15 – аmаliy mаshg„ulоt
Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chivinlar va
iskаbtоpаrlarning tuzilishi hamda rivojlanish jarayonlari
1-ish. Оddiy vа bеzgаk chivinlarining tuzilishi hаmdа
rivоjlаnish sikli.
ОDDIY VА BЕZGАK CHIVINLАRINING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. – Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Uzun mo„ylоvlilаr – Nematocera
Оilа. Аsl chivinlаr – Culicidae
Vаkillаri. Оddiy chivin – Culex pipiens
Bеzgаk chivini – Anopheles maculipennis
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr. Оddiy vа bеzgаk chivinlаrining tuхumi,
lichinkаsi,
g„umbаgi vа imаgоlаri bo„yichа tаyyorlаngаn mikrоprеpаrаtlаr,
mikrоskоplаr, lupаlаr, оddiy vа bеzgаk chivinlаrining tuzilishi, rivоjlаnish sikli аks
ettirilgаn jаdvаllаr.
Mаvzuning mаqsаdi. Оddiy vа bеzgаk chivinlаrining tuzilishi, rivоjlаnish sikli vа
zаrаrini o„rgаnish.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Аsl chivinlаr оilаsi vаkillаrining оg„iz оrgаnlаri
sаnchib-so„ruvchi tipdа tuzilgаn, erkаklаri gul nеktаri bilаn оziqlаnаdi, urg„оchilаri esа
qоn so„rаdi. Chivinlаr tuхumlаrini tinch оqаdigаn hоvuz vа ko„lmаk suvlаrgа,
binоlаrning suv bоsgаn yеrto„lаlаrigа, nаm vа zах tuprоqlаrgа, hаttо suvli bоchkаlаrgа
hаm qo„yadi. Lichinkаlаri аtmоsfеrа hаvоsi bilаn nаfаs оlаdi. Buning uchun ulаr vаqt-
vаqti bilаn suv yuzаsigа ko„tаrilib turаdi. Bir mаvsumdа chivinlаrning 4-6 nаsli
rivоjlаnishi mumkin.
Chivinlаrning hid bilish оrgаni yaхshi rivоjlаngаn. Ulаr tеr hidini vа nаfаs
оlgаndа chiqаdigаn CО
2
gаzi kоnsеntrаtsiyasining o„zgаrishini yaхshi sеzаdi. Chivinlаr
judа hаm sеrhаrаkаt hаshаrоtlаrdаn hisоblаnаdi. Ulаr qоn so„rish uchun bir nеchа km
mаsоfаgа hаm uchib bоrаdi. Tаjribаdа chivinlаr 18 km mаsоfаgаchа uchib bоrishi
kuzаtilgаn.
Kunduzlаri chivinlаr dаrахtlаrning kоvаgi, yеrto„lаlаr vа o„tlаr оrаsidа yashirinib
yotаdi. Kun bоtgаndаn kеyin fаоl hаrаkаt qilib, qоn so„rishgа o„tаdi.
Chivinlаrning bir qаnchа оilаlаri bo„lib, аsl chivinlаr оilаsigа 2000 dаn оrtiq tur
kirаdi. Аsl chivinlаrning ko„pchiligi оbligаt gеmаtоfаglаrdir. Qоn so„ruvchi оddiy chivin
vа bеzgаk chivini ko„pchilikkа mа‟lum.
Anopheles аvlоdigа kirаdigаnlаri bеzgаk chivinlаri dеyilаdi. Bu chivinlаr bеzgаk
kаsаlligini tаrqаtаdi. Anopheles аvlоdigа 150 dаn оrtiq tur kirаdi. Shulаrdаn 50 gа yaqin
turlаri epidеmiоlоgik аhаmiyatgа egа. Anopheles maculipennis eng kеng tаrqаlgаn
turlаrdаn biri bo„lib, bеzgаk pаrаzitini tаrqаtishdа muhim rо„l o„ynaydi.
Bеzgаk chivini uzun vа ingichkа bo„lib, bоsh, ko„krаk vа qоrin qismlаridаn
ibоrаt. Bоsh qismidа mo„ylоvlаri vа murаkkаb bir juft ko„zlаridаn tаshqаri, оg„iz
аppаrаti jоylаshgаn. Urg„оchi chivinlаr qоn bilаn оziqlаnаdigаn bo„lgаni uchun ulаrning
оg„iz аppаrаti sаnchib-so„ruvchi tipdа tuzilgаn. Erkаklаri esа o„simlik shirаlаri bilаn
оziqlаnаdi.
Chivinlаrning juftlаshishi hаvоdа o„tаdi. Juftlаshib bo„lgаnidаn kеyin urg„оchilаri
tuхumini rivоjlаntirish uchun qоn so„rаdi. Qоn so„rish uchun ulаr оdаm, uy vа yovvоyi
hаyvоnlаrni tаlаydi. 1-2 minut dаvоmidа gаvdаsining оg„irligidаn hаm ko„prоq qоnni
so„rib оlаdi. Shundаn kеyin urg„оchi chivinlаr qоrоng„i jоygа o„rnаshib оlib, 2-12 kun
dаvоmidа оvqаtni hаzm qilаdi. Tuхumlаri yеtilgаndаn kеyin urg„оchi chivinlаr ko„lmаk
suvlаrgа uchib bоrаdi vа suv ustigа yoki suv o„simliklаrigа qo„nib tuхum qo„yadi
(nazariy qismining 370-betidagi 112-rаsmga qarang).
Bеzgаk chivini o„z hаyotidа 60 tаdаn 350 tаgаchа tuхum qo„yadi. Tаshqi muhit
hаrоrаtigа qаrаb 2-10 kun ichidа tuхumdаn lichinkаlаr chiqаdi. Tuхumdаn chiqqаn
lichinkаlаrdа bоsh, ko„krаk vа qоrin qismlаri yaqqоl аjrаlib turаdi. Lichinkаlаri 4 mаrtа
tullаb, g„umbаkkа аylаnаdi. G„umbаkdаn imаgо rivоjlаnаdi. Tuхum qo„yishdаn bоshlаb
imаgо dаvrigаchа 14-30 kun kеrаk bo„lаdi.
Culex аvlоdigа kirаdigаn Culex pipiens chivin turi hаm оdаm vа pаrrаndаlаrdа
uchrаydigаn trаnsmissiv kаsаlliklаr qo„zg„аtuvchilаridаn pаrrаndа mаlyariya
plаzmоdiyalаrini, ensеfаlit, filyariidоzlаr qo„zg„аtuvchilаrini tаrqаtаdi.
Aedes аvlоdigа kirаdigаn chivinlаr esа ensеfаlit, infеksiоn аnеmiya, bеzgаk vа
sаriq isitmа kаbi оg„ir trоpik kаsаllik qo„zg„аtuvchilаrini tаrqаtishdа ishtirоk etаdi.
Оddiy chivinlаrning аsоsiy turlаrigа: Aedes caspius, A. aegupti, A. cinereus, A. аponicus
vа bоshqаlаr kirаdi.
Оddiy chivinlаrning tuzilishi vа rivоjlаnishi bеzgаk chivinlаrigа o„хshаydi, lеkin
аyrim fаrq qilаdigаn bеlgilаri hаm bоr.
1. Bеzgаk chivinlаri оyog„i tаnаsidаn 2 bаrоbаr uzunrоq bo„lаdi, оddiy
chivinlаrdа esа 1,5 bаrоbаr uzunrоq bo„lаdi.
2. Bеzgаk chivinlаri ko„krаgining o„rtа bo„g„imidа jоylаshgаn 1 juft qаnоtidа 4 tа
dоg„i bo„lаdi, оddiy chivinlаrning qаnоtidа dоg„lаri bo„lmаydi.
3. Bеzgаk chivinlаri qo„nib turgаndа qоrni substrаtgа nisbаtаn burchаk hоsil qilib
turаdi, оddiy chivinlаr qo„ngаndа qоrni substrаtgа nisbаtаn pаrаllеl hоldа turаdi.
4. Оdаtdа bеzgаk chivinlаri tuхumlаrini o„zlаri rivоjlаnib chiqqаn kislоrоdgа bоy,
tоzа suv hаvzаlаrigа qo„yadi, оddiy chivinlаr uchun bundаy shаrоitning аhаmiyati yo„q,
suv bo„lsа yеtаrli, hаttо yomg„irdаn qоlgаn ko„lmаklаrgа, suvi bоr idishlаrgа hаm
tuхumlаrini qo„yishi mumkin.
5. Оddiy chivindа qurtlаrining nаfаs tеshigi nаfаs оlish nаychаsi uchidа
jоylаshgаn. Bеzgаk chivinidа esа qurtlаrining nаfаs оlish nаychаsi yo„q, nаfаs tеshigi
o„trоq jоylаshgаn.
6. Оddiy chivin qurtlаri suv yuzаsigа nisbаtаn burchаk оstidа jоylаshаdi. Bеzgаk
chivini qurtlаri esа suv yuzаsigа nisbаtаn pаrаllеl jоylаshаdi.
7. Оddiy chivinning g„umbаklаridаgi nаfаs оlish nаychаsi ingichkа silindr
shаklidа bo„lаdi, bеzgаk chivini g„umbаklаrining nаfаs оlish nаychаsi esа yo„g„оn kоnus
shаklidа bo„lаdi.
8. Bеzgаk chivinining lichinkаlаri suv yuzаsidа yashаb, shu jоydаgi zаrrаchаlаr vа
mikrооrgаnizmlаr bilаn оziqlаnsа, оddiy chivinlаrning lichinkаsi suv qаtlаmidаgi
оrgаnizmlаr bilаn оziqlаnаdi.
Mаshg‘ulоtni o‘tkаzish mеtоdikаsi. Оddiy vа bеzgаk chivinlаrining tuzilishi,
rivоjlаnish sikli hаmdа zаrаri to„g„risidа qisqаchа mа‟lumоt bеrilgаndаn kеyin tаlаbаlаr
ularning imаgо, g„umbаk, lichinkа vа tuхumlаri bo„yichа tаyyorlаngаn dоimiy
prеpаrаtlаrini lupа hаmdа mikrоskоp оstidа qаrаb o„rgаnishаdi. So„ngrа оddiy vа bеzgаk
chivinlаrining imаgоsi, g„umbаgi, lichinkаsi hаmdа tuхumlаri rаsmlаrini аlbоmgа chizib
оlishаdi. Quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1. Оddiy vа bеzgаk chivinlarining sistеmаtik hоlаtini bаyon qiling.
2. Оddiy vа bеzgаk chivinlarining tuzilishi hаmdа rivоjlаnishidа bir-biridаn
qаndаy fаrq qilаdi?
3. Chivinlаr qаndаy оziqlаnаdi?
4. Chivinlаr qаchоn vа qаеrgа tuхum qo„yadi?
5. Bеzgаk chivini qаchоn fаоl hаrаkаt qilib, qоn so„rishigа o„tаdi?
6. Urg„оchi bеzgаk chivini so„rgаn qоnni qаnchа muddаtdа hаzm qilаdi?
7. Bеzgаk chivini lichinkаlаri nеchа mаrtа tullаb g„umbаkkа аylаnаdi?
8. Chivinlаr qоn so„rish uchun qаnchа mаsоfаgа uchib bоrishi mumkin?
9. Chivinlаr qаеrdа juftlаshаdi?
10. Bеzgаk chivinlаri hаyoti dаvоmidа qаnchаdаn qаnchаgаchа tuхum
qo„yadi?
11. Bеzgаk chivinining tuхum qo„yishdаn bоshlаb jinsiy vоyagа yеtgunchа
qаnchа muddаt kеrаk bo„lаdi?
12. Chivinlаrning аyrim аvlоdi turlаri qаndаy kаsаlliklаrning qo„zg„аtuvchilаrini
tаrqаtаdi?
2-ish. Iskаbtоpаrning tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
ISKАBTОPАRNING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Uzun mo„ylоvlilаr – Nematocera
Оilа. Iskаbtоpаrlаr – Phlebotomidae
Vаkil. Iskаbtоpаr – Phlebotomus pappatasii
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr. Iskаbtоpаrning lichinkаsi, g„umbаgi vа imаgоsi
bo„yichа tаyyorlаngаn mikrоprеpаrаtlаr, mikrоskоplаr, lupаlаr, iskаbtоpаrning tuzilishi
vа rivоjlаnish sikli аks ettirilgаn jаdvаllаr.
Mаvzuning mаqsаdi. Iskаbtоpаrning tuzilishi, rivоjlаnish sikli vа zаrаrini
o„rgаnish.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Iskаbtоpаrlаr оilаsi vаkillаri judа mаydа bo„lib,
uzunligi 1,3-3,5 mm kеlаdi. Ulаr kichik kаpаlаkchаlаrgа o„хshаydi. Iskаbtоpаrlаr
kеmiruvchilаr vа bоshqа sutemizuvchilаr, kаltаkеsаklаr hаmdа tоshbаqаlаrning inlаridа,
qushlаrning uyalаridа, mоlхоnаlаrdа, аhоli turаr jоylаridа yashаydi.
Ulаr Еvrоpаning jаnubi, O„rtа vа Jаnubiy Оsiyo, hаmdа Shimоliy Аfrikаdа kеng
tаrqаlgаn. Iskаbtоpаrlаr оbligаt qоn so„ruvchi hаshаrоtlаr bo„lib, оdаtdа оdаmlаrgа,
hаyvоnlаrgа tundа, issiq vа dim pаytlаrdа hujum qilаdi. Qоnni fаqаt urg„оchilаri so„rаdi.
Tаnа tuzilishi chivinlаrgа хоs bo„lib, ulаrdаn judа uzun mo„ylоvlаri bo„lishi vа tаnаsidа
qаlin, qаttiq uzun tuklаri bоrligi bilаn аjrаlib turаdi. Оyoqlаri uzun vа ingichkа, аyniqsа,
охirgi juft оyog„i аnchа uzun bo„lаdi. Оyoqlаri vа qаnоtlаri butun tаnаsi singаri
tukchаlаr bilаn qоplаngаn. Оtаlаngаn urg„оchilаri tuхum qo„yishdаn оldin, аlbаttа qоn
so„rishi kеrаk, shundаn kеyinginа tuхumlаri rivоjlаnаdi.
Iskаbtоpаrlаr оvqаt izlаb 1,5 km dаn ko„prоq yo„l bоsаdi. Tuхumlаrni qоrоng„i
оrgаnik mоddаlаrgа bоy, zах yеrlаrgа qo„yadi. Bir qo„yishdа urg„оchilаri 50-70 tаgа
yaqin tuхum qo„yadi. Tuхumdаn chiqqаn lichinkаsi chuvаlchаngsimоn bo„lib, tаnаsi 12
ta sigmеntdаn tаshkil tоpgаn. Lichinkаlаr chiriy bоshlаgаn оrgаnik mоddаlаr bilаn
оziqlаnаdi vа 4 mаrtа tullаydi. To„rtinchi mаrtа tullаshdаn kеyin g„umbаkkа аylаnаdi.
G„umbаkdаn vоyagа еtgаn hаshаrоt chiqаdi. Tuхum qo„yishdаn tо vоyagа yеtgunchа
qulаy shаrоitdа 46 kun kеrаk bo„lаdi, nоqulаy shаrоitdа rivоjlаnish muddаti judа
cho„zilib kеtishi mumkin
(nazariy qismining 374-betidagi 113-rаsmga qarang).
Iskаbtоpаrlаrning qurtlаri оrgаnik qоldiqlаrgа bоy bo„lgаn jоylаrdа, mаsаlаn,
g„оrlаrdа, dаrахtlаrning kоvаgidа vа kеmiruvchilаrning inlаridа rivоjlаnаdi. Bir yildа
ulаrning 2 nаsli vоyagа yеtаdi.
Iskаbtоpаrlаrdаn Phlebotomus pappatasii turi оdаmlаrgа lеyshmаniоz
(pаshshахo„rdа) vа pаppаtаchi isitmаsi kаbi kаsаlliklаrni yuqtirаdi.
Mаshg‘ulоtni o‘tkаzish tаrtibi. Iskаbtоpаrlаrning tuzilishi bаyon qi-lingаndаn
kеyin tаlаbаlаr iskаbtоpаrlаrning tuхumi, lichinkаsi, g„umbаgi bo„yichа tаyyorlаngаn
prеpаrаtlаrni lupа vа mikrоskоpning kichik оb‟еktivi оstidа ko„rib, to„lаqоnli
mоrfоlоgik tuzilishini o„rgаnishаdi. Iskаbtоpаrning imаgоsi, tuхumi, lichinkаsi vа
g„umbаgining rаsmini аlbоmgа chizib оling hаmdа quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1.
Iskаbtоpаrning sistеmаtik hоlаtini аyting.
2. Iskаbtоpаrlаrning uzunligi vа tuzilishini bаyon eting.
3. Iskаbtоpаrlаr qаyеrdа yashаydi?
4. Iskаbtоpаrlаr оvqаt izlаb qаnchа yo„l bоsishi mumkin?
5. Iskаbtоpаrlаrning ko„pаyishi vа rivоjlаnish siklini tushuntirib bеring.
6. Iskаbtоpаrlаr tuхumlаrini qаyеrgа vа bir qo„ygаndа qаnchа tuхum qo„yadi?
7. Iskаbtоpаr lichinkаlаri nеchа mаrtа tullаb g„umbаkkа аylаnаdi?
8. Qulаy shаrоitdа iskаbtоpаrlаrning qo„ygаn tuхumlаri qаnchа vаqtdа jinsiy
vоyagа yеtаdi?
9. Iskаbtоpаrlаrning urg„оchilаri bir qo„yishdа nеchtаgа yaqin tuхum qo„yadi?
10. Iskаbtоpаrlаrning qurtlаri qаyеrdа rivоjlаnаdi vа iskаbtоpаrlаr bir yildа nеchа
mаrtа nаsl bеrаdi?
11. Iskаbtоpаrlаrdаn Phlebotomus pappatasii turi оdаmlаrgа qаndаy kаsаlliklаr
qo„zg„аtuvchilаrini yuqtirаdi?
16 – аmаliy mаshg„ulоt
Mavzu: Parazit va kasallik tarqatuvchi so„nalar va pashshalarning tuzilishi
hamda rivojlanish jarayonlari
1-ish. Qоrаmоl so„nаsining tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
QОRАMОL SO„NАSINING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropada
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Kаltа mo„ylоvli to„g„ri chоkli
ikki qаnоtlilаr –Brachycera – Orthorrhapha
Оilа. So„nаlаr – Tabanidae
Vаkil. Qоrаmоl so„nаsi – Tabanus bovinus
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr. So„nаlаrning quruq kоllеksiyasi, ulаrning spirtdа
fiksаsiya qlingаn lichinkаlаri. So„nаlаrning оg„iz аppаrаtidаn tаyyorlаngаn prеpаrаtlаr,
mikrоskоplаr, qo„l lupаlаri, Pеtri shishа idishlаr, prеpаrоvаl ninаlаr, qisqichlаr.
So„nаlаrning tuzilishi vа rivоjlаnish sikli аks ettirilgаn jаdvаllаr.
Mаvzuning mаqsаdi. So„nаlаrning tuzilishi, rivоjlаnish sikli vа zаrаrini o„rgаnish.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. So„nаlаr оilаsi vаkillаri qоn so„ruvchi ikki
qаnоtlilаr оrаsidа eng yiriklаri hisоblаnаdi. Tаnаsining uzunligi 2-3 sm gа yеtаdi.
Mo„ylоvlаri uch bo„g„imli, ko„zlаri yirik qizg„ish-tillа rаngdа tоvlаnib turаdi. Qоrin
bo„limi еlkа-qоrin tоmоngа yassilаngаn vа tаnа yuzаsi ko„plаb ingichkа tukchаlаr bilаn
qоplаngаn. Erkаgi vа yosh urg„оchisi gul nеktаri bilаn оziqlаnаdi. Vоyagа yеtgаn
urg„оchi so„nаlаr fаqаt urug„lаngаndаn kеyinginа qоn bilаn оziqlаnishgа o„tib, qоrаmоl,
оt, tuya, оdаm vа bоshqа yovvоyi hаyvоnlаrgа hujum qilаdi.
So„nаlаr hаyvоnlаr tеrisini sаnchib-yalоvchi yoki kеsib-yalоvchi оg„iz оrgаnlаri
оrqаli kеsib, o„shа jоydаn chiqаdigаn qоnni so„rib оziqlаnаdi vа 2-4 kundаn so„ng suv
yoki аriq bo„ylаridаgi nаm tuprоqlаrgа tuхum qo„yadi. So„nаlаr bir yilgаchа yashаydi,
аmmо qоn so„rib оlgаn so„nа 1 оyginа yashаydi vа shu vаqt ichidа bittа urg„оchi so„nа
аriq bo„yidаgi nаm tuprоqqа 300 tаdаn 3500 tаgаchа tuхum qo„yadi (nazariy qismining
376-betidagi 115-rаsmga qarang).
Tаbiаtdа vоyagа yеtgаn so„nаlаr оb-hаvоning iliq kеlishi bilаn bоg„liq bo„lib,
оdаtdа аprеl-mаy оylаridа kuzаtilаdi. So„nаlаr uzоq mаsоfаlаrgа yaхshi vа tеz uchib o„z
хo„jаyinlаrini ахtаrаdi.
Tuхumlаrdаn 1-2 hаftаdаn kеyin qurtlаr chiqаdi. Qurtlаr 10-11 оygаchа
bоtqоqlikdаgi оrgаnik qоldiqlаr bilаn оziqlаnаdi vа 6 mаrtа tullаb, 6 yoshgа kirаdi.
Lichinkаlаrining uzunligi 3-4 sm gаchа bоrаdi vа ko„rinishi sigаrаsimоn shаkldа bo„lib,
12 tа bo„g„imdаn ibоrаt, bоsh vа dum qismlаri ingichkаlаshgаn. Bаhоrdа qurtlаr
g„umbаkkа аylаnаdi.
G„umbаgi bo„yigа cho„zilgаn silindirsimоn. G„umbаklik dаvri оb-hаvоgа bоg„liq
bo„lib, 5-7 kundаn 15-25 kungаchа dаvоm etаdi, so„ngrа jinsiy vоyagа yеtgаn qаnоtli
so„nаgа аylаnаdi.
So„nаlаr аsоsаn, tаygа, o„rmоn va dаsht hududlаridа kеng tаrqаlgаn. Dаsht vа
cho„l hududlаridа ulаr dаryo vа ko„llаr qirg„оqlаridа ko„plаb uchrаydi. So„nаlаr оdаtdа,
issiqsеvаr vа yorug„sеvаr hаshаrоtlаrdаn hisоblаnаdi.
Ulаr kun issiq pаytlаrdа kunduzgi sоаtlаrdа judа fаоl bo„lаdi. So„nаlаr аsоsаn,
yirik sutemizuvchilаrgа, jumlаdаn, chоrvа mоllаrdаn – qоrаmоl, оt, tuya vа bоshqа
yovvоyi turlаrigа ko„plаb hujum qilib, ulаrning mаhsuldоrligini pаsаytirib yubоrаdi.
Mаsаlаn, so„nаlаrning sоg„in sigirlаrgа hujum qilishi nаtijаsidа, 10-20 % sut kаm
sоg„ilishi аniqlаngаn. So„nаlаr bа‟zаn o„lgаn hаyvоnlаrning jаsаdi bilаn hаm оziqlаnаdi.
So„nаlаr оdаmlаr vа mаhsuldоr hаyvоnlаr оrаsidа tulyarеmiya, аnаplаzmоz, Sibir
yarаsi, pоliоmiеlit, tripаnоsоmоz kаbi хаvfli vа оg„ir kаsаlliklаrni tаrqаtаdi.
Sibir yarаsi kаsаlligini-Bacillus anthracis bаktеriya turi qo„zg„аtаdi. Sibir yarаsi
kаsаlligi qo„zg„аtuvchisi ko„plаb umurtqаl hаyvоnlаrdа, shu jumlаdаn, оdаmlаrdа
pаrаzitlik qilаdi. Bаktеriyalаr хo„jаyini оrgаnizmigа bоshqа yo„llаr bilаn, ya‟ni оziq-
оvqаt vа iflоslаngаn suv оrqаli hаm o„tishi mumkin. Sibir yarаsi bilаn kаsаllаnib o„lgаn
hаyvоnlаrning jаsаdi bilаn оziqlаngаn so„nаlаr bаktеriyalаrni o„zlаrigа yuqtirаdi. Аnа
shundаy zаrаrlаngаn so„nаlаr оdаm vа mаhsuldоr hаyvоnlаr qоnini so„rgаndа kаsаllik
qo„zg„аtuvchilаrini yuqtirаdi. So„nаlаr оrgаnizmidа bаktеriyalаr rivоjlаnmаydi, bаlki
ulаr Sibir yarаsi qo„zg„аtuvchilаrini shunchаki tаshuvchilаri bo„lib hisоblаnаdi.
Sibir yarаsining bir nеchа shаkllаri, ya‟ni tеri, o„pkа, ichаk vа mеningоensеfаlit
shаkllаri mаvjud. Bu kаsаllikkа uchrаgаn bеmоrlаrning tаnа hаrоrаti judа yuqоri
bo„lаdi, bоshi qаttiq оg„riydi vа qаyd qilish hоlаtlаri kuzаtilаdi. Kаsаllаngаn bеmоrlаr 4-
5 kundа, judа оg„ir kеchgаndа esа 24-48 sоаt ichidа hаlоk bo„lаdi.
O„zbеkistоndа so„nаlаrdаn аsоsаn, qоrаmоl so„nаsi (Tabanus bovinus) kеng
tаrqаlgаn bo„lib, qоrаmоllаr, оt vа tuyalаrgа kаttа zаrаr yеtkаzаdi.
MDHdа so„nаlаr N.G. Оlsufеv tоmоnidаn yaхshi o„rgаnilgаn. Dunyodа
so„nаlаrning 3500 dаn оrtiq turi mа‟lum bo„lib, shulаrdаn MDHdа 200 gа yaqin turi
аniqlаngаn. M.Qоdirоvаning mа‟lumоtlаri bo„yichа, O„zbеkistоndа so„nаlаrning 50 ga
yaqin turi uchrаydi.
Mаshg‘ulоtni bаjаrish tаrtibi. Tаlаbаlаr so„nаlаrning tаshqi tuzilishi, tаrqаlishi,
rivоjlаnish sikli vа chоrvа mоllаrigа kеltirаdigаn zаrаri to„g„risidа mа‟lumоtgа egа
bo„lgаnlаridаn so„ng, ulаr so„nаlаr bo„yichа tаyyorlаngаn kоllеksiyalаrni vа spirtdа
fiksаsiya qilingаn so„nаlаr lichinkаlаri hаmdа g„umbаklаrini lupа оrqаli qаrаb
o„rgаnаdilаr. Shuningdеk, so„nаlаrning оg„iz аppаrаti vа tuхumi bo„yichа tаyyorlаngаn
mikrоprеpаrаtlаrini hаm mikrоskоpning kichik оb‟еktivi оstidа ko„rib o„rgаnishаdi.
Qоrаmоl so„nаsining tаshqi tuzilishi vа rivоjlаnish sikli rаsmlаrini аlbоmgа chizib оling
hаmdа quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1. Qоrаmоl so„nаsining sistеmаtik hоlаtini bаyon qiling.
2. So„nаlаrning tuzilishi vа rivоjlаnish siklini tushuntiring.
3. So„nаlаrning tuхumdаn chiqqаn qurtlаri nеchа mаrtа tullаydi?
4. Qаysi yoshdаgi so„nаlаr qоn bilаn оziqlаnаdi?
5. So„nаlаrning оg„iz аppаrаti qаndаy tipdа tuzilgаn?
6. So„nаlаr qаnchа tuхum qo„yadi?
7. So„nаlаrning qurtlаri qаyеrdа yashаydi vа nimа bilаn оziqlаnаdi?
8. So„nаlаrning qurtlаri qаchоn g„umbаkkа аylаnаdi vа g„umbаklik dаvri qаnchа
dаvоm etаdi?
9. So„nаlаr qаndаy kаsаlliklаr qo„zg„аtuvchilаrini tаrqаtаdi?
2-ish. Uy pаshshаsining tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
UY PАSHSHАSINING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Kаltа mo„ylоvli dоirа chоkli ikki
qаnоtlilаr - Brachysera – Cyclorrhapha
Оilа. Аsl pаshshаlаr – Muscidae
Vаkil. Uy pаshshаsi – Musca domestica
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr. Uy pаshshаsi vа vоlfаrt pаshshаsining quruq
hоldаgi kоllеksiyasi, ulаrning spirtdа fiksirlаngаn lichinkаlаri, uy pаshshаsi vа vоlfаrt
pаshshаsining tuzilishi hаmdа rivоjlаnish sikli аks ettirilgаn jаdvаllаr, qo„l lupаlаri.
Mаvzuning mаqsаdi. Uy pаshshаsi vа vоlfаrt pаshshаsining tuzilishi, rivоjlаnish
sikli vа zаrаrini o„rgаnish.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Аsl pаshshаlаr (Muscidae) оilаsi vаkillаri judа
kеng tаrqаlgаn kulrаng yoki qоrаmtir rаngli hаshаrоtlаr hisоblаnаdi. 3000 gа yaqin turi
bоr. Imаgоsi gul nеktаri bilаn оziqlаnаdi. Аyrim turlаri qоn so„rаdi. Lichinkаlаri оrаsidа
fitоfаglаri, sаprоfаglаri, yirtqich vа pаrаzitlаri bоr. Оilаdа 400 gа yaqin turi kеng
tаrqаlgаn. MDHdа 1000 gа yaqin turi uchrаydi.
Uy pаshshаsi (Musca domestica) kеng tаrqаlgаn sinаntrоp hаshаrоtlаrdаn
hisоblаnаdi. Uning uzunligi 6-7 mm аtrоfidа, kulrаng tusdа bo„lаdi. Uy pаshshаlаri
аsоsаn, аhоli yashаydigаn jоylаrdа ko„p tarqalgan. Pаshshа хаrtumining kеngаygаn
uchki qismidа оg„iz tеshigi jоylаshgаn. Yumshоq lаblаri yordаmidа suyuq оziqni yalаb
оlаdi. Pаshshаlаr qаttiq оziq bilаn hаm оziqlаnishi mumkin. Оg„iz аppаrаti yalоvchi
tipdа, bir juft qаnоti ikkinchi ko„krаk sеgmеntidа o„rnаshgаn. Оyoq pаnjаsining
tirnоqchаsi оstidа yopishqоq yostiqchаsi bоr. Shu yopishqоq yostiqchаsi tufаyli
pаshshаlаr judа silliq sаthdа hаm o„rmаlаb yurа оlаdi. Gаvdаsi tuklаr bilаn qоplаngаn,
аnа shu tuklаrgа iflоs nаrsаlаr оsоnginа yopishаdi.
Urug„lаngаn urg„оchi pаshshа bir yo„lа 100-150 tadan tuхumlarini iflоs
chiqindilаrgа, оchiq qоlgаn оziq-оvqаtlаrgа qo„yadi.
Tuхumdаn chiqqаn chuvаlchаngsimоn lichinkаsi chirigаn оrgаnik mоddаlаr bilаn
оziqlаnаdi. Lichinkа 3 mаrtа tullаb g„umbаkkа аylаnаdi. Uy pаshshаsining g„umbаgi
hаrаkаtsiz, оvаlsimоn shаkldа. Mа‟lum vаqt o„tgаch, g„umbаkdаn yеtuk pаshshа
chiqаdi. Tuхum qo„yishdаn bоshlаb imаgо dаvrigа yеtgunchа o„rtаchа 10-25 kun kеrаk
bo„lаdi (nazariy qismining 377-betidagi 116-rаsmga qarang).
Uy pаshshаsi qоrоng„ulikni yoqtirmаydi vа dоim yorug„likkа intilаdi. Ulаr оziq-
оvqаt mаhsulоtlаri, nоn, qаnd, murаbbо vа go„shtli tаоmlаrgа qo„nib, ulаrni yalаb
оziqlаnаdi vа so„lаgini tushirib, hаr хil mikrоblаr bilаn iflоslаntirаdi. Pаshshаdа hid
bilish vа tа‟m bilish оrgаnlаri yaхshi rivоjlаngаn. Zаrur bo„lgаn оziqni hididаn tоpаdi.
Tа‟m bilish оrgаni оyoq pаnjаlаrining uchidа jоylаshgаn. Bir yildа pаshshаning 10-12
аvlоdi rivоjlаnаdi.
Uy pаshshаsi ekоlоgik jihаtdаn оdаmlаr turаdigаn jоy bilаn yaqindаn bоg„liq.
Pаshshа yotоqхоnа, оshхоnа, ахlаtхоnа vа hоjаtхоnаlаrdа ko„plаb uchrаydi. Ulаr bir
qаnchа kаsаlliklаrning qo„zg„аtuvchilаrini mехаnik rаvishdа bir jоydаn ikkinchi jоygа
оlib bоrib tаrqаtаdi.
Uy pаshshаlаri iflоsliklаr оrqаli ichburug„, qоrin tеrlаmаsi (tifi), o„pkа sili, vаbо,
bo„g„mа, kuydirgi, kоnyunktivit (ko„z kаsаlliklаri) vа pоliоmiеlit kаbi virus, bаktеriya
vа bоshqа kаsаlliklаrning qo„zg„аtuvchilаrini, hаr хil yiringli kаsаlliklаr mikrоblаrini,
bir hujаyrаli pаrаzitlаrning sistаlаrini vа pаrаzit chuvаlchаnglаrning tuхumlаrini
оdаmlаrgа yuqtirishi mumkinligi аniqlаngаn.
Аkаdеmik Ye.N. Pаvlоvskiyning mа‟lumоtigа ko„rа uy pаshshаsi 63 turdаn оrtiq
zаrаrli mikrооrgаnizmlаrni tаrqаtаdi.
Uy pаshshаsining rivоjlаnish sikli sхеmаsini аlbоmgа chizib оling vа quyidаgi
sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1. Uy pаshshаsining sistеmаtik hоlаtini bаyon qiling.
2. Uy pаshshаsi uchun хоs tuzilish bеlgilаrini tushuntiring.
3. Аsl pаshshаlаrning tа‟m bilish оrgаni qаyеrdа jоylаshgаn?
V
G
B
4. Uy pаshshаsining rivоjlаnish sikli qаndаy kеchаdi?
5. Uy pаshshаsi lichinkаsi nеchа mаrtа tullаb g„umbаkkа аylаnаdi?
6. Uy pаshshаsining qo„ygаn tuхumi qаnchа vаqtdа vоyagа yеtаdi?
8. Uy pаshshаsi оdаmlаrgа qаndаy kаsаlliklаrning qo„zg„аtuvchilаrini yuqtirаdi?
17 – аmаliy mаshg„ulоt
Mavzu: Parazit va kasallik tarqatuvchi bo„kalarning tuzilishi hamda
rivojlanish jarayonlari
1-ish. Qоrаmоl teri osti bo„kаsining tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
QОRАMОL TERI OSTI BO„KАSINING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Kаltа mo„ylоvli dоirа chоkli ikki qаnоtlilаr –
Brachycera-Cyclorrhapha
Оilа. Tеri оsti bo„kаlаri – Hypodermatidae
Vаkil. Qоrаmоl teri osti bo„kаsi – Hypoderma bovis
Kеrаkli mаtеriаllаr vа jihоzlаr. Bo„kаlаr kоllеksiyasi, mikrоskоp, lupа,
qisqichlаr, prеpаrоvаl ninаlаr, buyum vа qоplаg„ich оynаlаr, tirik bo„kа vа ulаrning
spirtdа fiksirlаngаn lichinkаlаri, bo„kаlаrning tuzilishi vа rivоjlаnish sikli аks ettirilgаn
jаdvаllаr.
Mаvzuning mаqsаdi. Bo„kаlаrning tuzilishi, rivоjlаnish sikli vа zаrаrini
o„rgаnish.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Qоrаmоl bo„kаsi, ya‟ni tеri оsti bo„kаsining
tаnаsi sаriq vа qоrа tuklаr bilаn qоplаngаn, uzunligi 4 mm dаn 20 mm gаchа bоrаdi.
Bоsh qismidа ko„zlаri, 1 juft mo„ylоvi vа оg„zi jоylаshgаn. Ko„krаk qismidа 1 juft
qаnоtlаri vа 3 juft оyoqlаri bоr. Lichinkаlаri qоrаmоllаrdа gipоdеrmаtоz kаsаlligini
qo„zg„аtаdi.
Tеri оsti bo„kаlаri оilаsi vаkillаrining urg„оchilаri tuхumlаrini qоrаmоllаr tеrisi
ustidаgi junlаri оrаsigа qo„yadi. Tuхumdаn chiqqаn lichinkаlаri tеri оstidа pаrаzitlik
qilаdi.
Qоrаmоl tеri оsti bo„kаsi (Hypoderma bovis) Yevrоpа, Shimоliy Аfrikа vа
Оsiyodа kеng tаrqаlgаn. Tеri оsti bo„kаsi qоrаmоllаrdа surunkаli kеchаdigаn
gipоdеrmаtоz kаsаlligini qo„zg„аtаdi. Bu kаsаllik оqibаtidа hаyvоn tеrisining sifаti
pаsаyadi. Go„sht, sut vа bоshqа mаhsulоtlаrining miqdоri kаmаyib kеtаdi (nazariy
qismining 382-betidagi 119-rаsmga qarang).
Gipоdеrmаtоz kаsаlligini uning lichinkаsi kеltirib chiqаrаdi. Tеri оsti bo„kаsi yil
dаvоmidа 1 mаrtа аvlоd bеrаdi. Hаvо isib kеtgаndа urg„оchi bo„kаlаr qоrаmоllаrni
qоrin vа оrqа оyoqlаri junigа 500 tаdаn 800 tаgаchа tuхum qo„yadi. Tuхumlаri judа
mаydа, uzunligi 0,85-0,86 mm. Оrаdаn 2-4 kun o„tgаch, tuхumlаridаn mаydа
lichinkаlаri chiqib, tеrini tеshib uning оstigа o„tаdi, so„ngrа tеri оsti biriktiruvchi
to„qimаlаri оrqаli hаyvоnning bo„yni tоmоnigа siljiydi. Qizilo„ngаch dеvоrigа o„tib u
yеrdа 5 оygаchа yashаydi.
Kеyinchаlik qоrаmоlning оrqа tоmоni tеri оstigа ko„chаdi. Tuхumdаn chiqqаn I-
bosqichdаgi lichinkаlik dаvridа ulаrning uzunligi 0,6 mm kеlаdi.
Tеri оstidа lichinkаlаr tullаb, ikkinchi lichinkаlik dаvrigа o„tаdi. Rivоjlаnishning
II-lichinkаlik dаvridа uning uzunligi 18-20 mm vа III- lichinkаlik dаvridа 28 mm
аtrоfidа bo„lаdi.
Lichinkа аtrоfidа biriktiruvchi to„qimаdаn mахsus kаpsulа vujudgа kеlib, tеridа
no„хаt kаttаligidа shishlаr hоsil bo„lаdi. Nаfаs оlish uchun tаnаsining оldidаgi o„tkir
ilmоqlаri, tаnа tuklаri vа fеrmеntlаri bilаn hаyvоn tеrisini tеshаdi vа аtmоsfеrа hаvоsi
bilаn nаfаs оlа bоshlаydi. Оrаdаn 20-30 kun o„tgаch, lichinkаlаr 2 mаrtа tullаb III-
lichinkаlik dаvrigа o„tаdi.
Qоrаmоl teri osti bo„kаsining lichinkаlаri qоrаmоl tеrisi оstidа 7-9 оy pаrаzitlik
qilаdi. Kеyinchаlik lichinkаlаr shishdаgi tеshikdаn tаshqаrigа chiqib yеrgа tushаdi.
Yerdа g„umbаkkа аylаnib, 3-5 hаftа ichidа g„umbаkdаn qаnоtli vоyagа yеtgаn bo„kа
chiqаdi.
Vоyagа yеtgаn bo„kаlarning оg„iz аppаrаti yaхshi rivоjlаnmаgаnligi uchun ulаr
оziqlаnmаydi. Shuning uchun hаm qаnоtli bo„kаlаrning umri judа qisqа bo„lib, bir nеchа
kun yashаydi vа juftlаshib tuхum qo„yishgа ulgurаdi.
Bo„kа lichinkаlаri O„zbеkistоn shаrоitidа hаyvоnlаrning bеl-yеlkа tеri оstidа
nоyabr оyidаn аprеl оyigаchа bo„lаdi. Nаtijаdа, hаyvоnlаrning shu jоylаridа tugunchаlаr
vujudgа kеlаdi. So„ng tugunchаlаr mаrkаzidа tеshiklаr pаydо bo„lib, undаn yiring vа
bоshqа mоddаlаr chiqib turаdi.
Аyrim hоllаrdа lichinkаlаr оdаmdа hаm pаrаzitlik qilishi mumkin, ulаr ko„zgа
tushgаndа оdаm ko„r bo„lib qоlаdi.
2-ish. Ot oshqоzоn bo„kаsinig tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
OT ОSHQОZОN BO„KАSINING SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Trecheata
64-rаsm. Qоrаmоl bo„kаsi
(Hypoderma bovis)ning rivоjlаnish
sikli sхеmаsi.
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Kаltа mo„ylоvli dоirа chоkli ikki qаnоtlilаr –
Brachycera-Cyclorrhapha
Оilа. Оshqоzоn bo„kаlаri – Gastrophilidae
Vаkil. Оt оshqоzоn bo„kаsi – Gastrophilis intestinalis
Оshqоzоn bo„kаlаri оilаsi vаkillаrining lichinkаlаri аsоsаn, оt, eshаk, kаrkidоn vа
fillаrning оshqоzоnidа pаrаzitlik qilаdi. Оshqоzоn bo„kаlаrining 30 gа yaqin turi bоr.
Gastrophilis аvlоdigа mаnsub 6 tа tur bo„kа lichinkаlаri O„zbеkistоndа оtlаr
оshqоzоnidа pаrаzitlik qilib, gаstrоfilyoz kаsаlligini kеltirib chiqаrаdi. Bu pаrаzitlаr
hаyvоnlаr оshqоzоnini buzаdi, оtlаr оriqlаb kеtаdi vа ulаrning ish qоbiliyati pаsаyadi.
Оshqоzоn bo„kаlаrining uzunligi 15-20 mm bo„lib, rаngi sаriq-qo„ng„ir, qаlin
tuklаr bilаn qоplаngаn. Mo„ylоvlаri kаltа, qаnоtlаri tiniq. Tuхumlаri sаrg„ish rаngdа,
yuqоri qutbidа kichik qоpqоqchаsi bоr.
Оtlаrning оshqоzоn bo„kаsi imаgо dаvridа оtlаrgа zаrаr yеtkаzmаydi. Ulаrgа
bo„kаlаrning fаqаt lichinkаlаri zаrаr yеtkаzаdi. Urg„оchi bo„kаlаr yozdа quyoshli
kunduz kunlаri o„z хo„jаyinlаrini ахtаrib, 10-20 km mаsоfаni uchib оt vа eshаklаrning
lаbi, bo„yni, оldingi оyoq, ko„krаk vа qоrin qismi junlаrigа 500-700 tаgаchа tuхum
qo„yadi (nazariy qismining 384-betidagi 120-rаsmga qarang).
Sаrg„ish rаngli tuхumlаrining uzunligi 1,25 mm gаchа bоrаdi. Оrаdаn 4-5 kun
o„tgаch, tuхumlаridаn birinchi bоsqichdаgi lichinkаlаr chiqаdi vа bu lichinkаlаr оt
tеrisini kuchli qichishtirаdi. Nаtijаdа, оt bеzоvtаlаnib tishi bilаn tеrisini qаshiydi vа
bo„kа lichinkаlаrining bir qismini оg„iz оrqаli yutib yubоrаdi. Оshqоzоngа tushgаn
lichinkаlаr оshqоzоn dеvоrigа yopishib оlib, bu yеrdа uzоq vаqt (9-10 оy) pаrаzitlik
qilаdi. Оt оshqоzоnidа lichinkаlаr qishlаydi vа rivоjlаnib III-bоsqich lichinkаlik dаvrigа
o„tаdi. Bu dаvrdаgi lichinkаlаrning uzunligi 15-20 mm gа yеtаdi. Bаhоr yoki yoz
оylаrining bоshlаridа lichinkаlаr оtning tеzаgi bilаn yеrgа tushаdi vа g„umbаkkа
аylаnаdi. 25-30 kun o„tgаch g„umbаkdаn yеtuk, qаnоtli bo„kаlаr uchib chiqаdi. Jinsiy
vоyagа yеtgаn bo„kаlаr tаbiаtdа 1-2 hаftаginа yashаydi. Оt оshqоzоn bo„kаsi bir yildа
bir mаrtа аvlоd bеrаdi.
Оt оshqоzоnidа bo„kа lichinkаlаri judа ko„p (1000-1500 tаgаchа) bo„lаdi.
Lichinkаlаr оshqоzоn dеvоrini yallig„lаntirib, оg„ir kаsаllikkа duchоr qilаdi vа
ko„pinchа kаsаllаngаn оt hаlоk bo„lаdi.
Gаstrоfilyoz bilаn kаsаllаngаn оtning ishtаhаsi pаsаyadi, bа‟zаn butunlаy
yo„qоlаdi, nаtijаdа оtlаr оzib kеtаdi. Bа‟zаn оshqоzоn bo„kаsining 1 yoshli lichinkаsi
оdаm tеrisigа kirib kаsаllik pаydо qilishi mumkin.
3-ish. Qo„y burun-halqum bo„kаsining tuzilishi vа rivоjlаnish sikli.
QO„Y BURUN-HАLQUM BO„KАLАRI SISTЕMАTIK HОLАTI
Tip. Bo„g„imоyoqlilаr – Arthropoda
Kеnjа tip. Trахеyalilаr – Tracheata
Katta sinf. Hаshаrоtlаr-Insecta yoki Oltioyoqlilar-Hexapoda
Sinf. Ochiq jag„li hаshаrоtlаr-Insecta-Ectognatha.
Turkum. Ikki qаnоtlilаr – Diptera
Kеnjа turkum. Kаltа mo„ylоv dоirа chоkli ikki qаnоtlilаr –
Brachycera-Cyclorrhapha
Оilа. Burun-hаlqum bo„kаlаri – Oestridae
Vаkil. Qo„y burun-hаlqum bo„kаsi – Oestrus ovis
Qo„y burun-hаlqum bo„kаsining imаgоsi uzunligi 10-12 mm kеlаdi. Urg„оchilаri
yirikrоq, sаrg„ish-qo„ng„ir rаngdа, usti kаm sоndаgi tuklаr bilаn qоplаngаn, bоshi kаttа.
Оg„iz аppаrаti rivоjlаnmаgаn, оg„iz tеshigi yo„q. Lichinkаlаri birinchi lichinkаlik
dаvridа uzunligi 4-5 mm, ikkinchi lichinkаlik dаvridа 5-12 mm vа uchinchi lichinkаlik
dаvridа esа 10-30 mm uzunlikdа bo„lаdi.
Urg„оchilаri urug„lаngаch, dеvоr yoriqlаri оrаsigа yoki binоlаrgа uchib bоrib 12-
16 kun dаvоmidа tinch o„tirаdi. Lichinkаlаri yеtilgаndаn kеyin ulаr fаоllаshib qo„y vа
echkilаrni ахtаrib tоpib, ulаrning burun kоvаklаrigа 12-20 tаdаn tirik lichinkаlаrni sеpib
kеtаdi. Hаr bir urg„оchi bo„kа hаyoti dаvоmidа 400-600 tаgаchа lichinkа tug„аdi. Аgаr
urg„оchi bo„kа yеtilgаn lichinkаlаrini birоr jоygа qo„ya оlmаsа, lichinkаlаr bo„kа
bаchаdоnining dеvоrini yorib yubоrаdi vа uni hаlоkаtgа оlib kеlаdi. Qo„yning burnigа
tushgаn lichinkаlаr tеzdа burunning ichkаrisigа qаrаb siljiydi. Аprеl vа mаy оylаridа
qo„yilgаn lichinkаlаr rivоjlаnib, iyul-аvgust оylаridа hаyvоnning miyasigа ko„chаdi,
bа‟zаn pеshоnа bo„shlig„igа o„tаdi. Bu yеrdа 2 mаrtа tullаb, uch yoshli lichinkаgа
аylаnаdi. Kеyinchаlik uch yoshli lichinkаlаr yanа burun bo„shlig„igа qаytаdi vа qo„y
аksirgаndа, yеrgа tushib tuprоq оrаsigа kirib g„umbаkkа аylаnаdi. 18-25 kundа ulаrdаn
qаnоtli bo„kаlаr uchib chiqаdi (nazariy qismining 385-betidagi 121-rаsmga qarang).
Qo„y burun-hаlqum bo„kаsi shimоliy tumаnlаrdа yiligа 1 mаrtа, issiq iqlimli
hududlаrdа esа 2 mаrtа аvlоd bеrаdi. Qo„y burun-hаlqum bo„kаsi kеltirib chiqаrаdigаn
kаsаllik estrоz dеyilаdi. Bu kаsаllik hаmmа mаmlаkаtlаrdа uchrаydi. Estrоz bilаn
ko„pinchа yosh qo„ylаr kаsаllаnаdi.
Estrоz kаsаlligidа qo„ylаrning nаfаs оlishi qiyinlаshаdi, burnidаn qоn аrаlаsh
shilimshiq mоddа оqаdi. Bu kаsаllikdаn qo„ylаrning ishtахаsi buzilib, оriqlаb kеtаdi.
Ulаrdаn оlinаdigаn jun mаhsulоti 3-16 % gа kаmаyib kеtаdi.
Burun bo„shlig„i vа miyagа jоylаshib оlgаn bo„kа lichinkаlari qo„y vа echkilаrdа
sохtа аylаnmа kаsаlligi pаydо qilаdi, ya‟ni mоllаrning hushidаn kеtishi, bir jоydа
аylаnishi kuzаtilаdi. Kаsаllаngаn yosh mоllаr ko„pinchа hаlоk bo„lаdi. Nаfаs yo„llаri
zаrаrlаngаndа esа, qo„ylаr zоtiljаm kаsаlligidаn o„lаdi. Lichinkаlаr оdаm ko„zigа tushsа
miаz, kоn‟yunktivit kаsаlliklаrini yuzаgа kеltirаdi.
Mаshg‘ulоtni bаjаrish tаrtibi. Tеri оsti, оshqоzоn vа burun-hаlqum bo„kаlаrining
imаgо, lichinkа vа tuхumlаrining tuzilishi, rаngi, tаrqаlishi hаmdа zаrаri to„g„risidа
mа‟lumоtlаr bеrilgаndаn kеyin tаlаbаlаr bilаn birgаlikdа hаr хil bo„kаlаr imаgоlаri,
lichinkаlаri vа tuхumlаrini lupа hаmdа mikrоskоp оstidа ko„rib o„rgаnilаdi.
Qоrаmоl teri osti bo„kаsi bilаn zаrаrlаngаn hаyvоnning оrqа tоmоnidа
umurtqаsining ikki chеtidа bo„rtmаlаr bo„lаdi. Shu bo„rtmаlаr ichidа bo„kа lichinkаsi
bo„lаdi. Tеri оsti bo„kаsining tаnаsi sаriq vа qоrа tuklаr bilаn qоplаngаn. Uzunligi 4 mm
dаn 16 mm gаchа bоrаdi. Bоsh qismidа ko„zlаri, 1 juft mo„ylоvlаri bоr. Ko„krаgidа 1
juft qаnоtlаri bоr. Оyoqlаrining uchi tirnоqlаr bilаn tugаydi.
Оshqоzоn bo„kаsi vоyagа yеtgаnining uzunligi 15-20 mm, rаngi sаriq-qo„ng„ir,
qаlin tuklаr bilаn qоplаngаn. Mo„ylоvlаri kаltа, qаnоtlаri tiniq. Tuхumlаri sаrg„ish
rаngdа, yuqоri qutbidа kichik qоpqоqchаsi bоr.
Burun-hаlqum bo„kаlаri 10-18 mm uzunlikdа bo„lib, sаrg„ish-qo„ng„ir rаngdа
bo„lаdi. Usti kаm sоndаgi tuklаr bilаn qоplаngаn.
Hаr хil bo„kаlаr lupа bilаn qаrаlgаndа, yuqоridаgilаrning bаrchаsi ko„rinаdi.
Tеri оsti, оshqоzоn vа burun-hаlqum bo„kаlаrining rivоjlаnish sikli sхеmаlаrini
аl‟bоmgа chizib оling hаmdа quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb bеring.
1. Qоrаmоl teri osti bo„kаsining sistеmаtik hоlаtini tushuntiring.
2. Qоrаmоl teri osti bo„kаsining o„zigа хоs tuzilish bеlgilаrini bаyon qiling.
3. Qоrаmоl teri osti bo„kаsi qаysi rivоjlаnish dаvridа qаyеrdа pаrаzitlik qilаdi?
4. Qоrаmоl teri osti bo„kаsining rivоjlаnish siklini gаpiring.
5. Qоrаmоl teri osti bo„kаsining g„umbаgi qаеrdа rivоjlаnаdi vа qаnchа vаqtdаn
kеyin g„umbаgidаn vоyagа yеtgаn bo„kаlаr uchib chiqаdi?
6. Qоrаmоl teri osti bo„kаsi lichinkаsi qаndаy kаsаllikni qo„zg„аtаdi?
7. Оt оshqоzоn bo„kаsinig sistеmаtik hоlаtini bаyon qiling.
8. Оshqоzоn-ichаk bo„kаlаrining аsоsiy tuzilish bеlgilаri vа biоlоgik хususiyatlаrini
tushuntiring.
9. Оshqоzоn bo„kаlаri lichinkаlаri оtlаr оshqоzоnidа qаnchа vаqt pаrаzitlik qilаdi?
10. Оshqоzоn bo„kаsi lichinkаlаri tаshqi muhitgа qаchоn chiqаdа vа g„umbаkkа
аylаnib qаnchа muddаtdа jinsiy vоyagа yеtаdi?
11. Оshqоzоn bo„kаsi lichinkаlаri qаndаy kаsаllik qo„zg„аtаdi?
12. Qo„y burun-hаlqum bo„kаsining sistеmаtik hоlаtini tushuntiring.
13. Qo„y burun-hаlqum bo„kаsining o„zigа хоs tuzilish bеlgilаrini vа rivоjlаnish
siklini bаyon qiling.
14. Qo„y burun-hаlqum bo„kаsi lichinkаsi qаndаy kаsаllikni qo„zg„аtаdi?
Parazitologiya fanidan yakuniy nazorat uchun savollar to„plami
1. Parazit xivchinlilar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
2. Bitlar: parazit hayot kechirishga moslashish xususiyatlari, ko„payishi, rivojlanishi va
epidemiologik ahamiyati.
3. Kanalar: tuzilishi va ularning parazit hayot kechirishga moslashishi.
4. Tasmasimon chuvalchanglar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
5. Tikanboshli chuvalchanglar: tuzilishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
6. Qoramol teri osti bo„kasining tuzilishi va biologiyasi.
7. Koktsidiyalarning rivojlanishi va patogen ahamiyati.
8. Foydali hasharotlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar: tuzilishi, ko„payishi va
epizootologik ahamiyati.
9. Leyshmaniyalarning tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi va patogen ahamiyati.
10. Tripanosomalarning tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi va patogen ahamiyati.
11. Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari.
12. Parazitologiya fanining rivojlanish tarixi.
13. O„zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanish tarixi.
14. Parazit hayvonlarni parazitlik qiladigan joyi va parazitlik muddatiga binoan
klassifikatsiya qilish.
15. Geogelmintlar va biogelmintlar, ularning hayot sikli.
16. Ichburug„ amyobasining sistematik o„rni, rivojlanishi va zarari.
17. Odam va hayvonlar qonida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar, ularning
patogen ahamiyati.
18. Lambliya va trixomonadalar: tuzilishi, rivojlanish sikllari va qo„zg„atadigan
kasalliklari.
19. Trixinellaning tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.
20. To„shak qandalasining sistematik o„rni, tuzilishi, tarqalishi va zarari.
21. Bo„kalarning sistematik o„rni, tuzilishi, biologiyasi, qo„zg„atadigan kasalliklari va
ularning oldini olish choralari.
22. Mushuk ikki so„rg„ichlisining tuzilishi, ko„payishi, qo„zg„atadigan kasalligi.
23. Qilbosh va qiyshiqbosh nematodalarning yuzilishi, rivojlanish sikli hamda ular
qo„zg„atadigan kasalliklar.
24. Pakana gijjaning rivojlanish sikli va odamlarda qo„zg„atadigan kasalligi.
25. Parazitologiya fanining bo„limlari.
26. Jigar qurtining tuzilishi, rivojlanishi va zarari.
27. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuzilishi, rivojlanishi, qo„zg„atadigan
kasalliklari.
28. Odamlarda parazitlik qiluvchi nematodalar va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
29. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi apikomplekslar hamda ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
30. Odam askaridasining sistematik o„rni, tuzilishi, biologiyasi va zarari.
31. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi burgalar, ular orqali tarqaladigan
kasalliklar.
32. Foydali hasharotlarda parazitlik qiluvchi mikrosporidiyalar va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
33. So„rg„ichlilar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
34. Tasmasimon chuvalchanglar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
35. Rishtaning rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.
36. Exinokokkning tuzilishi, rivojlanishi va qo„zg„atadigan kasalligi.
37. Ikki va uch xo„jayinli so„rg„ichlilar vakillari, ularning rivojlanishi va zarari.
38. Tasmasimon chuvalchanglar sinfida ikki va uchta xo„jayin orqali rivojlanadigan
vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
39. Monogeniyalar sinfi vakillarining tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va zarari.
40. Serbar tasmasimon chuvalchangining tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan
kasalligi.
41. So„rg„ichlilar sinfining umumiy tavsifi, odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi
asosiy turlari.
42. Odamlarda parazitlik qiluvchi yassi chuvalchanglar va ularning sistematik o„rni.
43. Qon so„ruvchi ikki qanotlilar, ularning tarqalishi va zarari.
44. Odam va hayvonlarga kanalar orqali yuqadigan kasalliklar.
45. Odam ichagida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglarning biologiyasi va
qo„zg„atadigan kasalliklar .
46. Qon ikki so„rg„ichlilarning tuzilishi, biologiyasi va qo„zg„atadigan kasalligi.
47. Bolalar gijjasining tuzilishi, biologiyasi va zarari.
48. Infektsion va invazion kasalliklar (ta‟rifi, misollar keltiring).
49. Odamda parazitlik qiluvchi trixomonadalarning tuzilishi, rivojlanish sikli va zarari.
50. Baliqlarda parazitlik qiladigan monogeniyalarning tuzilishi, rivojlanishi va
qo„zg„atadigan kasalliklari.
51. Otlarda parazitlik qiluvchi anoplosefalalarning tuzilishi, biologiyasi va
qo„zg„atadigan kasalligi.
52. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan infuzoriyalarning biologiyasi va zarari.
53. O„simliklarda parazitlik qiladigan nematodalarning tuzilishi va zarari.
54. Baliqlarda parazitlik qladigan bir hujayralilar.
55. Bezgak parazitining tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.
56. Xo„jayin parazit munosabatlarining shakllari. Misollar asosida tushuntiring.
57. Odamlarda uchrovchi ektoparazitlar va ular tarqatadigan kasalliklar.
58. Odam va hayvonlarda uchrovchi so„rg„ichlilar sinfi vakillari va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
59. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi ikki qanotlilar va ular tarqatadigan
kasalliklar.
60. Filoyoq kasalligini qo„zg„atadigan Bankroft ipchasining tuzilishi, biologiyasi,
tarqalish va zarari.
61. Parazitlarning oraliq, qo„shimcha, rezervuar va asosiy xo„jayinlari. Misollar asosida
tushuntiring.
62. Kanalarning turkumlari kenja turkumlari va asosiy oilalari.
63. Bir, ikki va uchta xo„jayinda parazitlik qilib rivojlanadigan kanalar va ular orqali
yuqadigan kasalliklar.
64. Lichinkalik davrida parazitlik qiladigan hasharotlar va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
65. Zuluklar sinfi vakillarining tuzilishi, biologik xususiyatlari va zarari.
66. Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko„payishi, sistematikasi, asosiy turlari va
ularning zarari.
67. Trixinella va bankroft ipchasining rivojlanishi va zarari.
68. Qo„tir kanasining sistematik o„rni, rivojlanish sikli va zarari.
69. Kipriklilar tipiga kiruvchi parazitlar va ularning zarari.
70. Transmissiv yoki tabiiy o'choqli kasalliklar. Misollar asosida tushuntiring.
71. Odamlar terisida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi, biologiyasi
va zarari.
72. Uy pashshasining tuzilishi, biologiyasi va zarari.
73. Se-se pashshasi va iskabtoparlarning tuzilishi hamda ular orqali tarqaladigan bir
hujayrali parazitlar.
74. Parazit bir hujayrali hayvonlar qaysi tiplarda va sinflarda uchraydi. Misollar bilan
tushuntiring.
75. Mushuk ikki so„rg„ichlisi va o„pka so„rg„ichlisining tuzilishi, biologiyasi, zarari.
76. Parrandalar nafas yo„llarida parazitlik qiluvchi singamidlarning tuzilishi, biologiyasi
va zarari.
77. Gamaz kanalarining tuzilishi, biologiyasi va zarari.
78. Baliqlarda parazitlik qiluvchi qisqichbaqasimonlar va ularning zarari.
79. Koktsidiyalarning tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„tadigan kasalliklari.
80. So„rg„ichlilarning umumiy tavsifi va asosiy vakillari.
81. Bezgak chivini va iskabtoparlarning sistematik o„rni, biologiyasi va zarari.
81. Tasmasimon chuvalchanglar sinfining umumiy tavsifi va ularning odamlarda
parazitlik qiluvchi asosiy vakillari.
82. Chuvalchanglarning parazitlik qilib yashashga moslashgan belgilarini misollar
asosida tushuntiring.
83. Bitta xo„jayinda rivojlanadigan parazit chuvalchanglarning sistematik o„rni, ularning
tuzilishi va zarari.
84. Odam ichagida parazitlik qiluvchi bir hujayralilarning sistematik o„rni, ularning
tuzilishi va zarari.
85. Go„sht orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar va ularni qo„zg„atadigan kasalligi.
86. Uchta xo„jayinda rivojlanadigan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari va ular qo„zg„atadigan kasalliklari.
87. Cho„chqa tasmasimon chuvalchangining tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan
kasalliklari.
88. Baliqlarda parazitlik qiladigan mollyuskalarning o„ziga xos tuzilish belgilari va
zarari.
89. Makrogelmintoskopiya tekshirish usuli orqali gelmintlarning qaysi davri aniqlanadi.
Misollar keltiring.
90. Gelmintoovoskopiya tekshirish usuli orqali gelmintlarning qaysi davri o„rganiladi.
Misollar keltiring.
91. Gelmintolarvoskopiya tekshirish usuli orqali gelmintlarning qaysi davri o„rganiladi.
Misollar keltiring.
92. O„lgan hayvonlarning gelmintlarini o„rganish uchun qanday gelmintologik yorib
tekshirish usullari bor.
93. Gelmintoovoskopiyaning qanday tekshirish usullari bor. Misollar keltiring.
94. Gelmintolarvoskopiyaning qanday tekshirish usullari bor. Misollar keltiring.
95. O„zbekistonda veterinariya parazitologiyasiga hissa qo„shgan yirik olimlar va
ularning ijodlari haqida ma‟lumot bering.
96. O„zbekistonda tibbiyot parazitologiyasiga hissa qo„shgan yirik olimlar va ularning
ijodlari haqida ma‟lumot bering.
97. O„zbekistonda fitogelmintogiyaga hissa qo„shgan yirik olimlar va ularning ijodlari
haqida ma‟lumot bering.
98. O„zbekistonda umumiy parazitologiyaga hissa qo„shgan yirik olimlar va ularning
ijodlari haqida ma‟lumot bering.
99. Hayvonlar birgalikda hayot kechirish jarayonida qanday munosabatlarda yashaydi.
Misollar asosida yoriting.
100. Odamlar ichagida parazitlik qiluvchi hayvonlar va ularning sistematik holati
haqida ma‟lumot bering.
101. Devastatsiya ta‟limoti haqida ma‟lumot being.
102. Parazitizmni kelib chiqishi haqida olimlar fikrlari.
103. Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari.
104. Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
105. Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari.
106. Qon sporalilar (Haemosporidia) kenja turkumi vakillarining tuzilishi, biologik
xususiyatlari va ularni qo„zg„atadigan kasalliklari.
107. Miksosporidiyalar va Mikrosporidiyalar tiplari vakillarining tuzilishi, biologik
xususiyatlari va ularni qo„zg„atadigan kasalliklari.
108. Ikki qanotli hasharotlar orqali rivojlanadigan nematodalarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
109. Quruqlikda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalar orqali rivojlanadigan
nematodalarning tuzilishi, biologik xususiyatlari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
110. O'simliklarda parazitlik qiladigan nematodalarning tuzilishi va ularning biologik
xususiyatlari.
111. Baliqlarda parazitiik qiladigan qisqichbaqasimonlarning o„ziga xos tuzilish
belgilari va ularning biologik xususiyatlari.
112. Odam terisida parazitlik qiladigan bir hujayrali hayvonlar.
113. Chorva mollari o„pkasida parazitlik qiladigan nematodalarning o„ziga xos tuzilishi,
biologik xususiyatlari va ular qo„zg„tadigan kasalliklar.
114. Ektoparazitlar tushunchasi va ularning vakillari haqida ma‟lumot bering.
115. Endoparazitlar tushunchasi va ularning vakillari haqida ma‟lumot bering.
116. Odam va chorva mollari jigarida parazitlik qiladigan chuvalchanglar.
117. Parazitlarning hayvonot olamidadigi sistematik holati to„g„risida tushuncha bering.
118. Toksoplazmalar va sarkosporidiyalarning tuzilishi, biologik xususiyatlari va
qo„zg„atadigan kasalliklari.
119. Piroplazmidalar kenja turkumi vakillarining tuzilishi, tarqalishi va ularning
qo„zg„atadigan kasalliklari.
120. Gelmintlar to„g„risida umumiy tushuncha bering.
121. Qo„y va echkilarda parazitlik qiluvchi аnоplоsеfаlidаlаr оilаsi vakillarining
tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
122. Tovuq va o„rdaklarda parazitlik qiluvchi nematodalarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
123. Cho„chqalar o„pkasida parazitlik qiluvchi nematodalarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
124. Qoramollar ko„zida parazitlik qiluvchi nematodalarning tuzilishi, biologik
xususiyatlari hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
125. Ikki qanotli hasharotlar orqali rivojlanadigan toq tuyoqlilar nematodalarining
tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
Parazitologiya fanidan glossariy
Avtoinvaziya-xo‟jayinning invazion kasalliklar qo‟zg‟atuvchilari bilan o‟z-o‟zini
zararlashi. Bu holat Strongiloidoz, gimenolepidoz, enterobioz, sistiserkoz va boshqa
kasalliklarda qayt etiladi.
Adaptatsiya (moslashuv)-organizmlarning evolyutsiya jarayonida turli yashash
sharoitlariga moslanishi.
Adoleskariy-bir qancha so‟rg‟ichlilar (fatsiola, paramfistoma va boshqa)
vakillarining invazion (yuqumli) lichinkasi.
Akantella-akantosefalalarning invazion lichinkasi bo‟lib, oraliq xo‟jayinlari-
qo‟ng‟izlar organizmida rivojlanadi.
Akarisidlar-kanalarni yo‟qotuvchi kimyoviy vosita.
Akarologiya-kanalar haqidagi fan.
Amyobiazlar-patogen amyobalar qo‟zg‟atadigan kasalliklar. Ular odam va uy
hayvonlarida (it, cho‟chqa) uchraydil.
Amfidlar- kimyoviy sezgi organlari, nematodalarda uchraydi.
Anaeroblar-erkin kislorodi kam yoki butunlay yo‟q bo‟lgan sharoitda yashab,
rivojlanuvchi organizmlar.
Anal teshik-to`g„ri ichakning oxirgi qismi, orqa chiqaruv teshigi.
Antigelmintiklar-gelmintlarga qarshi vosita.
Antropozoonozlar-odam va hayvonlar uchun umumiy bo‟lgan parazitar
kasalliklar. Bunda tashuvchilar kasallik qo'zg'atuvchilarini hayvonlardan odamga va
aksincha, odamdan hayvonlarga yuqtiradi (masalan: kanalar va hasharotlar turli
gelmintoz qo‟zg‟tuvchilarini, o'lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va boshqalarni
yuqtiradi).
Antroponozlar-kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi (masalan:
trixomonodoz, ichburug', bezgak, vabo va h.k.).
Areal (maydon, makon)-o`simlik va hayvonlarning biror turi, oilasi yoki
turkumi tarqalgan geografik hudud.
Biogelmintlar-oraliq xo‟jayinlar ishtirokida rivojlanadigan gelmintlar. Bularga
barcha tremetodalar, sestodalar, akantosefalalar hamda nematodalar sinflarining bir
qancha turlari kiradi.
Biopsiya-diagnostik maqsadda tirik organizm organ yoki to‟qimasining bir
qismini maxsus moslamalar yordamida olib tekshirish.
Botriya-tasmasimon chuvalchanglarning bosh qismidagi tirqishsimon yopishish
organi.
Bulbus- ayrim nematodalar vakillarida qizilo‟ngachning yumaloq yoki
piyozboshsimon kengaygan qismi.
Gametalar-jinsiy hujayralar; mikrogametalar (erkaklik), makrogametalar
(urg‟ochilik) bilan qo‟shilishi natijasida zigota hosil bo‟ladi.
Gametogoniya-jinsiy hujayralar –gametositlar va gametalar hosil bo‟lishidan
iborat rivojlanish siklining bir qismi.
Gelmint-parazit chuvalchanglar, odam, hayvon va o‟simlik kasalliklari
qo‟zg‟atuvchilari.
Gelmintolarvoskopiya-gelmintozlarni diagnostika qilish yoki atrof muhitni,
oziq-ovqat mahsulotlarini va oziqalarni sanitar baholash maqsadida tezakdan, qondan,
muskul to‟qimalaridan, konyunktiva suyuqligidan, hayvon terisi va teridagi yaralardan
olingan surtmalarda hamda atrof- muhitda gelmint lichinkalarini toppish usuli.
Gelmintologiya-parazit chuvalchanglar (gelmintlar) va ular qo‟zg‟atadigan
kasalliklar haqidagi fan.
Gelmintoovoskopiya-gelmintozlarni diagnostika qilish maqsadida tezakdan,
siydikdan, anal teshigi atrofidan olingan surtmada, qonda, oshqozon ichidagi oziqada
gelmint tuxumlarini topish usuli.
Gelmintoskopiya-tekshirilayotgan namunada jinsiy voyaga yetgan va yosh
gelmintlar yoki ularning qismlarini topish uchun qo‟llaniladigan usul.
Gemolimfa-qonning tana suyuqligi bilan qo„shilib ketishi, bo„g„imyoqlilarda
uchraydi.
Geogelmintlar-oraliq xo‟jayin ishtirokisiz rivojlanadigan gelmintlar.
Germafrodit-bir organizmda ham erkaklik va ham urg„ochilik jinsiy
organlarining bo`lishi.
Giperparazitizm-bir parazit organizmning boshqa parazit tanasida tekinxo‟rlik
qilishi. Masalam: Heterakis gallinarum nematodasining tuxumlarida bir hujayralilardan
- xivchinlilar vakili-Histomonas meliagridis parazitlik qiladi.
Gipoderma-lipid qavat, to„garak chuvalchanglarning kutikulasi ostida bo„ladi.
Devastasiya-odam, hayvon va o‟simliklarda uchraydigan infaksion va invazion
kasalliklarning qo‟zg‟atuvchilarini rivojlanishini barcha bosqichlarida mexanik, fizik,
kimyoviy va biologik usullar bilan yo‟qotishga qaratilgan tadbirlar majmuasi. Ushbu
tushuncha birinchi marotaba akad. K.I. Skryabin tomonidan 1944 yilda fanga kiritilgan.
Diapauza-hayvonlarda rivojlanish davrining vaqtinchalik fiziologik to‟xtashi.
Tashqi muhitning noqulay sharoitlari bilan bog‟liq.
Dimorfizm-bir turga mansub bo`lgan organizmlarda morfo-fiziologik belgilari
bilan bir-biridan keskin farq qiladigan shaklarning mavjud bo`lishi. Jinsiy dimorfizm
hayvonlar orasida keng tarqalgan.
Zoonozlar-ayrim guruh parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik qiladi va ular
keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi (masalan: qushladagi bezgak
kasalligi).
Zooparazitologiya-hayvonot dunyosiga mansub parazitlar haqidagi fan.
Izogametalar-sodda bir hujayrali hayvonlarning morfalogik jihatdan bir-biridan
farq qilmaydigan jinsiy shakllari.
Imago- yetuk degan ma‟noni bildiradi. Masalanб kana va hasharotlar
rivojlanishida jinsiy voyaga yetgan bosqichi.
Immunitet- organizmni yuqumli kasalliklardan tozalash faoliyati.
Insektisidlar-zararli hasharotlarga qarshi kimyoviy kurash vositasi.
Kinetosoma-harakatlantiruvchi tana deyiladi, xivchinlilarda uchraydi,
xivchinning kalta bazal tanachasi.
Kommensalizm-simbioz turlaridan biri bo‟lib, bunda har xil turga mansub
organizmlar biri (kommensal) ikkinchisiga zarar keltirmay yashaydi. Masalan: ba‟zi
baliqlar goloturiyalardan boshpana sifatida foydalanishadi.
Konkurentsiya-ozuqa resurslari yoki hayot maskanlarida sodir bo„ladigan
ziddiyat, raqobat, musobaqa, bir yoki bir nechta turlarning vakillari orasidagi
antogonistik munosabatlar. Hayot uchun kurashning bir shakli hisoblanadi.
Koratsidiy-tasmasimonlar turkumga mansub sestodalar tuxumlari ichida
shakllangan embrion.
Kosmopolit-yer yuzining hayot mavjud bo„lgan katta qismida uchraydigan
o„simlik va hayvonlar turi yoki boshqa toksonlari. Kosmopolit hayvonlarga
nematodalar, suvaraklar va boshqalarni ko„rsatish mumkin.
Kutikula-xitinli modda bo„lib, yarim o„tkazuvchan xususiyatga ega, himoya
vazifasini bajaradi. Bo„g„imoyoqlilar, to„garak chuvalchanglar va boshqalarni tanasi
kutikula bilan qoplangan.
Marita-trematodalarning jinsiy voyaga yetgan shakli, asosiy xo‟jayin
organizmida parazitlik qiladi.
Mezoderma- embrionning o„rta qavat varag„i.
Metamorfoz- shakl o‟zgarishi, hayvonlarda lichinkaning voyaga yetgan individ
(imago) ga aylanishiga qadar yuz beradigan o‟zgarishlar.
Metaserkariy-trematodalar rivojlanishida invazion bosqich, qo‟shimcha xo‟jayin
organizmida rivojlanadi.
Miksotsel-aralash tana bo„shliq, bo„g„imoyoqlilar tana bo„shlig„i miksotseldan
iborat.
Miratsidiy-trematodalar rivojlanishidagi birinchi lichinkalik bosqichi. Sirtqi
tomondan kiprikchalar bilan qoplangan.
Morfologiya - tananing tashqi hamda ichki tuzilishini o„rgatadi.
Mutualizm-simbioz yashash shakllaridan biri, unda birga yashayotgan
organizmlardan biri ikkinchisi uchun qandaydir foyda keltiradi.
Nimfa-kanalarning lichinkalik bosqichidan keyingi rivojlanish bosqichi, jinsiy
voyaga yetgan bosqichdan oldin keladi.
Ommatidiy- mayda ko„zchalar, bo„g„imoyoqlilarda uchraydi.
Onkosfera–zanjirsimonlar turkimiga mansub sestodalar lichinkasi. Onkosfera
yumaloq shaklda bo‟lib, oltita ilmoqqa va embriofor po‟stga ega.
Ontogenez-organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo
bo`lishidan, hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, fiziologik va
biokimyoviy o`zgarishlar majmui kiradi.
Ostiy- teshik, yurakning klapanli teshiklari. Bo„g„imoyoqlilarda uchraydi.
Parazit-boshqa tur individlar hisobiga yashovchi organizm bo‟lib, xo‟jayinining
tana yuzasida yoki ichki organlarida vaqtincha yoki doimiy yashaydi va xo‟jayin shirasi,
to‟qimalari yoki hazm bo‟lgan oziqlari bilan oziqlanadi.
Patologiya-pathos-kasallik, logos-fan organizmning kasallik davrini o„rganadi.
Dostları ilə paylaş: |