Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Barg poyali arxegonial o‘simliklar — Cormobionta archigoniata



Yüklə 113,33 Kb.
səhifə5/11
tarix05.12.2022
ölçüsü113,33 Kb.
#72437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Документ Microsoft Word (3)

Barg poyali arxegonial o‘simliklar — Cormobionta archigoniata
Bu pog‘onaga plaunsimonlar, qirqbo‘g‘imlar, paporotniksimon va ochiq urug‘li o‘simliklar taaluqli. Dastlabki uch bo‘lim tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biridan keskin farq qilsa-da, hammasi sporali bo‘lganligi bilan ochiq urug‘li o‘simliklardan ajralib turadi. Lekin ochiq urug‘li o‘simliklar yopiq urug‘lilarga nisbatan sporalilarga yaqin ekanligini dastlab V. Gofmeyster (1851) aniqlab, keyinchalik V. Belyaev rivojlanish tsiklini tahlil qilish, gametofora va sporofazaning o‘zaro munosabatini aniqlash natijasida isbotlagan. Haqiqatdan ham, barcha arxegoniyli o‘simliklarda, shu jumladan, ochiq urug‘li o‘simliklarda ham jinsiy jarayon arxegoniyda sodir bo‘ladi, ya’ni arxegoniyda dastlab gametofit hisobida urug‘ murtak rivojlanadi. Shunday ekan, barcha arxegoniyli o‘simliklarda sporofitning hayoti ma’lum vaqt ichida to‘lig‘icha gametofitga bog‘liq bo‘ladi. Argxegoniyli o‘simliklar o‘tsimon, buta, daraxt singari hayot shakllariga ega. Ayrim qazilma holda uchraydigan plaunsimonlarning balandligi 30 metrga qadar bo‘lgan, ochiq urug‘lilar poyasining balandligi bundan ham ortiq, ayrim hollarda 100-120 metrgacha bo‘ladi. Ular turli-tuman iqlim zonalarida keng tarqalgan. Urug‘ murtak rivojlanishining boshlang‘ich stadiyasi arxegoniyda yoki urg‘ochi gametofit ichida o‘tadi. Faqat yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘ murtagi yaxshi differentsiallashgan. U zapas oziq modda — birlamchi endosperm bilan ta’minlangan. Shuning uchun ham qulay muhit sharoitida uzoq muddat tinim holatida bo‘lishi mumkin. Birlamchi endosperm ochiq urug‘li o‘simliklarda jinsiy jarayon sodir bo‘lgunga qadar hosil bo‘ladi.
Plaunsimonlar bo‘limi — Lycopodiophyta

Plaunsimonlar eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Ular paleozoy erasining Silur davridan boshlab, Karbon davrida o‘z rivojlanishining eng yuqori pog‘onasiga yetgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo‘yli daraxtsimon shakllari keng tarqalgan. Hozirgi paytda esa faqatgina o‘tsimon turlarigina yetib kelgan. Plaunsimonlar plaunlar (Lycopodineae) va lepidodendronlar (Lepidodendrineae) sinflariga bo‘linadi.


Plaunlar sinfi o‘tsimon o‘simliklarning: plaunsimonlar (Lycopodiales) — teng sporalilar va selaginellalar (Selaginellales) — har xil sporalilar qabilalaridan iborat. Lepidodendronlar sinfiga paleozoy erasida yashagan va keyinchalik yo‘qolib ketgan daraxt o‘simliklar kiradi. Plaunlarning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan vakili cho‘qmoqli plaun (Licopodium clavatum) hisoblanadi (4-rasm). Bu o‘simlik Rossiyada, xususan, uning o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga qadar boradi. Poyasi bigizsimon barglar bilan qoplangan, uning gorizontal holda yer bag‘irlab o‘sadigan qismida ancha murakkab tuzilishli, shoxlangan ildizlari bor. Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og‘izchali epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o‘xshash po‘st bo‘ladi. Endodermadan so‘ng peritsikl boshlanadi, markazda esa traxeidlardan iborat ksilema joylashgan bo‘lib, uni elaksimon naylar va parenxima hujayralaridan shakllangan floema o‘rab turadi. Barglari uzun, ensiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi va halqa shaklida joylashgan. Poyaning uchida dixatomik shoxlangan cho‘qmoq shaklidagi boshoqlar bo‘ladi. Boshoqchaning markazidan o‘q o‘tadi. Boshoqcha o‘qiga qorin qismi kengaygan, qisqa bandli, o‘tkir uchli spora saqlovchi barglari o‘zining tub qismi bilan birlashgan. Spora barglarning markazida buyraksimon sporangiy joylashgan. Sporangiyning ichi juda ko‘plab bir xil kattalikdagi sporalar bilan to‘la bo‘ladi. Pishib yetilgan sporangiy yorilib, sporalar qulay sharoitga tushishi bilan ulardan plaunning gametofit nasli — o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtaning ostki qismida rizoidlar, ustki qismida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy taraqqiy etadi. Odatda anteridiy o‘simtaning markazida, arxegoniy esa uning tashqi qismida joylashgan bo‘ladi. Cho‘qmoq plaunning gametofiti 15-20 yilga qadar umr ko‘radi. Jinsiy organlarning rivojlanishi va urug‘lanishi gametofit hayotining ikkinchi yarmida kuzatiladi. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan zigotadan darhol sporofit murtagi shakllanadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng sporofit murtagidan cho‘qmoq plaunning sporofit nasli hosil bo‘ladi. Plaunsimonlar ma’lum darajadagi xo‘jalik ahamiyatiga ega, undan olinadigan moy tabobatda, sporasidan olinadigan bo‘yoq esa jun va ipakni bo‘yash uchun ishlatiladi.
Selaginellalar, asosan tropik mintaqalarda soya joylarda o‘sadigan o‘simliklardir. Ular har xil (tengsiz) sporalar yordamida ko‘payishi bilan boshqa qabilaga kiradigan plaunlardan farq qiladi. Selaginella mayda (mikrospora) va yirik spora (makrospora) hosil qiladi. Har xil sporalilik evolyutsion rivojlanishda kata rol o‘ynaydi, chunki bu xususiyat ikki xil, ya’ni erkak va urg‘ochi o‘simta (gametofit) vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.Selaginellalar biron amaliy ahamiyatga ega emas.

Yüklə 113,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin