moslashgan.
Parazit kurakoyoqlilarning ba‟zi erkin yashovchi kurakoyoqlilarga o„xshashligi
birmuncha saqlangan. Boshqa parazit kurakoyoqlilarda tanasining tuzilishi shu qadar
ko„p o„zgarganki, ularni nafaqat kurakoyoqlilarga, balki qisqichbaqasimonlarning
boshqa turlariga ham o„xshatib bo„lmaydi. Masalan, treska baliqlarining jabralarida
kurakoyoqli qisqichbaqasimonlardan Lernaeocera branchialis turi parazitlik qiladi.
Baliq jabrasiga yopishib olgan parazit gavdasining shakli uzun xaltaga o„xshaydi. Jinsiy
bezlari rivojlanganligidan gavdasi shishib turadi. Oyoqlari bo„lmaydi. Gavdasi-ning
oldingi uchida esa yopishish organlari bor, bu organlar shoxlanib ketgan ildizlarga
o„xshaydi. Bu hayvonning rivojlanishi o„rganilgandan keyingina, uning kurakoyoqli
qisqichbaqasimonlarga kirishi ma‟lum bo„ldi.
Kurakoyoqlilar baliqlar terisi, jabrasi, ko„zi va og„iz bo„shliqlarida parazitlik
qilib, xilma-xil jarohatlarni hosil qiladi. Natijada baliqlarning teri, jabra va muskullari
shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari buziladi. Jarohatlangan
joydan qon oqishi yoki o„sha joydan har xil mikroblarning organizmga kirishi sodir
bo„ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha uchraydi. Ular baliqlarni mexanik
jarohatlashdan tashqari, o„zlaridan har xil toksinlar ajratib zaharlaydi. Kasallangan
baliqlar ozib, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi.
Karp biti yoki karpxo„rlar (Branchiura) turkumi vakillari asosan karpsimon
baliqlar ektoparazitlari hisoblanadi. Gavda tuzilishi tubdan o„zgargan. Boshko„kragi
yaxlit. Faqat qorin qismining uchi erkin holatda bo„ladi. Gavda o„simtalaridan
so„rg„ichlar va boshqa yopishuvchi organlar hosil bo„lgan.
Parazitiikda hayot kechirish sharoiti karp bitlarining ichki tuzilishini ham
o„zgarishiga olib kelgan. Jumladan, o„rta ichak shoxlangan bo„lib, unda faqat oziq
moddalarni zaxira qilib oladi. Karp bitlarining 70 dan ortiq turi baliqlardan tashqari
mollyuskalar va amfibiyalarda ham parazitlik qiladi.
Karpxo„rlardan karp biti (Argulus foliaceus) ning yassi tanasi ikki qismga
bo„linadi (96-rasm).
Boshko„krak bo„limi boshko„krak qalqoni-karapaks bilan o„ralgan, yelka
tomonida bir juft fasetkali va 3 ta nauplus ko„zlari joylashgan. Qorin suzgichi (dum
suzgichi) kichkina, keyingi uchida 2 ta qayrilgan kurakchasi va uning chuqur kesmasida
joylashgan uropodasi bor. Mandibulalari xartumcha hosil qiladi va uning yordamida
karp biti terini teshib, qon so„radi. Qolgan boshidagi bo„g„inli o„simtalari xo„jayinga
yopishish organini tashkil etadi.
Maksilla 1 kuchli so„rg„ichga aylangan. Qon so„rib to„ygan yetuk karp biti uzoq
muddat davomida o„z xo„jayinini tashlab ketishi mumkin. Bu paytda ular yelka tomoni
bilan tepaga qarab 4 juft ko„krak oyoqlari yordamida bemalol suzib yuradi.
Urg„ochilari tuxum qo„yishdan oldin xo„jayinini tashlab ketadi. Tuxumini suvosti
predmetlariga o„zidan chiqaradigan maxsus modda yordamida yopishtirib qo„yadi.
Tuxumidan chiqqan lichinkalari ko„rinishi
jihatidan yetuk individni eslatadi va erkin suzib
xo„jayinini qidiradi. Agarda 2–3 kun orasida
xo„jayinini topaolmasa, nobud bo„ladi. Baliq
jabralariga yopishib olganlari esa murakkab
metamorfozga uchrab rivojlanadi.
96-rasm. Karp biti (Argulus foliaceus):
ilmoqsimon antennula; 2-rudimentar antennalar;
3-sanchuvchi stilet; 4-so„rg„ichga aylangan ikkinchi
maksillalar; 5-jag„oyoqlar; 6-ichak; 7-suzgich
oyoqchalar.
Yetuk individlari anchagina yirik bo„ladi.
Masalan, O„zbekistonda ko„pchilik baliqlarda
parazitlik qilib yashovchi karpxo„r (Argulus
foliaceusning uzunligi 6–7 mm bo„lishi
mumkin.
Argulus
foliaceus
iliq,
yaxshi
yoritilgan va kuchsiz aeratsiyali suv havzalarida
yaxshi rivojlanadi. Qulay sharoitda urg„ochisi
yoz davomida 2 mln tagacha qisqichbaqachalarni yuzaga keltirishi mumkin.
Baliqlarning kasallangan joylarida yallig„lanish yuzaga keladi va ko„p miqdorda
shilimshiqlar ajralib chiqadi. Ularning xartumchasidan chiqadigan shiralar baliqlar
uchun juda zaharli hisoblanadi. Undan tashqari, qon so„rish bilan birga qon parazitlari
bo„lgan mikroorganizmlarni ham yuqtirishi mumkin. Xitoy, Yaponiya va Isroilda
bunday kasalliklar ko„pinchalik baliqlarning yoppasiga qirilib ketishiga sababchi
bo„ladi.
Mo„ylovoyoqlilar (Sirripedia) turkumi orasida ham o„troq erkin yashashdan
parazitlik qilib yashashga o„tgan vakillari uchraydi. Parazitlik hayot ular tanasining
tuzilishiga har xil ta‟sir qiladi. Yuqori darajada rivojlangan parazitlarning tanasi juda
soddalashgan bo„lib, turkum, sinf va hatto bo„g„imoyoqlilar tipi uchun xos bo„lgan
barcha xususiyatlarni yo„qotadi. Lekin lichinkasining tuzilishini o„rganish orqali
ularning mo„ylovoyoqlilar turkumiga mansubligini aniqlash mumkin. Bu jihatdan
ayniqsa, o„noyoqli qisqichbaqasimonlar paraziti sakkulina va peltogaster (Peltogaster)
diqqatga sazovordir.
Sakkulina krablar qorin qismining pastki tomoniga yopishib parazitlik qiladi (97-
rasm). Uning xaltaga o„xshash tanasida hech qanday bo„g„imlari bo„lmaydi. Sakkulina
kuchli tarmoqlangan poyachasi yordamida krab tanasiga yopishib oladi.
Poyacha xitin qoplag„ichdan krab tanasiga o„tib, juda ko„p marta shoxlanadi. Bu
shoxlar oyoqlarining uchki qismigacha yetib boradi. Bunday tarmoqlangan shoxchalar
yordamida sakkulina krab tana suyuqligini so„rib oziqlanadi.
Parazit tanasida faqat bitta nerv gangliysi va germafrodit jinsiy organi bo„ladi,
boshqa ichki organlari yo„qolib ketadi. Sakkulina qo„ygan tuxumdan nauplius lichinka
chiqadi. U boshqa mo„ylovoyoqlilar singari siprissimon lichinkaga aylanadi. Bu
lichinka krab tanasiga yopishib olgandan so„ng ko„krak va qorin qismini yo„qotgach,
hujayralar to„plami holida xo„jayini tanasiga o„tib oladi. Parazit ancha yiriklashgandan
so„ng xo„jayini xitin qoplag„ichini qorin tomondan yorib kirib, tanasining xaltaga
o„xshash bir qismini chiqarib oladi.
97-rasm. Krab qornining ostki qismiga yopishib olgan ildizbosh sakkulina paraziti:
1 - sakkulina tanasi; 2 - parazitning krab tanasida murakkab tarmoqlangan so„rish poyachasi.
Yuksak qisqichbaqasimonlardan ayrim tengoyoqlilar va yonlab suzarlar
turkumlari vakillari ham baliqlar, kitlar terisida hamda boshqa qisqichbaqasimonlarning
jabra bo„shlig„ida parazitlik qiladi. Masalan, yonlab suzarlardan kit bitlari kitlar terisini
kemiradi.
Parazit qisqichbasimonlarga qarshi kurash choralari ularning biologiyasini
o„rganishga asoslangan, ya‟ni hayotiy siklini o„rganish, asosiy xo„jayinini aniqlash,
kasallikni yuzaga keltiradigan tabiiy omillarni aniqlash (baliq tashishdagi sistemali
nazorat, kasallangan baliqlarni o„z vaqtida suv havzalaridan terib tashlash va bosh.) kabi
tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
O„zbekistonda baliqchilikka ixtisoslashgan bir qator havzalar mavjud bo„lib,
akvakulturani rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Shuning uchun ham tabiiyki
1
2
baliqlarning parazitofaunasini o„rganish, shu jumladan, parazit qisqichbaqasi-monlarni
har tomonlama o„rganish muhim ahamiyatga ega.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazit bo„g„imoyoqlilarning umumiy tavsifi va sistematikasi hamda parazit
qisqichbaqasimonlar to„g„risida ma‟lumot bering.
4-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazit kanalar to„g„risida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazit kanalar to„g„risida ma‟lumot bera oladi.
To„rtinchi sаvоlning bаyоni:
Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipiga 70 mingdan ortiq tur kiradi. Ularning
ko„pchilik turlari quruqlikda yashashga o„tgan. Xelitseraliiar kenja tipiga
merostomalitar va o„rgimchaksimonlar sinflari kiradi.
Parazit turlari asosan o„rgimchaksimonlar sinfi orasida uchraydi. Bu sinf ichida
kanalar turkumi vakillari haqiqiy parazitlar hisoblanadi.
Kanalar (Acarina)ni o„rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. Parazitlik hayot
sharoiti ularning tuzilishini o„zgarishiga olib kelgan. Jumladan, boshko„krak qoringa
butunlay qo„shilib ketgan, xelitseralari va pedipalpalari sanchib-so„ruvchi xartumga
aylangan va gavdasining oldingi uchida bo„rtib chiqib turadigan «boshcha»sini hosil
qilgan (98-rasm). Ko„pchilik turlarining tanasi bo„g„imlarga bo„linmagan, ayrim
turlarining, ba‟zan bosh-ko„krak va qorin qismlari bo„g„imlarga bo„lingan bo„ladi.
Bir qancha turlarining nafas olish organlari bo„lmaydi, ular butun tana yuzasi
orqali nafas oladi. Ko„pchilik kanalarda esa traxeyalar haqiqiy nafas olish organlari
hisoblanadi. Qon so„ruvchi kanalarning ichagi juda kengayib, yon xaltalarni hosil qiladi.
Og„iz tuzilishi nayzasimon yuqorigi va xartumsimon pastki jag„lardan iborat.
Ayrim kanalarning og„iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan.
Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi ichak (halqum va qizilo„ngach), o„rta ichak
(oshqazon va ko„richak) va orqa ichakka bo„linadi. So„lak bezlari kuchli rivojlangan.
Kanalar ovqatlanganda ko„richagi ham qon bilan to„ladi.
Nerv sistemasi halqum atrofida joylashgan katta nerv to„plamlaridan iborat.
Barcha kanalar ayrim jinsli bo„lib, ko„pchiligi tuxum qo„yib ko„payadi, lekin
ayrimlari tirik tug„adi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Erkaklari odatda
kichik va qattiq xitin bilan qoplangan bo„ladi. Ularda otalanish ichki, kamdan-kam
turlari partenogenez yo„li bilan ko„payadi.
Kanalar xilma-xil usulda oziqlanadi. Ko„pchilik vakillari tuproqda, to„kilgan
barglarning ostida va moxlarda hayot kechirib saprofit oziqlanadi, boshqalari yirtqichlik
qiladi yoki turli hayvonlarda parazitlik qiladi.
Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib qonini so„radi, mexanik
jarohatlab yaralar hosil qiladi, zaharli so„laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va
kuchli bezovtalanishga olib keladi.
Qichima, ya‟ni qo„tir kanalari esa terida kuchli qichishni vujudga keltirib,
organizmni darmonsizlantiradi.
|