Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Yo‘sinsimonlar bo‘limi — Bryophyta



Yüklə 113,33 Kb.
səhifə3/11
tarix05.12.2022
ölçüsü113,33 Kb.
#72437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (3)

Yo‘sinsimonlar bo‘limi — Bryophyta
Yo‘sinsimonlar eng sodda tuzilishli yuksak o‘simliklar bo‘lib, qator xususiyatlariga ko‘ra suv o‘tlariga o‘xshash. Bu o‘xshashlik nimada kuzatiladi? Birinchidan, yo‘sinsimon o‘simliklar, suv o‘tlari singari o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari va ayrim turlarning rizoidlari e’tiborga olinmaganda haqiqiy ildizlari yo‘q. Ikkinchidan, yo‘sinsimonlarning ayrim turlarining (masalan, jigarsimon yo‘sinlar) yer bag‘irlab o‘suvchi plastinka shaklidagi vegetativ tanasi suv o‘tlarining tallomiga o‘xshash. Yo‘sinsimonlarning suv o‘tlariga o‘xshash, yog‘ochlangan turlari yo‘q va, nihoyat, ularning individual tarqqiyot davridagi umumiy o‘xshashlik, bularda xam suv o‘tlari singari jinsiy gametofit naslning ustunligi hisoblanadi. Shuning uchun ham yo‘sinsimonlar tarixiy taraqqiyotda o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘lib, filogenetik shajaraning alohida rivojlana borgan mustaqil bo‘limidan iborat. Yo‘sinsimonlar o‘simliklar tuban vakillarining vegetativ tanasi dorzovenrtal tuzilishli, bir qadar yuksak vakillarida poya, barg va ildiz yo‘q. Gametofit ustida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy joylashgan, u sharsimon yoki oval shakldagi bir qator hujayralardan tashkil topgan va ichi ko‘p sonli spermatogen hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu hujayralarning har birida ikkitadan (jigarsimon yo‘sinlari) yoki bittadan barg poyali yo‘sinlarda ikki xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Pishib yetilgan anteridiyning uch qismi ochiladi, undan spermatozoidlar chiqib, suvli nam muhitda harakatlanadi va ma’lum vaqtdan so‘ng arxegoniydagi tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Arxegoniy, odatda, cho‘ziq shaklda bo‘lib, bir qadar kengaygan qorin va ingichka bo‘yin qismidan iborat. Arxegoniy devori bir qator hujayralardan shakllangan bo‘lib, uning qorin qismida tuxum hujayra joylashgan. Urug‘lanish oldidan arxegoniyning bo‘yin qismidagi hujayralar o‘zidan maxsus shilmshiq modda ajratadi. Shilimshiq modda xemotaksis xususiyatiga ega bo‘lib, tashqariga chiqishi bilan spermatozoidlardan birini o‘ziga jalb qiladi va ulardan biri arxegoniyning bo‘yin qismi orqali uning qorin qismiga o‘tib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota tinim davrini o‘tamasdan darhol mitoz yo‘l bilan bo‘lina boshlaydi va asta-sekin sporogon deb ataladigan sporofitga yoki sporogoniyga aylanadi. Sporogon ko‘sak shaklida bo‘lib, uning ust tomonida qopqoqchasi bor. Yo‘sinsimonlarning turli xil vakillarida sporogon tuzilish jihatidan turlicha bo‘ladi. Uning devori bir yoki ko‘p qavatli, ichida sporogon to‘qimalari yoki boshqacha arxesporiy (spora hosil qiluvchi hujayralar) joylashgan. Reduksion bo‘linishidan to‘rttadan gaploid sporalar vujudga keladi. Yo‘sinsimonlarning sporofiti ko‘pincha sporogon bandida joylashgan, hech qachon poya va barg hosil qilmaydi. Chunki alohida hayot kechirish imkoniga ega emas. Shunga ko‘ra, gametofitning bir qismi hisoblanadi va uning hisobiga oziqlanadi.

Shunday qilib, yo‘sinsimon o‘simliklarda gametofit naslning sporofit naslga nisbatan ustunligi aniq. Yo‘sinsimonlarning ko‘pgina turlari ko‘p hujayrali kurtaklar yordamida vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadi. Bu o‘simliklar paleozoy erasining toshko‘mir davrida paydo bo‘lgan qadimiy o‘simliklardan hisoblanadi. Psilofitsimon, yo‘sinsimon o‘simliklar gametofit va sporofit nasli bir xilda rivojlangan, quruqlikka chiqqan o‘simliklarning eng sodda vakillaridan vujudga kelgan. Yo‘sinsimonlarga 20 mingdan ortiq o‘simlik turi mansub bo‘lib, ular, odatda, ikki ajdodga bo‘lib o‘rganiladi:


1. Jigarsimon yo‘sinlar — Hepaticae.
2. Poya bargli yo‘sinlar — Musci.

Yüklə 113,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin