6
muammoli ta`limning asosiy g’oyasi aniqlanadi: muammoli ta`limda bilimning
deyarli katta qismi o’quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o’quvchilarning
tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida
egallab olinadi.
Xozirgi ta’lim tizimida samarali o`qitish texnologiyalaridan biri muammoli
o`qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-
tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o`qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi
maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o`qitishning turli
ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o`qitishning mohiyati muammoli vaziyatni
vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o`zlashtirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: