11
I. Analogiya usuli.
Ushbu usulda o'qituvchi muammoli savollarni aval o'rgangan o'quv materialiga oid
bilimlarni faollashtirish yoki o'quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanib vujudga
keltirishi mumkin.
Jumladan, 7-sinfda «Bir hujayralilar tipi.), «Xivchinlilar sinfi.)
mavzularini o'rganishdan aval o'quvchilarning «Soxta oyoqli\ar sinfi.) yuzasidan
o'zlashtirilgan bilimlarini faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirish tavsiya etiladi. Ushbu usuldan har bir mavzuning avalgi mavzuga bog'liq
masa-lalarini hal etishda foydalanish mumkin.
2 Tahlil va sintez usuli.
Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba
asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi
o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon
etishi so'ngra shu asosda muam-moli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi.
Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar
bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biolog-olimlar AS. Faminsin va
O.Y. Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't - ksanoriya bo'lib, u oddiy
bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan. Demak,
ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar,
ularni qaysi bo'limga kiritish mumkin? O'quvchilar
ushbu muammoli savol
yuzasidan o'z fikr-mulohazalarni bildiradi.
Biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga oʻqitishning
muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari,
oʻquvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari, nazorat va oʻz-oʻzini
nazorat qilish metodlari kiradi. Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirib, oʻquvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal
etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va
qonunlarni tahlil qilish koʻnikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol
bilish faoliyatini taqozo etadi.
Shu sababli, biologiyani oʻqitishda reproduktiv
metodlar boʻlgan ogʻzaki bayon, koʻrgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda
muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb