Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; õ



Yüklə 302,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix27.06.2022
ölçüsü302,45 Kb.
#62415
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 5247066437767404323

Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; õquvchilarning bilim 
koʻnikma va malakalarini rivojlantiruvchi.
Darsdan foydalanilgan metodlar: Suhbat, munozara, venn diagrammasi. 
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Doska, texnik vositalar, slaydlar, 
ko`rgazmali va didaktik materiallar. 
Darsning borishi 
I.Tashkiliy qism: Õquvchilar bilan salomlashish, sinf xonasining tozaligiga eʼtibor 
berish, õquvchilarni yurtimizda sodir boʻlayotgan yangiliklar bilan tanishtirish, 
õquvchilarni davomatini aniqlash, doskaga mavzuning nomini yozish. 
II.O`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash): O’quvchilarning uyga vazifa 
topshiriqlarini bajarganligi tekshiriladi, õquvchilarni baholash uchun suhbat 
metodidan foydalaniladi, õquvchilarning mavzuni tushunmagan qismi boʻlsa qayta 
tushuntiriladi, mavzu umumlashtirilib xulosa qilinadi. 
III.Yangi mavzuni tushuntirish. Suhbat metodidan foydalaniladi: Genetika 


30 
tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Odatdan tashqari o‘zgarishlar 
va kasalliklar genotipga bog‘liqdir. Odamlar populyatsiyasida 2000 dan ortiq irsiy 
kasalliklar nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy kasalliklar vaularning 
paydo bo‘lish sabablarini hamda davolash usullarini tibbiyot genetikasi o‘rganadi. 
Tibbiyot genetikasining dolzarb vazifalari quyidagilardan iborat. 
Tibbiyot genetikasi irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash uchun bir qator 
tezkor immunologik, biokimyoviy, sitogenetik va boshqa usullarini ishlab chiqdi. 
Masalan, fenilketonuriya, raxit, polimiyelit kasalliklarni har xil dori-darmonlar 
yordamida davolash yo‘llari topildi. 
Tibbiyot genetikasining ahamiyati, ayniqsa insoniyat tarixining hozirgi davrida 
beqiyos ortib bormoqda. Chunki yer kurrasidagi ekologik muhitning keskin 
yomonlashayotgani va undagi fizik-kimyoviy mutagen omillarning barcha 
organizmlarga,jumladan, odamnasliga o‘ta salbiy ta’sir etayotganligi tufayli, ularda 
irsiy kasalliklar ko‘payib bormoqda. Irsiy kasalliklarni o‘rganish,ularning oldini 
olish va davolashning samarali metodlarini yaratish sohasidagi tibbiyot 
genetikasining mas’uliyati va ahamiyati yanada ortmoqda. Irsiy kasalliklar shartli 
ravishda ikkiga: gen va xromosoma kasalliklariga ajratiladi.Gen kasalliklari – 
dominant va retsessiv hollarda namoyonbo‘ladi. Dominant gen kasalliklari 
fenotipda aniq yuzaga chiqadi. Odamda ayrim normal genlarning mutatsion 
o‘zgarishi natijasida paydo bo‘luvchi irsiy kasalliklar yaxshi o‘rganilgan. Odamning 
autosomalari (jinsiy bo‘lmagan xromosomalari)da joylashgan genlar mutatsiyasi 
oqibatida yuzaga keladigan dominant holda nasldan-naslga o‘tadigan irsiy 
kasalliklar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: sindaktiliya – panjalarning 
tutashib ketishi, polidaktiliya – qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi, 
mikrotsefaliya – kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta va bosh qismining esa juda 
kichik bo‘lishi, bu kasallikka duchor bo‘lgan shaxslaraqliy zaif bo‘ladi. Qayd etilgan 
gen kasalliklari dominant holatda irsiylanadi. Shuning uchun ularni erta, nisbatan 
osonlik bilan aniqlash mumkin. Bu esa zarur bo‘lgan davolash tadbirlarini vaqtida 
boshlash imkoniyatini beradi. 
Retsessiv gen kasalliklari geterozigota holda fenotipda namoyon bo‘lmay, 


31 
yashirin holda faoliyatsiz bo‘lib, kasallik rivojlanmaydi. Retsessiv gen genotipda 
geterozigota holatida yashirincha saqlana borib, uning keyingi avlodlarida 
gomozigota holatiga kelib, gen kasalligini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gen 
kasalliklariga fenilketonuriya, albinizm, gemofiliya, daltonizm kabilarni misol qilish 
mumkin. Fenilketonuriya yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 10000 tasidan bittasida 
uchraydi. Agar o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yib, chaqaloq ovqati tarkibidan 
fenilalanin ajratib tashlanmasa, miya shakllanishi buzilib, mikrosefaliya rivojlanadi, 
aqliy zaiflik belgilari paydo bo‘ladi.Albinizm kasalligi retsessiv genlarning 
gomozigota holatga o‘tishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu kasallik odamlar orasida 
10000 tadan yoki 200000 tadan bittasida uchrashi mumkin. Bu kasallik terida 
pigmentlar bo‘lmasligi, sochlari oq va ko‘rish qobiliyatida kamchiliklar bo‘lishi, 
quyosh nuriga juda ta’sirchan bo‘lishi bilan farqlanadi. Gemofiliya va daltonizm 
kasalliklari jinsiy X-xromosomaga birikkan holda nasldan-naslga o‘tadigan gen 
kasalligidir.Odamdagi xromosoma kasalliklari. Tibbiyot genetikasida sitogenetik 
metodni samarali qo‘llash natijasida odamda xromosomalar soni hamda ular 
tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq anchagina irsiy kasalliklar bor ekanligi 
aniqlangan.Odam kariotipidagi ayrim juft – gomologik xromosomalar sonining 
o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) oqibatida paydo bo‘luvchi odamdagi ba’zi 
xromosoma kasalliklari bilan tanishib chiqamiz.Autosomalar sonining o‘zgarishi 
natijasida sodir bo‘luvchi irsiy kasalliklar jinsga bog‘liq bo‘lmagan holda 
irsiylanadi. Bunga misol tariqasida odamda uchraydigan “Daun sindromi” irsiy 
kasalligini olish mumkin. Daun sindromida 21-juft gomologik xromosomaning 
bittaga oshib ketishi, ya’ni trisomik bo‘lishi kuzatiladi. Buning oqibatida bemorning 
diploid holatidagi (2n) xromosomalari soni odatdagidek 46 ta emas, balki 47 ta
bo‘ladi. 
O'qtuvchi yangi mavzu o'rgatish davomida o'quvchilarga savol beradi. 
1. Odamlardagi gen kasalliklariga misol ayting? 
2. Odamlar populyatsiyasida qanchadan ortiq irsiy kasalliklar nasildan- nasilga
o'tishi aniqlangan? 
3. Tibbiyot genetikasi nimalarni o'rganadi? 


32 
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash; mavzu yuzasidan suhbat metodi orqali 
mustahkamlanadi. Mavzu umumlashtirilib xulosa qilinadi. 
V.O`quvchilarni baholash; savol- javob qilish natijasida savollbergan va darsda 
faol qatnashgan o’quvchilar bilimini baholash. 
VI.Uyga vazifa berish. Mavzuni õqib õrganib konspekt yozib kelish. 
VI. Darsni yakunlash. O'quvchilar bilan hayrlashish. 

 
 
 
 

Yüklə 302,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin