Qo‘ng‘ir suvo‘tlar— Phacophyta. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar tipiga faqat dengizlarda yashovchi 900 dan ortiq ipsimon yoki plastinkasimon tanali (tallomli) ko‘p hujayrali turlar kiradi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning ba’zilari 20–30 sm kattalikda bo‘lsa, ba’zilarining uzunligi 1 m dan oshadi va, nihoyat, ayrimlarining uzunligi 300–400 metrni tashkil qiladi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillarining hujayrasida xlorofill, fukoksantin, karotin pigmentlari mavjud. Shuning uchun bu xildagi organizmlarning rangi qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-qo‘ng‘irdir. Quyosh nuri ta’sirida fotosintez protsessi ro‘y beradi va hujayrada qand, laminarin kabi karbon suvlardan iborat oziq moddalar to‘planadi. Jinssiz va jinsiy ko‘payadi, jinssiz ko‘payish ko‘pincha harakatchan zoosporalar, qisman harakatsiz 4 ta sporalar (tetrospora) hosil qilish yordamida sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish turlariga qarab izogamiya, geterogamiya va bogamiya shaklida bo‘ladi. Ba’zi qo‘ng‘ir suvo‘tlarda jinssiz ko‘payish bilan jinsiy ko‘payish gallanib turadi. Bunday holga nasllar gallanishi deb ataladi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning ko‘pchiligi sovuq va o‘rtacha iqlimli dengiz va okeanlarda uchraydi. Sargassum deb ataluvchi bir guruh qo‘ng‘ir suvo‘tlar tropik dengizlarda uchraydi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning eng keng tarqalgan vakillaridan ektokarpus, laminariya, diktiota, fukus, sargassum, dilofus, sfatselyariya, kutleriya, makrotsistis, tsistozira, alariya kabilarni ko‘rsatish mumkin. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning ham bir necha vakillari xo‘jalikning turli sohalarida katta ahamiyatga ega.
Bakteriyalar va uvoqlilar — Bacteria ва Schizophyta
Bakteriyalar tipiga mikroskopik jonivorlar, aksariyat ko‘pchiligi bir hujayrali, ba’zilari ipsimon shoxlangan koloniyali rangsiz organizmlar kiradi. Ularning juda keng tarqalgan 3–6 ming turi ma’lum. Bakteriyalar har qanday sharoitga ham tez moslashib yashay olish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ular Yer sharining hamma qismida yashaydi. Ular havoning 10 km gacha bo‘lgan qavatida, tuproqda, chuchuk va dengiz suvlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida, o‘simlik — hayvon — odam tanasining sirtida va ichida ularning chirindi qoldiqlarida, tog‘ va muzlarda va biosferada juda ko‘p miqdorda uchraydi. Masalan, ba’zi hisoblashlarga ko‘ra 1 g tuproqda 100 millionlab, oqar suvlarning 1 sm3 hajmida bir necha yuzlab, oqmaydigan iflos va yuvindi suvlarning shu hajmida esa yuz milliongacha, qishda katta shahar parklari atrofidagi 1 m3 havoning tarkibida 4’500 gacha, yozda esa 10’000 gacha, havosi tozalab turilmaydigan yopiq binolar ichidagi 1 m3 havoda 300’000 gacha, hatto 1 sm3 hajmdagi yaxshi sifatli sutda 500 minggacha bakteriya uchrashi mumkii ekan. Bakteriyalarning shakli sharsimon tayoqchasimon, vergulsimon, paketsimon, marjonsimon va h. k. ko‘rinishda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |